TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.33K subscribers
10.2K photos
1.31K videos
6 files
6.34K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
DAVLAT ORGANLARI FAOLIYATIDA OAV BILAN HAMKORLIK

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i A.Yunusov boshchiligida tizim xodimlari, tuman filial boshliqlari uchun “Davlat organlari faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda OAVning o‘rni” mavzusida seminar tashkil qilindi.

◼️Unda dastlab ommaviy axborot vositalarining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, davlat idoralari va jamoatchilik, OAV o‘rtasidagi uzviy hamkorlik naqadar muhim ekanligiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

◼️Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis T.Yuldashev, Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassis M.Azimov tomonidan taqdimot materiallari asosida ommaviy axborot vositalari hamda blogerlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, OAV bilan ishlash mas’uliyati, kamera hamda jamoatchilik qarshisida o‘zini erkin tutish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha tushunchalar, qiziqarli ma’lumotlar berildi.

◼️Shuningdek, seminar davomida amaliyotda uchrashi mumkin bo‘lgan holatlar muhokama qilinib, o‘rtaga tashlangan savollarga javob qaytarildi.

Bu kabi seminarlar davlat xizmatchilarining huquqiy ongi, qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini yanada oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.


#Kadastr #seminar #OAV_bilan_aloqalar

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
“KARYERA KUNI” MEHNAT YARMARKALARI DAVOM ETMOQDA

◼️Xabaringiz bor, shu kunlarda Oliy taʼlim muassasalarida davlat tashkilotlari ishtirokida “Karyera kuni” mehnat yarmarkalari o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi ana shunday tadbir 📍Toshkent arxitektura-qurilish universitetida tashkil etildi.

◼️Bir necha tashkilotlar qatori 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi masʼul xodimlari ham sohaga qiziquvchi talabalarga kadastr yo‘nalishi, uning o‘ziga xos jihatlari hamda tashkilotda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar xususida ma’lumot berishdi.

◼️Hech shubhasiz, mazkur tadbir "O‘qishni bitirib qayerda ishlasam bo‘larkin?" degan savolga javob izlayotgan bitiruvchi talabalar uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.

#Kadastr #karyera_kuni #oliy_ta_lim_hamkorlik_aloqalari

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 OAV BIZ HAQIMIZDA

"22-aprel – Xalqaro yer kuni" munosabati bilan 🌟Kadastr agentligining ⭐️Respublika aerogedeziya markazida o‘tkazilgan tadbir tafsiloti "Milliy" telekanalining "Millar" informatsion dasturida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar e'tirof etilishining asosiy shartlari qanday?

✔️ Javob: O‘RQ 937-sonli Qonuniga ko‘ra, huquqlarni e'tirof etishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat:

1️⃣ yer uchastkasi boshqa shaxsga ajratilmaganligi yoki auksionga chiqarilmaganligi;

2️⃣ yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi;

3️⃣ har bir kategoriyaga xos boshqa shartlar (investitsiya majburiyati bajarilganligi, shirkat a'zosi hisoblanishi va boshqalar);

4️⃣ yer uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi;

5️⃣ muhofaza zonasida, sug‘oriladigan yerda joylashmaganlgi;

6️⃣bosh reja talablariga zid emasligi.

#Kadastr #sizdan_savol

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Kadastr #atamalar

▶️ Yer uchastkasi - yer yuzasining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda boshqa xususiyatlarga ega bo‘lgan qismi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌇🌇🌇🌇 🗂🗂🗂🗂

🌏 O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar infografika ko'rinishida.

#Kadastr #infografika #Qonun_937

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 “E’TIROF” AATNING KUNLIK HISOBOTI

Jami muhokamadagilar soni - 71 348 ta;
😄 Jamoatchilikka e'lon qilinganlar soni - 16 011 ta;
Ko‘rib chiqilayotganlar soni - 472 ta;
🫥 Jarayondagi yerlar soni - 3 197 ta;
✔️ E'tirof etilganlar soni - 201 ta.

ℹ️ etirof.kadastr.uz saytiga kirib dasturdagi barcha jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #etirof #937qonun_ijrosi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MILLIY LIBOSLAR – MILLAT FAXRI!

🇺🇿 O‘zbek milliy liboslari – bu nafaqat go‘zallik, balki xalqimizning asriy an’analari, madaniy merosi va milliy g‘ururining yorqin timsolidir!

⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tizimida faoliyat yurituvchi xodimlar navbatdagi “Milliy liboslar kuni”da milliy qadriyatlarimiz targ‘iboti yo‘lida faollik ko‘rsatishmoqda.

#Kadastr #milliy_liboslar_kuni

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Toshkent shahri Mizro Ulug‘bek tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati hamda tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2025-yil, 29-aprel kuni, soat 14:00 da

📍 Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi, 248-uy. Tuman madaniyat markazi binosi.

📃 Qabulga yozilish uchun +99 871 286-23-01. telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ketma-ketligi

◼️Binolarga, inshootlarga, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

◼️Binoning bir qismiga (kvartiralarga, xonalarga) bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ular joylashgan binoga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

◼️Mulkiy majmua sifatida butun korxonaga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bu korxona tarkibiga kiradigan yer uchastkalariga, binolarga va inshootlarga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

◼️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq boshqa shaxslarga o‘tganligini, cheklanganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tegishli huquq yuzaga kelganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

🌏 “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 11-modda.


#Kadastr #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 Kadastr agentligi – raqamli rivojlanish va ochiqlikda yuqori natijalar!

🔹 2024-yil II-yarim yilligi uchun Davlat organlarining raqamli rivojlanish darajasi reyting baholash natijalariga ko‘ra, 🌟Kadastr agentligi 83,2% ko‘rsatkich bilan yuqori natija qayd etdi.

📌 Bunda quyidagi yo‘nalishlardagi ko‘rsatkichlar e’tiborga molik:

▫️ Ochiqlik va elektron ishtirok indeksi – 82%;
▫️ Elektron davlat xizmatlari indeksi – 83,9%;
▫️ Axborot xavfsizligi indeksi – 83%;
▫️ Faoliyatini raqamlashtirganlik indeksi – 74,1%;
▫️ Tashkiliy qism – 100%.


🔍 Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan “Ochiqlik indeksi–2024” natijalariga ko‘ra, 🌟Kadastr agentligi 70,7 ball bilan baholandi.

📈 Ushbu yutuqlar 🌟Kadastr agentligining raqamli transformatsiya va ochiqlik yo‘lida olib borayotgan islohotlarining natijasidir.

#Kadastr_agentligi #Raqamli_O_zbekiston #Innovatsiya #DavlatXizmatlari

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1