TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.33K subscribers
10.2K photos
1.31K videos
6 files
6.34K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
DAVLAT ORGANLARI FAOLIYATIDA OAV BILAN HAMKORLIK

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i A.Yunusov boshchiligida tizim xodimlari, tuman filial boshliqlari uchun “Davlat organlari faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda OAVning o‘rni” mavzusida seminar tashkil qilindi.

◼️Unda dastlab ommaviy axborot vositalarining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, davlat idoralari va jamoatchilik, OAV o‘rtasidagi uzviy hamkorlik naqadar muhim ekanligiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

◼️Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis T.Yuldashev, Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassis M.Azimov tomonidan taqdimot materiallari asosida ommaviy axborot vositalari hamda blogerlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, OAV bilan ishlash mas’uliyati, kamera hamda jamoatchilik qarshisida o‘zini erkin tutish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha tushunchalar, qiziqarli ma’lumotlar berildi.

◼️Shuningdek, seminar davomida amaliyotda uchrashi mumkin bo‘lgan holatlar muhokama qilinib, o‘rtaga tashlangan savollarga javob qaytarildi.

Bu kabi seminarlar davlat xizmatchilarining huquqiy ongi, qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini yanada oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.


#Kadastr #seminar #OAV_bilan_aloqalar

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1