TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.32K subscribers
10.3K photos
1.32K videos
6 files
6.4K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BIZNING MANZILLAR: UCHTEPA TUMANI FILIALI

⭐️Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Uchtepa tumani filiali.

📌 Manzil: Uchtepa tumani, 15-mavze 12-uy.

📞 Murojaat uchun telefon: (+99871) 274-58-14.

#Kadastr #bizning_manzillar #Uchtepa #video

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📃 Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun uydan chiqmagan holda my.gov.uz portali orqali ariza berish tartibini bilib oling.

➡️HARAKATLAR KETMA-KETLIGI➡️

1️⃣ Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi;

2️⃣ Ushbu xizmat kompozit tarzda ko‘rsatiladi;

3️⃣ Vakolatli organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va YIDXP orqali elektron shaklda talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi;

4️⃣ Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnomani arizachiga yuboradi;

5️⃣Ariza beruvchi to‘lovlarni amalga oshiradi;

6️⃣Vakolatli organ kadastr pasportini shaklantiradi va YIDXP orqali arizachiga xabarnoma yuboradi.

Xizmat ko'rsatish muddati:

🔡) kadastr pasportini shakllantirish

🌟Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🟢umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;
🟢ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

🔡) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

🟢2 ish kunigacha.

🪙 Xizmat narxi: Ko'chmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlari

▶️ Xizmatdan foydalanish 👇

#onlayn_xizmatlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👎1
DA’VO ARIZASIGA ILOVA QILINADIGAN HUJJATLAR

◼️O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi da’vo arizasiga ushbu Kodeksning 191-moddasida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:

1) qonunchilik talablari buzilganligi to‘g‘risida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan dalolatnoma;

2) o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organining qonun buzilishlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etish to‘g‘risidagi ogohlantirishi;

3) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

4) huquqbuzarlik sodir etilganligi to‘g‘risidagi hujjat.

#Kadastr #huquqiy_asos #Qonun_997

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Hurmatli poytaxt aholisi!

Amaliyot va tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, shahar hokimligi bilan kelishilmagan, ayniqsa yo‘l bo‘ylab qurilgan noqonuniy inshootlar nafaqat shahar infratuzilmasi, balki aholining kundalik hayoti uchun ham jiddiy muammolar tug‘dirmoqda. Avtomobil to‘xtash joylari va kirish yo‘llarining yo‘qligi haydovchilarning tez xarid qilish ehtiyojini qondirish uchun boshqa harakatlanuvchilar va piyodalarga noqulayliklar yaratmoqda.

Bundan tashqari, bunday qurilmalar:

• Irrigatsiya tizimiga zarar yetkazib, suv chiqarish kanallarini to‘sib qo‘yadi va bahor mavsumida hududlarni suv bosish xavfini oshiradi.
• Bolalar aravalari va imkoniyati cheklangan shaxslarning harakatlanishini qiyinlashtiradi.
• Shaharning me’moriy ko‘rinishini buzadi, yashil hududlarga kirishni to‘sadi va umumiy shahar qiyofasiga zid keladi.

Ayni damda tegishli tahlillar olib borilib, ixtisoslashtirilgan xizmatlar tomonidan noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.


Poytaxt aholisi va tadbirkorlariga murojaatimiz:
• Maishiy va tijorat binolari, turar-joy imoratlari uchun mavjud hujjatlaringizni shaharsozlik me’yorlariga muvofiqligini qayta tekshirishni tavsiya qilamiz.
• Ko‘chmas mulk sotib olishda ehtiyotkor bo‘ling, yuridik xizmatlardan maslahat oling. Toshkent shahar kadastr xizmatlari tomonidan berilgan hujjatlarsiz boshqa hech qanday hujjat turlari qonuniy kuchga ega emasligini yodda tuting.


Potensial xarid bilan bog‘liq barcha tafsilotlarni aniqlashtirish uchun vakolatli organlarga shaxsan yoki davlat xizmatlarining onlayn tizimlari orqali murojaat qiling.

🇺🇿Hurmatli poytaxt aholisi!

🛡Faqat ishonchli va rasmiy axborot manbalariga murojaat qiling.
Aniq ma’lumot olish uchun Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatiga 71 210-01-63 raqami orqali yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali bog‘lanishingiz mumkin.

🇺🇿Shaharimiz rivojiga hissa qo‘shganingiz uchun rahmat!

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Уважаемые жители столицы!

Практика и анализ показывают, что строения, возведенные без согласования с администрацией города, особенно вдоль дорог, создают значительные неудобства для городских жителей. Отсутствие парковочных мест и подъездных путей делает процесс быстрых покупок для водителей неудобным, затрудняя движение остальных участников дорожного движения и пешеходов.

Кроме того, такие строения:

• Нарушают ирригационную систему, блокируя водоотводные каналы, что может привести к затоплению участков в весенний период.
• Создают трудности для передвижения колясок и лиц с ограниченными возможностями.
• Искажают архитектурный облик города, перекрывают доступ к озеленённым зонам и не соответствуют общему стилю столичных улиц.


На данный момент специализированные службы, проведя необходимые анализы, продолжают демонтаж незаконных строений и построек.


Обращаемся к жителям столицы и предпринимателям:

• Проверьте документацию на ваши бытовые, коммерческие и жилые строения в соответствии с нормами градостроительства.
• Будьте осторожны при покупке недвижимости подобного рода, консультируйтесь с юридическими службами. Не существует альтернативных документов для строений, кроме официальных документов, выданных кадастровыми службами города Ташкента.

Для уточнения всех деталей потенциальной покупки обращайтесь в уполномоченные органы лично или через онлайн-сервисы государственных услуг.

🇺🇿Дорогие жители столицы!

🛡Доверяйте только проверенным и официальным источникам информации. За точными сведениями обращайтесь в пресс-службу хокимията Ташкента по номеру 71 210-01-63 или через социальные сети.

🇺🇿Спасибо за ваш вклад в развитие нашего города!

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KORRUPSIYA - TARAQQIYOT DUSHMANI

⚡️ Pora berish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish,

- bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 211-modda.


#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 SARHISOB

2024-yil davomida Yer va ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar e'tirof etilishining asosiy shartlari qanday?

✔️ Javob: O‘RQ 937-sonli Qonuniga ko‘ra, huquqlarni e'tirof etishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat:

1️⃣ yer uchastkasi boshqa shaxsga ajratilmaganligi yoki auksionga chiqarilmaganligi;

2️⃣ yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi;

3️⃣ har bir kategoriyaga xos boshqa shartlar (investitsiya majburiyati bajarilganligi, shirkat a'zosi hisoblanishi va boshqalar);

4️⃣ yer uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi;

5️⃣ muhofaza zonasida, sug‘oriladigan yerda joylashmaganlgi;

6️⃣bosh reja talablariga zid emasligi.

#Kadastr #sizdan_savol

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOVDA
NIMALARNI BILISHINGIZ KERAK?!

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonuniga muvofiq Davlat kadastrlari palatasi tomonidan "Ko'chmas mulklarni xatlov yo'li bilan texnik inventarizatsiyadan o'tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida" uslubiy qo'llanma ishlab chiqildi.

📃 Ushbu yo'riqnoma asosida tayyorlangan mazkur video orqali xatlov jarayonlarida e'tibor qaratish lozim bo'lgan tomonlar haqida batafsil ma'lumotlarni taqdim etamiz.

#DavKadastrPalata #OʼRQ_937 #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
HAR BIR QARICH YERNING HISOBI BOR!

⭐️Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasida tuzilgan Ishchi guruhlar hududlarda yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi va ushbu yer maydonlarida noqonuniy qurilmalar qurilishini aniqlash yuzasidan nazorat tadbirlarini davom ettirmoqda.

📍 Jumladan, Yashnobod tumani bo‘limi mas’ul xodimlari tumanning Cho‘lpon MFY, KXAY ko‘chasi 21-uy oldida MCHJ tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan 140 kv.m. yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqladi.

Shundan so‘ng yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxslarga tushuntirish ishlari olib borildi hamda uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi. Natijada aniqlangan holatning ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishi ta’minlandi.

📃 Eslatma: O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O‘RQ-937-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar ko‘rib chiqiladi.


#Kadastr #yer_nazorati #Yashnobod

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonun mazmun-mohiyati bilan quyidagi havolalar orqali tanishib oling.

✔️ Qonunning 4-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 5-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 6-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 7-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 8-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 9-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 10-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 11-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 12-moddasi haqida


#Kadastr_agentligi #937_son_qonun #qonun_haqida

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E'LON!

📃 Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini qo‘lga kiritish uchun navbatdagi malaka imtihoni o‘tkaziladi.

🗓 Imtihon kuni: 2025-yil, 29-30-yanvar
🕔 soat 10:00, 11:00, 15:00, 16:00 da

📍 Manzil: Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati binosi.

📹 Imtihon jarayonlarini Davlat kadastrlari palatasining You Tube platformasidagi rasmiy kanali orqali to'g'ridan-to'g'ri kuzatishingiz mumkin.

◼️ Malaka imtihonida 54 nafar talabgorlar ishtirok etadi.

#DavKadastrPalata #malaka_shahodatnomasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH YO‘LIDA

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Yuldashev tomonidan 📍Yangihayot tumani filialida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

📃 Unda dastlab xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida kadastr tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining mazmun-mohiyati, ayni yo‘nalishda qabul qilingan muhim normativ-huquqiy hujjatlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni haqida ma’lumot berildi.

◼️Shuningdek, 🌏 “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini amalga oshirish jarayonida poraxo‘rlik, firibgarlik kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berilib, xodimlar ogohlikka chaqirildi.

◼️Bundan tashqari har bir xodim bilan yakka tarzda suhbatlashilib, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz bo‘lish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha toʻxtalib o‘tildi.

#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #profilaktik_tadbir

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
#Kadastr #atamalar

Davlat kadastr nazorati — yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan davlat kadastrlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar majmui.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ 📣📣📣📣📣 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

❤️‍🔥 22-yanvar kuni: ❤️‍🔥

🟢 Brifing

📄 Mavzu: “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonunga asosan joylarda o‘tkazilayotgan xatlov ishlari.

🎚️ Vaqti: 12:00

➡️ Ishtirok etadi: Neʼmat Atamuratov,
🌟Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KADASTR XODIMLARI AVTOMOBILSIZ KUNDA FAOL

🗓 Bugun Respublikamizning barcha hududlarida joriy yilning birinchi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkazilmoqda.

🚗 Mazkur aksiya doirasida ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tizimidagi xodimlarning ishga jamoat transporti yoki atrof-muhitga zararsiz bo‘lgan boshqa vositalardan foydalangan holda yetib kelishlari tashkillashtirildi.

Hurmatli yurtdoshlar! “Avtomobilsiz kun” loyihasiga befarq bo‘lmang! Ekologik toza transport vositalaridan foydalaning va o‘zimiz nafas olayotgan havo tozaligiga hissa qo‘shing. Unutmang, atrof-muhitni asrash barchamizning burchimizdir.


📃 Maʼlumot uchun, mazkur aksiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi 37-sonli Farmoniga koʻra har oyning toʻrtinchi chorshanbasida ekologiyaga avtomobillar chiqindi gazlarining zararli ta’sirini kamaytirish maqsadida amalga oshirilishi belgilangan.

#Kadastr #Avtomobilsiz_kun #aksiya

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOV O'TKAZILMASLIGI HAM MUMKINMI ?


🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan O'RQ-937-sonli qonun asosida ishlab chiqilgan "Ko'chmas mulklarni xatlov yo'li bilan texnik inventarizatsiyadan o'tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida"gi uslubiy qo'llanmada mahallalarda xatlov o'tkazish jarayonlarini tashkil etish bo'yicha bir qancha muhim jihatlar aks ettirilgan.

Xususan, nizoli holatlar kelib chiqishini oldini olish va xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi ta'minlash maqsadida mazkur yo'riqnomada xatlov ishlari amalga oshirilmaydigan holatlar qat'iy belgilangan.

➡️ Batafsil videoda 👆

#DavKadastrPalata #OʼRQ_937 #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✍️ Бугунги кунга қадар 125 131 та кўчмас мулк объекти хатловдан ўтказилди

АОКАда ўтказилган брифингда Кадастр агентлиги Ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов “Ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер участкаларига ҳамда уларда қурилган бинолар ва иншоотларга бўлган ҳуқуқларни эътироф этиш тўғрисида”ги Қонун ижроси юзасидан маълумот берди:

🔅 Хатлов ишлари икки босқичда - дала ишлари ҳамда камерал ишлар кўринишида амалга оширилмоқда.

🔅 Дала ишларида кадастр муҳандислари томонидан ҳар бир кўчмас мулкнинг бино иншоотларини ўлчаш билан бир қаторда уларнинг конструктив элементларини ҳамда ер участкаларининг амалдаги чегараларини аниқлаш амалга оширилади.

🔅 Камерал ишларда дала ишлари натижаларини тўплаш, таҳлил қилиш, бино-иншоотлар чизмалари ва ер участкаси чегараларини чизиш, топографик хариталарни яратиш ишлари амалга оширилади.

🔅 Қонун ижроси юзасидан жараёнларга 4 500 мингга яқин кадастр ходимлари сафарбар қилинган бўлиб, бугунги кунга қадар 125 131 та кўчмас мулк объектлари хатловдан ўтказилди.

🔅 Хатловдан ўтказилган 55 010 та кўчмас мулк объектларининг хатлов жамланмалари шакллантирилиб, республика ишчи гуруҳига кўриб чиқиш учун тақдим этилди.

🔅 Хатлов жамланмалари тўлиқ шакллантирилган 36 282 та кўчмас мулк объектлари UZKAD тизимига олиб ўтилди.

🔅 Кадастр агентлиги томонидан тасдиқланган режа-график асосида жойларда хатлов ишлари давом этмоқда. Юртдошларимиз мазкур режа-график билан kadastr.uz сайти орқали танишишлари мумкин.

✍️ Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
QONUN TARG‘IBOTI YUZASIDAN OCHIQ MULOQOT

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari Sh.Ro‘zmatov, T.Yuldashev hamda Yangihayot tumani filiali boshlig‘i A.Mahkamov ishtirokida tumanning 📍“Xo‘ja Uchqun” MFY binosida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

📃 Unda dastlab yig‘ilganlarga O‘RQ-997-sonli Qonun mazmun-mohiyati haqida ma’lumot taqdim qilinib, mazkur Qonun yer uchastkalaridan samarali foydalanish, sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

◼️Bundan tashqari “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e'tirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonunga binoan mahallalarda olib borilayotgan xatlov ishlari hamda kadastrga oid boshqa masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, huquqiy tushunchalar berildi.

▶️ Xatlov ishlaridan ko‘zlangan maqsad – aholining qonunda belgilangan yer uchastkalari va ko‘chmas mulklariga nisbatan egalik huquqlarini qonuniy e’tirof etilishi ekanligi tushuntirildi. Agar xatlov davomida firibgarlik, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik kabi holatlar kuzatilsa bu haqida rahbariyat va tegishli tashkilotlarga murojaat qilishlari mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

Bu kabi ochiq muloqotlar poytaxtimizning barcha tumanlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


#Kadastr #ochiq_muloqot #Yangihayot #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Prezidentimiz tomonidan oliygohlarni ish beruvchilar bilan uzviy bog‘laydigan tizim yaratish yuzasidan berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Davlat kadastrlar palatasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yishga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

➡️Tadbir avvalida 🌟Kadastr agentligi, 💫Davlat kadastrlari palatasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati va ma'sullari ishtirokida 📄 Davlat kadastrlar palatasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi imzolandi.

➡️Shundan so'ng, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Moliyaviy va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi filialining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

🎞OAV vakillari ishtirokidagi mazkur marosimda yil davomida 250 dan ortiq talabalar uchun dars mashg'ulotlarini olib borishga mo'ljallangan o'quv xonalari hamda ularda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.


➡️Tadbir yakunida esa Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktorligi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilganliklari munosabati bilan 💫Davlat kadastrlari palatasi raisi Valiyev Mohir Kamolovichga falsafa doktorligi PhD ilmiy darajasi berilganligi to'g'risidagi diplom topshirildi.

#Kadastr_agentligi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1