Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
Avval xabar berganimizdek bugun 2025-yil 22-aprel kuni,
✅ Yer resurslariga bo‘lgan e’tiborni oshirish;✅ Yosh avlodda yerga nisbatan hurmat va ehtiyotkorlik g‘oyasini shakllantirish;✅ Kadastr, geodeziya va kartografiya sohalaridagi yutuqlarni keng jamoatchilikka yetkazish.
1️⃣ Karyera kuni — yoshlar uchun maxsus tashkil etilgan ushbu maydonda soha tashkilotlari bo‘sh ish o‘rinlari va loyihalari bilan tanishtirdi.
2️⃣ Tarixiy xaritalar ko‘rgazmasi — arxiv hujjatlari orqali yer ilmining o‘tmish sahifalari namoyish etildi.
3️⃣ Geodezik asbob-uskunalar namoyishi — zamonaviy texnologiyalar bilan bevosita tanishish imkoni yaratildi.
4️⃣ Ilmiy-amaliy konferensiya — soha mutaxassislari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Tadbir davomida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
5️⃣ Madaniy dasturlar va ijodiy uchrashuvlar — mehmonlar uchun unutilmas lahzalar taqdim etildi.
6️⃣ Ramziy esdalik kitobi — mehmonlar o‘z tilak va mulohazalarini qoldirib, Yer kuniga doir tarixiy sahifaga o‘z hissasini qo‘shdi.
Yer — bu bizning kelajagimiz. Uni asraylik!
#YerKuni #ButunjahonYerKuni #KadastrAgentligi #Geodeziya #YerBizniki
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
BITIRUVCHI YOSHLAR UCHUN YANA BIR IMKONIYAT
◼️ Xabar berilganidek, Kadastr agentligi tomonidan “Yer – kelajak avlodlarimizga ham tegishli bo‘lgan boylikdir” shiori ostida 🌍 Butunjahon Yer kuniga bag‘ishlab tadbir tashkil etildi.
📌 Tadbir doirasida o‘tkazilgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasida ⭐️ Kadastr agentligi va 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari masʼullari sohaga qiziquvchi talabalarga kadastr yo‘nalishi, uning o‘ziga xos jihatlari hamda tashkilotda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar xususida ma’lumot berishdi.
◼️ Ochiq muloqot davomida talaba yoshlar boshqarma hamda hududiy bo‘limlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va ishga qabul jarayonlari haqida ham kerakli tushunchalarga ega bo‘ldilar.
#Kadastr #yer_kuni #karyera_kuni
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #yer_kuni #karyera_kuni
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YerKuni #ButunjahonYerKuni #KadastrAgentligi #Geodeziya #YerBizniki
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1
KORRUPSIYASIZ TARAQQIYOT SARI
⭐️ Kadastr agentligi va 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari Sh.Ro‘zmatov hamda T.Yuldashev tomonidan 📍 Shayxontohur tumani filialida xodimlar uchun profilaktik tadbir o‘tkazildi.
◼️ Unda Davlatimiz rahbari tomonidan 2025-yilning 5-mart kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida” o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha kelgusida qilinadigan vazifalar muhokama qilindi.
◼️ Xizmat faoliyati davomida korrupsiya, ta’magirlik, manfaatlar to‘qnashuvi, firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan xodimlarga ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, mehnat va ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilish, aholi murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish kabi masalalar ham kun tartibida bo‘ldi.
◼️ Bundan tashqari🌏 O‘RQ-937-sonli Qonuniga binoan reja-jadval asosida olib borilayotgan xatlov ishlarini to‘g‘ri, xolisona va sifatli tashkil etish yuzasidan kerakli topshiriq hamda tavsiyalar berildi.
🤔 Joylarda ushbu yo‘nalishdagi profilaktik tadbirlar davom etmoqda.
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #profilaktik_tadbir
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🤔 Tartib-intizom, halollik va mas’uliyat har bir sohada muvaffaqiyatga yetaklovchi muhim jihatlardan ekanligi alohida qayd etildi.
