TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.3K subscribers
10.2K photos
1.3K videos
6 files
6.31K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
📚📚📚📚
RASMIY MUNOSABAT

◾️Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanida qurilgan ko‘p qavatli xonadonlardan uy sotib olgan fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirolmayotgani haqida e’lon qilingan murojaat yuzasidan 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◾️Boshqarmaning arxiv hujjatlariga muvofiq, Mirzo Ulugʻbek tumani, Sayram koʻchasi, 20-uy manzilida joylashgan, pastki qavatida savdo va maishiy xizmat koʻrsatish majmuasi joylashgan koʻp qavatli turar joy binosi obyekti “F.P.H.” MCHJga Toshkent shahar hokimining 30.11.2018-yildagi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.01.2024-yildagi hamda Toshkent shahar hokimining 15.01.2024-yildagi qarorlariga asosan yer maydoni ajratib berilgan. Noturar qismi boʻyicha kadastr pasporti shakllantirilgan, davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan.

◾️Turar joy qismi boʻyicha kadastr pasporti shakllantirilgan, unga koʻra umumiy foydalanish maydoni 8088,63 kv.m., yashash maydoni 4091,42 kv.m. ni tashkil etadi.

◾️Binoni foydalanishga qabul qilish yuzasidan berilgan buyurtma O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori 6-ilovasi – “Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti” 2-bob, 19-bandi, 17-xatboshiga asosan rad etilgan.

◾️Bugungi kunga qadar ushbu ko‘p qavatli turar joy binolariga tegishli davlat qurilish tashkilotlari tomonidan foydalanishga ruxsat berilmaganligi sababli ko‘p qavatli turar joy binolari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.

◾️Qo‘shimcha ravishda, yuqorida qayd etilgan ko‘p qavatli turar joy binolariga tegishli qurilish tashkilotlari tomonidan qurilishi tugallangan binolardan foydalanish uchun ruxsatnomalar berilib, notarial shartnomalar rasmiylashtirilganidan so‘ng, sotib oluvchilar (fuqarolar) huquqlarni vujudga keltiruvchi hujjatlar (oldi-sotdi va x.k.) bilan murojaat etishgandan so‘ng davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va kadastr hujjatlari shakllantirilishi ma’lum qilinadi.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚📚📚📚

RASMIY MUNOSABAT

◾️Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan Olmazor tumanida yashovchi fuqaroning kadastrga oid murojaati yuzasidan 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◾️O‘rganish natijasida fuqaro Muratov I. tomonidan Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy, Sariq-suv tor koʻchasi, 60 uy-joyning yer maydonini xususiylashtirish to‘g‘risida 2024-yil 23-may hamda 15-iyulda berilgan arizalari ko‘rib chiqilib, yerga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatdagi ya’ni Olmazor tumani hokimining 30.07.2018-yildagi qaroridagi yer maydoni (302 kv.m.) chegaralari hamda haqiqatdan foydalanayotgan yer maydoni (297 kv.m.) chegaralari mos kelmaganligi sababli Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir Ma’muriy reglamentning 2-bob, 14-band, 5-xatboshisiga asosan rad etilgan.

◾️Murojaatdan keyin boshqarmaning Olmazor tumani filiali xodimlari tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan manzilda takroran o‘lchov ishlari o‘tkazildi. Natijada yana huquqiy hujjatdagi hamda amalda foydalanayotgan yer maydoni chegaralarida tafovut aniqlandi. Shundan so‘ng fuqaro Muratov I. hamda uning qonuniy vakili X.Qilichevga Olmazor tumani hokimining 30.07.2018-yildagi qaroriga o‘zgartirish kiritish uchun tuman hokimligiga murojaat qilishi mumkinligi tushuntirildi.

◾️Shunga qaramay bugungi kunda fuqaroning qonuniy vakili yuqoridagi masalaga yechim topish maqsadida Sudga murojaat qilganligi bildiriladi.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚📚📚📚

RASMIY MUNOSABAT

◼️Ijtimoiy tarmoqlarning birida eʼlon qilingan Sergeli tumanidagi qabriston hududiga oid murojaat yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

◼️Toshkent shahar hokimining 10.10.2018 yildagi qaroriga asosan Sergeli tumani, Choshtepa, 1-tor ko‘chasi manzilida joylashgan 5 564 kv.m ga teng qabriston hududi “Fuqarolarga xizmat ko‘satish boshqarmasi” Davlat muassasasiga tegishli.

◼️Videomurojaatda ko‘rsatilgan mazkur qabriston yonidagi bolalar maydonchasi joylashgan yer maydoni yuzasidan boshqarmada ma’lumot mavjud emas hamda kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan buyurtma kelib tushmagan.

◼️Sergeli tumani filiali xodimi tomonidan qayd etilgan yer maydoni joylashgan joyga chiqib o‘tkazilgan o‘rganish ishlari natijasida bugungi kunda ushbu yer maydonidan bolalar maydonchasi sifatida foydalanib kelinayotganligi, ko‘chadan kirish tomoniga devor va eshik qurilganligi hamda ushbu yer maydoni qabriston hududiga qarashli emasligi ma’lum bo‘lgan.

◼️Shuningdek, boshqarmaning maʼlumotlar bazasiga muvofiq, Sergeli tumani, Choshtepa, 1-tor ko‘chasi manzilida joylashgan qabriston hududiga nisbatan kadastr pasportini rasmiylashtirish yuzasidan kelib tushgan buyurtmaga asosan 2022- yil 21-aprelda kadastr pasporti rasmiylashtirib berilganligi ma’lum qilinadi.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

RASMIY MUNOSABAT

◼️Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan Toshkent shahri, Yangihayot tumani Yo‘ldosh-6 mavzesidagi fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirolmayotgani haqidagi murojaati (1, 2) yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◼️Toshkent shahar hokimining 12.06.2018 yildagi qarori bilan, Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga Yangihayot tumani (avvalgi Sergeli tumani) Yo‘ldosh-6 va 9-mavzelarini Chinor, Davlatobod, Polvonyor, Do‘stlik va Birodarlik ko‘chalari oralig‘ida (“TOSHISSIQQUVVATI” DUKning hududi olinishi hisobiga) ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 2,4 gektar yer maydoni doimiy foydalanishga ajratib berilgan.

◼️“Eram Qurilish” MCHJ tomonidan ijtimoiy va investitsiya majburiyatlari bajarilmaganligi, tegishli tashkilotlardan loyiha hujjatlari tasdiqlanmaganligi, qurilish ishlari belgilangan muddatda yakunlanmaganligi va bugungi kunga qadar kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish yuzasidan murojaat etmaganligi bildiriladi.

◼️Qo‘shimcha ravishda, qurilishi tugallangan bino-inshootni foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli dalolatnoma tasdiqlangandan so‘ng, o‘rnatilgan tartibda quruvchi tashkilot nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mumkin.

◼️Bunda fuqarolar tomonidan sarmoya kiritish va ko‘p qavatli turar joy qurilishiga ulushli ishtirok etish to‘g‘risidagi shartnomalar mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘la olmasligi, huquq turining vujudga kelishini tasdiqlovchi hujjatlardan biri (quruvchi tashkilot tomonidan notarial idora orqali rasmiylashtirilgan oldi-sotdi shartnomasi va x.k.) taqdim etilib, Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz orqali murojaat etilgan taqdirda, vujudga kelgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishi bildiriladi.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚📚📚📚

RASMIY MUNOSABAT

💠 Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan Yunusobod tumani, 18-mavze, 54-ko‘p qavatli uyning tutash hududida avtomobillarni vaqtincha saqlash uchun o‘rnatilgan soyabonlar (avtoturargoh) haqidagi murojaat yuzasidan ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari quyidagilarni ma’lum qiladi.

◼️Boshqarmaning arxiv hujjatlariga muvofiq, Toshkent shahar hokimining 2014-yil 8-iyuldagi qarori bilan, “B.Q.” xususiy korxonasiga ko‘p qavatli turar joy, ma’muriy bino, aholiga xizmat ko‘rsatish markazi va avtoturargoh qurish uchun 0.48 gektar yer maydoni doimiy foydalanishga ajratib berilishi belgilangan.

◼️2020-yil 9-yanvardagi Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino-inshootlarning foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi bilan umumiy foydalanishdagi 4 800 kv.m. yer maydonida Yunusobod tumani, 18-mavze, 54-ko‘p qavatli uy binosi foydalanishga qabul qilingan.

◼️Ko‘p xonadonli uy-joy fondini, uning atrof hududini saqlash va undan foydalanish
qoidalariga rioya qilishni nazorat qilish va qonunbuzilish holatlari aniqlangan taqdirda, ularga qonuniy chora ko‘rish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi 5017-sonli Farmoniga asosan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining asosiy vazifalari etib belgilangan.

◼️Shundan kelib chiqib, Yunusobod tumani, 18-mavze, 54-ko‘p qavatli uyning umumiy foydalanish hududida fuqarolar tomonidan avtomobillarni vaqtincha saqlash uchun o‘rnatilgan soyabonlar masalasini o‘rganish Kadastr idoralarining vakolatiga kirmasligi ma’lum qilinadi.

◼️Qo‘shimcha ravishda, yuqoridagi manzilda joylashgan bostirma inshootlari (avtoturargoh) biror yuridik yoki jismoniy shaxs nomiga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmagani, boshqarmaning elektron bazasida ushbu qurilma to‘g‘risida ma’lumot mavjud emasligi bildiriladi.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

RASMIY MUNOSABAT

◼️Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan Toshkent shahri, Yangihayot tumani Yo‘ldosh-6 mavzesidagi fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirolmayotgani sababli issiqlik energiyasidan foydalana olmayotganlari haqidagi murojaatlari yuzasidan 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◼️Kecha tunda Toshkent shahar hokimligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi mutasaddilari joyiga chiqib o'rgandilar. Ayni vaziyatda mas’ul tashkilotlar tomonidan muammoni hal etish maqsadida zaruriy choralar ko‘rilayotganligini ma’lum qilamiz.

◼️Biroq e’tibor qaratish muhimki, bu vaziyat bir necha yillardan beri davom etayotgan bo‘lib, Toshkent shahar hokimining 12.06.2018 yildagi qarori bilan, ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 2,4 gektar yer maydoni doimiy foydalanishga ajratib berilgan.
“Eram Qurilish” MCHJ tomonidan ijtimoiy va investitsiya majburiyatlari bajarilmaganligi, tegishli tashkilotlardan loyiha hujjatlari tasdiqlanmaganligi, qurilish ishlari belgilangan muddatda yakunlanmaganligi va bugungi kunga qadar kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish yuzasidan murojaat etmaganligi bildiriladi.

❗️QAYD ETISH MUHIM, qurilishi tugallangan bino-inshootni foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli dalolatnoma tasdiqlangandan so‘ng, o‘rnatilgan tartibda quruvchi tashkilot nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mumkin. Bunda fuqarolar tomonidan sarmoya kiritish va ko‘p qavatli turar joy qurilishiga ulushli ishtirok etish to‘g‘risidagi shartnomalar mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘la olmasligi, huquq turining vujudga kelishini tasdiqlovchi hujjatlardan biri (quruvchi tashkilot tomonidan notarial idora orqali rasmiylashtirilgan oldi-sotdi shartnomasi va x.k.) taqdim etilib, Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz orqali murojaat etilgan taqdirda, vujudga kelgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishi bildiriladi.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #rasmiy_munosabat RASMIY MUNOSABAT

◼️Ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilingan Toshkent shahar Olmazor tumanidagi fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirolmayotgani haqidagi murojaati yuzasidan 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

◼️Boshqarmaning arxiv hujjatlariga muvofiq, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Chustiy MFY 30-uy manzilida joylashgan 5 000 kv.m. yer maydoni Toshkent shahar hokimining 2007-yil 10-avgust hamda 2009-yil 30-noyabrdagi qarorlariga asosan ijara huquqida “IQSIR” MCHJ nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

◼️Bugungi kunga qadar MCHJ tomonidan qurilgan mazkur ko‘p qavatli turar joyga Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarorining Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq tegishli davlat qurilish tashkilotlari tomonidan foydalanishga ruxsat berilmaganligi sababli ko‘p qavatli turar joy binolari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi bildiriladi.

◼️Qo‘shimcha ravishda, qurilishi tugallangan bino-inshootni foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli dalolatnoma tasdiqlangach o‘rnatilgan tartibda quruvchi tashkilot nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mumkin. Bunda fuqarolar tomonidan sarmoya kiritish va ko‘p qavatli turar joy qurilishiga ulushli ishtirok etish to‘g‘risidagi shartnomalar mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘la olmasligi, huquq turining vujudga kelishini tasdiqlovchi hujjatlardan biri (quruvchi tashkilot tomonidan notarial idora orqali rasmiylashtirilgan oldi-sotdi shartnomasi va h.k.) taqdim etilib, Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz orqali murojaat etilgan taqdirda, vujudga kelgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishi bildiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

◼️Effect.uz Rasmiy kanalida yoritilgan Toshkent shahri, Sergeli tumanidagi ko‘p qavatli xonadonlarda yashovchi fuqarolarning murojaati yuzasidan 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◼️Boshqarmaning arxiv hujjatlariga muvofiq 2021-yilning 26-mart kuni rasmiylashtirilgan garov shartnomasiga asosan Sergeli tumani “Bunyodobod” MFY hududidagi 8 500 kv.m. yer maydoni va umumiy maydoni 19 271 kv.m. bo‘lgan qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli turar-joy hamda noturar joy bino-inshootlarga nisbatan cheklov (ipoteka taqiqi) mavjudligi tufayli Vazirlar Mahkamasining 535-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglamenti talablariga muvofiq ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan kadastr pasporti rasmiylashtirilmagan.

◼️Shuningdek, Toshkent shahar tumanlararo ma’muriy sudining 14.09.2022 yildagi ma’muriy sudida ushbu ko‘p qavatli turar-joy hamda noturar joy bino-inshootlariga nisbatan Toshkent viloyati Qurilish bosh boshqarmasining 2019-yil 11-noyabrdagi xulosasi hamda tasdiqlangan loyihasi haqiqiy emas deb topilgan.

◼️Videomurojaatda qayd etilgan holat bugungi kunda nizoli bo‘lgani sababli yuqoridagi masalaga yechim topish uchun amaldagi qonunchilik talablariga ko‘ra Sudga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

◼️Ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilingan Toshkent shahri Sergeli tumani, Habibiy mahallasida qurilgan ko‘p qavatli uylardagi xonadon egalarining videomurojaati yuzasidan 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◼️Toshkent shahar hokimining 2017-yil 20-dekabrdagi qaroriga asosan, Sergeli tumani, Sergeli-5 mavzesida ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan “M.F.” MCHJ ga 12 000 kv.m. yer maydoni ajratib berilgan. 2020-yilning 22-iyunda “M.F.” MCHJ va “S.T.” MCHJ o‘rtasida o‘zaro tuzilgan mulkni topshirish shartnomasi va topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan “S.T.” MCHJ nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

◼️Mazkur obyekt joyiga chiqib o‘rganilganda, Sergeli tumani qurilish bo‘limining 2020-yil 16-iyuldagi ruxsatnomasi, Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2021-yil 5-noyabr hamda 2023-yil 6-iyundagi xulosalariga asosan bitta 5 qavatli va uchta 9 qavatli turar-joy qurilib, undagi kvartiralar o‘zaro shartnoma asosida fuqarolarga sotib yuborilganligi aniqlandi.

◼️Ushbu ko‘p qavatli turar joy binolarga tegishli vakolatli tashkilotlar tomonidan qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanish uchun ruxsatnoma berilgandan so‘ng, notarial shartnomalar rasmiylashtirilgach, sotib oluvchilar (fuqarolar) huquqlarini vujudga keltiruvchi hujjatlar (oldi sotdi va h.k.) bilan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz orqali murojat etilgan taqdirda kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazib beriladi.

◼️Qo‘shimcha ravishda, ko‘p qavatli uyni kommunal (gaz, suv, elektr) xizmat ta’minotiga ulash masalasi bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilotlarga murojaat qilish maqsadga muvofiqligi bildiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #rasmiy_munosabat RASMIY MUNOSABAT

◼️“Milliy” telekanalining “Millar” dasturi orqali "Kadastr hujjati qachon beriladi?" sarlavhasi ostida efirga uzatilgan lavha yuzasidan 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

◼️19.01.2001 yilda berilgan yerdan foydalanish huquqini beruvchi davlat akti, 27.08.2020 yilda o‘zaro tuzilgan topshirish (berish) shartnomasi va qabul qilish topshirish dalolatnomasiga asosan “T.B.C.” MCHJ nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tgan Mirobod tumani, Qo‘yliq ota ko‘chasi manzilida joylashgan umumiy maydoni 20 552 kv.m.dan iborat bo‘lgan yer uchastkasida jami 6 ta 5 va 7 qavatdan iborat bo‘lgan ko‘p qavatli turar joy binolari qurilgan.

◼️Vazirlar Mahkamasining 535-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglamenti talablariga muvofiq, ushbu ko‘p qavatli turar joy binolariga nisbatan 03.12.2024 yilda kadastr pasportlari shakllantirilgan hamda Vazirlar Mahkamasining 1010-sonli qaroriga asosan 3, 5, 7, 9, 11 va 13-uy raqamlari berilgan.

◼️Vazirlar Mahkamasining 20.04.2022 yildagi “Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 200-sonli qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga muvofiq, binoni foydalanishga qabul qilish yuzasidan berilgan buyurtma Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan rad etilgan.

◼️Bugungi kunga qadar ushbu ko‘p qavatli turar joy binolariga tegishli vakolatli tashkilotlar tomonidan foydalanishga ruxsat berilmaganligi sababli davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, ushbu ko‘p qavatli turar joy binolari foydalanishga topshirish dalolatnomasi tasdiqlanganidan so‘ng notarial shartnomalar rasmiylashtirilgach, sotib oluvchilar (fuqarolar) huquqlarini vujudga keltiruvchi hujjatlar (oldi sotdi va h.k.) bilan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz orqali murojat etilgan taqdirda kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ma’lum qilinadi.

▶️ Avvalroq, boshqarma Axborot xizmati tomonidan yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan xonadon xarid qilishdagi muhim jihatlar, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida kadastr idoralarining vazifalari haqida foydali videolavha e'lon qilingan edi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚📚📚📚

RASMIY MUNOSABAT

◼️Ijtimoiy tarmoqda fuqaro B.Shermatovning yer uchastkasi hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq holat yuzasidan eʼlon qilingan murojaat bo‘yicha 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◼️Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 06.09.2021-yildagi Hal qiluv qaroriga asosan, 2 500 kv.m yer maydoniga doimiy foydalanish huquqi bilan 23 kv.m bino mulk huquqi asosida “YORILTOSH QURILISH AVTO” XK nomiga kadastr pasporti shakllantirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tgan. So‘ngra 23.12.2021 yildagi oldi-sotdi shartnomasiga asosan Sh.B.B o‘g‘li nomiga kadastr pasporti shakllantirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tgan.

◼️Shundan so‘ng, Sh.B.B o‘g‘liga tegishli bo‘lgan futbol maydonchasi yer maydoniga nisbatan, Vazirlar Mahkamasining 14.02.2022-yildagi 71-sonli qarori 1-ilovasiga asosan, yer uchastkasini xususiylashtirish masalasida murojaatlar kelib tushgan. Mazkur obyektga tegishli kadastr arxiv yig‘majildi ishlarini (Toshkent viloyati prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi alohida muhim ishlari bo‘yicha katta tergovchisi O.O.A.ning 06.10.2023-yildagi) olib qo‘yish haqidagi qaroriga asosan, arxiv yig‘majildi olib qo‘yilganligi sababli rad javobi berilgan.

◼️Shundan so‘ng, boshqarma tomonidan Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudiga 23.12.2024-yilda (Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining sudyasi I.B.R. tomonidan 06.09.2021-yilda qabul qilingan) Hal qiluv qarori bugungi kunda o‘z kuchida yoki kuchida emasligi hamda mazkur Hal qiluv qaror bekor qilingan bo‘lsa, qaysi qarorga asosan bekor qilinganligi yuzasidan ma’lumot va nusxa olishda amaliy yordam berilishini so‘rab xat yuborilgan.

◼️Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 07.01.2025-yildagi xatiga asosan, 06.09.2021-yilda Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudi tomonidan qabul qilingan Hal qiluv qarori Toshkent shahar Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati (apellyatsiya instansiya sudi)ning 27.07.2022-yildagi qarori bilan bekor qilinganligi va ish birinchi instansiya sudida yangidan ko‘rish uchun Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudiga yuborilganligi bildirilgan.

◼️Shundan so‘ng birinchi instansiya sudida, “YORILTOSH QURILISH AVTO” XK tomonidan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish majburiyatini yuklashni so‘rab yo‘llagan davo arizasi, sud tomonidan qanoatlantirish rad etilishi yuzasidan 16.08.2022-yilda qaror qabul qilinganligi qayd etilgan.

◼️Qo‘shimcha ravishda, holat yuzasidan 03.02.2025-yilda filial tomonidan qonunchilikda belgilangan tartib asosida mazkur oldi-sotdi shartnomasini bekor qilib, 25 sotix yerni davlat zaxirasiga qaytarish yuzasidan vakolati doirasida amaliy yordam va tegishli ko‘rsatma berilishini so‘rab Sergeli tuman prokuraturasiga xat yuborilganligi ma’lum qilinadi.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚📚📚📚

RASMIY MUNOSABAT

◼️Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar, Uchtepa tumanida qurilgan ko‘p qavatli uylardagi xonadon egalari kadastr hujjatini ololmayotgani haqida videomurojaat e’lon qilindi. Ushbu holat yuzasidan 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◼️Qonunchilikka ko’ra Kadastr idoralari ko‘p qavatli turar-joy binolarini faqatgina tegishli vakolatli tashkilotlar tomonidan qurilishi yoki rekonstruksiya qilinishi tugallangan hamda foydalanish uchun ruxsatnoma berilganidan keyingina davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

◼️Videomurojaat e’lon qilingan sanada (24.03.2025-yil) Toshkent shahar, Uchtepa tumani, 12-mavze, 68-uy va 68a-uy manzillarida joylashgan ko‘p qavatli turar-joylarni foydalanishga qabul qilish masalasi ko‘rib chiqish jarayonida edi. Qurilishi tugallangan obyektlar uchun tegishli tashkilot tomonidan 25.03.2025-yilda foydalanish ruxsatnomasi berilgan. Shu munosabat bilan 26.03.2025-yilda ushbu obyektlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

◼️MCHJ tomonidan fuqarolar bilan notarial shartnomalar rasmiylashtirilgach, sotib oluvchilar (fuqarolar) huquqlarini vujudga keltiruvchi hujjatlar (oldi-sotdi shartnomalari va boshqalar) bilan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali murojaat etgan taqdirda, xonadon egalari nomiga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berilishini ma'lum qilamiz.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

RASMIY MUNOSABAT

⭐️Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

◼️2025-yilning 24-aprel kuni Boshqarmaning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 183-sonli Qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga asosan o‘rnatilgan tartibda davlat yer nazorati tadbiri olib borilganida Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, “Oltintepa” MFY, Bo‘zariq ko‘chasi, 4-uy manzilida yashovchi fuqaro P.A. tomonidan o‘ziga tegishli turar joy obyektiga qo‘shimcha 69 kv.m yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olganligi aniqlangan.

◼️Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan 15 kunlik muddatda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonini ya’ni o‘rab olingan tunika devorini o‘z hisobidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etish va yer maydonini avvalgi holatiga qaytarish yuzasidan tegishli ko‘rsatma xati berilgan.

◼️Agarda fuqaro tomonidan davlat organining qonuniy talablari o‘z vaqtida bajarilmasa, majburiy tartibda bartaraf qilish bo‘yicha sud organlariga da’vo arizasi kiritilishi ma’lum qilinadi.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

RASMIY MUNOSABAT

⭐️Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Darakchi uz saytida e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

◼️Boshqarmaning Shayxontohur tumani bo‘limi tomonidan 2024-yil 23-mayda o‘tkazilgan davlat yer nazoratiga ko‘ra, Shayxontohur tumani, Olim Xo‘jayev MFY, M.Obid ko‘chasi, 29-uy oldida fuqaro R.A. Toshkent shahar hokimining 2018-yildagi qarorlariga asosan fuqarolar B.D., U.D., N.K. ga tegishli jami 3 194 kv.m. yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olganligi, bundan tashqari o‘zboshimchalik bilan egallangan davlat zaxirasidagi 91 kv.m yer maydonida vakolatli tashkilotlardan ruxsat olmasdan noqonuniy bino qurganligi aniqlangan.

◼️Ushbu holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Biroq o‘zboshimchalik bilan egallab olingan va ushbu yer maydonida noqonuniy qurilgan qurilma ixtiyoriy bartaraf etilmaganligi (15 kunlik muddat ichida) sababli 07.06.2024 yilda MJtKning 60-moddasi 3-qismi bilan BHMning 150 baravari miqdorida jarima qo‘llanilgan.

◼️Fuqaro R.A. qo‘llanilgan jarimadan norozi bo‘lib Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudiga ariza bilan murojaat qilgan. Uning yoshi, nafaqadaligi, oilaviy sharoiti inobatga olinib, 16.07.2024 yildagi sud qaroriga ko‘ra, MJtKning 33-moddasini qo‘llab BHMning 10 baravari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

◼️Keyinchalik Toshkent shahar sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining 18.09.2024 yildagi qaroriga ko‘ra fuqaro R.A. ga qo‘llanilgan ma’muriy jarima jazosi bekor qilinib, ma’muriy ish hujjatlari qo‘shimcha surishtiruvga yuborilgan. Hozirgi kunda sud jarayonlari davom etayotganligi sababli ma’muriy ish materiali ma’muriy huquqbuzarlikni sodir qilgan shaxs ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda.

◼️Bundan tashqari, fuqaro R.A. o‘zboshimcha egallab olgan yer maydonini bo‘shatish va ushbu yer maydonida qurilgan noqonuniy binoni aybdor shaxs hisobidan buzish bo‘yicha ⭐️Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritilgan. Sudning 28.08.2024 yildagi hal qiluv qaroriga asosan da’vo arizasi qanoatlantirilgan.

◼️Fuqaro R.A. yuqoridagi qaror ustidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan. Sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining 21.02.2025 yildagi ajrimi bilan Sudning 28.08.2024 yildagi hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirgan va shikoyatni rad qilgan.

◼️Qo‘shimcha ravishda, mazkur sud qarori ijrosini ta’minlash uchun ijro varaqasi MIB Shayxontohur tuman bo‘limiga yuborilganligi ma’lum qilinadi.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚📚📚📚

RASMIY MUNOSABAT

⭐️Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. Arxiv hujjatlariga asosan, Yunusobod tumani 6-mavze 46-ko‘p qavatli uylar joylashgan yer maydoni MCHJ nomiga ijara huquqida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, kadastr pasporti shakllantirilgan.

◼️Amaldagi qonunchilikka muvofiq, ko‘p kvartirali uylarda yashovchi fuqarolarning turar joylarini saqlash va ulardan foydalanish qoidalari, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini buzish holatlari uchun javobgarlik belgilangan.

◼️Shu bilan birga, murojaatda bayon qilingan Yunusobod tumani, 6-mavze, 46-ko‘p qavatli uy-joyga tutash yer maydonida qurilgan qurilmalar masalasini ko‘rib chiqish Kadastr idoralarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri vakolat doirasiga kirmasligini inobatga olgan holda, holat yuzasidan tegishli va vakolatli tashkilotlarga (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining hududiy boshqarmasiga) murojaat qilish maqsadga muvofiq ekanini ma’lum qilamiz.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

RASMIY MUNOSABAT

⭐️Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

◼️Yunusobod tumani Bog‘ibo‘ston MFY, Namangan ko‘chasi, 3b-uyda joylashgan “G‘ijduvon fayz” kafesi (Savdo do‘koni)ga Toshkent shahar hokimining 31.12.2013 yildagi qarori va Yunusobod tumani 1-sonli davlat notarial idorasining 23.01.2010 yildagi oldi-sotdi shartnomasiga asosan fuqaro I.G. nomiga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib, 27.07.2014 yilda yer maydoni ijrara huquqida, bino inshootlari mulk huquqida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

⭐️Kadastr agentligining xodimlari tomonidan o‘tkazilgan davlat yer nazorati tadbirida mazkur obyektning umumiy yer maydoni 673 kv.m ni tashkil qilishi, shundan, 290 kv. mi huquqiy hujjati mavjudligi, 383 kv.m yer maydoni o‘zboshimcha egallanganligi (shundan, kadastr hujjatidagi o‘zboshimcha maydoni 176 kv.m), mazkur yer maydonida “poydevor” qurilishi boshlanganligi aniqlandi.

◼️Shuningdek mazkur holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, huquqbuzar I.G ga MJtKning 60-moddasi uchinchi qismi bilan jarimaga tortilishi bo‘yicha hamda huquqbuzarlik oqibatini 15 kun muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf qilishi, aks holda sudga da’vo kiritilishi bo‘yicha tushuntirildi.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

RASMIY MUNOSABAT

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan “Fuqarolar otel qurilishiga qarshi” sarlavhali murojaat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.

◾️Boshqarmaning arxiv hujjatlariga muvofiq, Yakkasaroy tumani, Jambul ko‘chasi, 2-uy oldi manzilida joylashgan obyekt 2024-yildagi oldi-sotdi shartnomalari va ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning chegaralarini belgilash dalolatnomasiga asosan 03.05.2024 yilda MCHJ nomiga kadastr pasporti shakllantirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

◾️Videomurojaatda mahalla aholisi MFY hududida 5 qavatli ofis va mehmonxona qurilishidan norozi ekanligi bayon qilingan.

⚡️ Eslatib o‘tamiz, Qurilishga ruxsat berish, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlariga huquqiy baho berish yoki ularni bekor qilish Kadastr idoralarining vakolatiga kirmaydi.

◾️Yuqoridagi nizoli holat yuzasidan bugungi kunda sud jarayonlari davom etayotganligi bildiriladi.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

RASMIY MUNOSABAT

⭐️Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilinadi.

◼️Mirzo Ulug‘bek tumani, Alisherobod MFY, Anaybuloq ko‘chasidagi, ya’ni “Musomuxammedov” massivi qishloq xo‘jalik xaritasining 5179-konturdagi yer maydonini fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olib, unda noqonuniy qurilma qurilganligi holati yuzasidan bugungi kunda sud jarayoni davom etmoqda.

◼️Sud jarayonlari yakunlanganidan so'ng sudning yakuniy qaroriga muvofiq o'rnatilgan tartibda, vakolat doirasida choralar ko'rilishi va muammolar bartaraf etilishi yuzasidan zaruriy choralar ko'rilishi bildiriladi.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

RASMIY MUNOSABAT

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan post yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

◼️Toshkent shahri markaziy ko‘chalaridan birida ya’ni, boshqarma binosi oldida joylashgan 2 ta alohida favvora (2017-yilda qurilgan) bugungi kunda texnik nosoz va ta’mirtalab holatga kelib qolganligi sababli, uni joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun “E-tender” platformasida tanlov e’lon qilindi. Qayd etish kerakki, ushbu platforma reja-jadvalida “favvora ta’mirlash xizmati” bo‘lmaganligi sababli, “Sauna va basseyn xizmati” tanlangan va u UzEx (birja)da moderatsiyadan o‘tgan.

◼️Ijtimoiy tarmoqda yozilganidek, tanlov “Sauna va basseyn uskunalarini ta’mirlash” uchun o‘tkazilmagan, balki boshqarma binosi oldidagi ta’mirtalab favvoralarni mukammal ta’mirlash uchun kerak bo‘lgan jihozlar va ish turi edi.

◼️Tanlov boshlang‘ich qiymati 300 mln. so‘m deb belgilanishining sababi, boshlang‘ich narxi smeta xarajatlariga mos tushishi yoki undan arzon bo‘lishi uchun qo‘yilgan. Shunga ko‘ra, smeta xarajatlaridan o‘tmadi. Tanlovda jami 4 ta ishtirokchi qatnashib, ularning orasida “MALIKAXON SHOPS” MCHJ 177 000 000 so‘m, qo‘shimcha QQS bilan jami 198 240 000 so‘m taklifi bilan g‘olib bo‘lgan. Unga ko‘ra, “MALIKAXON SHOPS” MCHJ va boshqa ishtirokchilarda baholash mezonida affillanganlik holati aniqlanmaganligini bildiriladi.

Mazkur masala yuzasidan o'tkazilgan tanlov boyicha hozircha shartnoma tuzilmagan va yakuniy xulosaga  ko'ra ish yuritilishini ma'lum qilamiz.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼 
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

RASMIY MUNOSABAT

⭐️🌟 Davlat kadastrlari palatasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video-post yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

◼️Xatlov haqidagi berilayotgan ma’lumotlar haqiqatdan ham qonun talablari bo‘yicha bo‘lib, ammo qayd etish kerakki, O‘RQ-937 Qonuning 14 va 15-moddalariga asosan xozirda xatlov ishlari faqat Davlat kadastrlari palatasi hududiy filiаllari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi va qonuning birinchi bosqichi bo‘lgan ushbu xatlov ishlari mutlaqo bepul bo‘lib, xech qayerga ariza bilan murojaat etilmaydi.

➡️ Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video lavha – sobiq xodim M. E.ning mazkur muddat ichidagi xizmat faoliyati davrida suratga olingan bo‘lib, hozirda u lavozimda ishlamaydi (mehnat shartnomasi bekor qilingan) va videoda ko‘rsatilgan xizmat guvohnomasi (beydjik) o‘z huquqiy kuchini yo‘qotgan.

➡️ Mazkur video M. E. tomonidan ishdan bo‘shaganidan so‘ng ommaga e’lon qilingan. Unda ko‘rsatilgan telefon raqamlari M.E.ning shaxsiy raqamlari bo‘lib, Davlat kadastrlari palatasiga aloqador emasligini ma'lum qilamiz.

✔️ Sizda kadastr bo‘yicha har qanday savollar tug‘ilgan taqdirda 1097 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

To‘g‘ri va tasdiqlangan ma’lumotlar faqat rasmiy davlat tashkilotlari hamda ularning rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM