TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.3K subscribers
10.2K photos
1.3K videos
6 files
6.3K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Matbuot anjumanidagi dolzarb mavzular muhokamasi


➡️ 2025-yil 20-may kuni AOKAda Kadastr agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli qonuni ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani davomida mavzu yuzasidan keng qamrovli ma’lumotlar taqdim etildi.

❗️E’tiborga molik jihatlardan biri — Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Nozimjon Inamov Kadastr tizimida faoliyat yuritayotgan ayol kadastr muhandislarining roli va ularning sohaga qo‘shayotgan hissasini alohida ta’kidlab o‘tildi.

✔️ Ayol kadastr mutaxassislarning yuksak mas’uliyat, aniqlik va professionallik talab qilinadigan ushbu sohadagi faol ishtiroki xatlov jarayonlarida ham muhim o‘rin tutmoqda.

#DavKadastrPalata #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Nogironligi bo‘lgan shaxslar va ular tarkibidagi oilalar uchun muhim yangilik!

Qonunga muvofiq, agar nogironligi bo‘lgan shaxs yoki shunday shaxs bo‘lgan oila auksion orqali yer sotib olsa, davlat tomonidan buning xarajatlari qoplab beriladi.

📌 Yer sotib olish uchun beriladigan yordam — bir marta beriladigan to‘lov bo‘lib, BHMning 100 baravarigacha, ya’ni 37,5 mln so‘mgacha tashkil qilishi mumkin.

🔗 Batafsil

#DavKadastrPalata #huquqiy_malumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat kadastrlari palatasida tashkiliy
yig'ilish

⭐️🌟 Bugun Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasida tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi.

◼️ Kadastr agentligi direktori o'rinbosari Abdushukur Abdullayev va Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev boshchiligidagi uchrashuvda agentlik va palata mutasaddilari ishtirok etishdi.

📃 Yig'ilishda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining buyrug'iga ko'ra, Sulaymonov Maqsud Murotjonovich Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangani o'qib eshittirildi. Maqsud Murotjonovichning oʻtgan yillar davomida sohalarda koʻrsatgan jonbozliklari qayd etilib, kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tilandi.

◼️Shuningdek, Palata raisi tomonidan tadbir so'ngida sohaga oid bir qancha masalalar ko'rib chiqildi va kelgusi rejalar uchun topshiriqlar belgilandi.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi doirasida amalga oshirilgan xatlov natijalari


🗓️2025-yil 29-may holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘RQ-937-sonli qonun ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan xatlov jarayonida jami 333 596 ta obyekt inventarizatsiyadan o'tkazildi.

▫️Mazkur xatlov Qonunda belgilangan tartibda aholi turar joylari va boshqa obyektlarni aniqlash, hisobga olish hamda ularga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish maqsadida amalga oshirilmoqda.

#DavKadastrPalata  #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿😀😃😄😆😊

Har bir uyga – ekologik mas’uliyat

🚫 Qonunchilikka ko‘ra, yangi quriladigan ko‘p kvartirali uylarni chiqindi to‘plash joylarini belgilamasdan loyihalashtirish hamda foydalanishga qabul qilish taqiqlanadi.

✔️ Shuningdek, uylarning chiqindi to‘plash joylari ulardagi kvartiralar soniga mutanosib ravishda hamda atrofdagi mavjud chiqindi to‘plash shoxobchalari quvvati hisobga olingan holda loyihalashtiriladi.

#DavKadastrPalata #yashil_iqtisodiyot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ozarbayjon Respublikasi Mulk masalalari davlat xizmati delegatsiyasi Davlat kadastrlari palatasida


⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasida bugun Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Mulk masalalari davlat xizmati a'zolaridan iborat delegatsiya vakillari bilan xalqaro hamkorlik va tajriba almashish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

🇦🇿🇺🇿 Ozarbayjonning "Davlat kadastri va ko‘chmas mulk reyestri" tashkiloti raisi Nigar Alimova boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev kutib oldi.

🎛 Delegatsiya vakillari diqqatiga Davlat kadastrlari palatasi faoliyatiga doir:

- Kadastr pasportini shakllantirish;
- Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
- Kadastr xizmatlari va ularning tartibi;
- Yer fondi toifalarining hisobi yuritilishi;
- UzKAD dasturi va tashkilotda raqamlashtirish jarayonlari;
- O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli qonuni ijrosidagi xatlov ishi masalalari;
- Istiqboldagi rejalar
kabi mavzularda taqdimot qilinib, ushbu masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashinildi.

