Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.7K photos
4.89K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣“Dolzarb 90 kun” doirasida mehnat yarmarkasi Termiz shahrida boʻlib oʻtdi!

Bugun Termiz shahrida 12-maktab hududida “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida keng koʻlamli mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirda 250 nafar bitiruvchi va ishsiz yoshlar ishtirok etib, ularga bo‘sh ish o‘rinlari haqida tushuncha berilib shundan 20 nafariga yo'llanma berildi.

🔹 Boʻsh ish oʻrinlari taklif qilindi
🔹 Oʻzini oʻzi band qilmoqchi boʻlganlar uchun maslahatlar berildi
🔹 Professional tayyorgarlik va kasbga oʻqitish imkoniyatlari tanishtirildi
🔹 Yoshlar, ayollar va ishsiz fuqarolar faol ishtirok etdi

Mazkur yarmarka ishsizlikni kamaytirish, aholi bandligini oshirish hamda fuqarolarni munosib mehnat sharoitlariga yoʻnaltirish maqsadida tashkil etildi.

#MehnatYarmarkasi #Dolzarb90Kun #Bandlik #Termizshahar #IshgaJoylashish #YoshlarKelajagimiz

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb90kun

Termiz davlat universitetida “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini boyitish va milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatini oshirish maqsadida navbatdagi ma’naviy tadbir tashkil etildi.

O‘zbekiston milliy maqom san’ati markazi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ushbu musiqiy kechada talabalar milliy kuy-qo‘shiqlar sehriga oshno bo‘lishdi. Tadbir davomida ijro etilgan maqom asarlari, milliy cholg‘ularimiz ohangi va xonandalar tomonidan kuylangan qo‘shiqlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb90Kun

🟢Termiz davlat universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish va mustahkam hayotiy qarashlarini shakllantirish maqsadida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

🟢Shu jumladan, talabalarning ruhiy olami, irodasi va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiluvchi "Garov" nomli o‘zbek badiiy filmi namoyish etildi.

🟢Film tomoshasi davomida talabalar chuqur hayajon va qiziqish bilan voqealarni kuzatdilar. Unda ilgari surilgan ijtimoiy, axloqiy va ma’naviy g‘oyalar yoshlarda yuksak insoniy fazilatlar — fidoyilik, jasorat, va sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM