TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.3K subscribers
10.2K photos
1.3K videos
6 files
6.3K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
#Kadastr #muhim_sana #muqaddasdir_vatan_bayrog_i
18-NOYABR – DAVLATIMIZ BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN

🌏 Davlat ramzlari tarixdan doimo ulug‘ va muqaddas hisoblab kelinadi. Xususan, mustaqilligimiz timsoli – milliy bayrog‘imiz o‘zida xalqimizning asriy orzu-istaklari, g‘ayrati va shijoatini mujassam etgan.

🇺🇿 18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasining milliy ramzlaridan biri - davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.

🇺🇿Davlatimiz bayrog‘i tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz ramzidir.

⚜️Sarbaland qaddimiz va qadrimiz timsolini hamisha e’zozlaylik va boshimiz uzra baland ko‘taraylik!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #muhim_sana #madhiya
BUGUN MADHIYAMIZ QABUL QILINGAN KUN

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi 1992-yil 10-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

🌏 Har tongni madhiyamiz sadolari bilan qarshi olamiz. Qalbimizda yangi kunga, istiqlolga va bugungi tinch-osoyishta hayotimizga shukronalik, kelajakka qat'iy ishonch tuyg‘usi jo‘sh uradi.

🇺🇿 Demakki istiqlolimizni, yurtimizning kuch-qudrati, xalqimizning aql-zakovati, ajdodlarimizning shon-shuhrati va avlodlarimizning yorug‘ kelajagini sharaflovchi bu tarona asrlar osha baralla yangrayveradi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qadrli hamyurtlar!


🇺🇿 Yurtimizda 2024-yil «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili» sifatida yangi g‘oyalar, islohotlar va imkoniyatlarga boy bo‘ldi. Har bir yoshga o‘z maqsadlariga erishish, har bir tadbirkorga muvaffaqiyatli start berish uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
Har bir islohotlar, yangi tashabbuslar va iqtisodiy o‘zgarishlar aholi farovonligini oshirishga, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratildi. Xususan, kadastr sohasida ham bir qator yangi yutuqlar va innovatsion yechimlar amalga oshirildi.

😞😡😞😫-yil ham har bir yurtdoshimiz uchun yangi maqsadlarga, imkoniyatlarga boy va muvaffaqiyatlarga erishish yili bo‘lsin. Yangi yil sizga o‘z maqsadlaringiz sari dadil qadam tashlab, hayotingizda yangicha yuksalishlar va baxtli lahzalar yaratish imkonini olib kelsin. Har bir orzu va niyatlaringiz ro‘yobga chiqib, sizni yana yangi g‘alabalar sari yetaklasin.

💐 Barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshib, har bir yangi kun sizni yanada yuqori cho‘qqilarga olib chiqsin! Yurtimizning ravnaqi yo‘lida qilgan barcha sa’y-harakatlaringizda omad yor bo‘lsin!

💐 Kirib kelayotgan 2025-yilingiz muborak bo'lsin!

Hurmat bilan
Davlat kadastrlari palatasi raisi
M.K.Valiyev

#DavKadastrPalata
#tabrik #muhim_sana


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14-YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNI!

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi 🇺🇿mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan barcha harbiy xizmatchilarni, armiya saflarida oʻz burchini oʻtab qaytgan vatandoshlarimizni hamda yurt xizmatiga shay turgan ming-minglab navqiron yigitlarni tabriklaydi.

◼️Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

◼️Xalqimizning yuksak ishonchi va hurmat-ehtiromi hamisha yor bo‘lsin, Vatanimizning mard posbonlari!

#Kadastr #muhim_sana #tabrik

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BUGUN HAZRAT NAVOIY TAVALLUD TOPGAN KUN

🇺🇿 Mamlakatimizda buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkiri, davlat arbobi hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi keng nishonlanmoqda.

🫥 Jahon adabiyoti va tafakkuri tarixida o‘chmas iz qoldirgan ushbu siymoning serqirra ijtimoiy-siyosiy, ijodiy, ilmiy-ma’rifiy faoliyati, boy adabiy-badiiy merosi asrlar davomida yuksak insonparvarlik, Vatanga sadoqat, adolat va ezgulik timsoli sifatida hamisha jahon ahlining e’tiborini tortib kelmoqda.

#Kadastr #muhim_sana #Navoiyga_ehtirom

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8-MART – XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi yurtimizdagi barcha opa-singillarimizni, shu jumladan, kadastr sohasida faoliyat olib borayotgan xodimalarni nafosat bayrami bilan samimiy qutlaydi.

Hurmatli ayollar!

🌷Sizlarga sihat-salomatlik, oilangizga to‘kin-sochinlik, baxt-saodat, ishlaringizda yangidan-yangi zafarlar tilaymiz. Qalbingiz hamisha sevinch va muhabbatga to‘la bo‘lsin!

#Kadastr #muhim_sana #tabrik #ayolga_ehtirom

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
NAVRO‘Z AYYOMI MUBORAK BO‘LSIN!

💐Navro‘z - insonlarni ezgulikka, bunyodkorlikka, mehr-oqibatga chorlovchi qadriyatlarimiz gultoji.

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi barcha yurtdoshlarimizni bahor ayyomi - Navroʻz umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

💐Hayotingiz bahor tongidek tiniq, baxtli va farovon bo‘lsin!

#Kadastr #muhim_sana #tabrik

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RAMAZON HAYITINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Ramazon hayiti bayrami bilan samimiy qutlaydi.

◼️Bag‘rikenglik va shukronalik timsoli bo‘lgan, o‘zaro hurmat va ahillik muhitini olib kelgan mehr-saхovat ayyomi – Ramazon hayiti muborak!

🇺🇿 Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, jonajon O‘zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo‘lsin!

#Kadastr #muhim_sana #tabrik #Ramazon_hayiti

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BUGUN SOHIBQIRON AMIR TEMUR TAVALLUD TOPGAN KUN

◾️Qutlugʻ sana munosabati bilan sohibqiron Amir Temurning hamma davrlar uchun birdek ahamiyatli bo‘lgan oʻgitlaridan ayrimlarini e’tiboringizga havola etamiz:

Shijoatli kishilarni do‘st tut, chunki Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi.

Raiyat ahvolidan ogoh bo‘ldim, ulug‘larini og‘a qatorida, kichiklarini farzand o‘rnida ko‘rdim.

Ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan xalqni o‘zimga rom qildim. Adolat bilan ish yuritib, jabr-zulmdan uzoqroqda bo‘lishga intildim.

Chin do‘st uldirki, do‘stidan hech qachon ranjimaydi, agar ranjisa ham, uzrini qabul qiladi.

Bir kunlik adolat — yuz kunlik toat-ibodatdan afzal.

Adl-u ehson bilan jahon gulshani obod bo‘ladi.

Davlat — lashkarlar-u fuqarolarning sadoqati va fidoyiligi-la qudratlidir.

Yozilgan narsa avlodlar xotirasida qilingan ishdan ham uzoqroq yashaydi.

#muhim_sana #Temurga_ehtirom

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22-APREL – BUTUNJAHON YER KUNI

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi barcha yurtdoshlarimizni "22-aprel - Butunjahon Yer kuni" bayrami bilan samimiy qutlaydi.

💠 Aziz vatandoshlar!

🌿🌳 Tabiatga ozor bermaslik, ekologik muvozanatni asrash, jonivorlarga ziyon yetkazmaslik, yashash manzilimizni pokiza tutish – bu har birimiz uddalay oladigan oddiy, shu bilan birga umumiy zamin manfaati uchun g‘oyat muhim bo‘lgan vazifalardir. Bu bizning nafaqat o‘zimiz uchun, balki kelgusi avlodlar uchun ham qiladigan eng katta xizmatimiz bo‘ladi.

☯️ Keling, atrof-muhitga e’tiborli bo‘lish, Yerdan to‘g‘ri hamda oqilona foydalanish, saxovatli zaminimizga ziyon yetkazmay, uni salbiy ta’sirlardan muhofaza qilishda har birimiz namuna bo‘laylik!

#Kadastr #muhim_sana #Yer_kuni #tabrik

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9-MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNI

💠 Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayot. Xotira kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – kitob misoli hayotimizni yoritadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga jasorat bag‘ishlaydi.

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.

🇺🇿 Vatan ravnaqi, xalq osoyishtaligi uchun xizmat qilgan el fidoyilari ezgu amallari sabab umrbod kishilar yodidan o‘chmaydilar. Nomlari hamisha e’zoz bilan tilga olinib, xotiralari mangulikka muhrlanadi.

#Kadastr #muhim_sana #tabrik #Xotira_va_qadrlash_kuni

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURBON HAYITINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

◾️Qurbon hayiti bayrami ma’naviy hayotimizda muhim o‘rin tutib, xalqimizga xos mehr-muruvvat, bag'rikenglik va saxovat ifodasi hisoblanadi.

⭐️ Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi ushbu barokatli va nurafshon kunda barcha yurtdoshlarimizni qutlug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etadi.

🎁 Qalbingizdagi barcha ezgu tilaklar ro‘yobga chiqsin! To‘kin-sochinlik va farovonlik mudom barqaror bo‘lsin!

🇺🇿 Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin, aziz vatandoshlar!

#Kadastr #muhim_sana #tabrik #Qurbon_hayiti

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BAYRAMINGIZ BILAN HURMATLI MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI!

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan barcha soha fidoyilarini samimiy muborakbod etadi.

◼️Qadrli Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

🌷Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish, bugungi kun mavzusini odil, xolis va tezkor yoritishda aslo charchamang. Xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka, mas’uliyatli va sharafli ishlaringizda esa yangi yutuqlar tilaymiz.

#Kadastr #muhim_sana #tabrik

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30-IYUN – YOSHLAR KUNI

🇺🇿 30-iyunYoshlar kuni mamlakatimizda yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va rolini e’tirof etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, yangi avlodni ilm-fan, san’at, sport va innovatsiyalar sohalariga keng jalb etish maqsadida nishonlanadi. Ushbu kun – kelajak bunyodkorlariga bo‘lgan ishonchning ramzi!

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi bugungi sana munosabati bilan Oʻzbekiston yoshlarini samimiy qutlaydi.

⚜️Aziz yoshlar! Fursatni va imkoniyatni qoʻldan boy bermang, faqat olgʻa intiling. Omad va muvaffaqiyat doimo hamrohingiz boʻlsin!

#Kadastr #muhim_sana #tabrik

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2-IYUL – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI QABUL QILINGAN KUN

🌏 Gerb – har bir davlatning ramzi, xalqning timsolidir. Bugun O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi, rasmiy davlat ramzining qabul qilingan kuni! “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 10-sessiyasida qabul qilingan.

🇺🇿 Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaro davlat ramzlari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi qonunchilik bilan belgilab qo‘yilgan.

💠 Zero, davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz ifodasidir.

#Kadastr #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM