Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
Joriy yilning 29-aprel kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida, Millatlar saroyi qarorgohida bo‘lib o‘tgan BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE) huzuridagi “Yer resurslarini boshqarish masalalari bo‘yicha” Ishchi guruhning (WPLA) 14-sessiyasida 2026–2027-yillar uchun yangi a’zolar saylandi.
ℹ️ Ma'lumot o'rnida: 2023-2025 yillar davomida Kadastr agentligi O'zbekiston nomidan BMT sessiya va tadbirlarida faol ishtirok etib, kadastr tizimlarini raqamlashtirish, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish sohalarida olib borayotgan tajribasi bilan bo’lishib kelmoqda.
Byuro a’zoligi tarkibiga kirish – xalqaro maydonda O‘zbekiston so‘nggi yillarda kadastr tizimini isloh qilish, ilg‘or raqamli texnologiyalarni o‘zlashtirish, ma’lumotlar shaffofligini hamda aniqliligini oshirish hamda milliy standartlarni xalqaro me’yorlarga moslashtirish orqali salmoqli yutuqlarga erishib kelayotganining e’tirofi hisoblanadi.
🇪🇸 Ispaniya (rais)🇮🇹 Italiya🇩🇪 Germaniya🇬🇷 Gretsiya🇷🇸 Serbiya🇹🇷 Turkiya🇺🇿 O‘zbekiston
#Kadastr_agentligi | #UNECE | #WPLA | #XalqaroHamkorlik | #Geneva2024
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1