TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.32K subscribers
10.3K photos
1.32K videos
6 files
6.41K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
INTIZOM VA HALOL XIZMAT – MUVAFFAQIYAT GAROVI

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tizimida korrupsiyaga qarshi kurash, tartib-intizom va ishga vijdonan yondashuv masalalarida muntazam profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

🌟DKP Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Yuldashev tomonidan 📍Olmazor tumani filiali xodimlari ishtirokidagi davra suhbatida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e'tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonun ijrosi doirasida korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, xatlov ishlarini sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

◼️Bundan tashqari xodimlar bilan yakkama-yakka suhbatlashilib, vazifasiga sidqidildan yondashish, fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish, murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, shu bilan birga ta’magirlik, korrupsiya kabi salbiy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish har bir xodimning jamoa va fuqarolar oldidagi hurmati oshishiga xizmat qilishi ta’kidlab o‘tildi.

🗣Bu kabi profilaktik tadbirlar boshqarmaning boshqa tuman filiallarida ham oʻtkazilmoqda. Demak, mavzuga yana qaytamiz.


#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #profilaktik_tadbir

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📱 2024 йил давомида 105 10 та (6 421,4 гектар ер участкалари) “Yerelektron” тизимига киритилиши таъминланди

АОКАда ўтказилган брифингда Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов 2024 йил давомида амалга оширилган ишлар, 2025 йилдаги долзарб вазифалар юзасидан маълумот берди:

✔️ 2024 йил якунга қадар 2 067 та маҳаллаларда ўзбошимчалик билан эгалланган ер участкалари ва уларда қурилган бино ва иншоотларга бўлган ҳуқуқларни эътироф этиш бўйича хатловдан ўтказиш ишларини амалга ошириш режалаштирилган. Шу билан бирга:

28 та туманнинг 6,9 млн. гектар ер майдонларини хатловдан ўтказиш;

Андижон вилояти мисолида республиканинг 6 та ҳудудида 23 744,6 минг гектар ер ресурсларининг ҳисоботдаги ва амалдаги майдонлари ўртасидаги фарқларини ўрганиш;

Ер ва кадастр назорати тадбирларини давом эттириш, шунингдек, 11,4 мингта кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш бўйича белгиланган муддатда мурожаат қилмаган субъектларга нисбатан маъмурий чоралар кўриш;

53,3 мингта ер участкаларини “Yerelektron” ахборот тизимига киритиш;

125 минг кв.км. аэро ва космик суратга олиш ишларини бажариш, 105 минг кв.км. рақамли ортофотопланларни яратиш ва 85 минг кв.км. топографик хариталарни янгилаш;

21,45 минг нусха топографик хариталарни нашр қилиш;

430 та маъмурий-ҳудудий бирликларнинг чегараларини белгилаш;

2 352 та маҳаллалар чегараларини белгилаш;

1 000 та соҳа мутахассислари ҳамда хусусий кадастр муҳандисларининг малакаси ошириш;

3 та фазовий маълумотлар соҳасидаги халқаро стандартларни Ўзбекистон миллий стандарти сифатида қабул қилиш режалаштирилган.

📌 Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yurtimizda nechta shahar, tuman, mahalla va koʻchalar bor?


🌟 Davlat kadastrlari palatasi 2024-yil hisobotlariga koʻra statistik maʼlumotlarini taqdim etishda davom etadi.

🇺🇿 Respublikadagi jami hududiy birliklar, mavjud mahalla, koʻchalar hamda bino-inshootlar boʻyicha maʼlumotlar bilan mazkur infografika orqali tanishishingiz mumkin.

📊 Mazkur raqamlarni hududlar bo'yicha bilishni istasangiz bizni kuzatib boring.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bilishingiz muhim

🫥 Yurtdoshlarimizning sarsongarchiliklariga chek qo‘yish va huquqiy bilimlarini yanada oshirirsh maqsadida manzili noto‘g‘ri savollarga aniq javob berish maqsadida tashkil etilgan "Bilishingiz muhim" loyihasining navbatdagi soni e'tiboringizda.

Savol: Yerga yoki binoga egalik huquqini olib bera olasizmi? - deya murojaat qilishadi.

▶️ Murojaatga aniq javob videoda.👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Бирлашган Араб Амирликларига расмий ташрифи икки мамлакат ўртасидаги ҳамкорликда янги даврни бошлаб берди

Официальный визит Президента Шавката Мирзиёева в Объединенные Арабские Эмираты положил начало новой эпохе в сотрудничестве двух стран

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – DAVR TALABI

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Yuldashev tomonidan 📍 Shayxontohur tumani filialida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

📃 Unda dastlab xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son qonuni, Vazirlar Mahkamasining 829-son qarori hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son qonuni mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

◼️Shuningdek, “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonun ijrosini amalga oshirish jarayonida korrupsiya, poraxo‘rlik, firibgarlik, tamagirlik, manfaatlar to‘qnashuvi kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berilib, xodimlar ogohlikka chaqirildi.

💬 Bu kabi profilaktik tadbirlar boshqarmaning boshqa tuman filiallarida ham olib borilmoqda.

#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #profilaktik_tadbir

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
TOSHKENT SHAHRIDAN TADBIRKORLIK UCHUN YER QIDIRYAPSIZMI?

⌨️ Ayni paytda “E-auksion” platformasida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun mo‘ljallangan yer uchastkalari auksion savdosida turibdi. Istalgan shaxs ushbu yerlar uchun o‘tkaziladigan onlayn savdoda qatnasha oladi.

📍Toshkent shahrida 132 ta (ko'rish)

#Kadastr #auksion #yer_uchastkalari

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiyaga qarshi kurash faoliyati


💠 Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati va hududiy boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlari tomonidan korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish maqsadida muntazam ravishda profilaktika tadbirlari o'tkazib borilmoqda.

🎚 Xususan, 2024-yil davomida xodimlar o'rtasida 1 600 dan ortiq ogohlantirish hamda jamoat birlashmalarida 1 000 ga yaqin huquqiy targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.

📊 Batafsil ma'lumotlar mazkur infografikada

Hisobot davri: yanvar-dekabr, 2024-yil

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YER QONUNBUZILISH HOLATLARI UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

⚡️ Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasi 3-qismi bilan, O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish:

◼️Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari

◼️Mansabdor shaxslarga esa — 400 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

📃 Asos: O‘zbekiston Respublikasining 15.11.2024-yildagi 997-sonli Qonuni.

#Kadastr #huquqiy_asos #Qonun_997

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Arxiv-kadastr ildizidir


🗂 Arxiv - bu hujjatlar saqlanadigan joy, ular ish faoliyatiga doir bo'ladimi, bino-inshootlarning arxiv hujjatlari bo'ladimi ba'ri tarixdan so'zlaydi. Shu bois ham arxivdagi hujjatlarning yaxshi saqlanishi katta ahamiyat kasb etadi.

🧾 Ana shularni hisobga olgan holda, bu yoʻnalishga alohida eʼtibor qaratgan Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati 2024-yilni tashkilotda “Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va ularning hisobini toʻgʻri yuritishni yoʻlga qoʻyish yili” deb eʼlon qilgandi.

🫥 Xoʻsh, yil nomlanishi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida nimalarga erishildi?

🫥 Mazkur video - bajarilgan ishlar natijasi haqida.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARI ODOB-AXLOQINING NAMUNAVIY QOIDALARI

📃 Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy madaniyati, xizmat faoliyati davomida hamda xizmatdan tashqari vaqtda odob-axloqi, tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubining namunaviy qoidalarini belgilaydi.

Odob-axloq qoidalari davlat xizmatida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish hamda davlat xizmatchilarining axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilgan.

#Kadastr #odob_axloq_qoidalari

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KORRUPSIYASIZ TARAQQIYOT SARI

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari Sh.Ro‘zmatov hamda T.Yuldashev boshchiligida📍Yunusobod tumani bo‘lim, filial xodimlari uchun profilaktik tadbir o‘tkazildi.

◼️Mas’ullar tomonidan korrupsiya illati, uning huquqiy oqibatlari aniq misollar yordamida tushuntirilib, O‘RQ-937-sonli Qonuniga binoan reja-jadval asosida olib borilayotgan xatlov ishlarini to‘g‘ri, xolisona va sifatli tashkil etish yuzasidan kerakli topshiriq hamda tavsiyalar berildi.

◼️Shuningdek, muloqot davomida xodimlarning ish joyiga vaqtida kelib ketishlarini nazorat qilish, funksional vazifalarini to‘liq bajarishlari, ichki mehnat tartib qoidalari va obob-axloq qoidalariga rioya qilishlari, kiyinish madaniyati va boshqa masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi.

💬 Joylarda ushbu yo‘nalishdagi profilaktik tadbirlar davom etmoqda.


#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #profilaktik_tadbir

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish tartibi takomillashtirildi


🇺🇿 "Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish haqida"gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.01.2025-yildagi 6-son qarori qabul qilindi.

📃 Qaror bilan, Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini yer uchastkasidan asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha notarial idoraga murojaat qilish, bitimni rasmiylashtirish, yer uchastkasini boshqa shaxsga faqat to‘liq hajmda qayta ijaraga berish hamda yerni ijaraga olish shartnomasi bo‘yicha huquq va majburiyatlarni ijara muddatining qolgan davriga rasmiylashtirish tartibini nazarda tutuvchi Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

◼️Mazkur Nizom yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) tartibini belgilaydi.

◼️Unga ko'ra, Yer uchastkasi qayta ijaraga oluvchiga ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni rasmiylashtirish tartibida o‘tkaziladi (qayta ijaraga beriladi).

◼️Jismoniy va yuridik shaxslar elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga olgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga nisbatan huquq va majburiyatlarni ijara muddatining qolgan muddatiga qayta ijaraga oluvchiga o‘tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin.

◼️Ijaraga oluvchi tomonidan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar notarial idoraga (notariusga) taqdim etiladi.

◼️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini qayta ijaraga oluvchiga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) yuzasidan notarial tasdiqlangan bitimga muvofiq qayta ijaraga oluvchi jismoniy shaxs bo‘lsa, u shartnoma imzolash uchun berilgan o‘n ish kuni ichida o‘zining yagona ta’sischiligida tashkil etilgan fermer xo‘jaligi yoki boshqa yuridik shaxs to‘g‘risidagi axborotni yoxud dehqon xo‘jaligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida dehqon xo‘jaliklarining yagona davlat reyestridan ko‘chirmani davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi tegishli kadastr organiga bevosita yoki elektron shaklda yuboradi.

◼️ Qayta ijaraga oluvchi tomonidan yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi axborot yoki dehqon xo‘jaliklarining yagona davlat reyestridan ko‘chirmani taqdim etgandan so‘ng kadastr organlari tomonidan qayta ijaraga oluvchining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi uch ish kuni ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

◼️ Kadastr organlari tomonidan qayta ijaraga oluvchining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng yer uchastkasining ijaraga oluvchisi o‘zgarganligi to‘g‘risidagi axborot (huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjat ilova qilingan holda) tegishli tuman (shahar) hokimligiga elektron shaklda yuboriladi.


#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KO‘P QAVATLI TURAR-JOYLARDAN UY OLISH: ALDANIB QOLMASLIK UCHUN NIMA QILISH KERAK?

◼️So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan xonadon xarid qilgan fuqarolarning turli mazmundagi e’tirozlari, jumladan, kadastr hujjatini ololmayotgani bilan bog‘liq murojaatlari e’lon qilinmoqda.

❗️Bu kabi muammoli holatlar nima sababdan yuzaga kelmoqda, aslida yangi kvartira sotib olishda nimalarga e’tibor berish kerak?

▶️ Batafsil videoda

#Kadastr #uy_joy #foydali_ma_lumot #video

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM