"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #Markirovka

⚡️ Markirovkalash nazorati kuchaytirilmoqda

➡️ Oʻzbekistonda markirovka qoidalariga amal qilish nazorati kuchaytirilmoqda. Endi soxta markirovka bilan savdoga chiqarilgan tovarlar musodara qilinadi, shuningdek jinoiy javobgarlik belgilanishi kutilmoqda.

➡️ 2024-yil 1-sentyabrga qadar Soliq qoʻmitasi tamaki va alkogol mahsulotlari, pivo, dori-darmon va maishiy texnika vositalari chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi barcha korxonalarning “Asl Belgisi” tizimida roʻyxatdan oʻtishi nazorat qilinadi.

➡️ 2024-yil 1-noyabrga qadar markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlarning ulgurji savdosi faqat naqdsiz shaklda amalga oshirilishi boʻyicha hujjat loyihasi ishlab chiqilishi kerak.

➡️ 2026-yil 1-avgustga qadar Vazirlar Mahkamasi soxta markirovka bilan savdoga chiqarilgan tovarlarning majburiy musodara qilinishi, shuningdek bunday mahsulotlar savdosi uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi boʻyicha takliflar tayyorlashi shart.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM