Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.77K subscribers
36.1K photos
4.76K videos
69 files
11.8K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun Termiz shahridagi qator mahallalarda bo‘lib, ko‘chalar, avtomobil yo‘llari bo‘ylari va boshqa hududlarni obodonlashtirish, tashkil etilgan yashil maydonlar hamda daraxtlarni sug‘orish, saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Mutasaddilar o‘rganish ishlari davomida amalga oshirilayotgan ishlar, hudud tozaligi va obodligi uchun bajarilayotgan tadbirlar yuzasidan axborot berdi.

Birinchi navbatda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, sanitar-gigienik qoidalarga qat’iy rioya qilish, yashil hududlarni sug‘orish, parvarishlar va saqlash ishlarini mas’uliyat bilan olib borish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

#Surxondaryo #Termizshahar #obodonlashtirish #yashilhududlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X