TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.33K subscribers
10.2K photos
1.31K videos
6 files
6.34K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📊 Mamlakatimizda jami 45 mln gektar yer maydoni mavjud. 2021-yilgacha atigi 1 mln gektari ro‘yxatga olingan bo‘lsa, hozirda 42 mln gektar, ya’ni 94% maydon raqamlashtirilib, davlat kadastridan o‘tkazildi.

O‘rmonlar, suv fondi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘liq ro‘yxatga olindi.
Transport, aloqa, geodeziya, energetika va boshqa 13 ta yo‘nalishda davlat kadastri ma’lumotlari 100% shakllantirildi.
Yana 7 ta yo‘nalish bo‘yicha ishlar yakuniy bosqichda.



📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

YASHNOBOD TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI


💠 Aholi muammolarini yechishning mutlaqo yangi, samarali tizimini yaratish maqsadida tashkil etilayotgan sayyor qabullar odamlar hayotida muhim o‘rin tutmoqda.

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida poytaxtimizning 📍Yashnobod tumani aholisi uchun o‘tkazilgan sayyor qabulda ham bu haqiqat yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi.

◼️Unda fuqarolarning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros, yerni xususiylashtirish hamda kadastrga doir boshqa savol, muammolari tinglandi. E’tiborlisi, kelib tushgan aksariyat masalalar joyida hal etildi. O‘rganilishi vaqt talab qilgan murojaatlarning ijrosi alohida nazoratga olindi.

Qabul davomida shuningdek, “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-937-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan olib borilayotgan xatlov ishlari, mazkur qonun bilan aholiga yaratilgan qulayliklar haqida ham ma’lumot berildi.

#Kadastr #sayyor_qabul #Yashnobod #Qonun_937

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 O‘zbekiston nomidan Kadastr agentligi vakili BMT YeIK "Yer resurslarini boshqarish masalalari bo‘yicha" Ishchi guruhiga a’zo etib saylandi!

Joriy yilning 29-aprel kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida, Millatlar saroyi qarorgohida bo‘lib o‘tgan BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE) huzuridagi “Yer resurslarini boshqarish masalalari bo‘yicha” Ishchi guruhning (WPLA) 14-sessiyasida 2026–2027-yillar uchun yangi a’zolar saylandi.

🌟Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Nishanov Bexzod Yusufovich nomzodini ilgari surib, yer ma’murchiligi sohasida ilk marotaba BMT YeIK ishchi guruhi a'zosi sifatida nomzodi ma’qullandi.

ℹ️ Ma'lumot o'rnida: 2023-2025 yillar davomida Kadastr agentligi O'zbekiston nomidan BMT sessiya va tadbirlarida faol ishtirok etib, kadastr tizimlarini raqamlashtirish, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish sohalarida olib borayotgan tajribasi bilan bo’lishib kelmoqda.


🌐 BMT YEIKning “Yer resurslarini boshqarish masalalari bo‘yicha” Ishchi guruhi – mintaqada yer ma’muriyatchiligi, barqaror rivojlanish, siyosat va tajriba almashinuvi, hamda yangi global megatrendlarga mos yechimlar ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi.

Byuro a’zoligi tarkibiga kirish – xalqaro maydonda O‘zbekiston so‘nggi yillarda kadastr tizimini isloh qilish, ilg‘or raqamli texnologiyalarni o‘zlashtirish, ma’lumotlar shaffofligini hamda aniqliligini oshirish hamda milliy standartlarni xalqaro me’yorlarga moslashtirish orqali salmoqli yutuqlarga erishib kelayotganining e’tirofi hisoblanadi.

📌 2026–2027-yillar uchun Ishchi guruh byurosi quyidagi davlatlar vakillaridan iborat bo‘ladi:
🇪🇸 Ispaniya (rais)
🇮🇹 Italiya
🇩🇪 Germaniya
🇬🇷 Gretsiya
🇷🇸 Serbiya
🇹🇷 Turkiya
🇺🇿 O‘zbekiston


#Kadastr_agentligi | #UNECE | #WPLA | #XalqaroHamkorlik | #Geneva2024

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI

⭐️Kadastr agentligi direktorining 2025-yil 25-apreldagi 133-19-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari Sh.Ro‘zmatov hamda T.Yuldashev tomonidan tizim xodimlari uchun huquqiy seminar o‘tkazildi.

◾️Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF–71-son Farmoni va “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–147-son qarori mazmun-mohiyati taqdimot materiallari asosida tushuntirib o‘tildi.

◾️O‘tkazilgan seminarda tuman filiallari mas’ullari masofadan ZOOM platformasi orqali ishtirok etdilar.

◾️Bu kabi huquqiy targ‘ibot tadbirlari soha xodimlarining huquqiy ongi, qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini yanada oshirish va fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilashga xizmat qilishi shubhasiz.

#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #seminar

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬🎬🎬🎬 📝📝📝📝

OAV BIZ HAQIMIZDA


▶️ “Toshkent” telekanalining “Poytaxt” informatsion dasturi orqali Mirzo Ulug‘bek tumanida 🌟Davlat kadastrlari palatasi masʼullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabul tafsilotlari yoritildi.

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #sayyor_qabul #tv #murojaatlar

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

SIZ UCHUN MAʼLUMOT


⚡️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

yer uchastkalarining berilganligi (realizatsiya qilinganligi);

binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;

ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;

ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham shakllantirilishi mumkin.

🇺🇿“Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 17-modda.

#Kadastr #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun 1-may.
Qonunchilikda nimalar o‘zgardi?


◾️Ayrim banklarga balansga olingan mol-mulklarni bozor qiymatida to'g'ridan-to'g'ri sotishga ruxsat etiladi.

◾️Ayrim tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda, davlat boji undirilmaydi.

◾️Ayrim tadbirkorlarga garovsiz kiriditlar ajrtiladi.

◾️Ayrim tadbirkorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.

◾️Kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari joriy etiladi.

◾️«Hamkor tadbirkor» dasturi yo‘lga qo‘yiladi.

◾️Fuqarolar yig‘ini raislari professional mediatorlikka bepul o‘qitiladi.

◾️Fonogrammadan foydalanishni cheklanadi.

◾️Tadbirkor ayollarga grantlar ajratiladi.

◾️Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilinganlarga nafaqa puli “Inson” markazlari orqali to‘lanadi.

◾️«Toza qo'llar» dasturi amalga oshiriladi.

◾️Kam taʼminlangan oilalarga elektr va tabiiy gaz to‘lovlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi.

#DavKadastrPalata #Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

RASMIY MUNOSABAT


⭐️Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

◼️2025-yilning 24-aprel kuni Boshqarmaning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 183-sonli Qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga asosan o‘rnatilgan tartibda davlat yer nazorati tadbiri olib borilganida Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, “Oltintepa” MFY, Bo‘zariq ko‘chasi, 4-uy manzilida yashovchi fuqaro P.A. tomonidan o‘ziga tegishli turar joy obyektiga qo‘shimcha 69 kv.m yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olganligi aniqlangan.

◼️Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan 15 kunlik muddatda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonini ya’ni o‘rab olingan tunika devorini o‘z hisobidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etish va yer maydonini avvalgi holatiga qaytarish yuzasidan tegishli ko‘rsatma xati berilgan.

◼️Agarda fuqaro tomonidan davlat organining qonuniy talablari o‘z vaqtida bajarilmasa, majburiy tartibda bartaraf qilish bo‘yicha sud organlariga da’vo arizasi kiritilishi ma’lum qilinadi.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг апрель ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1