TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.32K subscribers
10.2K photos
1.31K videos
6 files
6.36K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
Hurmatli fuqarolar!

Yashnobod tumanidagi nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash uchun ovoz berishda ishtirok eting!

Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga Yashnobod tumani hokimligining tuman hududidagi nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash bo‘yicha takliflari kelib tushgan.

Toshkent shahar hokimligi “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-1-moddasiga muvofiq,  mahalliy aholining fikrini o‘rganish maqsadida poytaxt aholisini Yashnobod tumanidagi nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash yuzasidan o‘z fikrini https://geonom.tashkent.uz saytida ovoz berish yo‘li bilan bildirishga taklif etadi.

Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi:

Og‘zaki ravishda: +998-71-210-04-13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00-dan 17:00-gacha) murojaat qilish orqali;

Yozma: 100060, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;

Elektron shaklda: geonom@digitaltashkent.uz  elektron pochtasiga xat yuborish yo‘li bilan.

Mahalliy aholi ovoz berish jarayonida joriy yilning 4-mart kunidan 18-mart kuniga qadar qatnashishi mumkin.



Уважаемые граждане!

Примите участие в голосовании по присвоению наименований безымянным улицам и переименованию некоторых улиц Яшнабадского района!

В комиссию по вопросам присвоения наименований и переименования географических объектов города Ташкента поступило предложение от хокимията Яшнабадского района по присвоению наименований безымянным улицам и переименованию некоторых географических объектов.

В соответствии со ст. 4-1 Закона Республики Узбекистан «О наименованиях географических объектов», с целью изучения мнения местного населения, хокимият города Ташкента приглашает жителей столицы выразить свое мнение относительно присвоения наименований безымянным улицам и переименования некоторых улиц Яшнабадского района путём голосования на сайте https://geonom.tashkent.uz.

Также своё мнение можно выразить одним из нижеследующих способов:

Устно по телефону: +998-71-210-04-13 (в рабочие дни с 09:00 до 17:00);

Письменно, направив письмо по адресу: 100060, г. Ташкент, Чиланзарский район, улица Ислама Каримова, 51;

В электронной форме, направив письмо на электронную почту: geonom@digitaltashkent.uz

Жители столицы могут участвовать в процессе голосования с 4 марта по 18 марта текущего года.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
👍1
🎬🎬🎬🎬 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

BOSHQARMA FAOLIYATI UZA NIGOHIDA


◼️Bugungi kunda mamlakatimizda yuridik va jismoniy shaxslarning davlat idoralariga bormasdan, masofadan turib ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan va kadastr xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengayib bormoqda.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i A.Yunusov UzA saytiga bergan intervyusida sohada aholi qulayligi uchun olib borilayotgan imkoniyatlarga to‘xtalib o‘tdi.

▶️ Batafsil o‘qish uchun

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #kadastr_xizmatlari #Qonun_937

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "8 март – Халқаро хотин-қизлар куни муносабати билан мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении в связи с Международным женским днем – 8 Марта"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
YERGA OID HUQUQBUZARLIKLAR HAQIDA QAYERGA MUROJAAT QILISH KERAK?

⚡️ Agar siz yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, yerlardan maqsadsiz va samarasiz foydalanish kabi holatlarga guvoh bo'lsangiz ⭐️Kadastr agentligining 📞 1097 qisqa raqamiga yoki @e_yernazorat_bot telegram botiga murojaat qilishingiz mumkin.

Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari to‘g‘risida maʼlumot bergan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 10 % miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, huquqbuzarlik holati yuzasidan xabar bergan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

#Kadastr #yer_nazorati

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOVDA
NIMALARNI BILISHINGIZ KERAK?!

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonuniga muvofiq Davlat kadastrlari palatasi tomonidan "Ko'chmas mulklarni xatlov yo'li bilan texnik inventarizatsiyadan o'tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida" uslubiy qo'llanma ishlab chiqildi.

📃 Ushbu yo'riqnoma asosida tayyorlangan mazkur video orqali xatlov jarayonlarida e'tibor qaratish lozim bo'lgan tomonlar haqida batafsil ma'lumotlarni taqdim etamiz.

#DavKadastrPalata #OʼRQ_937 #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎬🎬🎬🎬

ARXIV – KADASTRNING YURAGI


🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Arxiv ishi nazorati bosh mutaxassisi A.Muslimovaning xuddi shu sarlavha ostidagi maqolasi "Ochun uz" saytida e'lon qilindi.

Maqolada kadastr tizimining yuragi bo‘lgan arxiv yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar bayon etilgan.


➡️ Batafsil

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Коррупцияга қарши курашиш бўйича миллий кенгашнинг кенгайтирилган йиғилишидаги нутқидан иқтибослар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOV O'TKAZILMASLIGI HAM MUMKINMI ?


🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan O'RQ-937-sonli qonun asosida ishlab chiqilgan "Ko'chmas mulklarni xatlov yo'li bilan texnik inventarizatsiyadan o'tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida"gi uslubiy qo'llanmada mahallalarda xatlov o'tkazish jarayonlarini tashkil etish bo'yicha bir qancha muhim jihatlar aks ettirilgan.

Xususan, nizoli holatlar kelib chiqishini oldini olish va xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi ta'minlash maqsadida mazkur yo'riqnomada xatlov ishlari amalga oshirilmaydigan holatlar qat'iy belgilangan.

➡️ Batafsil videoda 👆

#DavKadastrPalata #OʼRQ_937 #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✍️ Хатлов бошланган кундан бугунги кунга қадар республика бўйича 133 мингдан ортиқ объектда хатлов ишлари амалга оширилди

АОКАда ўтказилган брифингда Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер участкаларига ҳамда уларда қурилган бинолар ва иншоотларга бўлган ҳуқуқларни эътироф этиш юзасидан ўтказилаётган хатлов жараёнлари юзасидан маълумот берди:

👉44 мингдан ортиқ объект “Эътироф” ахборот тизимига киритилди.

👉Қонунга кўра мазкур дастурга киритилган объектлар тегишли вазирлик ва идоралар томонидан 2 ой ичида кўриб чиқилмоқда.

👉“Эътироф” дастурига кирган дастлаби объектларга тегишли хулосалар бериш ишлари ҳам якунланиб, Республика бўйича 1600 дан ортиқ оъбект жамоатчиликка эълон қилинди.

👉etirof.kadastr.uz сайтига кириб, “МАЪЛУМОТЛАР” бўлими танланади. Унда объектнинг кадастр рақами, манзили, тури, берилган хулосалар ҳақида маълумотлар мавжуд.

👉Тегишли кўчмас мулкни танлаб “БАТАФСИЛ” тугмаси босиш орқали ушбу объектнинг ер маълумотлари, харитаси ҳамда тегишли ташкилотлар томонидан берилган хулосалар билан танишиш мумкин.

👉Агар объектга бирор салбий хулоса берилган бўлса дастур орқали салбий хулоса берган ташкилот ва у томонидан берилган ҳужжат билан тўлиқ танишиш мумкин. Шунингдек, One ID орқали рўйхатдан ўтиб салбий хулоса берган ташкилотга ариза қолдириш имконияти ҳам яратилган. Ушу ариза эса қонунга кўра 1 ой ичида кўриб чиқилиши белгиланган.

✍️ Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🏛"Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida" Prezident Farmoni qabul qilindi.

Ushbu Farmonning asosiy maqsadi:

😄respublikadagi mavjud 8 milliondan ortiq turar va noturar joylar, 7 millionga yaqin yer uchastkalarining iqtisodiy aktiv sifatidagi qiymatini aniqlash;
😄ko‘chmas mulk obyektining soliq solish, oldi-sotdi qilish, garovga qo‘yish, jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish va boshqa holatlar uchun aniqlanadigan qiymati o‘zaro mutanosib bo‘lishini ta’minlash;
😄ko‘chmas mulk bozoriga oid ishonchli, to‘liq va davriy ravishda yangilanib boradigan axborot bazani yaratish;
😄soliq solishda adolatlilik tamoyilini yanada keng joriy etish.


🔎2025-yildan boshlab bosqichma-bosqich barcha ko‘chmas mulk obyektlari ularning bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlash maqsadida davriy ravishda ommaviy baholashdan o‘tkaziladi.

Ommaviy baholash ishlari quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi:

😄2025–2026 yillarda – eksperiment tariqasida Toshkent shahrida;
😄2026–2027 yillarda – Nukus shahri va viloyatlar markazlarida;
😄2027-yil va undan keyingi yillarda – qolgan hududlarda.


📄Farmonga qo‘ra 🌟Kadastr agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 30 nafardan iborat bo‘lgan, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi tashkil etildi.

Quyidagilar:

😎Iqtisodiyot va moliya vazirligi – ko‘chmas mulkni ommaviy baholash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ;
😎Kadastr agentligi – ko‘chmas mulkni ommaviy baholash sohasida maxsus vakolatli organ;
😎Milliy markaz – ko‘chmas mulkni ommaviy baholash sohasida ijro etuvchi organ etib belgilandi.


#Kadastr_agentligi #Farmon_PF43

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: Yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar qancha muddatga rasmiylashtirib beriladi?

Javob: O‘RQ 937-sonli Qonuni 1-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan yer uchastkalariga nisbatan ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarda va tartibda faqat ijara huquqi, ushbu yer uchastkalarida qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi e’tirof etiladi.

Bunda ijara muddati yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yer uchastkalari uchun 99 yil, boshqa yer uchastkalari uchun 49 yil etib belgilanadi.

#Kadastr #sizdan_savol #Qonun_937

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 “E’TIROF” AATNING KUNLIK HISOBOTI

Jami muhokamadagilar soni - 44 901 ta;
😄 Jamoatchilikka e'lon qilinganlar soni - 1 849 ta;
Ko‘rib chiqilayotganlar soni - 278 ta;

ℹ️ etirof.kadastr.uz saytiga kirib dasturdagi barcha jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.


📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
YER HISOBINI YURITISHDA MAS’UL XODIMLAR UCHUN O‘QUV SEMINARI

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Davlat yer kadastrini yuritish sho‘basi boshlig‘i A.Umirov tomonidan tuman filiallaridagi Yer hisobotini yurituvchi mutaxassislar uchun “Yer fondi toifalari qonun ijrosida” mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi.

◼️Unda O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi 937-sonli qonuni ijrosi, Vazirlar Mahkamasining 30.10.2023-yildagi 578-son hamda 07.02.2025-yildagi 67-son qarorlari nizom talablaridan kelib chiqib Yer fondi toifalari va kichik toifalarini belgilash yuzasidan tushuntirish va amaliy ko‘rsatmalar berildi.

◼️Shuningdek, xodimlarga Yer toifalarini belgilashda huquqiy hujjatlarga tayangan holda aniq, to‘g‘ri va sifatli ishlash zarurligi qayd etilib, mazkur jarayonda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymasliklari borasida ogohlantirildi.

Bu kabi seminarlar davlat xizmatchilarining huquqiy ongi, qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini yanada oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.


#Kadastr #seminar #yer_hisobi #Qonun_937

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🌇🌇🌇🌇 🗂🗂🗂🗂

🌏 O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar infografika ko'rinishida.

#Kadastr #infografika #Qonun_937

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎬🎬🎬🎬

MALAKALI KADRLAR - TASHKILOT TARAQQIYOTINING ASOSI


◼️Bugungi kunda davlat idoralarida zamonaviy fikrlaydigan, tashabbuskor, qiyinchiliklardan cho‘chimaydigan yosh kadrlarni kamol toptirish, yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun barcha sharoitlarni yaratish muhim vazifa hisoblanadi.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan ham ushbu yo‘nalishda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

➡️Batafsil o‘qish uchun

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #yoshlar #oliy_ta_lim_hamkorlik_aloqalari

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
РАСМИЙ МУНОСАБАТ.
Сўнгги кунларда ижтимоий тармоқлар орқали “Юртимиз ерлари чет элликларга бериб юборилаётгани ёки сотилаётгани” ҳақида хабарлар кенг тарқалмоқда.

📃 Мазкур шахслар қонунчилигимизга кўра Ер участкаларини чет элликларга бериш тартибларидан хабари йўқлигидан бундай маълумотларни тарқатаётган кўринади. Агар хабарлари бўлганида нотўғри хабарларни тарқатмаган бўлар эди.

✍️ Биз сизга маълумот бериб ўтамиз.
➡️ Ер участкаларини бериш (реализация қилиш) талаблари Ер кодекси билан белгиланган ҳамда унинг 17-моддасига мувофиқ чет эллик фуқаролар ва юридик шахслар, фуқаролиги бўлмаган шахслар, чет эл инвестициялари иштирокидаги корхоналар ер участкаларига фақат ИЖАРА ҲУҚУҚИ АСОСИДА эга бўлиши мумкин.
➡️ 24-моддасига мувофиқ чет эл инвестициялари иштирокидаги корхоналарга, халқаро бирлашмалар ва ташкилотларга, чет эл жисмоний ва юридик шахсларига ер участкалари ИЖАРАГА БЕРИЛАДИ.

"Хўп ижарага берсагу хусусийлаштириб олсачи, унда нима қиламиз?" - деб ваҳимага тушманг.
Хавотирга ўрин йўқ, “
Қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ер участкаларини хусусийлаштириш тўғрисида”ги Қонунга мувофиқ чет эллик фуқаролар, фуқаролиги бўлмаган шахслар, чет эл юридик шахслари, чет эл инвестициялари иштирокидаги корхоналар, шунингдек давлат органлари, муассасалари, корхоналари ва фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари хусусийлаштириш субъектлари бўлмайди, яъни чет элликларга ер хусусийлаштириб берилмайди.

"Хўш агар қишлоқ хўжалиги ер бўлсачи? Уни хусусийлаштириб оладими?" - деб ўзингизни қийнаманг. Қишлоқ хўжалиги ерларини ҳатто Ўзбекистон Республикасининг фуқаролари ҳам хусусийлаштириб ололмайди.

Шундай экан, ЕРЛАРИМИЗ ЧЕТ ЭЛ ФУҚАРОЛАРИГА БЕРИБ ЮБОРИЛЯПТИ мазмунидаги хабарлар асоссиз ва охиригача ўрганилмасдан чиқарилган хабарлар.

Бу шахслар бундай маълумотларни тарқатишдан нимани кўзлаганини билмадигу аммо, ⚖️ Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 202-моддаси 2 қисми ҳамда Жиноят кодексининг 244-моддаси 6-қисми бор эканлигини шунчаки эслатмоқчимиз.

🔊 Шу ўринда фуқароларимиздан ҳар хил алдовларга учмасликларини, ижтимоий тармоқ фаолларидан эса ёлғон ва асоссиз хабарларни тарқатмасликни сўраб қоламиз.

ℹ️ Зеро, охири ўйланмай қилинган юқоридаги каби ҳолатлар аҳолида норозилик, Қонунларга нисбатан ишончсизлик кайфиятини келтириб чиқариши ҳатто, инвестиция муҳитига салбий таъсир кўрсатиши мумкинлигини унутманг!


📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2