"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.69K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
#yangi_loyihalar
#yangiyol
#kabel

🪢ЯНГИЙЎЛ ТУМАНИДАГИ ЭЛЕКТРОТЕХНИКА САНОАТИ КОРХОНАЛАРИ ЎРГАНИЛМОҚДА

⚙️Тошкент вилояти Янгийўл туманида
жойлашган кичик саноат зонасида бугун электротехника саноати корхоналари ҳам фаолият юритмоқда. Жумладан, 2018 йилда ташкил этилган "ALUKABEL PAYRAV" МЧЖ корхонасида бугун қурилиш соҳасида ишлатиладиган турли ҳажмдаги кабель-сим маҳсулотлари ишлаб чиқарилади. Бу ерда айни пайтда 34 нафар ишчи-ходимлар доимий иш билан банд.

✔️Бугун ушбу корхонага “Ўзэлтехсаноат” уюшмаси раиси ўринбосари Ж.Жамалов ташриф буюриб, бу ерда “Янги турдаги кабель маҳсулотлари ишлаб чиқариш” лойиҳаси билан танишди.

✍️Лойиҳани амалга ошириш жараёнида юзага келаётган муаммолар ўрганилди. Уларни бартараф этиш чоралари кўрилди. Жумладан, тадбиркорга Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 2 мартдаги ПҚ-5011-сон қарорида берилган имтиёзлар ва шарт-шароитлар ҳақида тушунтириш берилди.
#muammo_va_yechim
#andijon
#kabel
#eksport

‼️КОРХОНА МУАММОЛАРИ ЖОЙИГА ЧИҚИБ ЎРГАНИЛДИ

🪢“Ўзэлтехсаноат” уюшмаси раиси ўринбосари А.Боев бошчилигидаги Ишчи гуруҳи Андижон вилояти Хонобод туманида жойлашган “Андижонкабель” АЖ ҚК корхонасига ташриф буюриб, йил бошидан бу ерда кабел-сим маҳсулотлари ишлаб чиқариш жараёни, янги маҳсулот турларининг ўзлаштирилиши ва юқори қийматли маҳсулот турларини тайёрлаш жараёнида юзага келаётган муаммолар, экспорт ҳажмларини ошириш билан боғлиқ масалалар юзасидан корхона масъул раҳбарлари билан учрашди. Юзага келаётган муаммолар сабаби ўрганилди ҳамда уларни ечиш борасида таклифлар ўртага ташланди.

Жорий йил якунигача корхонанинг ишлаб чиқариш ва экспорт салоҳиятини янада ошириш бўйича амалий кўрсатма ва тавсиялар берилди.

@uzeltexsanoat
#sertifikatlashtirish #standart #yevropa #eksport #kabel

📝“Uzkabel” АЖ ҚК Британия кабель сертификатлаш хизматидан (BASEC) маҳсулот сифатини тасдиқловчи сертификат олди

🌐Ушбу сертификат Европа ва Осиё мамлакатлари билан экспорт алоқаларини ривожлантиришда муҳим омил бўлиб хизмат қилади. Бу билан корхона маҳсулотлар сифатини оширишда ва “Uzkabel” брендининг хорижий мамлакатларда муносиб ўрин эгаллашига эришади.

🪢Биламизки, Буюк Британиянинг кабель маҳсулотларини сертификатлаш хизмати (одатда “BASEC” номи билан танилган) аккредитациядан ўтган мустақил ташкилот ҳисобланади. Шунингдек, ушбу марказ Европадаги энг йирик ихтисослашган синов лабораторияларига ҳам эга.

🔬BASEC 1971 йилда ташкил этилган ва асосан кабель-сим маҳсулотларининг барча турларини ва бошқарув тизимлари учун сертификатлаш хизматларини тақдим этади. Ташкилот бутун дунёда, жумладан, Африка, Яқин Шарқ, Америка, Осиё ва Европада ўз фаолиятини олиб боради.

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
📝 Facebook 📝 Telegram 💻 Instagram 🎞 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #ochiq_muloqot #kabel_sim

🟢 Kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi

So’nggi yillarda yurtimiz elektrotexnika sanoati drayver yo’nalishlaridan biriga aylangan kabel-sim mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada oshdi. Ayniqsa misdan qo’shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga eksport hajmini oshirishda davlatimiz tomonidan tadbirkorlarga bir qator imtiyoz va imkoniyatlar berilmoqda.

Ushbu yo’nalishda faoliyat olib borayotgan ishbilarmonlar safi kengayib borayotganligi ham sohaga qaratilayotgan ulkan e’tibor samarasi deb aytishimiz mumkin. Shunga qaramay shiddat bilan o’zgarib borayotgan mahalliy va jahon bozorida soha tadbirkorlari oldida turgan muammo va masalalarga tezlikda, hamkorlikda yechim topish «O’zeltexsanoat» uyushmasi oldida turgan asosiy vazifalardan biridir.

Bunda esa ishlab chiqaruvchilar bilan doimiy aloqani saqlash, ular bilan soha oldida turgan vazifalarni muhokama qilish va umumiy rivojlanish strategiyasini yaratish alohida ahamiyat kasb etadi.

Ayni shu maqsadda, kuni kecha «O’zeltexsanoat» uyushmasida, Uyushma raisi Mirziyod Yunusov va kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar o’rtasida ochiq muloqot tashkil qilindi.

➡️ BATAFSIL»

🇺🇿 O'zbekcha
🇷🇺 Русский
🇺🇸 English

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #qiziqarli #internet #kabel

🟢 Internet kabellari dunyoni qanday qamrab olgan?

➡️ Ushbu videoda ko'rib turganingiz okean va dengizlar ostidan o'tkazilgan optik tolali internet kabellari. Ularning uzunligi deyarli 1.5 mln km ni tashkil etadi.

➡️ Bu kabi kabellar maxsus kabel yotqizuvchi kemalar orqali suv ostiga joylashtiriladi. Eng katta Marea nomli suv osti internet kabelining uzunligi 6 ming kilometr, og'irligi 4.6 mln kg dan ortiqni tashkil etadi. Bu 32 ta ko'k kitning vazniga teng bo'lib, uni joylashtirish uchun 2 yildan ortiq vaqt sarflangan. Ushbu kabel tizimi AQSh va Janubiy Yevropani bog'laydi.

➡️ Suv osti internet kabellariga ziyon yetishi 74% texnogen sababga ko'ra, ya'ni inson omili tufayli yuz beradi. Masalan, O'rtayer dengizida 3 ta qit'ani bir-biri bilan bog'lovchi suv osti internet kabeliga bir nechta g'avvoslar tomonidan ziyon yetkaziladi. Buning ortidan Misrda ma'lumotlar uzatish tezligi 60 %ga pasayib ketadi. Bu holat mamlakat iqtisodiyotiga millionlab dollar ziyon keltirgan edi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #standart #yevropa #eksport #kabel

🟢 “Uzkabel” AJ QK Britaniya kabel sertifikatlash xizmatidan (BASEC) mahsulot sifatini tasdiqlovchi sertifikat bilan eksport geografiyasini kengaytirmoqda

➡️ Ushbu sertifikat Yevropa va Osiyo mamlakatlari bilan eksport aloqalarini rivojlantirishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Bu bilan korxona mahsulotlar sifatini oshirishda va “Uzkabel” brendining xorijiy mamlakatlarda munosib oʻrin egallashiga erishadi.

➡️ Bilamizki, Buyuk Britaniyaning kabel mahsulotlarini sertifikatlash xizmati (odatda “BASEC” nomi bilan tanilgan) akkreditatsiyadan oʻtgan mustaqil tashkilot hisoblanadi. Shuningdek, ushbu markaz Yevropadagi eng yirik ixtisoslashgan sinov laboratoriyalariga ham ega.

➡️ BASEC 1971-yilda tashkil etilgan va asosan kabel-sim mahsulotlarining barcha turlarini va boshqaruv tizimlari uchun sertifikatlash xizmatlarini taqdim etadi. Tashkilot butun dunyoda, jumladan, Afrika, Yaqin Sharq, Amerika, Osiyo va Yevropada oʻz faoliyatini olib boradi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kabel #sifat

🟢 Kabellarni tanlashda nimalarga e'tibor berish kerak?

➡️ Dunyoda sodir bo'luvchi yong'inlarning asosiy sababi insonlarning ehtiyotsizligidan kelib chiqadi.

➡️ Yong'in kelib chiqishiga sabab bo'luvchi eng katta holatlardan biri - bu sifatsiz kabel-sim mahsulotlaridan foydalanishdir.

➡️ Xo'sh kabellarni tanlash va xarid qilishda iste'molchilar nimalarga e'tibor berishlari lozim?

➡️ Ushbu savola batafsil javobni quyidagi video orqali bilib olishingiz mumkin.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #kabel

⚙️"PROCAB" KORXONASIDA O'ZLASHTIRILIYOTGAN YANGI MAHSULOTLAR VA EKSPORT IMKONIYATLARI

Jumladan:
➡️misni qayta ishlash quvvati va undan tayyorlanayotgan yuqori qiymatli mahsulotlar
➡️ilk marotaba quyosh panellari uchun kabek-simlar
➡️zamonaviy sinov laboratoriyasi
➡️aloqa kabellari va boshqa yangi nanotexnologiyalar
➡️kadrlar salohiyati va boshqa masalalar bo'yicha ma'lumotlar "O'zbekiston-24" kanali orqali keng yoritildi.

👉BATAFSIL
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Shurtan #kabel

⚡️ “Sho’rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ rahbari yangi kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatini Qashqadaryoda yaratish tashabbusini ilgari surdi

➡️ “Sho’rtan gaz kimyo majmuasi” korxonasi bosh direktori Shuhrat Choriyev boshchiligidagi jamiyat vakillari “O’zeltexsanoat” uyushmasiga tashrifi doirasida tashkil etilgan uchrashuvda ushbu taklifni bildirdilar.

➡️ Uyushma mas’ul xodimlari, uyushmaga a’zo korxonalar vakillari ishtirok etgan uchrashuvda “Sho’rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ korxonasi tomonidan ushbu loyihani amalga oshirish bo’yicha “O’zeltexsanoat” uyushmasi tizimidagi mahalliy kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish istagi bildirildi.

➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasi mas’ul xodimlari mahalliy korxonalar bilan hamkorlikda “Sho’rtan” GKM MChJ vakillarining takliflarini o’rganib chiqishlarini va o’z xulosalarini bildirishlarini ta’kidladilar.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Mis_klasteri #kabel

⚡️ Mis klasteri loyihalari - "Yuqorichirchiq Energy Systems" + "Energokomplekt"

➡️ Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan "Eltech Industrial" texnoparkida (mis klasteri) loyihalarning qurilish va ishga tushish jarayonlari davom etmoqda.

➡️ Shunday loyihalardan biri - mahalliy "Yuqorichirchiq Energy Systems" va Belarusning "Energokomplekt" korxonalari hamkorligida yangi turdagi kabel-sim mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasidir.

➡️ Qiymati $ 50 mln dollarlik ushbu loyiha ishga tushishi natijasida yiliga 25 ming tonna import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqariladi.

➡️ Loyiha doirasida 485 ta yangi ishchi o'rni yaratiladi va mahsulotlarning boshlang'ich eksport hajmi $ 140 mln dollar bo'lishi kutilmoqda.

➡️ E'tiboringizga ushbu loyiha haqida tayyorlangan videoreportajni taqdim etamiz.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Mis_klasteri #kabel

⚡️ Mis klasteri loyihalari - "Metall Processing Technology"

➡️ Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan "Eltech Industrial" texnoparkida (mis klasteri) loyihalarning qurilish va ishga tushish jarayonlari davom etmoqda.

➡️ Shunday loyihalardan biri - mahalliy "Metall Processing Technology" MChJ korxonasi tomonidan mis-quvur va mis-fiting mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasidir.

➡️ Qiymati $ 25 mln dollarlik ushbu loyihaning yillik quvvati 15 ming tonnani tashkil etadi.

➡️ Loyiha doirasida 300 dan ortiq yangi ishchi o'rinlari yaratiladi va korxonaning eksport salohiyati oshiriladi.

➡️ E'tiboringizga ushbu loyiha haqida tayyorlangan videoreportajni taqdim etamiz.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Wire_China #kabel

⚡️ Osiyodagi eng yirik "Wire China 2024" xalqaro kabel-sim mahsulotlari ko'rgazmasida uyushma vakillari ishtirok etadi

➡️ Xitoyning Shanxay shahrida dunyodagi eng katta kabel-sim mahsulotlari ko'rgazmalaridan biri "Wire China 2024" ko'rgazmasi bo'lib o'tadi.

➡️ Ushbu ko'rgazmada "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov boshchiligidagi elektrotexnika sanoati korxonalari vakillari ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.

➡️ Joriy yilning 25-sentyabridan 28-sentyabriga qadar davom etadigan ko'rgazmada dunyoning o'nlab davlatidan 40 mingga yaqin tashrif buyuruvchilar qatnashishi kutilmoqda.

➡️ 2004-yildan beri o'tkazilib kelinuvchi ko'rgazma paviliyonlarining umumiy maydoni 58 ming m.kvga teng bo'lib, unda asosan keng turdagi kabel-sim mahsulotlari, kabel-sim mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi texnologiyalar, laboratoriya jihozlari, kabellar uchun xomashyo va ularni qayta ishlashdagi texnologiyalar namoyish etiladi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #TCG #investitsiya #kabel

⚡️"TCG" kompaniyasida yangi turdagi kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarila boshlandi

➡️Yangi turdagi kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarish boshlanishi munosabati bilan kuni kecha "O'zeltexsanoat" uyushmasiga a'zo "Techno Cable Group" (TCG) kompaniyasida ochiq eshiklar kuni bo'lib o'tdi.

➡️Ushbu tadbirda vazirliklar, davlat tashkilotlari, energetika sohasidagi loyihalar tashabbuskorlari, xorijiy va mahalliy korxonalar vakillari ishtirok etdilar.

➡️"TCG" kompaniyasi va xorijiy hamkorlarning so'nggi 18 oy davomidagi izlanishlari va mehnati natijasida bugun mazkur kompaniyada Yevropa standartlariga (IEC) to'liq javob beradigan zamonaviy-yuqori kuchlanishli, issiqlikka chidamli va ko'p funksiyali optik kabellarning yangi turlari ishlab chiqarila boshlandi.

➡️Bunda "TCG" kompaniyasi Rossiyaning «Людиновокабель» va «Инкаб» kompaniyalari bilan yaqindan hamkorlik qildi.

➡️Bugungi ochiq eshiklar kunida ishtirokchilarga "TCG" kompaniyasining yangi ishlab chiqarish liniyalari, korxonadagi o'zgarishlar va yangi turdagi kabellarning ahamiyati xususida ma'lumotlar berildi.

➡️Qiziqarli jihati shundaki, yangi o'zlashtirilgan kabel-sim mahsulotlari bugungi kunda MDH doirasida faqatgina 3 ta davlatda ishlab chiqariladi. Bular qatoriga endi O'zbekiston ham qo'shildi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #TCG #investitsiya #kabel

⚡️"TCG" kompaniyasida yangi turdagi kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarilishiga bag'ishlab o'tkazilgan Ochiq eshiklar kuniga oid videokontentni e'tiboringizga havola qilamiz.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kabel_sim #kooperatsiya

⚡️ Yirik energetika loyihalariga kabel-sim mahsulotlarini yetkazib berish masalalari muhokama qilindi

➡️ Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yirik energetika loyihalariga “mahalliy kontent”ni jalb qilish, milliy mahsulotlardan kengroq foydalanish bo’yicha mas’ullarga kerakli ko’rsatmalar berilgan.

➡️ Xususan, Davlatimiz rahbari tomonidan 2024-yil, 11-sentyabr kuni qabul qilingan PF-139-sonli farmonga muvofiq, 2025-yilning 1-yanvaridan boshlab, yirik energetika loyihalari uchun zarur bo’lgan kabel-sim mahsulotlarining 70 foizi “mahalliy kontent” hisobidan qoplanishi belgilangan.

➡️ Shulardan kelib chiqqan holda, yurtimizda qurilishi jarayonlari ketayotgan shamol, quyosh elektr stansiyalari va boshqa turdagi energetika obyektlariga kabel-sim mahsulotlarini yetkazib berish muhim vazifa hisoblanadi.

➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov yurtimizda kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar mutasaddilari bilan onlayn tarzda uchrashuv o’tkazdi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Eltechlab #kabel

⚡️ "Eltechlab" laboratoriyasida kabel mahsulotlari sinovdan o'tkazilmoqda

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi huzuridagi "Eltechlab" laboratoriyasida kabel-sim mahsulotlarining tarkibi, yong'inga chidamliligi va boshqa jihatlar bo'yicha sinovdan o'tkazish jarayonlari muntazam olib borilmoqda.

➡️ Bugun ham laboratoriyada mahalliy kabel ishlab chiqaruvchi korxonaning mahsulotlari sinovdan o'tkazildi.

➡️ Batafsil ma'lumotlarni videokontent orqali olishingiz mumkin.

🔔 BATAFSIL»

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Uramas #kabel

⚡️ “Uramas Kabel” korxonasida silikon izolatsiyali kabellar ishlab chiqarilmoqda

➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan joriy yil boshidan importni optimizatsiya qilish va kooperatsiyani kengaytirish bo’yicha amaliy ishlar boshlab yuborilgan.

➡️ Uyushma mas’ullari Samarqand viloyatida joylashgan “Uramas Kabelkorxonasi tomonidan yangi o’zlashtirilgan kabel mahsulotini o’rganish maqsadida korxonaga tashrif buyurdilar.

➡️ Ahamiyatli jihati, korxonada bugungi kunda importni optimizatsiya qilish maqsadida issiqlikka chidamli, silikon-izolatsiyali kabellar ishlab chiqarilmoqda.

➡️ Ushbu turdagi kabellar asosan xorijdan import qilib kelingan. Endi esa yurtimizda ham bu turdagi kabellar ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yildi.

➡️ Endilikda, ushbu mahsulotga ehtiyoji mavjud bo’lgan korxonalar uni mahalliy ishlab chiqaruvchidan xarid qilish imkoniga ega bo’ldilar.

➡️ Uchrashuv yakunida mazkur korxona faoliyatini yanada rivojlantirish, yangi mahsulotlarni o’zlashtirish, ishlab chiqarish va kooperatsiyani kengaytirish bo’yicha uyushma xodimlari doimo hamkorlikka tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Eltechlab #kabel

⚡️ "Eltechlab" laboratoriyasida kabel-sim mahsulotlari sinovdan o'tkazilmoqda

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi huzuridagi "Eltechlab" laboratoriyasida kabel-sim mahsulotlarining tarkibi, yong'inga chidamliligi va boshqa jihatlar bo'yicha sinovdan o'tkazish jarayonlari muntazam olib borilmoqda.

➡️ Bugun ham laboratoriyada kabel ishlab chiqaruvchi korxonaning mahsulotlari sinovdan o'tkazildi.

➡️ Batafsil ma'lumotlarni videokontent orqali olishingiz mumkin.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Eltechlab #kabel

⚡️ "Eltechlab" laboratoriyasida kabel-sim mahsulotlari sinovdan o'tkazilmoqda

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi huzuridagi "Eltechlab" laboratoriyasida kabel-sim mahsulotlarining tarkibi, yong'inga chidamliligi va boshqa jihatlar bo'yicha sinovdan o'tkazish jarayonlari muntazam olib borilmoqda.

➡️ Kuni kecha ham laboratoriyada navbatdagi kabel-sim mahsulotlarining sinovlari bo'lib o'tdi.

➡️ Batafsil ma'lumotlarni videokontent orqali olishingiz mumkin.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Eltechlab #kabel

⚡️ "Eltechlab" laboratoriyasida kabel-sim mahsulotlari sinovdan o'tkazilmoqda

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi huzuridagi "Eltechlab" laboratoriyasida kabel-sim mahsulotlarining tarkibi, yong'inga chidamliligi va boshqa jihatlar bo'yicha sinovdan o'tkazish jarayonlari muntazam olib borilmoqda.

➡️ Kuni kecha ham laboratoriyada navbatdagi kabel-sim mahsulotlarining sinovlari bo'lib o'tdi.

➡️ Batafsil ma'lumotlarni videokontent orqali olishingiz mumkin.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM