TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.33K subscribers
10.3K photos
1.33K videos
6 files
6.44K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: 2018-yil 1-may kunigacha o‘zboshimchalik bilan qurilgan ko‘chmas mulk obyektining egasi vafot etgan bo‘lsa, huquq kimni nomiga e’tirof etiladi?


Javob: O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O‘RQ-937-sonli Qonuni 21-moddasiga ko‘ra, Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxs vafot etgan taqdirda, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi hamda yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi ushbu vafot etgan shaxs nomiga e’tirof etiladi. Bunda mazkur obyektga nisbatan merosni rasmiylashtirish qonunchilik hujjatlariga muvofiq vorislik tartibida hal etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Kadastr #Avtomobilsiz_kun #aksiya
AVTOMOBILSIZ KUNDA NAMUNA KO‘RSATAYLIK

🗓 Bugun 18-dekabr, chorshanba kuni Toshkent shahrida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkazilmoqda.

◼️Mazkur aksiya doirasida ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari, uning tuman bo‘lim-filiallari xodimlari ham faol ishtirok etib, ishga jamoat transporti yoki atrof-muhitga zararsiz bo‘lgan boshqa vositalardan foydalangan holda yetib kelishlari tashkillashtirildi.

◼️Biz barchani “Avtomobilsiz kun” jamoat loyihasiga befarq bo‘lmaslikka va ekologik toza transport vositasidan foydalanishga chaqiramiz!

▶️ Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmonining 27-bandiga ko‘ra ekologiyaga avtomobillar chiqindi gazlarining zararli ta’sirini kamaytirish maqsadida Toshkent shahrida har oyning bir ish kuni davomida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasini amalga oshirish belgilangan.


Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
♻️♻️♻️♻️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

📝 "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma" yuborish mumkin.

👥 Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

💻 Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

📃 Xabarnomani yuborish uchun talab etiladigan ma’lumotlar👈

💲 Xabarnomani yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: — 187 500 so'm (BHMning 50 foizi)

🔖 Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari

#Kadastr_agentligi #Kadastr_xizmatlari #Litsenziya

📩Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube   
|
📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #ISO #sertifikatlashtirish
XALQARO STANDARTLARNI JORIY QILISH YO‘LIDA

◼️Davlat kadastrlari palatasi Raisining 2024-yil 31-yanvardagi 10-05 sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 2024-yilgi Chora-tadbirlar ish rejasining 5-bandiga muvofiq 🌟DKP Toshkent shahar boshqarmasi va uning tuman filiallarida Xalqaro standartlarga asoslangan boshqaruv tizimini joriy qilish yuzasidan bir qancha vazifalar belgilangan edi.

Shunga ko‘ra, boshqarma xodimlari va tashqi konsultantlar bilan birgalikda joriy yilning avgust oyidan buyon “ISO 9001 – Sifat menejmenti tizimi" va “ISO 37001 – Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari" talablariga muvofiq faoliyatni olib borishda zarur bo‘lgan hujjatlar ishlab chiqildi va faoliyatga joriy etildi.


◼️Ayni vaqtda ushbu integratsiyalashgan boshqaruv tizimini sertifikatlashtirish maqsadida jalb qilingan tashqi ekspert auditorlarning birinchi bosqichdagi baholash auditi o‘tkazilmoqda. Baholash auditining kirish qismidagi yig‘ilishda Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida Integrallashgan boshqaruv tizimi bo‘yicha ma’sul mutaxassis B.Axmedov, konsultant Sh.Alaxodjayev, DKP Toshkent shahar boshqarmasi rahbariyati, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Yuldashev, bo‘lim boshliqlari va xodimlar ishtirok etishdi.

◼️Unda 18- va 19-dekabr kunlari o‘tkaziladigan auditning maqsadi, qo‘yiladigan savollar va bo‘lajak natijalar to‘g‘risida tushuntirishlar berilib, audit rejasiga asosan xodimlar bilan muloqotlar, hujjatlar bilan tanishish ishlari olib borilmoqda.

📃 Ma’lumot uchun: 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasida integratsiyalashgan boshqaruv tizimi joriy qilinib, sertifikatni qo‘lga kiritish orqali fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatini oshirish, muammoli shikoyatlarni keskin kamaytirish hamda korrupsiya holatlarini oldini olishga erishish ko‘zda tutilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Noturar joyni turar joy toifasiga o‘tkazishda nimalarga e’tibor qaratish kerakligini bilasizmi?

📹 Batafsil videoda.

#DavKadastrPalata #foydali_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📍2024-yil 1-dekabr holatiga Respublikamizda mavjud Sanoat zonalari hamda ular joylashgan yer maydonlari haqida ma'lumot.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #rasmiy_munosabat RASMIY MUNOSABAT

◼️Ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilingan Toshkent shahar Olmazor tumanidagi fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirolmayotgani haqidagi murojaati yuzasidan 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

◼️Boshqarmaning arxiv hujjatlariga muvofiq, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Chustiy MFY 30-uy manzilida joylashgan 5 000 kv.m. yer maydoni Toshkent shahar hokimining 2007-yil 10-avgust hamda 2009-yil 30-noyabrdagi qarorlariga asosan ijara huquqida “IQSIR” MCHJ nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

◼️Bugungi kunga qadar MCHJ tomonidan qurilgan mazkur ko‘p qavatli turar joyga Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarorining Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq tegishli davlat qurilish tashkilotlari tomonidan foydalanishga ruxsat berilmaganligi sababli ko‘p qavatli turar joy binolari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi bildiriladi.

◼️Qo‘shimcha ravishda, qurilishi tugallangan bino-inshootni foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli dalolatnoma tasdiqlangach o‘rnatilgan tartibda quruvchi tashkilot nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mumkin. Bunda fuqarolar tomonidan sarmoya kiritish va ko‘p qavatli turar joy qurilishiga ulushli ishtirok etish to‘g‘risidagi shartnomalar mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘la olmasligi, huquq turining vujudga kelishini tasdiqlovchi hujjatlardan biri (quruvchi tashkilot tomonidan notarial idora orqali rasmiylashtirilgan oldi-sotdi shartnomasi va h.k.) taqdim etilib, Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz orqali murojaat etilgan taqdirda, vujudga kelgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishi bildiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Kadastr #bizning_manzillar #Chilonzor
BIZNING MANZILLAR: CHILONZOR TUMANI FILIALI

⭐️Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Chilonzor tumani filiali.

📃 Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

◾️Manzil: Chilonzor tumani, Bunyodkor shox ko‘chasi, 22/2-uy.

📍 Lokatsiya.

📞 Murojaat uchun telefon: (+99871) 279-21-06.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1