#DavKadastrPalata #xorijiy_xamkorlik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi doirasida amalga oshirilgan xatlov natijalari

🗓️2025-yil 4-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘RQ-937-sonli qonun ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan xatlov jarayonida jami 349 799 ta obyekt inventarizatsiyadan o'tkazildi.

▫️Mazkur xatlov Qonunda belgilangan tartibda aholi turar joylari va boshqa obyektlarni aniqlash, hisobga olish hamda ularga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish maqsadida amalga oshirilmoqda.

#DavKadastrPalata  #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Arxivlar –tarix ko‘zgusi

🎫 Arxivlar – davlatning tarixini oʻzida mujassam etgan hujjatli asosga tayangan yirik axborot manbayidir, shu sabab “Arxivlar –tarix ko‘zgusi” deya e’tirof etiladi. Bugun Davlat kadastrlari palatasida faoliyat yurtiayotgan va bayramlarini nishonlayotgan arxiv ishi xodimlarini kasblari haqida o‘zlaridan so‘raymiz. 👆

🌟 💐 Davlat kadastrlari palatasi jamoasida faoliyat yurituvchi arxiv ishi xodimlarini hamda mamlakatimizdagi barcha arxivariuslarni bugungi kasb bayramlari bilan muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘lik, faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi doirasida amalga oshirilgan xatlov natijalari

🗓️2025-yil 10-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘RQ-937-sonli qonun ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan xatlov jarayonida jami 365 355 ta obyekt inventarizatsiyadan o'tkazildi.

▫️Mazkur xatlov Qonunda belgilangan tartibda aholi turar joylari va boshqa obyektlarni aniqlash, hisobga olish hamda ularga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish maqsadida amalga oshirilmoqda.

#DavKadastrPalata  #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

YURTDOSHLARIMIZGA TAVSIYALAR!

☯️ Xabaringiz bor, O'RQ-937-sonli Qonuniga ko'ra, respublika boʻyicha reja jadval asosida xatlov ishlari olib borilmoqda. Davlat kadastrlari palatasi vakillari mazkur jarayonni katta shijoat bilan olib borar ekanlar, xonadon sohiblari boʻlmish sizlardan ham bu jarayonda oʻz xissangizni qoʻshishingizni soʻraymiz. Qanday qilib deysizmi? 👇

📹 Mazkur videoni tomosha qiling!👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim #937

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Agar sizda:

◼️ Yer resurslari, kadastr, ko‘chmas mulk yoki texnik inventarizatsiya sohalari bo‘yicha savollar,
◼️ Yoki korrupsiya bilan bog‘liq holatlar va dalillar bo‘lsa —

📞 1097 raqami orqali bevosita murojaat qiling!

✔️ Barcha murojaatlar qonun doirasida ko‘rib chiqiladi.
✔️ Maxfiylik to‘liq kafolatlanadi.

❗️Sizning faolligingiz soha ochiqligi va adolatliligini ta’minlashga yordam beradi!

#DavKadastrPalata #call_center

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Vijdon saratoni" - korrupsiya

🔵Balki u bizning do‘stimiz, og‘a-inimiz, hamkasbimizdir.
🔵Balki ular bilan har kun uchrasharmiz.
🔵Biz ularning harakatlari haqida bilamiz, lekin jimmiz...

Bu sukunat — xalqqa xiyonat, bu — millat kelajagiga xiyonat!

Korrupsiya holatlari kuzatilsa - 1097 qisqa raqamlariga murojaat qiling.

#DavKadastrPalata  #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi doirasida amalga oshirilgan xatlov natijalari

🗓️2025-yil 19-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘RQ-937-sonli qonun ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan xatlov jarayonida jami 392 390 ta obyekt inventarizatsiyadan o'tkazildi.

▫️Mazkur xatlov Qonunda belgilangan tartibda aholi turar joylari va boshqa obyektlarni aniqlash, hisobga olish hamda ularga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish maqsadida amalga oshirilmoqda.

#DavKadastrPalata  #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘RQ-937-son Qonuni yuzasidan muhim savollarga javoblar


➡️ O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga va unda qurilgan bino-inshootlarga mulk va ijara huquqini berish bo‘yicha ishlar qanday ketmoqda, bu jarayonda qanday muammolar kuzatilyapti?

➡️ Bir martalik to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash nima uchun muhim?

➡️ Firibgarlik holatlariga duch kelganda nima qilish kerak?

⚖️🌟 Adliya vazirligining loyihasi bo‘lgan “Obyektiv” podkastida muhim savollarga mutahassislar javoblar berilishgan.

▶️ To'liq video: https://www.youtube.com/watch?v=_w3ro1Tl5lA

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda 1-iyuldan uy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi

⚡️2025-yil 1-iyuldan O‘zbekistonda uy-joy xarid qilish jarayonida eskrou tizimi amaliyotga joriy etiladi. Bu bo‘yicha Davlatimiz rahbarining tegishli farmoni qabul qilingandi.

✔️ Yangi tartib fuqarolarning huquqlarini muhofaza qilish hamda qurilish sohasida qonuniylikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Yangi tizimga ko‘ra:

➡️ shartnomalar faqat davlat ro‘yxatidan o‘tgan qurilish obyektlari bo‘yicha tuziladi;

➡️ xaridor to‘layotgan mablag‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilish kompaniyasiga berilmaydi, balki bankdagi maxsus eskrou hisobvaraq orqali amalga oshiriladi;

➡️ qurilish ishlari kamida 30 foizga bajarilganidan so‘nggina bank tomonidan mablag‘ ko‘chiriladi yoki kredit ajratiladi;

➡️ 2025-yil 1-iyuldan 31-dekabrgacha amaldagi va yangi tizim parallel ravishda qo‘llanadi;

➡️ 2026-yil 1-yanvardan boshlab faqat eskrou hisobvaraq orqali hisob-kitoblarga ruxsat etiladi;

➡️ qurilish sohasida shaffoflikni ta’minlash maqsadida "Shaffof qurilish" axborot tizimi joriy etiladi;

➡️ ulushli shartnomalar bo‘yicha ma’lumotlar avtomatik tarzda soliq organlariga yuboriladi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

✍️ Bilishingiz muhim

📃 Fuqarolarimizdan kelib tushadigan savollar orasida ko‘p uchraydiganlariga mutaxassislarimizdan javob taqdim etamiz.

⁉️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasa jarima to‘lanadimi?

👆Murojaatga aniq javob videoda keltirilgan.👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌿 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati hamda uning hududiy boshqarmalari tizimida faoliyat yuritayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlar haqida ushbu infografika orqali tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #yoshlar #infografika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun 1-iyul.
Qonunchilikda nimalar o‘zgardi?


➡️ 2028-yil 1-yanvargacha kichik va o'rta biznes subyektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga moratoriy e'lon qilinadi.

➡️ Fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.

➡️ 2030-yil 1-yanvargacha yuridik shaxslar, shuningdek, Bolalar kontentini rivojlantirish markazining bolalar uchun kontentlar yaratishdan olgan daromadi jami yillik daromadining kamida 80 foizini tashkil etganda ularga imtiyozlar beriladi.

➡️ Pensiya va nafaqalar hamda kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to'lovlari 10 foizga oshiriladi.

➡️ Yangi tashkil etiladigan ta'lim tashkilotlari faoliyati 2 bosqichda yo'lga qo'yiladi.

➡️ Respublikaning 15 ta tuman (shahar)larida, tajriba-sinov tariqasida sog'liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etiladi.

➡️ “Ijtimoiy himoya yagona reestri” hamda "Kambag'al oilalar reyestri"ga kiritilgan shaxslarga belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni xarid qilishda to'langan QQS summasi 1 ish kunida qaytariladi.

➡️ Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatchilari malakasini oshirish va qayta tayyorlash xodimlarning kasbiy rivojlanish ehtiyojlariga asoslangan holda tashkil etiladi.

➡️ “Ekofaol fuqaro” platformasiga o'zi ekkan daraxti to'g'risida ma'lumotlar kiritgan kambag'al oilalar a'zolariga o'rmon fondi yerlarida ekilgan har 100 ta daraxt uchun BHMning 1 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.

#DavKadastrPalata #Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda onlayn audio muloqotlar davom etadi

🌟 Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar. Sizning kadastr masalalariga oid savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqotlar o‘tkaziladi.

🗓 Ushbu infografikada joriy yilning iyul oyida rejalashtirilgan ochiq audio muloqotlar sanasi bilan tanishishingiz mumkin.

📃 Kadastrga oid savollaringiz bilan o'z hududingizning telegram kanali orqali o'tkaziladigan audio muloqotda qatnashing va hududiy mutaxassislarimizga to'g'ridan-to'g'ri savolingizni berib, javob oling!

#DavKadastrPalata #audio_ochiq_muloqot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM