TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.4K subscribers
7.53K photos
870 videos
6 files
4.47K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
#Kadastr #atamalar

👉 Manzil — ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va u haqida tuzilgan bitimlarning davlat reyestrida ro‘yxatga olingan yoki ro‘yxatga olinmagan ko‘chmas mulk obyektlari — yer uchastkalari, binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan imoratlar, shu jumladan, qurilayotgan, alohida ajratilgan joylar, avtomobil saqlash joylari (chiziqli inshootlar bundan mustasno) joylashgan joyni bir xil identifikatsiyalaydigan elementlarning noyob yig‘indisi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #sayyor_qabul #Bektemir
BEKTEMIR TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

🏢 Davlat idoralarining xalqqa yanada yaqin bo‘lishi, aholi muammolarini yechishning samarali tizimini yaratish maqsadida o‘tkazilayotgan sayyor qabullar o‘z samarasini berib kelmoqda.

🔷 Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari tomonidan Bektemir tumanida oʻtkazilgan sayyor qabulda ham ko‘pgina murojaatlarga yechim topildi.

📝 Qabulda 20 dan ziyod fuqaroning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, tegishli yechim, huquqiy tushunchalar berildi.

🔷 O‘rganilishi vaqt talab etgan murojaatlar yuzasidan mas'ullarga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #auksion
"E-AUKSION" PLATFORMASI ORQALI SOTIB OLING!

💻 "E-auksion" platformasida ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini sotib oling!

🔹 Toshkent shahrida 16 ta (ko'rish)

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #matbuot_tadbiri
MATBUOT TADBIRI OAV NIGOHIDA

🔷 “22-aprel - Butunjahon yer kuni” munosabati bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida bo‘lib o‘tgan matbuot tadbirida mas’ullar tomonidan kadastr sohasidagi raqamlashtirish jarayonlari, “E-yer nazorat” hamda “Uzkad” dasturlari, shuningdek, “Namunali arxiv” loyihasi haqida batafsil ma’lumot berilgan edi.

🔷 Mazkur tadbir tafsilotlari bir necha OAV orqali atroflicha yoritildi:

1️⃣ Hurfikruz telegram kanalida;

2️⃣ Ochunuz telegram kanalida;

3️⃣ "Toshkent oqshomi" gazetasining telegram kanalida;

4️⃣ Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi rasmiy saytida;

5️⃣ "O‘zbekiston 24" radiokanalining “Yangiliklar” dasturida;

6️⃣ “Oʻzbekiston” telekanalining “Assalom, Oʻzbekiston” dasturida;

7️⃣ “Toshkent” telekanalining “Poytaxt” informatsion dasturida;

8️⃣ “Huquq” gazetasida.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sayyor_qabul #Bektemir
SAYYOR QABUL – AHOLI MANFAATLARI UCHUN

🔷 Xabaringiz bor, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari tomonidan Bektemir tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

🔷 Fuqarolarning kadastr sohasi bilan bogʻliq murojaatlari koʻrib chiqilgan qabul tafsilotlari mazkur reportajda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #bizning_manzillar
TOSHKENT SHAHRIDA JOYLASHGAN KADASTR IDORALARINING MANZILLARI

🏢
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari hamda uning bo‘lim-filiallarining manzillari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

📌 Bektemir tumani

📌 Mirobod tumani

📌 Mirzo Ulug‘bek tumani

📌 Sergeli tumani

📌 Olmazor tumani

📌 Uchtepa tumani

📌 Shayxontohur tumani

📌 Yashnobod tumani

📌 Chilonzor tumani

📌 Yunusobod tumani

📌 Yakkasaroy tumani

📌 Yangihayot tumani

📌 Toshkent shahar boshqarmasi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti qanday hollarda rasmiylashtiriladi?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi 535-son qaroriga asosan, ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:

1️⃣ ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

2️⃣ ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);

3️⃣ qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

4️⃣ yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

5️⃣ ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

6️⃣ ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

7️⃣ o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.
#Kadastr #huquqiy_asos
SIZ UCHUN MAʼLUMOT

🔷 Qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi.

🔷 O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat aniqlangan taqdirda ushbu imoratni qurgan shaxsga mazkur qurilishning noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar beriladi hamda imoratni 15 kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish (buzib tashlash) to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Audio
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati #radio
OAV BIZ HAQIMIZDA

🔷 Yer nazorati tadbirlarini samarali tashkil etishda “E-yer nazorat” ATT dasturining ahamiyati nimalardan iborat?

🔷 Bu haqda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limi yetakchi inspektori A.To‘lqinov 🇺🇿 “O‘zbekiston” radiokanali muxbiriga intervyu berdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #hisobot
KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI

🔷 Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining to‘rtinchi yigʻilishi o‘tkazildi. Unda davlat organlari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

🔷 Kun tartibiga ko‘ra Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.Ochilov so‘zga chiqib, Kadastr agеntligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkеnt shahar boshqarmalari, uning hududiy tizim xodimlari orasida poraxoʻrlik, manfaatlar toʻqnashuvi, mansab vakolatini suisteʼmol qilish kabi salbiy holatlarning oldini olish, tizimni “Korrupsiyadan holi soha”ga aylantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi.

🔷 Shuningdek, kadastr tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining mazmun-mohiyati, ayni yo‘nalishda qabul qilingan muhim normativ-huquqiy hujjatlarga ham toʻxtalib oʻtildi.
#Kadastr #yer_nazorati #Shayxontohur
YERLARNI O'ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLASHDA JAZO MUQARRAR

⚠️ Unutmang! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish ma’muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.

🏢 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limi inspektorlari Kamolon Darvoza MFY hududida o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlarida fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan 270 kv.m yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqlaydilar.

Mazkur holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilganiga qaramay holat fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmaydi.

📝 Shundan so‘ng tuman kadastr bo‘limi mazkur o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonidagi noqonuniy qurilmani bartaraf etib, yerni davlat zaxirasiga qaytarish yuzasidan sud organlariga da’vo arizasi kiritadi.

Natijada bugungi kunda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni sudning hal qiluv qarori bilan davlat zaxirasiga qaytarildi.
#Kadastr #tezkor_munosabat
TEZKOR MUNOSABAT

⬜️ “Milliy” telekanalining “Millar” dasturi orqali Toshkent shahar, Olmazor tumanida qurilgan ko‘p qavatli xonadonlar bilan bog‘liq Kadastr ham yo‘q, uy ham yo‘q” sarlavhasi ostida lavha efirga uzatildi.

⬜️ Mazkur murojaat Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, hozirda ishchi guruhi o‘rganish ishlari olib borayotganligini maʼlum qilamiz.

⬜️ Holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berilishi taʼminlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #huquqiy_asos #javobgarlik
QONUNNI BILMASLIK JAVOBGARLIKDAN OZOD QILMAYDI

📝 Qonunchilikka ko‘ra, sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish:

👉 BHMning 400 baravaridan 500 baravarigacha (136 mln so‘mdan 170 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;

👉 muayyan huquqdan mahrum qilib, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;

👉 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #yer_nazorati #Bektemir
NOQONUNIY HARAKAT JAZOSIZ QOLMAYDI

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo‘limi xodimlari nazorat tadbirlari vaqtida tumanning Oltintopgan MFY, Oltintopgan ko‘chasida o‘zboshimchalik bilan egallangan 85,0 kv.m. yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqladi.

📝 Shundan so‘ng yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi hamda uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

Amalga oshirgan xatti-harakatining huquqiy oqibatlarini to‘g‘ri tushunib yetgan fuqaro mazkur noqonuniy qurilmani bartaraf etdi.

🔷 Hurmatli poytaxtimiz fuqarolari va tadbirkorlari!

⚠️ Siz yerga oid qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish orqali o‘zingizni turli asabbuzarlik, ovoragarchilik, ortiqcha xarajat, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikdan asraysiz. Unutmang, har bir qarich yerning hisobi bor. Nazorati ham shunga yarasha kuchli boʻladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

◻️ “Milliy” telekanalining “Millar” dasturi orqali Toshkent shahar, Olmazor tumanida qurilgan ko‘p qavatli xonadonlar bilan bog‘liq Kadastr ham yo‘q, uy ham yo‘q” sarlavhasi ostida efirga uzatilgan lavha yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◻️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-avgustdagi “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni talablariga muvofiq Toshkent shahar hokimi tomonidan qabul qilingan 2019-yil 11-martdagi qarorga asosan Olmazor tumani, Sag‘bon va Nurafshon ko‘chalari kesishuvida joylashgan yer maydoni “M.M.B.” MCHJ nomiga zaxiralangan.

◻️ Bugungi kun holatiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagiKadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash to’g‘risida”gi 535-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning Maʼmuriy reglamenti talablariga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat xizmatlari markazi orqali Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasiga Olmazor tumani, Sag‘bon va Nurafshon ko‘chalari kesishuvida joylashgan ko‘p qavatli binoga kadastr hujjatlari shakllantirish yuzasidan tegishli ariza taqdim etilmaganligi sababli kadastr hujjatlari shakllantirilmagan hamda bino davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
KORRUPSIYA – TARAQQIYOT DUSHMANI

👉 Pora olish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lishi, — BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

📝 O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 210-modda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #bizning_manzillar #Yunusobod
BIZNING MANZILLAR: YUNUSOBOD TUMANI FILIALI

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Yunusobod tumani filiali

📝 Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari:
dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

📍Manzil:
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bogʻishamol koʻchasi, 112-uy.

☎️ Murojaat uchun telefon:
(+99871) 235-44-69.

📌 Lokatsiya.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr pasporti shakllantirish statistikasi

🌟Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan shakllantirilgan kadastr pasportlari mazkur infografikada berilgan.

🗓 Hisobot davri: 1-30-aprel, 2024-yil

📊Jami kelib tushgan: 83 167 ta
Shakllantirilgan: 43 086 ta

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Dolzarb_40_kunlik #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati
O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN QURILGAN UY VA IMORATLAR AYOVSIZ BUZILADI

- Hujjati yo‘q uylarga kadastr hujjatlarini qilib berish boshlanishi haqidagi xabarlar tarqalganidan keyin ayrim “uddaburonlar” tezkorlik bilan imorat qurib olib, “bu uyni 5-10 yil oldin qurganman deb iddao qilsam hujjatlashtirib olaman” deb o‘ylashi natijasida hududlarda yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab, qurilish qilayotganlar ham uchramoqda.

🏢 Bu haqida Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi B.Tashxodjayev ma’lum qildi.

👉 Uyim buzilmasin desangiz ushbu maqolani albatta o‘qing!!! 👈

⚠️ Eslatib o‘tamiz, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik, u yerga noqonuniy qurilmani amalga oshirganlik uchun qonunchilikda Ma’muriy javobgarlikdan, Jinoiy javobgarlikkacha choralar belgilangan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Audio
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #radio #arxiv
RADIODA “NAMUNALI ARXIV” LOYIHASI YORITILDI

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tumani filiali arxiv ishi muhandisi H.Zayniddinova 📻 “O‘zbekiston” radiokanaliga intervyu berdi.

🎙 Mutaxassis “Jarayon” eshitirishi orqali Toshkent shahridagi “Namunali arxiv” loyihasi va arxiv hujjatlarini raqamlashtirish ishlari haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube