TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.32K subscribers
10.2K photos
1.31K videos
6 files
6.34K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 O‘zbekiston nomidan Kadastr agentligi vakili BMT YeIK "Yer resurslarini boshqarish masalalari bo‘yicha" Ishchi guruhiga a’zo etib saylandi!

Joriy yilning 29-aprel kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida, Millatlar saroyi qarorgohida bo‘lib o‘tgan BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE) huzuridagi “Yer resurslarini boshqarish masalalari bo‘yicha” Ishchi guruhning (WPLA) 14-sessiyasida 2026–2027-yillar uchun yangi a’zolar saylandi.

🌟Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Nishanov Bexzod Yusufovich nomzodini ilgari surib, yer ma’murchiligi sohasida ilk marotaba BMT YeIK ishchi guruhi a'zosi sifatida nomzodi ma’qullandi.

ℹ️ Ma'lumot o'rnida: 2023-2025 yillar davomida Kadastr agentligi O'zbekiston nomidan BMT sessiya va tadbirlarida faol ishtirok etib, kadastr tizimlarini raqamlashtirish, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish sohalarida olib borayotgan tajribasi bilan bo’lishib kelmoqda.


🌐 BMT YEIKning “Yer resurslarini boshqarish masalalari bo‘yicha” Ishchi guruhi – mintaqada yer ma’muriyatchiligi, barqaror rivojlanish, siyosat va tajriba almashinuvi, hamda yangi global megatrendlarga mos yechimlar ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi.

Byuro a’zoligi tarkibiga kirish – xalqaro maydonda O‘zbekiston so‘nggi yillarda kadastr tizimini isloh qilish, ilg‘or raqamli texnologiyalarni o‘zlashtirish, ma’lumotlar shaffofligini hamda aniqliligini oshirish hamda milliy standartlarni xalqaro me’yorlarga moslashtirish orqali salmoqli yutuqlarga erishib kelayotganining e’tirofi hisoblanadi.

📌 2026–2027-yillar uchun Ishchi guruh byurosi quyidagi davlatlar vakillaridan iborat bo‘ladi:
🇪🇸 Ispaniya (rais)
🇮🇹 Italiya
🇩🇪 Germaniya
🇬🇷 Gretsiya
🇷🇸 Serbiya
🇹🇷 Turkiya
🇺🇿 O‘zbekiston


#Kadastr_agentligi | #UNECE | #WPLA | #XalqaroHamkorlik | #Geneva2024

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1