"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #Standart_Plit

🟢 Maishiy texnika vositalari ishlab chiqaruvchi "Standart Plit" korxonasi faoliyati o'rganildi

➡️ Mamlakatimizda tadbirkorlik uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar sabab elektrotexnika sanoatidagi korxonalar soni yildan-yilga oshib bormoqda.

➡️ 2019-yilda o'z faoliyatini boshlagan "Standart Plit" korxonasi, bugungi kunda changyutgich va yarim avtomat kir yuvish mashinasi kabi maishiy texnika vositalarini ishlab chiqarish bilan shug'ullanib kelmoqda.

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi ma'sul xodimlari ushbu korxona faoliyatini o'rganish va rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun ishlab chiqarish quvvati joylashgan hududga tashrif buyurdilar.

➡️ Uchrashuvda mahalliylashtirish darajasini yanada oshirish, mahalliy korxonalar bilan yangi hamkorlik aloqalarini o'rnatishda va eksportga chiqishda yordam ko'rsatish masalalari muhokama qilindi.

➡️ Toshkent viloyati, Toshkent tumanida joylashgan korxonada hozirda 100 nafarga yaqin mahalliy aholi vakillari doimiy ish bilan ta'minlangan. Korxona mutasaddilari yaqin yillar ichida ishlab chiqarishni kengaytirish orqali xodimlar sonini 400 nafarga yetkazishni reja qilmoqdalar.

➡️ Korxona yiliga 40 ming dona changyutgich, 15 ming dona yarim avtomat kir yuvish mashinasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Hozirda korxona mahsulotlari ichki bozorda xaridorgir bo'lib, yaqin kelajakda Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari bozorlariga mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan. Buning uchun hozirdan tashqi bozorlarni o'rganish uchun korxona mutaxassislari Qozog'iston, Xitoy, Qirg'iziston kabi davlatlarga xizmat safarlariga yuborilgan.

➡️ Diqqatga sazovor jihat shundaki, korxona ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning mahalliylashtirish darajasi 60-70%ni tashkil qiladi. Murakkab shakldagi plastmassa qismlar ham xorijdan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar yordamida yurtimizda ishlab chiqarilmoqda.

➡️ Korxonada xodimlarning bilim-saviyasini oshirish, yangi turdagi mahsulotlarni o'zlashtirish maqsadida o'quv kurslari tashkil etilgan bo'lib, mutaxassislar tomonidan doimiy darslar berib boriladi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Standart_Plit #OAV

🟢 "Standart Plit" korxonasi faoliyati OAV nigohida

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasiga a'zo "Standart Plit" korxonasi 2019-yildan boshlab o'z faoliyatini yo'lga qo'ygan.

➡️ Maishiy texnika vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonada bugungi kunda 2 turdagi changyutgich va 5 turdagi yarim avtomat kir yuvish mashinaslari ishlab chiqariladi.

➡️ Korxona faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlari "O'zbekiston 24" telekanali ijodkorlari tomonidan atroflicha yoritildi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Standart_Plit

⚡️ Maishiy texnika vositalari ishlab chiqaruvchi "Standart Plit" korxonasi faoliyati o'rganildi

➡️ 2019-yilda o'z faoliyatini boshlagan "Standart Plit" korxonasi, bugungi kunda changyutgich va yarim avtomat kir yuvish mashinasi kabi maishiy texnika vositalarini ishlab chiqarish bilan shug'ullanib kelmoqda.

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi o‘rinbosari A.Boyev boshchiligidagi ma'sul xodimlari ushbu korxona faoliyatini o'rganish va rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun ishlab chiqarish quvvati joylashgan hududga tashrif buyurdilar.

➡️ Uchrashuvda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, eksport va korxonadagi mavjud muammolarni bartaraf etish kabi masalalar muhokama qilindi.

➡️ Toshkent viloyati, Toshkent tumanida joylashgan korxonada hozirda 100 nafarga yaqin mahalliy aholi vakillari doimiy ish bilan ta'minlangan. Korxona mutasaddilari yaqin yillar ichida ishlab chiqarishni kengaytirish orqali xodimlar sonini 400 nafarga yetkazishni reja qilmoqdalar.

➡️ Korxona yiliga 40 ming dona changyutgich, 15 ming dona yarim avtomat kir yuvish mashinasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Hozirda korxona mahsulotlari ichki bozorda xaridorgir bo'lib, yaqin kelajakda Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari bozorlariga mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan. Buning uchun hozirdan tashqi bozorlarni o'rganish uchun korxona mutaxassislari Qozog'iston, Xitoy, Qirg'iziston kabi davlatlarga xizmat safarlariga yuborilgan.

➡️ Korxonada xodimlarning bilim-saviyasini oshirish, yangi turdagi mahsulotlarni o'zlashtirish va eksport bozorlarini kengaytirish bo‘yicha tegishli boshqarmalarga ko’rsatma va topshiriqlar berildi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM