➡️ #Toshkent
#Yangihayot
⚡️YANGIHAYOT INDUSTRIAL TEXNOPARKIDAGI LOYIHALARNING HOLATI O'RGANILDI⚙️ Bugun
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi
M.Yunusov boshchiligidagi Ishchi guruhi Toshkent shahrida joylashgan
Yangihayot industrial texnoparkidagi elektrotexnika sanoati korxonalarining ishlab chiqarish jarayoni va 2024-yilda ishga tushadigan yangi loyihalarning mavjud holati yuzasidan oʻrganishlar olib bordi.
➡️Dastlabki manzil
"“Vera modern electrical” korxonasida boʻldi. Bu yerda ayni paytda
“Kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasinining yakuniy ishga tushish bosqichi ko'zdan kechirildi. Uyushma raisi
M.Yunusov ushbu korxonaga tashrif buyurib, mavjud jarayonlar bilan yaqindan tanishdi.
➡️ Loyihaning umumiy qiymati
6 mln dollarni tashkil etadi. Mazkur korxona ishga tushsa,
150 dan ortiq yangi ish oʻrni yaratiladi. Yiliga
2 mln dollarlik mahsulot eksport qilinadi.
➡️ Uskunalar
Germaniya, Finlandiya va Xitoydan olib kelib oʻrnatilgan va hozirda dastlabki sinov ishlari yakunlanmoqda.
_____________⚙️Navbatdagi manzil
“Perfect leader electrical” MjCH korxonasida bo'ldi. Bu yerda
"Elektr yoritish uskunalari ishlab chiqarish" loyihasining qurilish ishlari davom etmoqda. Uyushma raisi har bir bosqichni ko'zdan kechirib, loyihaning istiqbolli rejalari bilan tanishdi.
➡️ Loyiha qiymati 5
mln dollar bo'lib, ishga tushgach
120 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.
➡️ Ishchi guruhi yuqoridagi loyihalarni tezroq ishga tushirish yuzasidan barcha zarur choralarni koʻrish va bu borada amaliy yordam berishini maʼlum qildi._____________🗣Avval xabar berganimizdek, 5-sentabr kuni Prezident raisligida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida yil yakuniga qadar jami qiymati
500 mln dollarga yaqin
85 ta loyiha ishga tushirilishi
ma'lum qilingan edi.📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw