"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
#investitsiya
#loyiha
#toshkent_viloyati

‼️ТОШКЕНТ ВИЛОЯТИДАГИ ЛОЙИҲАЛАР ЖОЙИГА ЧИҚИБ ЎРГАНИЛДИ

"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси бошқарув раиси ўринбосари Д.Джамалов Инвестициялар ва ташқи савдо вазирлиги бошқарма бошлиғи Б.Эгамбердиев иштирокида Тошкент вилоятида амалга оширилаётган электротехника йўналишидаги лойиҳаларни жойига чиққан ҳолда бориб ўргандилар.

✍️Лойиҳа раҳбарлари билан учрашув чоғида мавжуд муаммолар таҳлил қилинди ва уларни бартараф этиш юзасидан зарур кўрсатмалар берилди. Жумладан: "Nobel metal СО" МЧЖ томонидан амалга оширилаётган “Латундан фитинглар ишлаб чиқариш”, "Lyuks Elegant Servis" МЧЖ томонидан “Қозонхона ва иситиш қозонларини ишлаб чиқариш” лойиҳаларининг бориши кўздан кечирилди. Бундан ташқари, “Чирчиқ трансформатор заводи” АЖ томонидан шу кунгача амалга оширилган лойиҳалар ҳолати ўрганилди ҳамда бугунги кунда ишлаб чиқариш фаолиятида вужудга келаётган муаммоларни бартараф этиш чоралари кўрилди.
⭕️ #toshkent #ducel_electrical

💡"PERFECT LEADER ELECTRICAL" КОРХОНАСИ ФАОЛИЯТИ ЖОЙИГА ЧИҚИБ ЎРГАНИЛДИ

"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг масъул ходимлари ва мутахассислари томонидан Тошкент шаҳрида жойлашган "Perfect Leader Electrical" корхонасининг ишлаб чиқариш фаолияти билан яқиндан танишдилар.

Ўрганишлар асносида уюшма Ишчи гуруҳи томонидан корхонанинг ишлаб чиқариш ва экспорт салоҳиятини ошириш, умумий ривожланиш динамикасини юксалтириш, янги лойиҳаларни амалиётга татбиқ этиш борасидаги вазифалар юзасидан тегишли кўрсатма ва тавсиялар берилди.

⚙️"Perfect Leader Electrical" корхонаси 2022 йилда ташкил этилган бўлиб, ҳозирга қадар у электротехника бозорига энергия тежамкор лампалар, саноат ва кўча ёритгичлари, кучланиш стабилизаторлари ва бошқа кўплаб электротехника жиҳозларини етказиб бериш билан шуғулланиб келмоқда.

📊Корхона бир йилда 8 млн дона LED лампа, 400 минг дона LED плафонлар ишлаб чиқариш қувватига эга.

✍️Таҳлилларга кўра, 2022 йилда корхона томонидан 30 млрд. сўмга яқин маҳсулотлар ишлаб чиқарилган. 2023 йилда бу кўрсаткични қарийб 👉40 млрд.сўмга етказиш режалаштирилмоқда.

Uyushma ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook |Telegram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_loyihalar #toshkent_viloyati #minipech #turk #itimat

#YANGI_LOYIHALAR| Joriy yilda Toshkent viloyatining Qibray tumanida ish boshlagan "Koshona Biznes Azia" korxonasi tomonidan bugungi kunda 30 turdan ortiq minipechlar ishlab chiqarilib, ichki bozor talabi to'liq qondirilmoqda.

💵Loyiha qiymati 50 mlrd. so'm bo'lgan ushbu korxonada bugun 100 nafardan ortiq yigit-qizlar doimiy ish bilan ta'minlangan. Turkiya texnologiyasi asosida "ITIMAT" brendi bilan tanilgan mazkur maishiy texnika mahsulotlari o'zining hamyonbopligi, sifatliligi bilan raqobatdosh hisoblanadi.

🎬Yaqinda "O'zeltexsanoat" uyushmasi Axborot xizmati hamda "O'zbekiston-24" telekanali ijodkorlari ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishib, maxsus lavha tayyorlab keldilar.

👉Batafsil: https://youtu.be/c1SXpVm6unc?si=_5EjsEcRMC_brO3y
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #toshkent_viloyati #exhibition

📣 Chirchiqda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va Sanoatchilar forumi o'z ishini boshladi

Ayni damda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va Sanoatchilar forumi" bo'lib o'tmoqda.

Sanoat ko'rgazmasida turli tarmoq korxonalari, ishbilarmon doira vakillari va ekspertlar ishtirok etmoqdalar.

Ko'rgazmada elektrotexnika, tog'-kon sanoati, kimyosanoat, qurilish, metallurgiya va boshqa ko'plab sanoat sohalaridan yuzlab ishlab chiqaruvchilar, tashrif buyuruvchilar ishtirok etmoqda.

Yarmarka doirasida o'zaro manfaatli shartnomalar, tarmoq va mahalliy korxonalar bilan hamkorlik kelishuvlari imzolanishi va ishtirokchilar o'rtasida turli nominatsiyalarda tanlovlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

@uzeltexsanoat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Toshkent #sanoat_yarmarkasi

🟢 TOSHKENT SHAHRIDA SANOAT YARMARKASI BO'LIB O'TADI

➡️ Toshkent shahrida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo'lib o'tishi kutilmoqda.

➡️ Yarmarkada yurtimizning 17 dan ortiq yirik tarmoq korxonalari hamda 300 dan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar o'z mahsulotlarni namoyish etishi kutilmoqda.

➡️ Sanoatning boshqa tarmoqlari qatori "O'zeltexsanoat" uyushmasi boshchiligidagi elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar ushbu yarmarkada faol ishtirok etadilar.

➡️ 4 kun davomida bo'lib o'tadigan yarmarkada nafaqat taqdimotlar, balki mahalliy korxonalar o'rtasida import mahsulotlarini ishlab chiqarishni o'zlashtirish bo'yicha hamkorlik aloqalarini o'rnatishga qaratilgan uchrashuv va muloqotlar tashkillashtiriladi.

🔔 Vaqti: 12-15-dekabr

📍Manzil: Toshkent shahri, "UzExpoCentre" ko'rgazmalar saroyi (lokatsiya)

ℹ️ Qo'shimcha ma'lumot

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Toshkent #yarmarka

🟢 Toshkentda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o'z ishini boshladi

➡️ Bugun Toshkent shahrida joylashgan "O'zekspomarkaz" ko'rgazmalar saroyida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

➡️ Ushbu sanoat ko'rgazmasida "O'zeltexsanoat" uyushmasi boshchiligidagi elektrotexnika sanoati korxonalari ham o'z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqdalar.

➡️ 12-15-dekabr kunlari bo'lib o'tuvchi ko'rgazmada yangi mahsulotlar namoyish etiladi, yangi hamkorlik shartnomalarini imzolash bo'yicha muzokaralar olib boriladi.

➡️ Ko'rgazmaga oid qo'shimcha ma'lumotlarni berib borishda davom etamiz.

@uzeltexsanoat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Yarmarka #Toshkent

🟢 Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi

➡️ Bugun Toshkent shahrida joylashgan "O'zekspomarkaz" ko'rgazmalar saroyida Respublika hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o'z ishini boshladi.

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi boshchiligidagi yurtimiz elektrotexnika sanoati korxonalari ushbu sanoat yarmarkasida faol ishtirok etmoqdalar.

➡️ Yarmarkaga oid videomaterialni e'tiboringizga havola etamiz.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Yarmarka #Toshkent #intervyu

🟢 Tarmoqlararo sanoat yarmarkasiga oid fikrlar

➡️ Xabar berganimizdek, "O'zeltexsanoat" uyushmasi boshchiligidagi korxonalar Toshkent shahrida bo'lib o'tayotgan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasida ishtirok etmoqdalar.

➡️ Ko'rgazmada ishtirok etayotgan "Vitech" kompaniyasi savdo bo'limi boshlig'i Xusan Muhammedov ushbu tadbirga oid fikrlarini bildirdi.

➡️ Batafsil "O'zbekiston 24" telekanali, "Yangiliklar" dasturining rus tilidagi sonida.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_loyiha #kredit #imtiyoz #toshkent_viloyati

🟢ТОШКЕНТ ВИЛОЯТИ ТАДБИРКОРЛАРИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ

➡️Аввал хабар берганимиздек, Давлат раҳбарининг 28 ноябрь куни электротехника саноатида ишлаб чиқаришни янада қўллаб-қувватлаш, корхоналарнинг экспорт салоҳиятини ошириш масалалари бўйича ўтказилган йиғилишида берилган топшириқлар ижроси юзасидан "Ўзсаноатқурилишбанк" АТБ билан ҳамкорликда Тошкент вилоятидаги тадбиркорлар билан очиқ мулоқот ўтказилди.

➡️Унда "Ўзэлтехсаноат" уюшмаси раиси ўринбосари Ж.Жамалов, "Ўзсаноатқурилишбанк" АТБ Департамент бошлиғи Ғ. Қорабоев ва уюшма масъул ходими С.Боевлар тадбиркорларга соҳадаги кенг имкониятлар ҳақида гапирар экан, бу борада амалга ошириш мумкин бўлган янги истиқболли лойиҳалар, банк кредитларидан мақсадли ва имтиёзли фойдаланиш  бўйича тақдимот қилдилар.

➡️Ўз навбатида, вилоят тадбиркорлари ҳудудда амалга ошириш имкони бўлган инвестиция лойиҳалари, уларни молиялаштириш манбалари, хусусан имтиёзли кредит олиш жараёнидаги айрим масалаларга тўхталиб, ўзларини қизиқтирган саволларга жавоб олдилар.

‼️Сал аввалроқ, бундай учрашув Андижон, Наманган, Сурхондарё вилоятларида ҳам бўлиб ўтган эди.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube  🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Toshkent_shahri #loyihalar

🟢 Toshkent shahrida 2024-yilda 24 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi

➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasi mas’ullari respublikamiz bo’ylab amalga oshirilayotgan yangi investitsion loyihalarni o’rganish maqsadida hududlarga xizmat safarlari uyushtirmoqdalar.

➡️ Uyushma mas’ul xodimlari S.Boyev va O.Mirzayevlardan iborat ishchi guruh Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining holatini o’rgandilar.

➡️ Ishchi guruh xizmat safari mobaynida bir qator loyihalar doirasidagi qurilish va jihozlash ishlari bilan tanishdilar.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #loyihalar #Toshkent #Ohangaron

⚡️OHANGARONDA 3 TA YANGI LOYIHA AMALGA OSHIRAYOTGAN KORXONA FAOLIYATI O’RGANILDI


➡️ Ayni paytda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi M.Yunusov boshchiligidagi Ishchi guruhi Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi elektrotexnika sanoati korxonalarining ishlab chiqarish jarayoni va 2024-yilda ishga tushadigan yangi loyihalarning mavjud holati yuzasidan oʻrganishlar olib bormoqda.

➡️ Navbatdagi tashrif manzili "NURA-HIGH-TECHNOLOGIES" MChJ korxonasi faoliyatini o’rganishdan boshlandi. Bu yerda bugungi kunda kuchlanishi 6/10 kV, quvvati 63 dan 630 kVA gacha bo’lgan Kiosk tipidagi komplektli transformator podstansiyasi, NURA Electric brendi ostida mustahkam va zamonaviy metall qutilar, K-59 seriyali komplekt elektr taqsimlash qurilmalari ishlab chiqarilmoqda.

➡️Davlatimiz rahbarining elektrotexnika sanoati ishlab chiqaruvchilarini qo’llab-quvvatlashga qaratailgan imkoniyatlaridan foydalangan holda korxona ishlab chiqarishni kengaytirib, Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi “Eltech Industrial” texnoparki hududida past va yuqori kuchlanishli yangi avlod transformatorlari (qiymati 30 mln doll), elektr uzatish liniyalari uchun metal konstruksiyalar ishlab chiqarish (qiymati 15 mln doll), elektr boshqaruv shkaflari (qiymati 5 mln doll) loyihasini amalga oshirmoqda. Buning uchun korxonaga Texnopark hududidan 5 gektar maydondan yer ajratib berilgan.

➡️Uyushma raisi M.Yunusov mavjud ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishar ekan, korxonaning yillik quvvatlarini bir necha barobarga oshirish asnosida ko‘proq mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish bo‘yicha tegishli o‘rinbosar va boshqarmalarga ko‘rsatmalar berdi.

➡️Shuningdek, Ishchi guruhi Ohangaron hududida amalga oshirilayotgan loyihaning qurilish ishlarini tezroq yakuniga yetqazib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tadbirkorga bu borada amaliy yordam ko‘rsatilishini maʼlum qildi.

‼️Eslatib o'tamiz, joriy yil may oyida Ohangaron tumanidagi ushbu loyihalarga start berilgan edi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Toshkent #Yangihayot

⚡️YANGIHAYOT INDUSTRIAL TEXNOPARKIDAGI LOYIHALARNING HOLATI O'RGANILDI

⚙️ Bugun “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi M.Yunusov boshchiligidagi Ishchi guruhi Toshkent shahrida joylashgan Yangihayot industrial texnoparkidagi elektrotexnika sanoati korxonalarining ishlab chiqarish jarayoni va 2024-yilda ishga tushadigan yangi loyihalarning mavjud holati yuzasidan oʻrganishlar olib bordi.

➡️Dastlabki manzil "“Vera modern electrical” korxonasida boʻldi. Bu yerda ayni paytda “Kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasinining yakuniy ishga tushish bosqichi ko'zdan kechirildi. Uyushma raisi M.Yunusov ushbu korxonaga tashrif buyurib, mavjud jarayonlar bilan yaqindan tanishdi.

➡️ Loyihaning umumiy qiymati 6 mln dollarni tashkil etadi. Mazkur korxona ishga tushsa, 150 dan ortiq yangi ish oʻrni yaratiladi. Yiliga 2 mln dollarlik mahsulot eksport qilinadi.

➡️ Uskunalar Germaniya, Finlandiya va Xitoydan olib kelib oʻrnatilgan va hozirda dastlabki sinov ishlari yakunlanmoqda.
_____________

⚙️Navbatdagi manzil “Perfect leader electrical” MjCH korxonasida bo'ldi. Bu yerda "Elektr yoritish uskunalari ishlab chiqarish" loyihasining qurilish ishlari davom etmoqda. Uyushma raisi har bir bosqichni ko'zdan kechirib, loyihaning istiqbolli rejalari bilan tanishdi.

➡️ Loyiha qiymati 5 mln dollar bo'lib, ishga tushgach 120 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

➡️ Ishchi guruhi yuqoridagi loyihalarni tezroq ishga tushirish yuzasidan barcha zarur choralarni koʻrish va bu borada amaliy yordam berishini maʼlum qildi.
_____________
🗣Avval xabar berganimizdek, 5-sentabr kuni Prezident raisligida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida yil yakuniga qadar jami qiymati 500 mln dollarga yaqin 85 ta loyiha ishga tushirilishi ma'lum qilingan edi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korxonabay #toshkent

⚡️JANUBIY SANOAT HUDUDIDA JOYLASHGAN KORXONALAR FAOLIYATI O`RGANILDI

➡️Avval xabar berganimizdek, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi M.Yunusov boshchiligidagi Ishchi guruhi Toshkent shahri, Yangihayot tumanidagi Janubiy sanoat hududida joylashgan elektrotexnika sanoati korxonalarining ishlab chiqarish jarayoni va 2024-yilda qoʻshimcha ishga tushirgan loyihalari bilan yaqindan tanishdi.

➡️Dastlabki manzil “Artikul Aziya Kabel” MCHJ korxonasida boʻldi. Bu yerda ayni paytda umumiy qiymati 3 mln dollarni tashkil etgan “Kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish” loyihasinining yakuniy ishga tushish bosqichi koʻzdan kechirildi.

➡️Uyushma raisi M.Yunusov ushbu korxonaga tashrif buyurib, mavjud jarayonlar bilan yaqindan tanishdi. Mazkur korxonada 500 ga yangi ish oʻrni yaratilgan. Yiliga 56 mln dollarlik mahsulot eksport qilinadi.

_____________
⚡️Navbatdagi manzil “Maxcab” MCHJ korxonasida boʻldi. Bu yerda umumiy qiymati 7 mln dollarni tashkil etgan “Kabel-sim mahsulotlarini ishlab chiqarish” loyihasining istiqbolli rejalari bilan yaqindan tanishildi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️#muloqot #toshkent_viloyati

⚡️TOSHKENT VILOYATI ELEKTROTEXNIKA SANOATI TADBIRKORLARINING MUAMMO VA TAKLIFLARI ESHITILDI

➡️Avval xabar berganimizdek, Davlat rahbarining 5 sentyabr kuni elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish, eksport va investitsiya hajmini koʻpaytirish masalalari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan elektrotexnika sanoati tadbirkorlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

➡️Unda "O‘zeltexsanoat" uyushmasi raisi M.Yunusov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman) D.Kasimov ishtirok etib, drayver tarmoqda amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar, ularning mavjud holati, tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar va ularning yechimi borasidagi takliflar, mavjud imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha taqdimotlar bilan tanishdilar.

➡️Ta'kidlandiki, bugungi kunda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning aksariyat qismi Ohangaron tumanidagi «Eltech Industrial» texnoparki ishtirokchilari hisoblanadi. Hozirda bu hududda 266,1 mln.dollarlik 18 ta yangi investitsiya loyihalari amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, buning natijasida misni qayta ishlash quvvati 64,1 ming tonna yetkazilib, 2991 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi, 398,7 mln.doll eksport ko‘rsatkichlariga erishish kutilmoqda.

➡️O‘z navbatida, viloyat tadbirkorlari hududda amalga oshirish imkoni bo‘lgan investitsiya loyihalari, ularni moliyalashtirish manbalari, xususan imtiyozli kredit olish, soliq va bojxona rasmiylashtiruvi bilan bog‘liq jarayondagi ayrim masalalarga to‘xtalib, mas'ullarga ularning yechimi borasida ham o‘z takliflarini berdilar.

➡️Muloqot davomida Uyushma raisi M.Yunusov xorijlik investorlar bilan yangi loyihalar ustida muzokara olib bordi. Koreyalik tomonlarga Texnopark hududida yaratilgan infrastruktura, qulay investitsiya muhiti, imtiyoz va imkoniyatlari haqida ma'lumot berdi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Toshkent_viloyati

⚡️ Toshkent viloyatidagi soha korxonalarining faoliyati o’rganildi

➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasi barcha hududlar kesimida doimiy ravishda soha korxonalari faoliyatini yaqindan o’rganib boradi. Bundan ko’zlangan maqsad – tadbirkorlarga ko’mak ko’rsatish, ularni qiynayotgan muammolarga birgalikda yechim topish va sohadagi yangiliklardan boxabar etishdir.

➡️ Uyushma mas’ul xodimlari O.Mirzayev va S.Boyevlar Toshkent viloyati Parkent va Yuqorichirchiq tumanlarida joylashgan transformator va boshqa kuchlanish qurilmalari ishlab chiqaruvchi korxonalarning faoliyati bilan tanishdilar.

➡️ Mazkur korxonalar mutasaddilariga sohadagi qonunchilik yangiliklari, yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

➡️ Shu bilan birga, korxonalarning faoliyatini kengaytirish va kelajak rejalariga oid takliflari tinglandi. Bu borada vakolat doirasida barcha yordamlar ko’rsatilishi ta’kidlandi.

➡️ Uyushma mas’ullarining hududlardagi ishlab chiqarish korxonalarining faoliyatini o’rganish jarayonlari davom etadi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Sanoat_yarmarkasi #Toshkent

⚡️ Hududlararo sanoat yarmarkasida elektrotexnika korxonalari faol qatnashmoqdalar

➡️ Ayni kunlarda Toshkent shahrida "Respublika hududlararo sanoat yarmarkasi" bo'lib o'tmoqda.

➡️ Mazkur ko'rgazmada "O'zeltexsanoat" uyushmasi boshchilgidagi 20 dan ortiq yurtimiz elektrotexnika korxonalari ham o'z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqdalar.

➡️ Yarmarka doirasida bir qancha tashkilot va kompaniyalar bilan kooperatsiya aloqalarini kengaytirish bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda.

➡️ Jarayonlarga oid videokontentni e'tiboringizga havola etamiz.

📝Fb 📝 Tg 💻In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Toshkent_viloyati #yarmarka

⚡️ Toshkent viloyatida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o’z ishini boshladi

➡️ Ayni damda Toshkent viloyati, Nurafshon shahrida an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” bo’lib o’tmoqda.

➡️ Sanoat ko’rgazmasida turli tarmoq korxonalari, ishbilarmon doira vakillari va ekspertlar ishtirok etmoqdalar.

➡️ Ko’rgazmada elektrotexnika, tog’-kon sanoati, energetika, charm-poyabzal, mebelsozlik, to’qimachilik, oziq-ovqat, qurilish va boshqa ko’plab sanoat sohalaridan yuzlab ishlab chiqaruvchilar, tashrif buyuruvchilar ishtirok etmoqda.

➡️ Ikki kun davom etadigan yarmarkada elektrotexnika, kimyo sanoati, charm-poyabzal, energetika va qurilish materiallari sohasida mahalliylashtirish darajasini oshirish orqali ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha “B2B” uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasi “Mahalliylashtirish va kooperatsiyani kengaytrish boshqarmasi” mas’ul xodimlari, uyushmaga a’zo korxonalar mutaxassislaridan iborat vakillarimiz ko’rgazma doirasida istiqbolli hamkorlik aloqalarini o’rnatish borasida uchrashuv va muzokaralar olib bormoqdalar.

➡️ Yarmarka doirasida o’zaro manfaatli shartnomalar, tarmoq va mahalliy korxonalar bilan hamkorlik kelishuvlari imzolanishi va ishtirokchilar o’rtasida turli nominatsiyalarda tanlovlar o’tkazilishi rejalashtirilgan.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM