TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.36K subscribers
7.44K photos
851 videos
6 files
4.41K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
#Kadastr #matbuot_tadbiri #E_yer_nazorat #Uzkad
“RAQAMLASHAYOTGAN KADASTR” MAVZUSIDAGI MATBUOT TADBIRI

🔷 “22-aprel - Butunjahon yer kuni” munosabati bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida “Kadastr sohasidagi ijobiy o‘zgarishlar: raqamlashayotgan kadastr” mavzusida matbuot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🔷 Unda mas’ullar tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlariga kadastr sohasidagi raqamlashtirish jarayonlari, “E-yer nazorat” ATT hamda “Uzkad” dasturlarining afzalliklari, Toshkent shahridagi “Namunali arxiv” loyihasi haqida batafsil ma’lumot berildi.

🔷 Tadbir yakunida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan javob oldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #Yer_kuni #mehnat_yarmarkasi
TALABA YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

🔷 "22-aprel - Butunjahon Yer kuni" munosabati bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universitetida tadbir o‘tkazildi.

🔷 Yer resurslaridan oqilona foydalanish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan mazkur tadbir davomida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi.

🔷 Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari masʼullari sohaga qiziquvchi talabalarga kadastr yo‘nalishi, uning o‘ziga xos jihatlari hamda tashkilotda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar xususida ma’lumot berishdi.

🔷 Ochiq muloqot davomida talaba yoshlar boshqarma hamda hududiy bo‘limlarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ularga qo‘yiladigan talablar va ishga qabul jarayonlari haqida ham kerakli tushunchalarga ega bo‘ldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube