TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.31K subscribers
10.3K photos
1.32K videos
6 files
6.41K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Янги йил байрамини нишонлаш даврида қўшимча ишланмайдиган кунни белгилаш ва дам олиш кунини кўчириш тўғрисида”ги қарори

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Kadastr #bizning_manzillar #Uchtepa
BIZNING MANZILLAR: UCHTEPA TUMANI FILIALI

⭐️Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Uchtepa tumani filiali.

📃 Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

◼️Manzil: Uchtepa tumani, 15-mavze 12-uy.

📍 Lokatsiya.

📞 Murojaat uchun telefon: (+99871) 274-58-14.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

😞😡😞😕-YIL SARHISOBI
Ishlar boshqarmasida

🌟 2024-yilda Davlat kadastrlari palatasi qanday yutuqlarni qo'lga kiritdi?

➡️ Vazifalar amalga oshirilishi yuzasidan qanday natijalarga erishildi?

🇺🇿2025-yilda qaysi yangi loyihalar va maqsadlar kutilmoqda?

🎚 Bu savollarga markaziy apparatning bir qator boshqarma va bo'limlari rahbarlari yilnoma hisobotlari orqali javob berib boradilar.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Hamdamov tashkilotning qurilish va obodonlashtirish yo'nalishida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma'lumotlar berdi.

#DavKadastrPalata #yilnoma #sarhisob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yosh_kadastrchi
YOSHLARGA E’TIBOR – KELAJAKKA E’TIBOR

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlar, ayniqsa yosh mutaxassislarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va malakalarini muntazam oshirib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Zero, yoshlarga e’tibor shu soha kelajagi, uning taraqqiyotiga xizmat qiladi.


▶️ Mazkur videorolikda boshqarmaning Yakkasaroy tumani filialida ish olib borayotgan “Yosh kadastrchi” faoliyati yoritilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари МДҲнинг норасмий саммитида иштирок этди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Kadastr #kadastr_xizmatlari
KADASTR OBYEKTIGA TAQIQNI TEKSHIRISH

🕐 Murojaatlar qabul qilinadi:
YIDXP – my.gov.uz orqali

Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar

🗣 Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:
Talab etilmaydi

🕔 Xizmatni ko‘rsatish muddati:
Avtomatik tarzda

🗣 Xizmat narxi:
Bepul

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📃 "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi lavozimlariga tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2024 yil 6-dekabrdagi 202-sonli buyrug‘i qabul qilindi.

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi lavozimlariga ishga qabul qilish chog‘ida tanlov o‘tkazish tartibini belgilaydi.

◼️Tanlov ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organdagi bo‘sh (vakant) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi lavozimi uchun munosib nomzodlarni tanlash maqsadida tashkil etiladi va o‘tkaziladi.

◼️Tanlovning o‘z vaqtida va sifatli tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisining buyrug‘i bilan doimiy faoliyat yuritadigan tanlov komissiyasi tashkil etiladi.

Tanlov quyidagi bosqichlardan iborat hisoblanadi:

- tanlovning o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon berish;
- nomzodning hujjatlarini qabul qilish va ularni o‘rganib chiqish;
- nomzodni test va suhbat sinovlaridan o‘tkazish;
- tanlov natijalarini e’lon qilish.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Kadastr agentligida oliy ta’lim muassasalarining bitiruv kursi talabalari stajirovkasini tashkil etish bo‘yicha E’LON

Faoliyat yo‘nalishi:
yosh mutaxassislarni Agentlik tizimi xizmatiga tayyorlash, kasbiy faoliyat mas’uliyatini his etish va tajribali mutaxassislarning ish faoliyatini o‘rganish orqali oliy ta’lim muassasalarida olgan nazariy bilimlarini amaliy mustahkamlash;

Rasmiy talablar:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
oliy ta’lim muassasalarining kadastr va iqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi shaklining bakalavriat bosqichi bitiruv kurs talabalari;

Shuningdek:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan;
belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz yoki huquqiy layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan fuqarolar Kadastr agentligi tizimiga ishga qabul qilinmaydi.

Mehnat sharoiti:
Barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;
ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);
bazaviy hisoblash miqdorining uch barobarigacha miqdorda haq to‘lanadi;

Murojaat muddati va manzil:
nomzodlar o‘qish joyidan ma’lumotnoma, ma’lumotnoma-ob’yektivka, pasport nusxasi va telefon raqamini Kadastr agentligining “l.holov@kadastr.uz” elektron pochtasiga 2025-yil 10-yanvar kuniga qadar yuborish lozim (ma’lumot uchun telefon: 71-202-55-65 (1)).

🗣Stajirovkaga qabul qilish tartibi va savollar ro‘yxati bilan 🌟 Kadastr agentligining rasmiy 🌐 Telegram kanali orqali tanishishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

◼️Ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilingan Toshkent shahri Sergeli tumani, Habibiy mahallasida qurilgan ko‘p qavatli uylardagi xonadon egalarining videomurojaati yuzasidan 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◼️Toshkent shahar hokimining 2017-yil 20-dekabrdagi qaroriga asosan, Sergeli tumani, Sergeli-5 mavzesida ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan “M.F.” MCHJ ga 12 000 kv.m. yer maydoni ajratib berilgan. 2020-yilning 22-iyunda “M.F.” MCHJ va “S.T.” MCHJ o‘rtasida o‘zaro tuzilgan mulkni topshirish shartnomasi va topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan “S.T.” MCHJ nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

◼️Mazkur obyekt joyiga chiqib o‘rganilganda, Sergeli tumani qurilish bo‘limining 2020-yil 16-iyuldagi ruxsatnomasi, Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2021-yil 5-noyabr hamda 2023-yil 6-iyundagi xulosalariga asosan bitta 5 qavatli va uchta 9 qavatli turar-joy qurilib, undagi kvartiralar o‘zaro shartnoma asosida fuqarolarga sotib yuborilganligi aniqlandi.

◼️Ushbu ko‘p qavatli turar joy binolarga tegishli vakolatli tashkilotlar tomonidan qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanish uchun ruxsatnoma berilgandan so‘ng, notarial shartnomalar rasmiylashtirilgach, sotib oluvchilar (fuqarolar) huquqlarini vujudga keltiruvchi hujjatlar (oldi sotdi va h.k.) bilan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz orqali murojat etilgan taqdirda kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazib beriladi.

◼️Qo‘shimcha ravishda, ko‘p qavatli uyni kommunal (gaz, suv, elektr) xizmat ta’minotiga ulash masalasi bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilotlarga murojaat qilish maqsadga muvofiqligi bildiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos
YER UCHASTKALARINI O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLISH OQIBATLARI

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv ta’minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

😞😡😞😕-YIL SARHISOBI
Malaka oshirish va qayta tayyorlash yo'nalishida

🌟 2024-yilda Davlat kadastrlari palatasi qanday yutuqlarni qo'lga kiritdi?

➡️ Vazifalar amalga oshirilishi yuzasidan qanday natijalarga erishildi?

🇺🇿2025-yilda qaysi yangi loyihalar va maqsadlar kutilmoqda?

🎚 Bu savollarga markaziy apparatning bir qator boshqarma va bo'limlari rahbarlari yilnoma hisobotlari orqali javob berib boradilar.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalari va O‘zbekiston milliy universiteti kafedra filiali faoliyatini muvofiqlashtiruvchisi Erkin Umarxodjaev mazkur yo'nalishda amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma'lumotlar berdi.

#DavKadastrPalata #yilnoma #sarhisob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #rasmiy_munosabat RASMIY MUNOSABAT

◼️“Milliy” telekanalining “Millar” dasturi orqali "Kadastr hujjati qachon beriladi?" sarlavhasi ostida efirga uzatilgan lavha yuzasidan 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

◼️19.01.2001 yilda berilgan yerdan foydalanish huquqini beruvchi davlat akti, 27.08.2020 yilda o‘zaro tuzilgan topshirish (berish) shartnomasi va qabul qilish topshirish dalolatnomasiga asosan “T.B.C.” MCHJ nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tgan Mirobod tumani, Qo‘yliq ota ko‘chasi manzilida joylashgan umumiy maydoni 20 552 kv.m.dan iborat bo‘lgan yer uchastkasida jami 6 ta 5 va 7 qavatdan iborat bo‘lgan ko‘p qavatli turar joy binolari qurilgan.

◼️Vazirlar Mahkamasining 535-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglamenti talablariga muvofiq, ushbu ko‘p qavatli turar joy binolariga nisbatan 03.12.2024 yilda kadastr pasportlari shakllantirilgan hamda Vazirlar Mahkamasining 1010-sonli qaroriga asosan 3, 5, 7, 9, 11 va 13-uy raqamlari berilgan.

◼️Vazirlar Mahkamasining 20.04.2022 yildagi “Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 200-sonli qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga muvofiq, binoni foydalanishga qabul qilish yuzasidan berilgan buyurtma Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan rad etilgan.

◼️Bugungi kunga qadar ushbu ko‘p qavatli turar joy binolariga tegishli vakolatli tashkilotlar tomonidan foydalanishga ruxsat berilmaganligi sababli davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, ushbu ko‘p qavatli turar joy binolari foydalanishga topshirish dalolatnomasi tasdiqlanganidan so‘ng notarial shartnomalar rasmiylashtirilgach, sotib oluvchilar (fuqarolar) huquqlarini vujudga keltiruvchi hujjatlar (oldi sotdi va h.k.) bilan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz orqali murojat etilgan taqdirda kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ma’lum qilinadi.

▶️ Avvalroq, boshqarma Axborot xizmati tomonidan yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan xonadon xarid qilishdagi muhim jihatlar, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida kadastr idoralarining vazifalari haqida foydali videolavha e'lon qilingan edi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Kadastr #atamalar

💬 Ortiqcha egallangan yer uchastkasi — yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan yer uchastkasi maydonidan ortiq bo‘lgan, yer uchastkasining chegarasidan tashqarida, unga tutash hududda joylashgan yer maydoni.


🌏 “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ 937-sonli Qonuni.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Yangi_yil_shukuhi BOLAJONLARGA BAYRAM QUVONCHI ULASHILDI

😴 Har bir bayram bolajonlar bilan totli. Ayniqsa, Yangi yil shodiyonalari ularga o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi.

⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari xodimlarining farzandlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

🎁 Qorbobo va Qorqiz ishtirokidagi sahna ko‘rinishlari, bir-biridan qiziqarli o‘yinlar, jajji o‘g‘il-qizlar ijrosidagi she`r va qo`shiqlar bayramona davraga yanada fayz ulashdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
❗️❗️❗️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🎄 Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?

😎Bu yilgi Yangi yil bayramida besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar ketma-ket 6 kun, olti kunliklar 5 kun dam olishadi.

Quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:

🔘 28-dekabr, shanba — haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;
🔘 29-dekabr, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;
🔘 30-dekabr, dushanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 14-dekabr – shanba kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.
🔘 31-dekabr, seshanbaPrezident farmoni asosida barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
🔘 1-yanvar, chorshanba  — Yangi yil bayrami, dam olish kuni;
🔘 2-yanvar, payshanba  — Prezident qaroriga muvofiq ko'chirilgan dam olish kuni;


❗️4-yanvar (shanba) — ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun ish kuni.

#Kadastr_agentligi #Bayram_kunlari

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2