TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.32K subscribers
10.3K photos
1.32K videos
6 files
6.38K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
TALABALAR KADASTR IDORALARIDA

🇺🇿 Bugungi kunda mamlakatimizda malakali kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi binosida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti kafedrasi filiali faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur oliygohning Geodeziya, kartografiya va kadastr yo‘nalishida tahsil oluvchi 4-bosqich talabalari uchun universitet hamda boshqarma mas’ul xodimlari tomonidan “Ko‘chmas mulk kadastri” fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslari olib borilmoqda.

#Kadastr #oliy_ta_lim_hamkorlik_aloqalari

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
BAYRAMINGIZ BILAN HURMATLI BOJXONACHILAR!

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasining 22.12.2018-yildagi OʻRQ-507-son qonuniga koʻra 26-yanvar - “Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni” etib belgilangan.

⭐️Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi mamlakatimizdagi barcha bojxona xizmati organlari xodimlarini kasb bayramlari bilan samimiy qutlaydi va ularga muvaffaqiyat tilaydi.

Yurt ravnaqi yoʻlida fidoyilik bilan xizmat qilishdan aslo charchamang, hurmatli bojxonachilar!


#Kadastr #muhim_sana #tabrik

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🗂🗂🗂🗂 🌇🌇🌇🌇

HUQUQNI E’TIROF ETISH ASOSLARI


🌏 O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar infografika ko'rinishida.

#Kadastr #infografika #Qonun_937

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko‘p kvartirali uylar yerto‘lasidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi “Mening uyim” billing tizimida to‘lanadi

🇺🇿 Hukumat qarori (17.01.2025 y.) bilan “Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

💠 Unga ko‘ra:

🔹ko‘p kvartirali uylarning yerto‘lalari jismoniy va yuridik shaxslarga foydalanishga berilganda, ijara uchun to‘lovlar hisobi “Mening uyim” billing tizimida yuritiladi;

🔹ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasini ijaraga berishda ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan huquqlar ushbu joylar mulkdorlarining nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

☯️ Shuningdek, quyidagi ma’lumotlarning almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi:

👔 “UZCAD” va “Mening uyim” tizimlarini integratsiya qilgan holda, ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan umumiy mol-mulk va har bir ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkalari haqidagi ma’lumotlar;

👔 Soliq qo‘mitasining tegishli elektron tizimini “Mening uyim” billing tizimiga integratsiya qilish orqali boshqarish organlarining umumiy mol-mulkdan foydalanuvchilari bilan ijaraga yoki tekin foydalanishga berish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ma’lumotlar.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr xizmatlaridan onlayn foydalaning!

📃 Ko'chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga onlayn ariza yuborish.

➡️HARAKATLAR KETMA-KETLIGI➡️

➡️Ariza beruvchi YaIDXPda ro‘yxatdan yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazish uchun huquqiy asos bo'lgan hujjatning skan nusxasi (notarial shartnoma, sud qarori va boshqalar)ni ilova qilgan holda so‘rov yuboradi;

➡️ Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnomani arizachiga yuboradi;

✔️ Arizachi yig‘imni to‘laydi va reyestrdan ko‘chirmani yuklab oladi.

Xizmatni ko'rsatish muddati 2 ish kuni.

▶️ Onlayn ariza yuborish👇

#onlayn_xizmatlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
KORRUPSIYA – TARAQQIYOTGA TOʻSIQ

📣 HURMATLI FUQAROLAR! 📣

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi Sizlarni kadastr sohasidagi korrupsion holatlarni bartaraf etishda hamkorlikka chorlaydi.

❗️Agarda Siz, kadastr tizimida korrupsion holatlarga duch kelsangiz yoki tizim xodimlarining noqonuniy harakatlari toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlsangiz ⌨️ @mykadastr_bot manziliga yoki 📞 (71) 231-68-51 (ichki 246), (+99897) 411-01-15 telefon raqamlariga murojaat qiling.

MUROJAATCHI TOʻGʻRISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.


Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr xizmatlari boʻyicha 2024 yil maʼlumotlari


◼️◾️▪️ Davlat xizmatlari markazlari tomonidan Davlat kadastrlari palatasining xizmatlari aholiga offlayn va onlayn tarzda ko‘rsatib kelinmoqda.

☯️ Oʻtgan 2024-yilda kadastr xizmatlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, xizmatlar boʻyicha hisobotlar bilan mazkur infografikalar orqali tanishishingiz mumkin.

Eʼtibor qiling! Uzkad tizimiga butun respublika koʻchmas mulklarini olib oʻtish jarayoni murakkab ekanligini va raqamlashtirish jarayonlari bir qancha bosqichlarda amalga oshirilishi haqida avval ham xabar berganmiz.

#DavKadastrPalata #Uzkad #xisobot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HUQUQIY ASOS

◾️Sug‘oriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olish, bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

#Kadastr #huquqiy_asos #javobgarlik

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: Qanday holatlar kadastr pasporti berishni rad etish uchun sabab bo‘lishi mumkin?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi 535-son qaroriga asosan, quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

◾️so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

◾️ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

◾️ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

◾️vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

◾️Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

#Kadastr #sizdan_savol

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🗣 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning cheklanishi — bitimlarda, qonunchilik hujjatlarida belgilanadigan yoki vakolatli organ tomonidan belgilanadigan, ko‘chmas mulkka egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish imkonini cheklaydigan shartlar, shuningdek ko‘chmas mulkning mulkdori bo‘lmagan shaxslarning (garovga oluvchilarning, ijarachilarning, kreditorlarning va boshqalarning) ushbu ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulkiy huquqlari.

#Kadastr #atamalar

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📝📝📝📝

UCHTEPA TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI


⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida poytaxtimizning 📍Uchtepa tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

◼️Yig‘ilganlarga dastlab 🌏“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-937-sonli Qonuni bo‘yicha egalik huquqlarini e'tirof etish jarayonlari, bosqichlari, shartlari, tasdiqlangan reja-jadval asosida mahallalar hududida olib borilayotgan xatlov ishlariga toʻxtalib oʻtildi. Shuningdek, qonunchilikdagi yangilik va o‘zgarishlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

◼️Qabul davomida fuqarolarning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglandi. E’tiborlisi, kelib tushgan aksariyat masalalar joyida hal etildi. O‘rganilishi vaqt talab qilgan murojaatlarning ijrosi alohida nazoratga olindi.

#Kadastr #sayyor_qabul #Uchtepa

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

QONUN HAQIDA Bilishingiz muhim


🔹 @Dkpuz_bot orqali yo‘llangan savol.

🤯“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi qonunda sugʻoriladigan yerlar boʻyicha ham maʼlumotlar keltirilganmi?

😮 Javob videoda 👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев электр энергетикасини 2025-2035 йилларда ривожлантириш чора-тадбирлари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по мерам развития электроэнергетики на период 2025–2035 годов.

#Mirziyoyev #yigilish #energetika #elektr

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X