TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.32K subscribers
10.3K photos
1.32K videos
6 files
6.39K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
🎬🎬🎬🎬 🎤🎤🎤🎤 🌎🌎🌎🌎

RADIODA YER NAZORATI TADBIRI NATIJALARI


⭐️Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi o‘rinbosari Sh.Abdug‘afforovning 2024-yil poytaxtimiz hududida amalga oshirilgan yer va kadastr nazorati tadbiri natijalari haqidagi intervyusi ▶️ “O‘zbekiston” hamda ▶️ “Temp FM” radiosi orqali efirga uzatildi.

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #matbuot_anjumani #radio

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: Qanday holatlar kadastr pasporti berishni rad etish uchun sabab bo‘lishi mumkin?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi 535-son qaroriga asosan, quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

◾️so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

◾️ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

◾️ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

◾️vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

◾️Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2025-YIL, FEVRALDAN
XATLOV O'TKAZILAYOTGAN MAHALLALAR

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuniga muvofiq, Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida 2024-2028-yillarda respublika miqyosida bosqichma-bosqich xatlov ishlari amalga oshirilishi belgilangan.

Mazkur videoinfografika orqali hududlarda 2025-yil fevral oyida xatlov boshlanadigan va bo‘layotgan mahallalar haqida ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Hurmatli yurtdoshlar, mahallangizdagi o‘tkazilayotgan xatlov bo'yicha kerakli ma'lumotlarga ega bo'ling!
Sizning xatlovga befarq bo'lmasligingiz - biz kadastrchilar ishini yanada yengillashtiradi.


#DavKadastrPalata #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KORRUPSIYA – TARAQQIYOT DUSHMANI

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Yuldashev tomonidan 📍Mirzo Ulug‘bek tumani filiali xodimlari ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

◾️Unda O‘RQ-937-sonli Qonunga binoan olib borilayotgan xatlov jarayonlarini adolatli va xolisona tashkil etish yuzasidan koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

◾️Shuningdek, mehnat va ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilish, tizimda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, aholi murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish kabi muhim masalalarga ham toʻxtalib oʻtildi.

#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #profilaktik_tadbir

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎬🎬🎬🎬

🏘 YANGI XONADON XARID QILISHDA NIMALARGA E’TIBOR BERISH KERAK?

💳 Ko‘pchilik yangi uy sotib olayotganda faqat narx va joylashuvga e’tibor qaratadi. Lekin eng muhim jihat – HUJJATLAR! Agar hujjatlar to‘g‘ri bo‘lmasa, katta muammolarga duch kelishingiz mumkin.

⭐️ Kadastr agentligi boshqarma boshlig'i – Bexzod Nishonov bu borada nimalarga e'tibor berish kerakligi bo'yicha muhim ma'lumotlarni aytib o'tdi.

➡️ Batafsil videoda

📣 "Mening yurtim" telekanalining "GAPRING" tok-shousida "Yangi xonadon xarid qilishda nimalarga e'tibor qaratish kerak?" mavzusida suhbat o‘tkazildi.


📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr pasporti shakllantirish statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan shakllantirilgan kadastr pasportlari mazkur infografikada berilgan.

🏪Hisobot davri: yanvar, 2025-yil

📁 Jami kelib tushgan: 127 040 ta
       Shakllantirilgan: 56 532 ta

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📹 KO‘P QAVATLI TURAR-JOYLARNING HUJJATLARINI RASMIYLASHTIRISHDA KADASTR IDORALARI QAYSI O‘RINLARDA ISHTIROK QILADI?

➡️ Bu haqda "Studiya 24" tok shouning navbatdagi sonida ⭐️ Kadastr agentligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i — axborot siyosati masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi Ne’matjon Atamuratov javob berdi.

➡️ Batafsil videoda

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KORRUPSIYASIZ TARAQQIYOT SARI

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari Sh.Ro‘zmatov hamda T.Yuldashev boshchiligida 📍Bektemir tumani bo‘lim, filial xodimlari uchun profilaktik tadbir o‘tkazildi.

◾️Mas’ullar tomonidan korrupsiya illati, uning huquqiy oqibatlari aniq misollar yordamida tushuntirilib, O‘RQ-937-sonli Qonuniga binoan reja-jadval asosida olib borilayotgan xatlov ishlarini to‘g‘ri, xolisona va sifatli tashkil etish yuzasidan koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

◾️Shuningdek, xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida kadastr tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining mazmun-mohiyati, ayni yo‘nalishda qabul qilingan muhim normativ-huquqiy hujjatlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni haqida ma’lumot berildi.

Joylarda ushbu yo‘nalishdagi profilaktik tadbirlar davom etmoqda.


#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #profilaktik_tadbir

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKPga kelib tushgan haftalik murojaatlar

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2025 yil, 03-07-fevralda  jami  1 601 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida videoinfografika orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣

🖍 DIQQAT E’LON! 🖍

🧷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

🗣 ⭐️Kadastr agentligining “Ko‘chmas mulk-3” tizimida texnik nosozlik aniqlanib tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Tez orada tizim ish faoliyati odatdagi tartibda davom ettiriladi.

🟢Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#kadastr #e_lon #texnik_ishlar

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

MATBUOT ANJUMANI OAV NIGOHIDA


▶️ Xabaringiz bor, “Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati hamda Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tgan edi.

👔Mas’ullar tomonidan yer va kadastr nazorati, aholiga ko‘rsatilgan kadastr xizmatlari, sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklar haqida ma’lumot berilgan mazkur tadbir tafsilotlari quyidagi OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi:

▶️ Uzreport telekanalining YouTube hamda Facebook sahifalarida;

▶️ “Toshkent” telekanalining “Poytaxt” dasturida (1, 2);

👨‍💻 Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi rasmiy saytida;

👨‍💻 Darakchi uz saytida;

👨‍💻 Ochun uz telegram kanalida;

👨‍💻 Hurfikr uz telegram kanalida;

🧊 “O‘zbekiston 24” radiokanalida;

🧊 “O‘zbekiston” radiokanalida;

🧊 “Grand” radiosida;

🧊 “Temp FM” radiosida.

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SOHAGA QIZIQQAN TALABALAR UCHUN IMKONIYATLAR YARATILMOQDA

◼️Xabaringiz bor, 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi binosida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti kafedrasi filiali faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

◼️Hozirgi kunda 2024-2025-o‘quv yili uchun tasdiqlangan dars jadvaliga asosan haftaning shanba kunida universitetning Geodeziya, kartografiya va kadastr yo‘nalishida tahsil olayotgan 4-bosqich talabalari uchun “Ko‘chmas mulk kadastri” fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslari olib borilmoqda.

◼️Ma’ruza darslari Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti I.Tuychiyeva, amaliyot darslari esa boshqarmaning tajribali mutaxassislari tomonidan tashkil etilmoqda.

#Kadastr #oliy_ta_lim_hamkorlik_aloqalari

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BUGUN HAZRAT NAVOIY TAVALLUD TOPGAN KUN

🇺🇿 Mamlakatimizda buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkiri, davlat arbobi hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi keng nishonlanmoqda.

🫥 Jahon adabiyoti va tafakkuri tarixida o‘chmas iz qoldirgan ushbu siymoning serqirra ijtimoiy-siyosiy, ijodiy, ilmiy-ma’rifiy faoliyati, boy adabiy-badiiy merosi asrlar davomida yuksak insonparvarlik, Vatanga sadoqat, adolat va ezgulik timsoli sifatida hamisha jahon ahlining e’tiborini tortib kelmoqda.

#Kadastr #muhim_sana #Navoiyga_ehtirom

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
NAVOIY HAQIDA QIMMATLI MA’LUMOTLAR

👔Soʻz mulkining sultoni hazrat Navoiy ikki tilda – turkiy va forsiyda ijod qilgan. U fors tilini shirinlikka qiyoslasa, turkiy tildagi ijodini oltin, durga oʻxshatadi.

🫥 Quyida hazrat Alisher Navoiy haqidagi qimmatli ma’lumotlarni havola etamiz.


⚜️Alisher Navoiyning ona tomondan bobosi Abu Said shoir, ikkinchi bobosi Muhammad Ali esa musiqachi va xattot bo‘lgan.

⚜️7 yoshida Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” asarini yod olgan.

⚜️Navoiy turkiy tildagi ilk “Xamsa”ni 2 yil davomida yozgan va bu asar dunyoning 64 tiliga tarjima qilingan.

⚜️Do‘sti Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan 90 baytdan iborat “Hiloliya” qasidasini yozgan.

⚜️Davlat arbobi sifatida muhrdor, vazir, amir-ul kabir va hokim bo‘lgan.

⚜️O‘z jamg‘armasi hisobidan Hirotda va butun Xuroson hududida 300dan ortiq inshoot qurdirgan.

⚜️2009-yilda Merkuriydagi krater Alisher Navoiy sharafiga nomlangan.

⚜️Toshkent, Samarqand, Navoiy, O‘sh, Boku, Tokio, Shanxay, Ostona kabi dunyoning ko‘plab shaharlarida Alisher Navoiyning haykallari o‘rnatilgan.

⚜️Ulug‘ shoir Navoiy taxallusi ostida turkiy tilda ijod qilgan bo‘lsa, forsiy tildagi ijodi Foniy taxallusi bilan tanilgan.

⚜️Alisher Navoiyga olimlar tomonidan “G‘azal mulkining sultoni”, “Fasohat mulkining sohibqironi” kabi ta’riflar berilgan.

#Kadastr #Navoiyga_ehtirom

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌇🌇🌇🌇 🗂🗂🗂🗂

🌏 O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar infografika ko'rinishida.

#Kadastr #infografika #Qonun_937

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

Meros guvohnomasi kadastr idoralari tomonidan tayyorlab berilmaydi!

▶️ Mazkur videoda ko'chmas mulk hujjatlari haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣

🖍 DIQQAT E’LON! 🖍

🧷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

🗣 ⭐️Kadastr agentligining "Rezerv ma'lumotlarni qayta ishlash markazi"da texnik nosozlik aniqlanib bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Tez orada tizim ish faoliyati odatdagi tartibda davom ettiriladi.

🟢Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#kadastr #e_lon #texnik_ishlar

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 HURMATLI FUQAROLAR! 📣

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi Sizlarni kadastr sohasidagi korrupsion holatlarni bartaraf etishda hamkorlikka chorlaydi.

❗️Agarda Siz, kadastr tizimida korrupsion holatlarga duch kelsangiz yoki tizim xodimlarining noqonuniy harakatlari toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlsangiz ⌨️ @mykadastr_bot manziliga yoki 📞 (71) 231-68-51 (ichki 246), (+99897) 411-01-15 telefon raqamlariga murojaat qiling.

MUROJAATCHI TOʻGʻRISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.


#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1