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #profilaktik_tadbir
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
XATLOV JARAYONLARI JADAL OLIB BORILMOQDA
#Kadastr #Qonun_937 #xatlov2025 #Shayxontohur
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
KADASTR OBYEKTIGA TAQIQNI TEKSHIRISH
🕐 Murojaatlar qabul qilinadi:
YIDXP – my.gov.uz orqali
✅ Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar
🗣 Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:
Talab etilmaydi
🕔 Xizmatni ko‘rsatish muddati:
Avtomatik tarzda
🗣 Xizmat narxi:
Bepul
#Kadastr #kadastr_xizmatlari
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵 Facebook |📷 Instagram | 🎬 YouTube
YIDXP – my.gov.uz orqali
Jismoniy va yuridik shaxslar
Talab etilmaydi
Avtomatik tarzda
Bepul
#Kadastr #kadastr_xizmatlari
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
ℹ️ etirof.kadastr.uz saytiga kirib dasturdagi barcha jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.
#Kadastr_agentligi #etirof #937qonun_ijrosi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AVTOMOBILSIZ KUNDA NAMUNA KO‘RSATAYLIK!
🗓 Bugun Respublikamizning barcha hududlarida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, atrof-muhitni muhofaza qilish va transport harakati oqimini kamaytirish maqsadida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkazilmoqda.
🚗 ❌ Mazkur aksiya doirasida ⭐️ Kadastr agentligi va 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tizimidagi xodimlarning ishga jamoat transporti yoki atrof-muhitga zararsiz bo‘lgan boshqa vositalardan foydalangan holda yetib kelishlari tashkillashtirildi.
❕ Hurmatli yurtdoshlar! Siz ham “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga qo‘shiling! Toza havo va atrof-muhit farovonligiga hissa qo'shing!
#Kadastr #Avtomobilsiz_kun #aksiya
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵 Facebook |📷 Instagram | 🎬 YouTube
#Kadastr #Avtomobilsiz_kun #aksiya
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI - RASMIY
“2025 yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-70-son, 21.04.2025 y.) qabul qilindi
va uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga chiqarish.
Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish maqsadida:
🔸 ijara shartnomasi tuzilgan kundan ijaraga oluvchi tomonidan yillik ijara to‘lovlari 1 oy davomida to‘langan taqdirda, unga yillik ijara summasidan mazkur shartnoma tuzilgan sanadagi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida chegirma beriladi;
🔸6 oy davomida elektron onlayn auksion savdolarida ijaraga berilmagan obyektlarning boshlang‘ich narxi 50 foiz pasaytirilgan qiymatda belgilanadi. Bunda boshlang‘ich narx pasaytirilganda ham ijaraga berilmasa, ushbu auksion unda 1 ishtirokchi qatnashgan taqdirda ham, istisno tariqasida, o‘tkazilgan deb hisoblanadi.
✔️ 2025 yil 1 iyuldan Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘linmalariga “Davlat mulki” axborot tizimi orqali davlat
va davlat ishtirokidagi korxonalar ko‘chmas mulk obyektlarini sotish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha ariza berish huquqi beriladi.
❕ Tadbirkorlarni (jumladan, davlat ishtirokidagi korxonalarni) tugatish to‘g‘risida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xabardor qilingan sanadan ularning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘xtatiladi hamda yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, shuningdek, barcha turdagi soliq va yig‘imlar bo‘yicha penyalarni hisoblab yozish, dividendlar hisoblash taqiqlanadi.
#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
DAVLAT ORGANLARI FAOLIYATIDA OAV BILAN HAMKORLIK
🌟 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i A.Yunusov boshchiligida tizim xodimlari, tuman filial boshliqlari uchun “Davlat organlari faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda OAVning o‘rni” mavzusida seminar tashkil qilindi.
◼️ Unda dastlab ommaviy axborot vositalarining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, davlat idoralari va jamoatchilik, OAV o‘rtasidagi uzviy hamkorlik naqadar muhim ekanligiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
◼️ Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis T.Yuldashev, Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassis M.Azimov tomonidan taqdimot materiallari asosida ommaviy axborot vositalari hamda blogerlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, OAV bilan ishlash mas’uliyati, kamera hamda jamoatchilik qarshisida o‘zini erkin tutish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha tushunchalar, qiziqarli ma’lumotlar berildi.
◼️ Shuningdek, seminar davomida amaliyotda uchrashi mumkin bo‘lgan holatlar muhokama qilinib, o‘rtaga tashlangan savollarga javob qaytarildi.
#Kadastr #seminar #OAV_bilan_aloqalar
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵 Facebook |📷 Instagram | 🎬 YouTube
✅ Bu kabi seminarlar davlat xizmatchilarining huquqiy ongi, qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini yanada oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.
#Kadastr #seminar #OAV_bilan_aloqalar
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1