Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
37.7K photos
4.87K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahrida “Sog‘lom oila” marafoni bo‘lib o‘tdi

Yoshlar ishlari agentligi Termiz shahar bo‘limi tashabbusi bilan shaharda keng qamrovli “Sog‘lom oila” marafoni o‘tkazildi. Mazkur tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda sport orqali aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ijtimoiy faollikni oshirish maqsadida tashkil etildi.

Marafon doirasida oilalar o‘rtasida turli sport musobaqalari, jismoniy faollikka asoslangan o‘yinlar o‘tkazildi. Tadbirda faol ishtirok etgan oilalarga sertifikatlar, esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.

Tadbir ishtirokchilari sog‘lom oila jamiyat taraqqiyotining poydevori ekanini ta’kidlashdi va bu kabi loyihalar davomli bo‘lishini istashdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Termiz shahrida oilalar mustahkamligini ta’minlashda “Oqila ayollar harakatining o‘rni" mavzusida forum o‘tkazildi.

Bugun Termiz shahrida “Oilalar mustahkamligini ta’minlashda "Oqila ayollar harakatining o‘rni" mavzusida ochiq va mazmunli forum bo‘lib o‘tdi. Tadbir oila institutini mustahkamlash, farzand tarbiyasi va xotin-qizlar ma’rifatini yuksaltirish, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda turli salbiy holatlarning oldini olishda “Oqila ayollar” harakatining ahamiyatini yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Forumda mahallalarda o‘z faolligi va ibratli faoliyati bilan ajralib turgan bir guruh xotin-qizlar ishtirok etdi. Tadbir davomida Termiz shahar hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Gulnora Rahmonova so‘zga chiqib, harakatning jamiyatdagi tutgan o‘rni, ijtimoiy muammolarni bartaraf etishdagi samarali yondashuvi haqida iliq fikrlarini bildirdi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati “Oqila ayollar” harakati rahbari Xosiyat Qosimova tomonidan harakat a’zolari nomidan tayyorlangan murojaatnoma forum ishtirokchilari e’tiboriga havola qilindi. Tadbir yakunida mahallalarda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashda o‘z hissasini qo‘shayotgan bir guruh faol ayollar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Mazkur forum “Oqila ayollar” harakatining faollari orasida tajriba almashish, dolzarb muammolar yuzasidan ochiq fikr bildirish hamda kelgusi ishlar yuzasidan taklif va tashabbuslarni ilgari surish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Termiz shahrida oilalar mustahkamligini ta’minlashda “Oqila ayollar harakatining o‘rni" mavzusida forum o‘tkazildi.

Batafsil: https://t.me/termizshh/49437

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Termiz shahridagi "Bolajon" bogʼi yonida faoliyat olib borayotgan "Kapital texno stroy" masʼuliyati cheklangan jamiyatining maxsus texnikalari tomonidan Termiz shahar elektr taʼminoti bilan kelishmagan holatda oʼzboshimchalik bilan qazish ishlarini olib borayotgan vaqtda kabel uzilishi yuzaga kelgan.

Natijada 110/6 kV li "TMZ”podstansiyasidagi yacheykalarda nosozlik yuzaga kelib, ushbu podstansiya orqali elektr energiya bilan taʼminlanuvchi isteʼmolchilarning tarmoqdan ajralishiga sabab boʼlgan.

Ayni vaqtda Termiz shahar elektr taʼminoti tezkor chiqish brigada xodimlari tomonidan yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UzA | Kulobdagi xalqaro forumda O‘zbekistonning noyob turistik jozibasi namoyish etildi

Avval xabar berganimizdek, Tojikiston Respublikasining Xatlon viloyatidagi Kulob shahrida "Xatlon-turizmning qaynoq yuragi" mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro turizm forum-ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Xitoy, Koreya, Eron, Rossiya, Qirg‘iziston, Turmaniston kabi o‘nga yaqin davlatdan turizm sohasi vakillari qatnashgan tadbirda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari delegatsiyalari ham faol ishtirok etdi.

Tadbirning tantanali ochilish marosimida Xatlon viloyati raisi Davlatali Said forum qatnashchilarini tabriklab, hududning boy turistik salohiyati va sayyohlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida atroflicha malumot berdi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/733029

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram