"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.69K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#loyiha
#eksport

#ONLINE| 🚚БУХОРОДАГИ ЭЛЕКТРОН ТАРОЗИЛАР БЕЛГОРОД ШАҲРИГА ЭКСПОРТ ҚИЛИНМОҚДА

Бухоро вилояти Бухоро туманидаги турли ҳажмдаги электрон тарозилар ишлаб чиқариш корхонаси 2021 йилда иш бошлаганига қарамай, илк маҳсулотларини хорижга экспорт қилмоқда. Айни пайтда қўшни республикалардан ҳам буюртмалар бор.

👆Бу ҳақида лавҳа орқали тўлиқроқ маълумотга эга бўлинг!!!

🎥Тез орада "Ўзбекистон-24" каналида ҳам корхона фаолияти акс этган репортаж эфирга узатилади.
#investitsiya
#loyiha
#toshkent_viloyati

‼️ТОШКЕНТ ВИЛОЯТИДАГИ ЛОЙИҲАЛАР ЖОЙИГА ЧИҚИБ ЎРГАНИЛДИ

"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси бошқарув раиси ўринбосари Д.Джамалов Инвестициялар ва ташқи савдо вазирлиги бошқарма бошлиғи Б.Эгамбердиев иштирокида Тошкент вилоятида амалга оширилаётган электротехника йўналишидаги лойиҳаларни жойига чиққан ҳолда бориб ўргандилар.

✍️Лойиҳа раҳбарлари билан учрашув чоғида мавжуд муаммолар таҳлил қилинди ва уларни бартараф этиш юзасидан зарур кўрсатмалар берилди. Жумладан: "Nobel metal СО" МЧЖ томонидан амалга оширилаётган “Латундан фитинглар ишлаб чиқариш”, "Lyuks Elegant Servis" МЧЖ томонидан “Қозонхона ва иситиш қозонларини ишлаб чиқариш” лойиҳаларининг бориши кўздан кечирилди. Бундан ташқари, “Чирчиқ трансформатор заводи” АЖ томонидан шу кунгача амалга оширилган лойиҳалар ҳолати ўрганилди ҳамда бугунги кунда ишлаб чиқариш фаолиятида вужудга келаётган муаммоларни бартараф этиш чоралари кўрилди.
➡️ #konstitutsiyaviy_qonun #loyiha

🟢 KONSTITUTSIYAVIY QONUN LOYIHASI MATNI E'LON QILINDI.

➡️ “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi matni eʼlon qilindi.

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
🌐 Facebook 🌐 Telegram 🌐 Instagram 🔻 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Andijonkabel #loyiha

🟢 “Andijonkabel” korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan yangi loyihalar holati o’rganildi

➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan respublikamizning turli hududlarida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar holati muntazam o’rganib kelinadi.

➡️ Uyushma raisining o’rinbosari Jahongir Jamalov boshchiligidagi ishchi guruhi ushbu maqsadda Andijon viloyatida joylashgan “Andijonkabel” AJ korxonasida bo’ldi.

BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#loyiha #davlat_dasturi #elektrotexnika #sanoat

📣2024-yilgi davlat dasturi loyihasining “BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI FAROVONLIGINI TAʼMINLASH” yoʻnalishida koʻzda tutilayotgan eng muhim choralarni o'zida aks ettirgan elektrotexnika yo'nalishidagi vazifalarni infografika ko'rinishida e'tiboringizga havola qilmoqdamiz.

📩Tanishing va o'z takliflaringizni bildiring! Jamoatchilik muhokamasida faol ishtirok eting!

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#andijon #loyiha

🟢Андижонда 2024 йилда 31 млн.долларлик 6 та лойиҳа амалга оширилади

➡️“Ўзэлтехсаноат” уюшмаси раиси М.Юнусов Aндижон вилоятидаги электротехника саноати корхоналари фаолияти ва янги лойиҳаларнинг ҳозирги ҳолати билан танишди. Таъкидлаш жоизки, 2024 йилда вилоятда умумий қиймати қарийб 31 млн.долларга тенг бўлган 6 та лойиҳани амалга ошириш режалаштирилган.

➡️Уюшма раиси ўрганишлар давомида "Grand Texnolog" корхонаси томонидан ишлаб чиқарилаётган кабель-сим маҳсулотлари йўналишидаги лойиҳалар билан танишди. Асосий хомашёси мис бўлган ушбу маҳсулотларнинг йиллик қуввати 1200 тонна бўлиб, ички ва ташқи бозор талабларига тўлиқ жавоб беради. Ҳатто бугунги кунда корхона импортни қисқартириш баробарида ўз маҳсулотларини хорижга экспорт қилиш чораларини кўрмоқда. Туркиялик ҳамкорлар билан музокаралар олиб бормоқда.

➡️Корхона раҳбари Андижон вилоятидаги "Электротехника саноат хаби"да амалга оширилиши режалаштирилган умумий қиймати 5 млн.долларлик янги лойиҳа ҳақида ҳам маълумот берди. Унга кўра, бу ерда янги турдаги кабель-сим ва сув насослари ишлаб чиқарилади ҳамда бунинг натижасида қўшимча 45 та янги иш ўринлари яратилади.

➡️Шунингдек, бундан ташқари вилоятда “Қуёш панеллари ишлаб чиқариш”, “Автомобилларга кичик турдаги электр двигателлар ишлаб чиқариш”, “Телевизорлар ишлаб чиқраиш”, “Замонавий энергия тежовчи иситиш қозонлари ишлаб чиқариш” лойиҳалари бўйича ишлар жадаллик билан давом этмоқда.

➡️Уюшма раиси М. Юнусов янги қувватларнинг лойиҳадан тортиб, унинг ишга тушишигача бўлган жараёнларда юзага келиши мумкин бўлган муаммоларни бартараф этиш бўйича Уюшманинг тегишли масъулларига кўрсатма ва топшириқлар берди.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#loyiha #sim_karta #Vades_group

💳Ўзбекистонда ягона СИМ ва САМ карталари ишлаб чиқарувчи корхона ҳақида биласизми?

🪪Кўпчилик бу карталар ҳали ҳам хориждан келади, деб ўйласа керак. Аммо бу маҳсулотлар “Ўзэлтехсаноат” уюшмасига аъзо "Vades Group" компанияси томонидан ишлаб чиқарилишини ушбу репортаж орқали тўлиқ билиб оласиз.

ЎзА мухбирлари томонидан тайёрланган лавҳани эътиборингизга ҳавола этамиз!!!

🎬https://youtu.be/_j9aBWqm9gc?si=Qq9qs95ewsW8Ls6s
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#loyiha #andijon #grand_texnolog #mis_sanoati

⚙️ANDIJONDA MIS XOMASHYOSIDAN YUQORI QO'SHILGAN QIYMATLI MAHSULOT TAYYORLAYOTGAN TADBIRKOR

📝Andijon viloyatidagi "Grand Texnolog" korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan kabel-sim mahsulotlari yo‘nalishidagi loyihalar bugun nafaqat ichki bozor, balki tashqi bozor talablariga ham to‘liq javob bermoqda. Hatto kabel mahsulotlari eksport qilinmoqda.

📝Korxona rahbari, 20 yillik tadbirkor Nohid Saidkamolov mis xomashyosidan tayyorlanayotgan kabel mahsulotlari va yangi loyihalar haqida "O'zbekiston-24" telekanali uchun intervyu berdi.

https://t.me/mtrkuzofficial/193791
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #loyiha #eltech_industrial #ohangaron

⚡️ NOCOMMENT

➡️ Ayni paytda Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan “Eltech Industrial” texnoparkida togʻ-kon mashinalari uchun ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "HG-AMMC" qoʻshma korxonasining qurilish ishlariga start berildi.

🔔 Batafsil ushbu videoreportajda.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #loyiha #eltech_industrial #ohangaron

⚡️ NOCOMMENT

➡️ Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan “Eltech Industrial” texnoparkida "UET Steel" kompaniyasi tomonidan elektr uzatish liniyalari uchun metall konstruktsiya ishlab chiqarish va uni issiq sink qilish loyihasining qurilish ishlariga start berildi.

➡️Ushbu loyiha qiymati $15 mln dollar bo‘lib, uni amalga oshirish natijasida yangi 100 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi. Yillik quvvati 40 ming tonnani tashkil etadi.

🔔 Batafsil ushbu videoreportajda.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Novey #loyiha

⚡️ Mobil va smart telefonlar ishlab chiqarish bo'yicha yangi loyiha muhokama qilindi

➡️ Kuni kecha "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi o'rinbosari Jahongir Jamalov va "Novey Tech" MChJ korxonasi rahbariyati vakillari o'rtasida uchrashuv tashkil etildi.

➡️ Uchrashuvda respublikamizda uyali aloqa vositalarini (mobil telefonlar) mahalliylashtirish va seriyali ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish masalalari muhokama etildi.

➡️ Yangi ishlab chiqarish quvvatini tashkil etish bo'yicha amalga oshirilishi zarur bo'lgan ishlar ketma-ketligi bo'yicha ham fikrlar almashildi.

➡️ Uyushma mas'ullari tomonidan korxona vakillariga qonunchilikka ko'ra beriladigan imtiyoz va imkoniyatlar xususida ma'lumotlar berildi.

➡️ Korxonaning istiqboldagi rejalariga ko'ra, nafaqat arzon va sifatli uyali aloqa vositalari ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish balki ularni eksport qilish ko'zda tutilgan.

➡️ Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu loyiha doirasida ishlarni bosqichma-bosqich yo'lga qo'yish bo'yicha kelishib oldilar.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Shengyong_Machinery #loyiha

⚡️ Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda emal-sim mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi

➡️ Mamlakatimiz elektrotexnika sanoatida yangi loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarish quvvatlari sonini ko’paytirish “O’zeltexsanoat” uyushmasi oldida turgan asosiy vazifalardan hisoblanadi.

➡️ Bunda xorijiy, yetakchi kompaniyalar bilan ishlash, hamkorlik qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

➡️ Xitoyning “Shengyong Machinery” kompaniyasi bosh direktori Dai Vey boshchiligidagi delegatsiya kuni kecha “O’zeltexsanoat” uyushmasiga tashrif buyurdi.

➡️ Uyushma raisi Mirziyod Yunusov xorijiy kompaniya rahbari bilan muzokaralar olib bordi.

➡️ Muzokaraning asosiy mavzusi yurtimizda emal qoplamali sim mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha yangi loyihani amalga oshirish masalalari bo’ldi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #ilmiy_tadqiqot #loyiha

⚡️ Elektrotexnika sanoati korxonalarida ilmiy-tadqiqot loyihalari o’rganilmoqda

➡️ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-sonli qaroriga asosan elektrotexnika sanoati korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari ro’yxatini shakllantirish topshirig’i berilgan.

➡️ Shakllantirilgan loyihalar ro’yxati doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda tanlov o’tkazish va g’olib deb topilgan ishlarni moliyalashtirish belgilangan.

➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullaridan iborat Ishchi guruh elektrotexnika sanoati korxonalaridagi ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik loyihalarini o’rganmoqdalar.

➡️ Xususan, Ishchi guruh a’zolari “Sun-Hightech” korxonasida bo’lib, korxona tomonidan tayyorlangan ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik loyihalari bilan yaqindan tanishdilar.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #ilmiy_tadqiqot #loyiha

⚡️ Elektrotexnika sanoati korxonalari o’rtasida o’tkaziladigan ilmiy-tadqiqot ishlari tanlovi uchun loyihalar o’rganilmoqda

➡️ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-sonli qaroriga asosan elektrotexnika sanoati korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari ro’yxatini shakllantirish topshirig’i berilgan.

➡️ Shakllantirilgan loyihalar ro’yxati doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda tanlov o’tkazish va g’olib deb topilgan ishlarni moliyalashtirish belgilangan.

➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullaridan iborat Ishchi guruh elektrotexnika sanoati korxonalaridagi ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik loyihalarini o’rganmoqdalar.

➡️ Xususan, Ishchi guruh a’zolari “Statura” va “Kommet Pro” korxonalarida bo’lib, korxonalar tomonidan tayyorlangan ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik loyihalari bilan yaqindan tanishdilar.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM