"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
#investitsiya
#loyiha
#toshkent_viloyati

‼️ТОШКЕНТ ВИЛОЯТИДАГИ ЛОЙИҲАЛАР ЖОЙИГА ЧИҚИБ ЎРГАНИЛДИ

"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси бошқарув раиси ўринбосари Д.Джамалов Инвестициялар ва ташқи савдо вазирлиги бошқарма бошлиғи Б.Эгамбердиев иштирокида Тошкент вилоятида амалга оширилаётган электротехника йўналишидаги лойиҳаларни жойига чиққан ҳолда бориб ўргандилар.

✍️Лойиҳа раҳбарлари билан учрашув чоғида мавжуд муаммолар таҳлил қилинди ва уларни бартараф этиш юзасидан зарур кўрсатмалар берилди. Жумладан: "Nobel metal СО" МЧЖ томонидан амалга оширилаётган “Латундан фитинглар ишлаб чиқариш”, "Lyuks Elegant Servis" МЧЖ томонидан “Қозонхона ва иситиш қозонларини ишлаб чиқариш” лойиҳаларининг бориши кўздан кечирилди. Бундан ташқари, “Чирчиқ трансформатор заводи” АЖ томонидан шу кунгача амалга оширилган лойиҳалар ҳолати ўрганилди ҳамда бугунги кунда ишлаб чиқариш фаолиятида вужудга келаётган муаммоларни бартараф этиш чоралари кўрилди.
#yangi_loyihalar #toshkent_viloyati #minipech #turk #itimat

#YANGI_LOYIHALAR| Joriy yilda Toshkent viloyatining Qibray tumanida ish boshlagan "Koshona Biznes Azia" korxonasi tomonidan bugungi kunda 30 turdan ortiq minipechlar ishlab chiqarilib, ichki bozor talabi to'liq qondirilmoqda.

💵Loyiha qiymati 50 mlrd. so'm bo'lgan ushbu korxonada bugun 100 nafardan ortiq yigit-qizlar doimiy ish bilan ta'minlangan. Turkiya texnologiyasi asosida "ITIMAT" brendi bilan tanilgan mazkur maishiy texnika mahsulotlari o'zining hamyonbopligi, sifatliligi bilan raqobatdosh hisoblanadi.

🎬Yaqinda "O'zeltexsanoat" uyushmasi Axborot xizmati hamda "O'zbekiston-24" telekanali ijodkorlari ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishib, maxsus lavha tayyorlab keldilar.

👉Batafsil: https://youtu.be/c1SXpVm6unc?si=_5EjsEcRMC_brO3y
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #toshkent_viloyati #exhibition

📣 Chirchiqda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va Sanoatchilar forumi o'z ishini boshladi

Ayni damda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va Sanoatchilar forumi" bo'lib o'tmoqda.

Sanoat ko'rgazmasida turli tarmoq korxonalari, ishbilarmon doira vakillari va ekspertlar ishtirok etmoqdalar.

Ko'rgazmada elektrotexnika, tog'-kon sanoati, kimyosanoat, qurilish, metallurgiya va boshqa ko'plab sanoat sohalaridan yuzlab ishlab chiqaruvchilar, tashrif buyuruvchilar ishtirok etmoqda.

Yarmarka doirasida o'zaro manfaatli shartnomalar, tarmoq va mahalliy korxonalar bilan hamkorlik kelishuvlari imzolanishi va ishtirokchilar o'rtasida turli nominatsiyalarda tanlovlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

@uzeltexsanoat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_loyiha #kredit #imtiyoz #toshkent_viloyati

🟢ТОШКЕНТ ВИЛОЯТИ ТАДБИРКОРЛАРИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ

➡️Аввал хабар берганимиздек, Давлат раҳбарининг 28 ноябрь куни электротехника саноатида ишлаб чиқаришни янада қўллаб-қувватлаш, корхоналарнинг экспорт салоҳиятини ошириш масалалари бўйича ўтказилган йиғилишида берилган топшириқлар ижроси юзасидан "Ўзсаноатқурилишбанк" АТБ билан ҳамкорликда Тошкент вилоятидаги тадбиркорлар билан очиқ мулоқот ўтказилди.

➡️Унда "Ўзэлтехсаноат" уюшмаси раиси ўринбосари Ж.Жамалов, "Ўзсаноатқурилишбанк" АТБ Департамент бошлиғи Ғ. Қорабоев ва уюшма масъул ходими С.Боевлар тадбиркорларга соҳадаги кенг имкониятлар ҳақида гапирар экан, бу борада амалга ошириш мумкин бўлган янги истиқболли лойиҳалар, банк кредитларидан мақсадли ва имтиёзли фойдаланиш  бўйича тақдимот қилдилар.

➡️Ўз навбатида, вилоят тадбиркорлари ҳудудда амалга ошириш имкони бўлган инвестиция лойиҳалари, уларни молиялаштириш манбалари, хусусан имтиёзли кредит олиш жараёнидаги айрим масалаларга тўхталиб, ўзларини қизиқтирган саволларга жавоб олдилар.

‼️Сал аввалроқ, бундай учрашув Андижон, Наманган, Сурхондарё вилоятларида ҳам бўлиб ўтган эди.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube  🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️#muloqot #toshkent_viloyati

⚡️TOSHKENT VILOYATI ELEKTROTEXNIKA SANOATI TADBIRKORLARINING MUAMMO VA TAKLIFLARI ESHITILDI

➡️Avval xabar berganimizdek, Davlat rahbarining 5 sentyabr kuni elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish, eksport va investitsiya hajmini koʻpaytirish masalalari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan elektrotexnika sanoati tadbirkorlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

➡️Unda "O‘zeltexsanoat" uyushmasi raisi M.Yunusov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman) D.Kasimov ishtirok etib, drayver tarmoqda amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar, ularning mavjud holati, tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar va ularning yechimi borasidagi takliflar, mavjud imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha taqdimotlar bilan tanishdilar.

➡️Ta'kidlandiki, bugungi kunda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning aksariyat qismi Ohangaron tumanidagi «Eltech Industrial» texnoparki ishtirokchilari hisoblanadi. Hozirda bu hududda 266,1 mln.dollarlik 18 ta yangi investitsiya loyihalari amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, buning natijasida misni qayta ishlash quvvati 64,1 ming tonna yetkazilib, 2991 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi, 398,7 mln.doll eksport ko‘rsatkichlariga erishish kutilmoqda.

➡️O‘z navbatida, viloyat tadbirkorlari hududda amalga oshirish imkoni bo‘lgan investitsiya loyihalari, ularni moliyalashtirish manbalari, xususan imtiyozli kredit olish, soliq va bojxona rasmiylashtiruvi bilan bog‘liq jarayondagi ayrim masalalarga to‘xtalib, mas'ullarga ularning yechimi borasida ham o‘z takliflarini berdilar.

➡️Muloqot davomida Uyushma raisi M.Yunusov xorijlik investorlar bilan yangi loyihalar ustida muzokara olib bordi. Koreyalik tomonlarga Texnopark hududida yaratilgan infrastruktura, qulay investitsiya muhiti, imtiyoz va imkoniyatlari haqida ma'lumot berdi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Toshkent_viloyati

⚡️ Toshkent viloyatidagi soha korxonalarining faoliyati o’rganildi

➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasi barcha hududlar kesimida doimiy ravishda soha korxonalari faoliyatini yaqindan o’rganib boradi. Bundan ko’zlangan maqsad – tadbirkorlarga ko’mak ko’rsatish, ularni qiynayotgan muammolarga birgalikda yechim topish va sohadagi yangiliklardan boxabar etishdir.

➡️ Uyushma mas’ul xodimlari O.Mirzayev va S.Boyevlar Toshkent viloyati Parkent va Yuqorichirchiq tumanlarida joylashgan transformator va boshqa kuchlanish qurilmalari ishlab chiqaruvchi korxonalarning faoliyati bilan tanishdilar.

➡️ Mazkur korxonalar mutasaddilariga sohadagi qonunchilik yangiliklari, yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

➡️ Shu bilan birga, korxonalarning faoliyatini kengaytirish va kelajak rejalariga oid takliflari tinglandi. Bu borada vakolat doirasida barcha yordamlar ko’rsatilishi ta’kidlandi.

➡️ Uyushma mas’ullarining hududlardagi ishlab chiqarish korxonalarining faoliyatini o’rganish jarayonlari davom etadi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Toshkent_viloyati #yarmarka

⚡️ Toshkent viloyatida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o’z ishini boshladi

➡️ Ayni damda Toshkent viloyati, Nurafshon shahrida an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” bo’lib o’tmoqda.

➡️ Sanoat ko’rgazmasida turli tarmoq korxonalari, ishbilarmon doira vakillari va ekspertlar ishtirok etmoqdalar.

➡️ Ko’rgazmada elektrotexnika, tog’-kon sanoati, energetika, charm-poyabzal, mebelsozlik, to’qimachilik, oziq-ovqat, qurilish va boshqa ko’plab sanoat sohalaridan yuzlab ishlab chiqaruvchilar, tashrif buyuruvchilar ishtirok etmoqda.

➡️ Ikki kun davom etadigan yarmarkada elektrotexnika, kimyo sanoati, charm-poyabzal, energetika va qurilish materiallari sohasida mahalliylashtirish darajasini oshirish orqali ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha “B2B” uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasi “Mahalliylashtirish va kooperatsiyani kengaytrish boshqarmasi” mas’ul xodimlari, uyushmaga a’zo korxonalar mutaxassislaridan iborat vakillarimiz ko’rgazma doirasida istiqbolli hamkorlik aloqalarini o’rnatish borasida uchrashuv va muzokaralar olib bormoqdalar.

➡️ Yarmarka doirasida o’zaro manfaatli shartnomalar, tarmoq va mahalliy korxonalar bilan hamkorlik kelishuvlari imzolanishi va ishtirokchilar o’rtasida turli nominatsiyalarda tanlovlar o’tkazilishi rejalashtirilgan.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM