"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.69K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #Olmaliq_KMK #kooperatsiya

⚡️ Olmaliq KMK ehtiyoji uchun elektrodvigatel va nasoslarni yetkazib berish muhokama etildi

➡️ Davlatimiz rahbari tomonidan mas’ullarga importni optimizatsiya qilish, yirik davlat korxonalarining elektrodvigatel va nasoslarga bo’lgan ehtiyojlarini mahalliy mahsulotlar hisobidan qoplash bo’yicha bir qator muhim topshiriq va vazifalar berilgan.

➡️ Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida kuni kecha “Olmaliq KMK” AJ hududida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishga bag’ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasi va “Olmaliq KMK” bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur uchrashuvda “Jihozvent”, “NamMotors”, “SuvMash”, “Gidrostankoservis” kabi korxonalar vakillari ishtirok etdilar.

➡️ Uchrashuv avvalida “Olmaliq KMK” va mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalari vakillari o’zaro faoliyat va imkoniyatlari xususida ma’lumotlar almashdilar.

➡️ Ishtirokchilar tashrif mobaynida “Olmaliq KMK” ta’mirlash ustaxonalari, “Qolmaqir” koni faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Mazkur hududlarda foydalanilayotgan va ta’mirlanayotgan elektrodvigatel va nasos kabi mahsulotlarni ko’zdan kechirdilar.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Olmaliq #kooperatsiya

⚡️ NOCOMMENT. OLMALIQ KMK

➡️ E'tiboringizga "O'zeltexsanoat" uyushmasi va "Olmaliq KMK" AJ hamkorligida tashkil etilgan kooperatsiya uchrashuvi jarayonlariga oid videokontentni taqdim etamiz.

🔔 BATAFSIL»

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Uztransgaz #kooperatsiya

⚡️ “Uztransgaz” AJ ehtiyojlari uchun mahalliy nasoslar, elektrodvigatellar va boshqa turdagi elektrotexnika mahsulotlarini yetkazib berish muhokama qilindi

➡️ Bugun “O’zeltexsanoat” uyushmasi "Mahalliylashtirish va kooperatsiyani rivojlantirish boshqarmasi" mas’ullari va “Uztransgaz” AJ “Xaridlar va kooperatsion aloqalar” departamenti mutasaddilari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

➡️ Mazkur uchrashuvda bir nechta mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalari ham ishtirok etdilar.

➡️ Asosiy mavzu – “Uztransgaz” AJ tizimi tashkilotlari ehtiyoji uchun elektrodvigatel va nasoslarni mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetkazib berish masalalari bo’ldi.

➡️ Shuningdek, boshqa turdagi elektrotexnika mahsulotlari bo’yicha ham atroflicha ma’lumotlar berildi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Uztransgaz #kooperatsiya

⚡️ NOCOMMENT. "Uztransgaz"

➡️ E'tiboringizga "O'zeltexsanoat" uyushmasi va "Uztransgaz" AJ mas'ullari o'rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish yuzasidan tashkil etilgan uchrashuvga oid videokontentni taqdim etamiz.

🔔 BATAFSIL»

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Best_Ten #kooperatsiya

⚡️ Elektr isitgich quvurlari (TEN) importini qisqartirish bo’yicha uchrashuv o’tkazildi

➡️ Elektr isitgich quvurlari (TEN) elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarishda asosiy mahsulotlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa maishiy texnika vositalarini ishlab chiqarishda uning ahamiyati katta.

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi mas'ullari ushbu butlovchi qismlarning importini optimallashtirish bo'yicha bir qator ishlarni olib bormoqdalar.

➡️ Xususan, bugun uyushma mas'ullari elektr isitgich quvurlari (TEN) ishlab chiqaruvchi "Best Mega Tech" korxonasi rahbari bilan birgalikda Qibray tumanida joylashgan, maishiy texnika vositalari ishlab chiqaruvchi "Koshona Biznes Aziya" korxonasiga tashrif buyurdilar.

➡️ Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad, "Koshona Biznes Aziya" korxonasining elektr isitgich quvurlariga (TEN) bo'lgan ehtiyojini o'rganish va kooperatsiya asosida yetkazib berish masalalarini muhokama qilish bo'ldi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Best_Ten #kooperatsiya

⚡️ NOCOMMENT. "BEST MEGA TECH"

➡️ E'tiboringizga "O'zeltexsanoat" uyushmasi mas'ullari, "Best Mega Tech" korxonasi rahbariyati va "Koshona Biznes Aziya" korxonasi mutasaddilari o'rtasida o'tkazilgan kooperatsiya uchrashuviga oid videokontentni taqdim etamiz.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kooperatsiya #DAIICHI

⚡️ Turkiyaning "DAIICHI" kompaniyasi yurtimizda yangi loyihani amalga oshirish istagida

➡️ Bugun ham Toshkentda "Respublika hududlararo sanoat yarmarkasi" o'z ishini davom ettiradi.

➡️ Mazkur ko'rgazmada Turkiyaning "DAIICHI" kompaniyasi ham o'z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

➡️ Ushbu korxona yurtimizda avtomobillar uchun multimedia vositalarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish taklifini bildirgan.

➡️ Bu kabi butlovchi qismlarni ishlab chiqarish orqali elektrotexnika va avtomobilsozlik sanoatlarida mahalliylashtirish darajasi sezilarli oshadi.

➡️ Kompaniyaning biznesni rivojlantirish bo'yicha direktori Doruk Kara mamlakatimizda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha va mahalliy elektrotexnika sanoatidagi o'zgarishlar borasida "O'zbekiston 24" telekanaliga intervyu berdi.

➡️ Mazkur intervyuni e'tiboringizga havola etamiz.

📝Fb 📝 Tg 💻In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kabel_sim #kooperatsiya

⚡️ Yirik energetika loyihalariga kabel-sim mahsulotlarini yetkazib berish masalalari muhokama qilindi

➡️ Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yirik energetika loyihalariga “mahalliy kontent”ni jalb qilish, milliy mahsulotlardan kengroq foydalanish bo’yicha mas’ullarga kerakli ko’rsatmalar berilgan.

➡️ Xususan, Davlatimiz rahbari tomonidan 2024-yil, 11-sentyabr kuni qabul qilingan PF-139-sonli farmonga muvofiq, 2025-yilning 1-yanvaridan boshlab, yirik energetika loyihalari uchun zarur bo’lgan kabel-sim mahsulotlarining 70 foizi “mahalliy kontent” hisobidan qoplanishi belgilangan.

➡️ Shulardan kelib chiqqan holda, yurtimizda qurilishi jarayonlari ketayotgan shamol, quyosh elektr stansiyalari va boshqa turdagi energetika obyektlariga kabel-sim mahsulotlarini yetkazib berish muhim vazifa hisoblanadi.

➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov yurtimizda kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar mutasaddilari bilan onlayn tarzda uchrashuv o’tkazdi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Masdar #kooperatsiya

⚡️ Yashil energetika loyihalariga mahalliy mahsulotlarni yetkazib berish imkoniyatlari o’rganildi

➡️ Yashil energetika sohasini rivojlantirish davlatimiz oldida turgan ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada respublikamizning ko’plab hududlarida quyosh va shamol elektr stansiyalari qurish loyihalari amalga oshirilmoqda.

➡️ Ushbu loyihalarga mahalliy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan elektrotexnika mahsulotlarini yetkazib berish bo’yicha shaxsan davlatimiz rahbari tomonidan “O’zeltexsanoat” uyushmasi oldiga qator vazifalar qo’yilgan.

➡️ Mazkur vazifalarni o’z vaqtida bajarish yuzasidan uyushma tomonidan keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

➡️ Uyushma mas’ul xodimlari bugun bir qator mahalliy korxonalar vakillari bilan BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan Samarqand viloyati, Kattaqo’rg’on tumanida qurilgan quyosh elektr stansiyasiga tashrif buyurdilar.

➡️ Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad - shu kabi loyihalarga mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan qanday tur va talabdagi elektrotexnika mahsulotlarni yetkazib berish mumkinligini o’rganishdan iborat bo’ldi.

➡️ Mazkur tadbirda “O’zelektroapparat-Electroshield”, “Nura Group”, “Sitan”, Zavod NVA”, “Procab”, “Uzkabel”, “Artikul Aziya Kabel”, Kattaqo’rg’on elektrotexnika zavodi” kabi 10 ga yaqin korxonalardan 20 ga yaqin vakillar ishtirok etdilar.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #BestTen #kooperatsiya

⚡️ Elektr isitgich quvurlari (TEN) importini qisqartirish uchun kooperatsiya aloqalari kengaytirilmoqda

➡️ Elektr isitgich quvurlari (TEN) elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarishda asosiy mahsulotlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa maishiy texnika vositalarini ishlab chiqarishda uning ahamiyati katta.

➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasi mas’ullari ushbu butlovchi qismlarning importini optimallashtirish bo’yicha bir qator ishlarni olib bormoqdalar.

➡️ Xususan, uyushma mas’ullari elektr isitgich quvurlari (TEN) ishlab chiqaruvchi “Best Mega Tech” korxonasi rahbari bilan birgalikda Samarqand viloyatida joylashgan, maishiy texnika vositalari ishlab chiqaruvchi “Elite Group”, “Ideal Electrolux”, “SamNurTavfiz” kabi korxonalarga tashrif buyurdilar.

➡️ Mazkur tashrifda, avvalgi uchrashuvlarda “Best Mega Tech” korxonasiga berilgan namunalar asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlar maishiy texnika ishlab chiqaruvchi, yuqorida nomlari ta’kidlangan korxonalarga berildi.

➡️ Ushbu butlovchi qismlardan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishda sinov tartibida foydalanish belgilandi. Sinov xulosalariga qarab tomonlar o’rtasida o’zaro savdo aloqalarini yo’lga qo’yiladi.

➡️ “Best Mega Tech” korxonasi “O’zeltexsanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda olib borgan amaliy ishlari natijasida bugungi kunda “Trinity Technolgy” va “Vitech” korxonalariga mahsulotlarini yetkazib berishni yo’lga qo’ydi.

➡️ Sababi korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar narx va sifat jihatidan xorijiy mahsulotlar bilan bemalol raqobatlashmoqda.

🔔 BATAFSIL»

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kooperatsiya #vagon

⚡️ Temiryo’l vagonlari ishlab chiqarishda elektrotexnika mahsulotlarini yetkazib berishni kengaytirish muhokama qilindi

➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasi mamlakatimizda elektrotexnika sanoati korxonalari va boshqa tarmoq tashkilotlari o’rtasidagi kooperatsiya aloqalarini kengaytirish bo’yicha amaliy ishlarni olib bormoqda.

➡️ Kuni kecha uyushmaning “Mahalliylashtirish va kooperatsiyani kengaytirish” boshqarmasi mas’ullari boshchiligidagi 10 dan ortiq elektrotexnika sanoati korxonalari “O’zbekiston temir yo’llari” AJ tizimidagi “Toshkent yo’lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi”ga tashrif buyurdilar.

➡️ Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad – vagonlarni ishlab chiqarish va modernizatsiya qilishda foydalaniladigan elektrotexnika mahsulotlarini yetkazib berishni muhokama qilishdan iborat bo’ldi.

➡️ Bugungi kunda “Toshkent yo’lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” o’z faoliyatini yanada rivojlantirish, yangi turdagi vagonlarni ishlab chiqarish maqsadida xorijlik investorlarni jalb qilgan.

➡️ Taklif etilgan investorlar ishtirokida o’tkazilgan uchrashuvda elektrotexnika sanoati korxonalari bilan hamkorlik qilish bo’yicha muhokamalar olib borildi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Uzavtosanoat #kooperatsiya

⚡️ “O’zavtosanoat” tizimidagi korxonalar bilan kooperatsiyani kengaytirish bo’yicha uchrashuvlar o’tkazildi

➡️ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-20-sonli (22.01.2025) qarorida, vazirlik, idora va xo’jalik birlashmalari tomonidan 28,4 trln so’mga yaqin elektrotexnika mahsulotlari mahalliy korxonalardan xarid qilinishi belgilangan.

➡️ Mazkur belgilangan vazifalarni o’z vaqtida bajarish, mahalliy korxona, tarmoq va tashkilotlar o’rtasida kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirish bo’yicha “O’zeltexsanoat” uyushma faol ish olib bormoqda.

➡️ Xususan, uyushmaning Mahalliylashtirish va kooperatsiyani kengaytirish boshqarmasi mas’ullari joriy yil 7-8-fevral kunlari Andijon viloyatida xizmat safarida bo’ldilar.

➡️ Mazkur safar mobaynida mahalliy korxonalar o’rtasida uchrashuvlar o’tkazilib, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish bo’yicha muzokaralar olib borildi.

➡️ “Artikul Kabel”, “Texno Cable Group”, “Grand Texnolog” kabi mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalari vakillari ham mazkur muzokaralarda ishtirok etdilar.

➡️ Xususan, avtomobillar uchun butlovchi qismlar (jgut) ishlab chiqaruvchi “O’z KOJI”, “ADM Electrics” va “Auto Tech Harness” korxonalariga tashrif buyurildi. Shuningdek, mazkur korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.

➡️ Tashrif doirasida avtomobillar uchun jgut ishlab chiqarishda foydalaniladigan kabel-sim mahsulotlarini mahalliy korxonalar tomonidan yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

➡️ Shu bilan birga, mahalliy elektrotexnika korxonalari tomonidan kelgusida avtomobil dvigatellari uchun simlarni ishlab chiqarib, yetkazib berish fikrlar almashildi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Kooperatsiya #hamkorlik

⚡️ Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalarga vitrinali sovutgichlarni yetkazib berish muhokama qilindi

➡️ Kuni kecha "O'zeltexsanoat" uyushmasida kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirishga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

➡️ Uchrashuvda "O'zeltexsanoat" uyushmasi mas'ullari, Alkogolsiz ichimliklar va sharbat ishlab chiqaruvchilar uyushmasi va unga a'zo korxonalar vakillari ishtirok etdilar.

➡️ Shu bilan birga, ko'plab turdagi sovutgichlar ishlab chiqaruvchi "Sam-Ferre", "Premier", Texnopark", "Artel" va "Devi Tashkent" kabi mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalari mutaxassislari ham ushbu uchrashuvda qatnashdilar.

➡️ Uchrashuvda vitrinali sovutgichlarga bo'lgan ichki talabni mahalliy mahsulotlar hisobiga qoplash, kooperatsiya asosida mahsulotlarni yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

➡️ Xususan, Pepsi, Lipton, Coca-cola, Fanta, Dinay, Montella, Chortoq, Tropic kabi ko'plab brendlar ostida ishlab chiqarilayotgan ichimliklarni saqlashga mo'ljallangan bir necha turdagi vitrinali sovutgichlar bilan ta'minlash bo'yicha fikrlar almashildi

➡️ Ushbu turdagi mahsulotlarga ehtiyoji bo'lgan ichimlik ishlab chiqaruvchi korxonalardan mazkur mahsulotga oid texnik talablarni olishga kelishildi.

➡️ Tomonlar hamkorlikdan o'zaro manfaatdor ekanliklarini, bu borada birgalikda ish olib borishlarini ta'kidladilar.

➡️ Importni optimizatsiya qilish, mahalliy tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash va kooperatsiya aloqalarini kengaytirish bo’yicha uyushma va a’zo korxonalar tomonidan olib borilayotgan bu kabi ishlar muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Kooperatsiya

⚡️ Kooperatsiyani kengaytirish bo'yicha tadbirlar tashkil etilmoqda

➡️ Bugungi kunda “Texnopark", “Artel Electronics Manufacturing” va boshqa yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida qurilmalar ishlab chiqarish va energiya samarador texnologiyalarni keng joriy etish borasida muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.

➡️ So‘nggi yillar davomida quyosh energiyasidan foydalanuvchi quyosh panellari, elektromobillar uchun quvvatlash qurilmalari, quyosh kollektori asosidagi suv isitkichlari, qattiq yoqilg‘ida ishlovchi isitish tizimlari, individual issiqlik punktlari, shuningdek, energiya samarador maishiy texnika vositalari kabi zamonaviy va ekologik mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

➡️ Ushbu mahsulotlar nafaqat sanoat, balki turar-joy sektorida ham keng qo‘llanilishi mumkin bo‘lib, mamlakatda energiya samaradorligini oshirish va ekologik muvozanatni saqlashga xizmat qilmoqda.

➡️ Shu munosabat bilan, “Texnopark” hamda “Artel Electronics Manufacturing” kompaniyalari tomonidan "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ, "UzAuto Motors" AJ va boshqa yirik sanoat obyektlari hududida ko‘chma ko‘rgazma-savdolar tashkil etildi.

➡️ Ushbu tadbirlar doirasida iste’molchilar, sanoat mutaxassislari va soha vakillari energiya samarador qurilmalar bilan bevosita tanishish, ularning ishlash mexanizmi va foydalari haqida batafsil ma’lumot olish imkoniga ega bo'ldilar.

➡️ Mazkur tashabbuslar O‘zbekistonda sanoatni ekologik jihatdan barqaror rivojlantirish, import o‘rnini bosuvchi texnologiyalarni mahalliylashtirish va aholining innovatsion mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Kooperatsiya #uchrashuv

⚡️ "Acwa Power" va "L&T Construction" kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi

➡️ Kuni kecha “O‘zeltexsanoat” uyushmasida yirik xalqaro hamkorlikka oid muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Saudiya Arabistonining “Acwa Power” kompaniyasi mintaqaviy direktori Jon Zaidi, ushbu kompaniyaning strategik pudratchi hamkori – Hindistonning “L&T Construction” kompaniyasi MDH davlatlari bo‘yicha rahbari Radjan Bansal boshchiligidagi delegatsiya hamda O‘zbekiston elektrotexnika sanoatining 20 dan ortiq yetakchi korxonalari vakillari ishtirok etdilar.

➡️ Uchrashuvning asosiy mavzusi – O‘zbekiston hududlarida “Acwa Power” investitsiyalari hisobidan qurilishi rejalashtirilgan quyosh elektr stansiyalarini barpo etish jarayonida, “L&T Construction” tomonidan pudrat asosida amalga oshiriladigan qurilish va montaj ishlari uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilarning elektrotexnika mahsulotlarini, jumladan: kabel-sim mahsulotlari, kuchlanish qurilmalari metall-karkas, sovutish tizimlari va boshqa shu kabi zaruriy jihozlarni yetkazib berish masalalarini muhokama qilish bo‘ldi.

➡️ Uchrashuv davomida tomonlar o‘z talab va ehtiyojlari, texnik spetsifikatsiyalar hamda yetkazib berish imkoniyatlari haqida batafsil taqdimotlar qilishdi.

➡️ Xususan, mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, xalqaro standartlarga mos sertifikatsiyalangan mahsulotlari va eksport salohiyatlari bilan tanishtirdilar.

➡️ Mazkur muzokaralar, nafaqat milliy sanoat salohiyatini namoyon etish, balki “yashil energetika” sohasidagi global investitsiyaviy loyihalarga mahalliy kooperatsiyani kengaytirish nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etdi.

➡️ Ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbari tomonidan 2030-yilga borib O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asoslangan elektr stansiyalarining umumiy quvvatini 27 gigavattga yetkazish vazifasi belgilangan.

➡️ Shu munosabat bilan yurtimizda amalga oshiriladigan yashil energetika loyihalari uchun $500 million dollarlik kabel-sim mahsulotlariga ehtiyoj mavjudligi qayd etilgan.

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mazkur strategik yo‘nalishda “Acwa Power”, “Masdar”, “L&T Construction” kabi yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan kooperatsiya aloqalarini kengaytirishga va mahalliy mahsulotlar eksportini oshirishga xizmat qiluvchi amaliy hamkorlikni davom ettiradi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Kooperatsiya #hamkorlik

⚡️ “Acwa Power” va “L&T Construction” kompaniyalari vakillari O‘zbekistonning elektrotexnika sanoati korxonalariga tashrif buyurdi

➡️ Saudiya Arabistonining “Acwa Power” kompaniyasi mintaqaviy direktori Jon Zaidi, ushbu kompaniyaning strategik pudratchisi – Hindistonning “L&T Construction” kompaniyasi MDH davlatlari bo‘yicha rahbari Radjan Bansal boshchiligidagi delegatsiya “Uzelectroapparat-electroshield” va Texnopark korxonalariga tashrif buyurdi.

➡️ Tashrifdan asosiy maqsad – O‘zbekiston hududlarida “Acwa Power” investitsiyalari hisobidan qurilishi rejalashtirilgan quyosh elektr stansiyalari loyihalari doirasida, “L&T Construction” tomonidan amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlari uchun zarur bo‘lgan kabel-sim mahsulotlari, kuchlanish qurilmalari, metall-karkas, sovutish tizimlari va boshqa elektrotexnika jihozlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilardan yetkazib berish imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

➡️ Delegatsiya vakillari mazkur korxonalar ishlab chiqarish maydonlari, texnologik liniyalari, mahsulot sifati, xalqaro standartlarga muvofiqlik va eksport salohiyati bilan yaqindan tanishdilar.

➡️ Shuningdek, tomonlar o‘zaro texnik talablar, hamkorlik shartlari hamda ehtimoliy kelishuvlar yuzasidan fikr almashdilar.

➡️ Mazkur tashrif O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlarini xalqaro energetika loyihalariga integratsiya qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning “yashil energetika” sohasidagi global loyihalarda ishtirokini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kooperatsiya #Acwa_Power

⚡️ “Acwa Power” va “L&T Construction” vakillari “Enter Steel” va Texnopark korxonalariga tashrif buyurdi

➡️ Saudiya Arabistonining yirik energetika investori — “Acwa Power” kompaniyasi mintaqaviy direktori Jon Zaidi hamda uning strategik pudratchisi, Hindistonning “L&T Construction” kompaniyasi MDH davlatlari bo‘yicha rahbari Radjan Bansal hamda Energetika vazirligi mas'ul xodimlari boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonning elektrotexnika sanoatida faoliyat yuritayotgan “Enter Steel” va Texnopark korxonalariga tashrif buyurdi.

➡️ Tashrifdan asosiy maqsad“Acwa Power” tomonidan investitsiya kiritilayotgan quyosh elektr stansiyalari loyihalari doirasida, “L&T Construction” tomonidan amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlariga zarur bo‘lgan elektrotexnika jihozlari va materiallarini — xususan, elektr uzatish liniyasi metall ustunlari (лэп опора), metall konstruksiyalar va boshqa elektrotexnika vositalariga bo'lgan ehtiyojni O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hisobidan ta’minlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi.

➡️ Delegatsiya vakillari korxonalar ishlab chiqarish maydonlari, texnologik jarayonlari, mahsulot sifati va xalqaro standartlarga muvofiqlik darajasi bilan yaqindan tanishdilar.

➡️ Uchrashuv davomida texnik talablar, hamkorlik shartlari va ehtimoliy kelishuvlar yuzasidan ochiq muloqot olib borildi.

BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #DHMT_Global #kooperatsiya

⚡️ “DHMT Global” korxonasida mahsulotlarni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi Mahalliylashtirish va kooperatsiyani kengaytirish boshqarmasi mutaxassislari Janubiy Koreya bilan hamkorlikda tashkil etilgan, Chirchiq shahrida faoliyat yuritayotgan “DHMT Global” korxonasiga xizmat safari uyushtirdilar.

➡️ Mazkur korxonada bugungi kunda KOMT brendi ostida mikrofonlar, ovoz kuchaytirgichlar, miksherlar, konferensiya tizimlari, audio ekvalayzerlar, ovoz yozish uskunalari kabi zamonaviy audiovizual multimedia mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

➡️ Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — korxona mahsulotlarini mahalliylashtirish darajasini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, shuningdek, mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha muhokamalar olib borildi.

➡️ Uchrashuv davomida korxonaning yangi o‘zlashtirilayotgan mahsulotlarini bosqichma-bosqich mahalliylashtirish, ularni respublikadagi boshqa tarmoq korxonalari, vazirlik va idoralarga yetkazib berish yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari bo'yicha fikr almashildi.

➡️ Shuningdek, mahsulotlarni nafaqat ichki bozorga, balki eksport bozorlariga olib chiqish, xorijiy bozorlarni o‘rganish va eksport salohiyatini oshirishga ko‘maklashish belgilandi.

➡️ Tashrif doirasida yangi tashkil etilgan korxonalar uchun amal qiladigan soliq, bojxona, mahalliylashtirish hamda eksport faoliyatiga oid imtiyozlar yuzasidan zaruriy ma’lumot va tushuntirishlar taqdim etildi.

➡️ Tomonlar kelgusida korxona faoliyatini rivojlantirish va hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha yaqindan ishlashga kelishib oldilar.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Kooperatsiya #uchrashuv

⚡️ "L&T Construction" va mahalliy korxonalar o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

➡️ Bugun "O‘zeltexsanoat" uyushmasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Saudiya Arabistonining "ACWA Power" kompaniyasi investitsiyasi asosida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan muqobil energetika loyihalarining bosh pudratchisi – "L&T Construction" kompaniyasining rahbari Radjan Bansal, kompaniyaning ta’minot bo‘yicha direktori Ravikiran Ransubhe, hamda mahalliy kabel-sim mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalar – "Uzkabel", "TCG", "Prokab" va "Artikul Aziya Kabel" vakillari ishtirok etdi.

➡️ Uchrashuvda "L&T Construction" kompaniyasi tomonidan yurtimizda barpo etilayotgan quyosh elektr stansiyalariga zarur bo‘lgan kabel-sim mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilardan yetkazib berish bo‘yicha narx takliflari va hamkorlik shartlari atroflicha muhokama qilindi.

➡️ Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilib, kelgusida ishlab chiqiladigan tijorat takliflarini o‘rganish va batafsil ko‘rib chiqish niyatida ekanliklarini bildirdilar.

BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kooperatsiya

⚡️ “L&T Construction” kompaniyasi vakillari mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalariga tashrif buyurdi

➡️ Saudiya Arabistonining “ACWA Power” investitsiyalari asosida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan muqobil energetika loyihalarining bosh pudratchisi – “L&T Construction” kompaniyasi vakillari “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas’ul xodimlari hamrohligida ChTZ, Elstan va Mega Trans Energy korxonalariga tashrif buyurdi.

➡️ Tashrif doirasida yurtimizda amalga oshirilayotgan yirik energetika loyihalari ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan kuchlanish qurilmalarini xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

➡️ Xalqaro miqyosda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish tajribasiga ega bo‘lgan “L&T Construction” vakillari, korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik imkoniyatlari va mahsulot turlari bilan yaqindan tanishdi.

➡️ Uchrashuv davomida tomonlar o'zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, kelgusidagi qo‘shma loyihalar va texnik yechimlarni hayotga tatbiq etish borasida fikr almashdilar.

➡️ Mazkur uchrashuv O‘zbekistonda muqobil energetika sohasidagi yirik loyihalarni kengaytirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar salohiyatidan samarali foydalanish va sanoat infratuzilmasini rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM