"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#бўш_иш_ўринлари
#namangan

МАХСУС РЕПОРТАЖ| Наманганлик ишсиз ёшларни банд қилиш масаласида "Ўзэлтехсаноат" уюшмаси томонидан янгича ташаббус

Ҳаммасини махсус репортаж орқали билиб оласиз.

📲 Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#namangan #kooperatsiya #йўл_йўлакай #anons

‼️БИЗДА ЯНГИ ЛОЙИҲА:
"ЙЎЛ-ЙЎЛАКАЙ"

Илк ташрифимиз Наманган вилоятидан бошланди. Йўл-йўлакай эндигина фаолият бошлаган ёки фаолият бошлаш арафасида турган ишлаб чиқариш корхоналари ҳақида маълумот тақдим этиб боришни ўз олдимизга мақсад қилдик.

Дастлабки қадамимиз “Vodiy Circuits“ МЧЖ корхонаси томон йўналди. Наманган тарихида ҳали бўлмаган, ёинки Республикада бор-йўғи 2 та ишлаб чиқарувчилар қаторига 3-чи бўлиб қўшилган маиший техника маҳсулотлари учун электрон платалар тайёрлаш корхонаси яқинда иш бошлаш арафасида.

Бу ерда тайёрланаётган маҳсулотлар импорт ўрнини тўлиқ босиб, ҳам арзон ва сифатлилиги билан рақобатдош ҳисобланади.

Лойиҳамизнинг илк сони ҳақидаги тўлиқ видеони сал кейинроқ эълон қиламиз.

Бизни кузатишда давом этинг!!!
@uzeltexsanoat
➡️ #Prezident_tashrifi #Namangan

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Manba

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
🌐 Facebook 🌐 Telegram 🌐 Instagram 🔻 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#taqdimot #kooperatsiya #namangan

📝NAMAGANLIK TADBIRKORLARGA KATTA HAJMLI MUZLATGICH VA ISITISH TIZIMLARI TAQDIMOT QILINDI

Ayni paytda "O'zeltexsanoat" uyushmasi "Mahalliylashtirish, kooperatsiyani kengaytrish va importni optimallashtirish boshqarmasi" mas'ul xodimlari Namangan, Andijon va Farg'ona viloyatlarida bo'lib turibdi.

✔️Namangan viloyatining Pop tumanidagi issiqxonalar majmuasida bo'lib o'tgan targ'ibot-tashviqot va tushintirish ishlarida "Texnopark" MChJ, "Sabo-Hamkor" MChJ, "Lyuks Elegant" MChJ korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar taqdimoti o'tkazildi.

✍️Ushbu tadbirlar Prezidentimizning 2023-yil 17-fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli qaroriga asosan amalga oshirilmoqda.

👉BATAFSIL

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
🌐 Facebook 🌐 Telegram 🌐 Instagram 🔻 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #exhibition #namangan

⚙️"Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi" Namanganda!

Xabaringiz bor, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Namangan viloyati hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda Namanganda navbatdagi "Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi" o'z ishini boshladi.

Ushbu ko'rgazmada "O'zeltexsanoat" uyushmasiga a'zo 10 dan ziyod korxonalar, 100 dan ortiq turdagi mahsulotlar taqdimoti bilan ishtirok etmoqdalar.

Respublikada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish hamda tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirish ushbu ko'rgazmadan ko'zlangan asosiy maqsadlardandir.

Yarmarkaning dastlabki kunida Uyushma tarkibidagi 10 dan ortiq korxonalar tomonidan bir necha turdagi mahsulotlarni yetkazib berish bo'yicha shartnomalar imzolandi.

Ko'rgazmaning ikkinchi kunida ham boshqa tarmoq korxonalari bilan kooperatsiya asosida mahsulotlar yetkazib berish bo'yicha shartnomalar imzolash rejalashtirilmoqda.

Ertaga ham davom etadigan ushbu ko'rgazmaga oid tafsilotlarni yetkazishda davom etamiz.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_loyiha #kredit #imtiyoz #namangan

🟢НАМАНГАНЛИК ТАДБИРКОРЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ

➡️Аввал хабар берганимиздек, Давлат раҳбарининг 28 ноябрь куни электротехника саноатида ишлаб чиқаришни янада қўллаб-қувватлаш, корхоналарнинг экспорт салоҳиятини ошириш масалалари бўйича ўтказилган йиғилишида берилган топшириқлар ижроси юзасидан "Ўзсаноатқурилишбанк" АТБ билан ҳамкорликда Наманган вилоятидаги тадбиркорлар билан очиқ мулоқот ўтказилди.

➡️Унда "Ўзэлтехсаноат" уюшмаси раиси ўринбосари Ж.Жамалов, "Ўзсаноатқурилишбанк" АТБ Бошқаруви раисининг ўринбосари Ш. Юсупов ва уюшма масъул ходими О.Мирзаевлар тадбиркорларга соҳадаги кенг имкониятлар ҳақида гапирар экан, бу борада амалга ошириш мумкин бўлган янги истиқболли лойиҳалар, банк кредитларидан мақсадли ва имтиёзли фойдаланиш бўйича тақдимот қилдилар.

➡️Ўз навбатида, наманганлик тадбиркорлар ҳудудда амалга ошириш имкони бўлган инвестиция лойиҳалари, уларни молиялаштириш манбалари, хусусан имтиёзли кредит олиш жараёнидаги айрим масалаларга тўхталиб, ўзларини қизиқтирган саволларга жавоб олдилар.

‼️Сал аввалроқ, бундай учрашув Андижон вилоятида ҳам бўлиб ўтган эди.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Namangan #tashrif

⚡️ Davlatimiz rahbari Namangan viloyatida investorlar bilan uchrashdi

➡️ Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi mobaynida hududda amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

➡️ Ularga Rossiya, Xitoy, Turkiya, BAA, Fransiya, Germaniya, Avstriya, Italiya, Niderlandiya, Eron, Pokiston kabi mamlakatlar kompaniyalari investitsiya kiritmoqda.

➡️ Loyihalar elektr texnikasi, qurilish materiallari, kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat, farmatsevtika, tibbiyot, konchilik, baliqchilik va boshqa tarmoqlarni qamrab olgan.

Manba

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Namangan #TV

⚡️ Namangan viloyatida elektrotexnika sanoati rivoji

➡️ Davlatimiz rahbarining kuni kecha Namangan viloyatiga qilgan tashrifi mobaynida hududning elektrotexnika yo'nalishidagi potensiali ko'zdan kechirildi.

➡️ Viloyatda elektrotexnika sanoati korxonalari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar turi, hajmi va mahalliylashtirish darajasi oshib bormoqda.

➡️ Yurtboshimizning Namangan viloyati elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan tayyorlangan ko'rgazmadagi ishtiroki va umuman ushbu tarmoqning hududdagi rivojlanishi haqida "O'zbekiston 24" telekanali ijodkorlari tahliliy reportaj tayyorladilar.

➡️ Ushbu tahliliy reportajni e'tiboringizga havola etamiz.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Namangan #loyihalar

⚡️ Namangandagi investitsiya loyihalarining holati o'rganildi

➡️ Joriy yilning 18-fevral kuni "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi o'rinbosari Jahongir Jamalov boshchiligidagi ishchi guruh Namangan viloyatida xizmat safarida bo'ldi.

➡️ Mazkur tashrif doirasida Namangan viloyatidagi amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari holati atroflicha o'rganildi.

➡️ Xususan, Ishchi guruh a'zolari Davlatobod tumanidagi "Interior Mega Max" korxonasida bo'lib, umumiy qiymati $ 10 mln dollarlik loyihani ko'zdan kechirdilar.

➡️ Loyiha doirasida korxonada avtomobil yoritish chiroqlari ishlab chiqarish yo'lga qo'yilmoqda.

➡️ Bunda ishlab chiqarish uchun korxona tomonidan asosiy texnologik uskunalar o'rnatilgan bo'lib, yangi o'nlab ishchi o'rinlari tashkil etilishi belgilangan.

➡️ To'raqo'rg'on tumanida joylashgan "Plasterboard" korxonasi Ishchi guruhning navbatdagi manzili bo'ldi.

➡️ Korxona tomonidan umumiy qiymati $ 3 mln dollarlik elektr choynak ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.

➡️ Ushbu jarayonlar Ishchi guruh a'zolari tomonidan chuqur o'rganilib, korxonalar mutasaddilari bilan muhokamalar o'tkazildi.

➡️ Bunda uyushma tomonidan loyihalarni amalga oshirishda vakolat doirasidagi ko'maklar ko'rsatilishi ta'kidlandi.

➡️ Shuningdek, korxonalarga sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklar, yaratilayotgan yangi imkoniyatlar xususida batafsil ma'lumotlar berildi.

➡️ Uyushma mas'ullari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar holatini o'rganish ishlari davom ettiriladi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM