TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.32K subscribers
10.3K photos
1.31K videos
6 files
6.37K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🏛"Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida" Prezident Farmoni qabul qilindi.

Ushbu Farmonning asosiy maqsadi:

😄respublikadagi mavjud 8 milliondan ortiq turar va noturar joylar, 7 millionga yaqin yer uchastkalarining iqtisodiy aktiv sifatidagi qiymatini aniqlash;
😄ko‘chmas mulk obyektining soliq solish, oldi-sotdi qilish, garovga qo‘yish, jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish va boshqa holatlar uchun aniqlanadigan qiymati o‘zaro mutanosib bo‘lishini ta’minlash;
😄ko‘chmas mulk bozoriga oid ishonchli, to‘liq va davriy ravishda yangilanib boradigan axborot bazani yaratish;
😄soliq solishda adolatlilik tamoyilini yanada keng joriy etish.


🔎2025-yildan boshlab bosqichma-bosqich barcha ko‘chmas mulk obyektlari ularning bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlash maqsadida davriy ravishda ommaviy baholashdan o‘tkaziladi.

Ommaviy baholash ishlari quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi:

😄2025–2026 yillarda – eksperiment tariqasida Toshkent shahrida;
😄2026–2027 yillarda – Nukus shahri va viloyatlar markazlarida;
😄2027-yil va undan keyingi yillarda – qolgan hududlarda.


📄Farmonga qo‘ra 🌟Kadastr agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 30 nafardan iborat bo‘lgan, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi tashkil etildi.

Quyidagilar:

😎Iqtisodiyot va moliya vazirligi – ko‘chmas mulkni ommaviy baholash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ;
😎Kadastr agentligi – ko‘chmas mulkni ommaviy baholash sohasida maxsus vakolatli organ;
😎Milliy markaz – ko‘chmas mulkni ommaviy baholash sohasida ijro etuvchi organ etib belgilandi.


#Kadastr_agentligi #Farmon_PF43

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM