"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
#standart
#sertifikat

‼️ЯНА БИР КОРХОНА “ISO” СЕРТИФИКАТИГА ЭГА БЎЛДИ

“Ўзэлтехсаноат” уюшмасига аъзо «METAL PROCESSING TECHNOLOGY»” корхонаси маҳсулотлар сифати, экология, меҳнат муҳофазаси ва техник хавфсизлик кафолатини берувчи “ISO” халқаро стандартларининг сертификатини олди.

– Бу имконият корхонанинг экспорт салоҳиятини ошириб, маҳсулотларнинг халқаро бозорларига кириб боришига кенг йўл очади, – дейди “Ўзэлтехсаноат” уюшмаси масъул ходими Акмалхон Валихонов. Бундан ташқари, йил бошидан бўён корхоналар томонидан ишлаб чиқарилаётган электротехника маҳсулотларига 20 дан зиёд “СЕ” ҳалқаро сертификатлари ва “КЕМА” халқаро сертификатлари олинди. Шунингдек, 65 дан зиёд корхоналарда ISO 9001 стандартлари жорий этилди.

👉Бизни кузатиб боринг!!!
@uzeltexsanoat
➡️ #eksport #sertifikat #ce #yevropa

🟢 “VITECH” INFRAQIZIL ISITISH PANELLARI ANGLIYAGA EKSPORT QILINMOQDA

➡️ Kuni kecha “O’zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo “Statura” MChJ korxonasi infraqizil isitish panellarini Yevropaga, shu jumladan Angliyaga eksport qilish maqsadida CE belgisidan (Conformité Européenne) foydalanish uchun xalqaro sertifikatga ega bo’ldi.

➡️ Endi mazkur sertifikat korxonaga “Vitech” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan keng turdagi infraqizil isitish panellarini Yevropa bozorlariga eksport qilish imkonini beradi.

➡️ Korxona bosh iqtisodchisi Elyor Babayevning so’zlariga ko’ra, ayni paytda isitish panellarining birinchi partiyasi (720 dona) Angliyaga yuborilgan. Hozirda navbatdagi buyurtmani tayyorlash ishlari davom etmoqda.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Artikul_Aziya #Sertifikat #BASEC

🟢 "Artikul Aziya Kabel" korxonasi Britaniya kabel sertifikatlash xizmatining "BASEC" sertifikatini qo'lga kiritdi

➡️ Ushbu sertifikat Yevropa va Osiyo mamlakatlari bilan eksport aloqalarini rivojlantirishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Bu bilan korxona mahsulotlar sifatini oshirishga va “Artikul Aziya Kabel” brendining xorijiy mamlakatlarda munosib oʻrin egallashiga erishadi.

➡️ Bilamizki, Buyuk Britaniyaning kabel mahsulotlarini sertifikatlash xizmati (odatda “BASEC” nomi bilan tanilgan) akkreditatsiyadan oʻtgan mustaqil tashkilot hisoblanadi. Shuningdek, ushbu markaz Yevropadagi eng yirik ixtisoslashgan sinov laboratoriyalariga ham ega.

➡️ BASEC 1971-yilda tashkil etilgan va asosan kabel-sim mahsulotlarining barcha turlarini va boshqaruv tizimlari uchun sertifikatlash xizmatlarini taqdim etadi. Tashkilot butun dunyoda, jumladan, Afrika, Yaqin Sharq, Amerika, Osiyo va Yevropada oʻz faoliyatini olib boradi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Jihozvent #sertifikat

⚡️ “Jihozvent” korxonasi mahsulotlariga mahalliy tovar serifikatini berish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi

➡️ O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktyabrda “Mahally ishlab chiqarilgan tovarlarni aniqlash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 712-sonli qarori qabul qilingan edi.

➡️ Mazkur qarorning 1-ilovasiga asosan, “Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan.

➡️ Ushbu Nizomga ko’ra, mahalliy ishlab chiqaruvchini aniqlash yuzasidan ekspertiza o‘tkazish va sertifikat berish bo‘yicha “O‘zbekeskpertiza” AJ vakolatli organ etib tasdiqlangan.

➡️ Nizomning 2-ilovasiga asosan elektrotexnika sanoati mahsulotlari uchun mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat asosida savdolarda qatnashish talablari 2025-yil 1-fevraldan boshlab majburiy etib belgilangan.

➡️ Shu munosabat bilan “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va “O‘zbekeskpertiza” AJ mas’ullari bilan birgalikda ushbu masala yuzasidan mahalliy korxonalarga amaliy yordam ko’rsatish ishlarini olib bormoqdalar.

➡️ Bugun uyushma mas’ul xodimlari “O‘zbekeskpertiza” AJ vakillari bilan birgalikda Toshkent shahrida joylashgan “Jihozvent” korxonasiga tashrif buyurdilar.

➡️ Tashrifdan ko’zlangan maqsad korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulotlarining mahalliylashtirish darajasini o’rganishdan iborat bo’ldi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #sertifikat

⚡️ Elektrotexnika korxonalarida mahalliy tovar serifikatini berish yuzasidan uchrashuvlar tashkil etildi

➡️ O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktyabrda “Mahally ishlab chiqarilgan tovarlarni aniqlash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 712-sonli qarori qabul qilingan edi.

➡️ Mazkur qarorning 1-ilovasiga asosan, “Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan.

➡️ Ushbu Nizomga ko’ra, mahalliy ishlab chiqaruvchini aniqlash bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish va sertifikat berish bo‘yicha “O‘zbekeskpertiza” AJ vakolatli organ etib tasdiqlangan.

➡️ Nizomning 2-ilovasiga asosan elektrotexnika sanoati mahsulotlari uchun mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat asosida savdolarda qatnashish talablari 2025-yil 1-fevraldan boshlab majburiy etib belgilangan.

➡️ Shu munosabat bilan “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va “O‘zbekeskpertiza” AJ mas’ullari bilan birgalikda ushbu masala yuzasidan mahalliy korxonalarga amaliy yordam ko’rsatish ishlarini olib bormoqdalar.

➡️ Xususan, joriy yil 25-yanvaridan boshlab uyushma mas’ul xodimlari “O‘zbekeskpertiza” AJ vakillari bilan birgalikda “PRO CAB”, “Texnopark”, “Techno Cable Group”, “Artikul Aziya Kabel”, “Toshelectroapparat”, “Best Mega Tech”, “Sun-Hightech”, “Manokip Zavodi”, “Samo Techno” kabi korxonalarda bo’ldilar.

➡️ Mazkur tashriflardan ko’zlangan maqsad korxonalarga mahalliy tovar sertifikatini olish bo’yicha amaliy yordam ko’rsatish, bu borada tavsiyalar berishdan iborat bo’ldi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #sertifikat #mahalliy_tovar

⚡️ Elektrotexnika sanoati korxonalariga mahalliy tovar sertifikatini berish yanada soddalashtirilmoqda

➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasida, mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan mahalliy tovar sertifikatni olish jarayonlarini soddalashtirish mavzusida uchrashuv tashkillashtirildi.

➡️ Unda “O’zeltexsanoat” uyushmasi raisi o’rinbosari J. Jamalov, “O’zekspertiza” AJ direktori o’rinbosari U.A’zamxo’jayev, Savdo-sanoat palatasi boshqarma boshlig’i I.Jumayev, elektrotexnika sanoati korxonalari vakillari va boshqa mas’ullar ishtirok etdilar.

➡️ Uchrashuvda mahalliy korxonalarning sertifikat olish jarayonlari bo’yicha takliflari va yuzaga kelayotgan muammolar bo’yicha fikrlari tinglandi.

➡️ Xususan, uchrashuv mobaynida mahalliy ishlab chiqarilgan tovar sertifikatini olishda hujjat topshirish tizimini yanada soddalashtirish bo’yicha bir yechimga kelindi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #TEXNOPARK #sertifikat

⚡️ TEXNOPARK kompaniyasi xalqaro sertifikatni qo'lga kiritdi

➡️TEXNOPARKdagi lift zavodi 2014/33/EU Yevropa Direktivasiga muvofiq sertifikatlashni muvaffaqiyatli yakunladi. Milliy brend ostidagi liftlar 200 dan ortiq Yevropa Ittifoqi standartlariga muvofiqligini tasdiqlovchi CE sertifikatini oldi.

➡️ Sertifikat Turkiya va Yevropa Ittifoqi bozorlariga yangi eksport imkoniyatlarini ochib beradi. Bu esa Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Oʻzbekiston sanoat mahsulotlarini eksportga chiqarish geografiyasini kengaytirishga qaratilgan ustuvor yoʻnalishlariga mos keladi.

➡️ Sertifikatlash Turkiyaning D KARE notifikatsiyalovchi organi bilan hamkorlikda, EXPAD MEHMET mutaxassislari ishtirokida amalga oshirildi. Jarayon 8 oy davom etdi va 9 ta lift modelini keng qamrovli sinovdan o'tkazish, ishlab chiqarish auditi va hujjatlarni ko'rib chiqishni o'z ichiga oldi.

➡️ CE sertifikatini olish TEXNOPARK mahsulotlarining xalqaro raqobatbardoshligini oshirish va milliy brendlarni tashqi bozorlarda ilgari surishda muhim qadam hisoblanadi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM