"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
#sertifikatlashtirish
#standart
#kabel

БУЮК БРИТАНИЯНИНГ «BASEC» СЕРТИФИКАТЛАШ МАРКАЗИ КОРХОНАЛАРГА НИМА БЕРАДИ?
#standart
#sertifikat

‼️ЯНА БИР КОРХОНА “ISO” СЕРТИФИКАТИГА ЭГА БЎЛДИ

“Ўзэлтехсаноат” уюшмасига аъзо «METAL PROCESSING TECHNOLOGY»” корхонаси маҳсулотлар сифати, экология, меҳнат муҳофазаси ва техник хавфсизлик кафолатини берувчи “ISO” халқаро стандартларининг сертификатини олди.

– Бу имконият корхонанинг экспорт салоҳиятини ошириб, маҳсулотларнинг халқаро бозорларига кириб боришига кенг йўл очади, – дейди “Ўзэлтехсаноат” уюшмаси масъул ходими Акмалхон Валихонов. Бундан ташқари, йил бошидан бўён корхоналар томонидан ишлаб чиқарилаётган электротехника маҳсулотларига 20 дан зиёд “СЕ” ҳалқаро сертификатлари ва “КЕМА” халқаро сертификатлари олинди. Шунингдек, 65 дан зиёд корхоналарда ISO 9001 стандартлари жорий этилди.

👉Бизни кузатиб боринг!!!
@uzeltexsanoat
#fakt
#eksport
#standart

🌏🚚Миллий трансформаторларимиз учун жаҳон бозорларининг эшиги очиқ!

"Ўзбекистон-24" телеканали мухбирлари томонидан Чирчиқ трансформатор заводида ишлаб чиқарилаётган 7 турдаги трансформаторларнинг "КЕМА" сертификатини олганлиги ҳақидаги маълумоти "Факт-24" дастурида батафсил ёритилди.

Видеонинг тўлиқ варианти билан қуйида танишинг!!!👇👇👇

https://t.me/mtrkuzofficial/79259
#standart

‼️УЮШМА ФАОЛИЯТИДА СИФАТ МЕНЕЖМЕНТИ ТИЗИМИ ЖОРИЙ ЭТИЛМОҚДА

Аввал хабар берганимиздек, "Ўзэлтехсаноат" уюшмаси фаолиятида «ISO 9001 - Сифат менежменти тизими"ни жорий этиш юзасидан саъй-ҳаракатлар бошлаб юборилган эди.

✔️Бугун бошқарма ва бўлимларнинг фаолиятини ушбу тизим асосида ташкил этиш бўйича ўқув-семинари ташкил этилди. Аввало, унда сифат менежментининг асосий вазифалари, бу эса ташкилотга нима бериши ва унинг афзалликлари ҳақида маълумот берилди.

📝Савол-жавоблар жараёнида эътибор қаратилиши лозим бўлган тизимнинг айрим жиҳатларига ҳам алоҳида урғу берилди.
#assambleya
#AQSH
#standart

🌐УЮШМА РАҲБАРИ АҚШДА ХАЛҚАРО ЭЛЕКТРОТЕХНИКА КОМИССИЯСИ (IEC)НИНГ 86-БОШ АССАМБЛЕЯ ЙИҒИЛИШИДА ҚАТНАШМОҚДА

🇺🇿Айни пайтда “Ўзэлтехсаноат” уюшмаси раиси М.Юнусов Америка Қўшма Штатларининг Калифорния штатида бўлиб ўтаётган Халқаро электротехника комиссияси (IEC)нинг 86-Бош Ассамблея йиғилишида иштирок этмоқда.

🇺🇸Халқаро Электротехника комиссияси (International Electrotechnical Commission - IEC) нуфузли халқаро ташкилот бўлиб, электротехника ва электроника маҳсулотларининг халқаро савдоси ва маҳсулотлар сифати инфраструктурасини назорат қилувчи халқаро стандартларни ишлаб чиқади ва жорий қилади.

📝Ташкилот 1906 йилда Швейцарияда барпо этилган ва унинг қарорлари ва стандартларини 176 давлат тан олади. Ҳозиргача IEC томонидан 11000 дан ошиқ халқаро стандартлар ишлаб чиқилган.

Қабул қилинадиган минглаб халқаро стандартлар дунё бўйлаб ҳукуматлар учун ўз миллий сифат инфраструктурасини қабул қилишларига имкон яратади ва компаниялар учун хавфсиз ва ишончли электротехника маҳсулотлари савдоси билан шуғулланиш имконини беради.

✍️Бугyнги кунда Ўзбекистонда ҳам электротехника саноатини янада ривожлантириш ва маҳаллий маҳсулотларнинг рақобатбардошлигини оширишга алоҳида эътибор қаратилмоқда.

‼️Бунда, энг асосий эътибор маҳаллий электротехника маҳсулотларини Халқаро электротехника комиссияси (IEC) стандартларига мувофиқ ишлаб чиқариш, маҳсулотлар сифатини яхшилаш, рақобатбардошлигини таъминлаш, уларнинг экспорт географияси, номенклатураси ва ҳажмини кенгайтиришга қаратилмоқда.

БАТАФСИЛ
#sertifikatlashtirish #standart #yevropa #eksport #kabel

📝“Uzkabel” АЖ ҚК Британия кабель сертификатлаш хизматидан (BASEC) маҳсулот сифатини тасдиқловчи сертификат олди

🌐Ушбу сертификат Европа ва Осиё мамлакатлари билан экспорт алоқаларини ривожлантиришда муҳим омил бўлиб хизмат қилади. Бу билан корхона маҳсулотлар сифатини оширишда ва “Uzkabel” брендининг хорижий мамлакатларда муносиб ўрин эгаллашига эришади.

🪢Биламизки, Буюк Британиянинг кабель маҳсулотларини сертификатлаш хизмати (одатда “BASEC” номи билан танилган) аккредитациядан ўтган мустақил ташкилот ҳисобланади. Шунингдек, ушбу марказ Европадаги энг йирик ихтисослашган синов лабораторияларига ҳам эга.

🔬BASEC 1971 йилда ташкил этилган ва асосан кабель-сим маҳсулотларининг барча турларини ва бошқарув тизимлари учун сертификатлаш хизматларини тақдим этади. Ташкилот бутун дунёда, жумладан, Африка, Яқин Шарқ, Америка, Осиё ва Европада ўз фаолиятини олиб боради.

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
📝 Facebook 📝 Telegram 💻 Instagram 🎞 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #standart #laboratoriya

🔬“ELTECH-LAB” sinov laboratoriyasi sifatida akkreditatsiyadan o‘tkazildi

📝“O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DUK Akkreditatsiya komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda bir qator akkreditatsiya obyektlarining akkreditatsiya va inspeksiya nazorati natijalari koʻrib chiqildi. Xususan, yigʻilish xulosasiga koʻra, "O'zeltexsanoat" uyushmasi huzuridagi “ELTECH-LAB” MChJ akkreditatsiya ob’yekti O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 standarti talablariga muvofiq sinov laboratoriyasi sifatida akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

Endi bevosita elektrotexnika sanoati korxonalari ushbu sinov laboratoriyasi imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #standart #yevropa #eksport #kabel

🟢 “Uzkabel” AJ QK Britaniya kabel sertifikatlash xizmatidan (BASEC) mahsulot sifatini tasdiqlovchi sertifikat bilan eksport geografiyasini kengaytirmoqda

➡️ Ushbu sertifikat Yevropa va Osiyo mamlakatlari bilan eksport aloqalarini rivojlantirishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Bu bilan korxona mahsulotlar sifatini oshirishda va “Uzkabel” brendining xorijiy mamlakatlarda munosib oʻrin egallashiga erishadi.

➡️ Bilamizki, Buyuk Britaniyaning kabel mahsulotlarini sertifikatlash xizmati (odatda “BASEC” nomi bilan tanilgan) akkreditatsiyadan oʻtgan mustaqil tashkilot hisoblanadi. Shuningdek, ushbu markaz Yevropadagi eng yirik ixtisoslashgan sinov laboratoriyalariga ham ega.

➡️ BASEC 1971-yilda tashkil etilgan va asosan kabel-sim mahsulotlarining barcha turlarini va boshqaruv tizimlari uchun sertifikatlash xizmatlarini taqdim etadi. Tashkilot butun dunyoda, jumladan, Afrika, Yaqin Sharq, Amerika, Osiyo va Yevropada oʻz faoliyatini olib boradi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Standart_Plit

🟢 Maishiy texnika vositalari ishlab chiqaruvchi "Standart Plit" korxonasi faoliyati o'rganildi

➡️ Mamlakatimizda tadbirkorlik uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar sabab elektrotexnika sanoatidagi korxonalar soni yildan-yilga oshib bormoqda.

➡️ 2019-yilda o'z faoliyatini boshlagan "Standart Plit" korxonasi, bugungi kunda changyutgich va yarim avtomat kir yuvish mashinasi kabi maishiy texnika vositalarini ishlab chiqarish bilan shug'ullanib kelmoqda.

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi ma'sul xodimlari ushbu korxona faoliyatini o'rganish va rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun ishlab chiqarish quvvati joylashgan hududga tashrif buyurdilar.

➡️ Uchrashuvda mahalliylashtirish darajasini yanada oshirish, mahalliy korxonalar bilan yangi hamkorlik aloqalarini o'rnatishda va eksportga chiqishda yordam ko'rsatish masalalari muhokama qilindi.

➡️ Toshkent viloyati, Toshkent tumanida joylashgan korxonada hozirda 100 nafarga yaqin mahalliy aholi vakillari doimiy ish bilan ta'minlangan. Korxona mutasaddilari yaqin yillar ichida ishlab chiqarishni kengaytirish orqali xodimlar sonini 400 nafarga yetkazishni reja qilmoqdalar.

➡️ Korxona yiliga 40 ming dona changyutgich, 15 ming dona yarim avtomat kir yuvish mashinasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Hozirda korxona mahsulotlari ichki bozorda xaridorgir bo'lib, yaqin kelajakda Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari bozorlariga mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan. Buning uchun hozirdan tashqi bozorlarni o'rganish uchun korxona mutaxassislari Qozog'iston, Xitoy, Qirg'iziston kabi davlatlarga xizmat safarlariga yuborilgan.

➡️ Diqqatga sazovor jihat shundaki, korxona ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning mahalliylashtirish darajasi 60-70%ni tashkil qiladi. Murakkab shakldagi plastmassa qismlar ham xorijdan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar yordamida yurtimizda ishlab chiqarilmoqda.

➡️ Korxonada xodimlarning bilim-saviyasini oshirish, yangi turdagi mahsulotlarni o'zlashtirish maqsadida o'quv kurslari tashkil etilgan bo'lib, mutaxassislar tomonidan doimiy darslar berib boriladi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Standart_Plit #OAV

🟢 "Standart Plit" korxonasi faoliyati OAV nigohida

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasiga a'zo "Standart Plit" korxonasi 2019-yildan boshlab o'z faoliyatini yo'lga qo'ygan.

➡️ Maishiy texnika vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonada bugungi kunda 2 turdagi changyutgich va 5 turdagi yarim avtomat kir yuvish mashinaslari ishlab chiqariladi.

➡️ Korxona faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlari "O'zbekiston 24" telekanali ijodkorlari tomonidan atroflicha yoritildi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Standart_Plit

⚡️ Maishiy texnika vositalari ishlab chiqaruvchi "Standart Plit" korxonasi faoliyati o'rganildi

➡️ 2019-yilda o'z faoliyatini boshlagan "Standart Plit" korxonasi, bugungi kunda changyutgich va yarim avtomat kir yuvish mashinasi kabi maishiy texnika vositalarini ishlab chiqarish bilan shug'ullanib kelmoqda.

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi o‘rinbosari A.Boyev boshchiligidagi ma'sul xodimlari ushbu korxona faoliyatini o'rganish va rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun ishlab chiqarish quvvati joylashgan hududga tashrif buyurdilar.

➡️ Uchrashuvda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, eksport va korxonadagi mavjud muammolarni bartaraf etish kabi masalalar muhokama qilindi.

➡️ Toshkent viloyati, Toshkent tumanida joylashgan korxonada hozirda 100 nafarga yaqin mahalliy aholi vakillari doimiy ish bilan ta'minlangan. Korxona mutasaddilari yaqin yillar ichida ishlab chiqarishni kengaytirish orqali xodimlar sonini 400 nafarga yetkazishni reja qilmoqdalar.

➡️ Korxona yiliga 40 ming dona changyutgich, 15 ming dona yarim avtomat kir yuvish mashinasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Hozirda korxona mahsulotlari ichki bozorda xaridorgir bo'lib, yaqin kelajakda Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari bozorlariga mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan. Buning uchun hozirdan tashqi bozorlarni o'rganish uchun korxona mutaxassislari Qozog'iston, Xitoy, Qirg'iziston kabi davlatlarga xizmat safarlariga yuborilgan.

➡️ Korxonada xodimlarning bilim-saviyasini oshirish, yangi turdagi mahsulotlarni o'zlashtirish va eksport bozorlarini kengaytirish bo‘yicha tegishli boshqarmalarga ko’rsatma va topshiriqlar berildi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #STQ1 #standart

⚡️ STQ 1 “Elektrotexnika sanoati” standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

➡️ Respublikamizda faoliyat yuritayotgan elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga xalqaro standartlarni keng joriy qilish orqali ichki va tashqi bozorga raqobatbordosh, xavfsiz hamda sifatli mahsulotar bilan ta’minlash joriy yilda texnik qo‘mita oldiga qo‘yilgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

➡️ Shu maqsadda, Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC)ning quyosh fotoelektrik tizimlari texnik qo‘mitasi a’zosi N.Ochilov tomonidan xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilinayotgan, tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgan standartlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan mazkur yig'ilishda ma’lumotlar berib o‘tildi.

➡️ Shuningdek, texnik qo‘mita a’zolariga IEC ning kuchlanish transformatorlari (TC 14), elektr kabellari (TC 20) va maishiy elektr jihozlarining xavfsizligi (TC 61) texnik qo‘mitalari a’zolari tomonidan tegishli yo‘nalishlarda mavjud standart loyihalari bilan tanishtirildi.

➡️ Yig‘ilish davomida O‘zbekiston standartlar instituti direktor o‘rinbosari A.Davirov so‘zga chiqib, 2024-yilda mazkur texnik qo‘mita standartlashtirish sohasida yetakchilardan biri bo‘lganligi ta’kidlandi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM