TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.32K subscribers
10.2K photos
1.31K videos
6 files
6.34K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
KORRUPSIYASIZ TARAQQIYOT SARI

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari Sh.Ro‘zmatov hamda T.Yuldashev tomonidan 📍Shayxontohur tumani filialida xodimlar uchun profilaktik tadbir o‘tkazildi.

◼️Unda Davlatimiz rahbari tomonidan 2025-yilning 5-mart kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida” o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha kelgusida qilinadigan vazifalar muhokama qilindi.

◼️Xizmat faoliyati davomida korrupsiya, ta’magirlik, manfaatlar to‘qnashuvi, firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan xodimlarga ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, mehnat va ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilish, aholi murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish kabi masalalar ham kun tartibida bo‘ldi.

🤔Tartib-intizom, halollik va mas’uliyat har bir sohada muvaffaqiyatga yetaklovchi muhim jihatlardan ekanligi alohida qayd etildi.


◼️Bundan tashqari🌏O‘RQ-937-sonli Qonuniga binoan reja-jadval asosida olib borilayotgan xatlov ishlarini to‘g‘ri, xolisona va sifatli tashkil etish yuzasidan kerakli topshiriq hamda tavsiyalar berildi.

🤔 Joylarda ushbu yo‘nalishdagi profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #profilaktik_tadbir

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🗂🗂🗂🗂 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOV JARAYONLARI JADAL OLIB BORILMOQDA


🌏O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuniga muvofiq Toshkent shahridagi mahallalarda ham xatlov ishlari qizg‘in olib borilmoqda.

▶️ Foto: Shayxontohur tumanidagi xatlov jarayonlaridan

#Kadastr #Qonun_937 #xatlov2025 #Shayxontohur

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
KADASTR OBYEKTIGA TAQIQNI TEKSHIRISH

🕐 Murojaatlar qabul qilinadi:
YIDXP – my.gov.uz orqali

Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar

🗣 Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:
Talab etilmaydi

🕔 Xizmatni ko‘rsatish muddati:
Avtomatik tarzda

🗣 Xizmat narxi:
Bepul

#Kadastr #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 “E’TIROF” AATNING KUNLIK HISOBOTI

Jami muhokamadagilar soni - 69 958 ta;
😄 Jamoatchilikka e'lon qilinganlar soni - 15 487 ta;
Ko‘rib chiqilayotganlar soni - 409 ta;
🫥 Jarayondagi yerlar soni - 2 695 ta;
✔️ E'tirof etilganlar soni - 168 ta.

ℹ️ etirof.kadastr.uz saytiga kirib dasturdagi barcha jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #etirof #937qonun_ijrosi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AVTOMOBILSIZ KUNDA NAMUNA KO‘RSATAYLIK!

🗓 Bugun Respublikamizning barcha hududlarida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, atrof-muhitni muhofaza qilish va transport harakati oqimini kamaytirish maqsadida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkazilmoqda.

🚗 Mazkur aksiya doirasida ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tizimidagi xodimlarning ishga jamoat transporti yoki atrof-muhitga zararsiz bo‘lgan boshqa vositalardan foydalangan holda yetib kelishlari tashkillashtirildi.

Hurmatli yurtdoshlar! Siz ham “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga qo‘shiling! Toza havo va atrof-muhit farovonligiga hissa qo'shing!

#Kadastr #Avtomobilsiz_kun #aksiya

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

“2025 yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (
PF-70-son, 21.04.2025 y.) qabul qilindi

📃 Farmonga ko‘ra, 2025-yilda xususiylashtirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

◼️30 trillion so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotish va kamida 10 trillion so‘m tushumni ta’minlash;

◼️davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli 115 ta jamiyat ustav kapitalidagi ulushlarni, 659 ta ko‘chmas mulk obyektini va 6,1 ming gektar yer uchastkalarini savdoga chiqarish;

◼️dastlabki bosqichda kamida 30 ta foydali qazilma kon
va uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga chiqarish.

Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish maqsadida:

🔸 ijara shartnomasi tuzilgan kundan ijaraga oluvchi tomonidan yillik ijara to‘lovlari 1 oy davomida to‘langan taqdirda, unga yillik ijara summasidan mazkur shartnoma tuzilgan sanadagi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida chegirma beriladi;

🔸6 oy davomida elektron onlayn auksion savdolarida ijaraga berilmagan obyektlarning boshlang‘ich narxi 50 foiz pasaytirilgan qiymatda belgilanadi. Bunda boshlang‘ich narx pasaytirilganda ham ijaraga berilmasa, ushbu auksion unda 1 ishtirokchi qatnashgan taqdirda ham, istisno tariqasida, o‘tkazilgan deb hisoblanadi.

✔️2025 yil 1 iyuldan Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘linmalariga “Davlat mulki” axborot tizimi orqali davlat
va davlat ishtirokidagi korxonalar ko‘chmas mulk obyektlarini sotish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha ariza berish huquqi beriladi.

Tadbirkorlarni (jumladan, davlat ishtirokidagi korxonalarni) tugatish to‘g‘risida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xabardor qilingan sanadan ularning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘xtatiladi hamda yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, shuningdek, barcha turdagi soliq va yig‘imlar bo‘yicha penyalarni hisoblab yozish, dividendlar hisoblash taqiqlanadi.


📝 2025 yil 1 oktabrdan egasiz ko‘chmas mulk obyektlarini davlat mulki obyekti sifatida davlat ro‘yxatiga olish bo‘yicha murojaatlar tegishli sudga Davlat aktivlari agentligi tomonidan kiritiladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
DAVLAT ORGANLARI FAOLIYATIDA OAV BILAN HAMKORLIK

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i A.Yunusov boshchiligida tizim xodimlari, tuman filial boshliqlari uchun “Davlat organlari faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda OAVning o‘rni” mavzusida seminar tashkil qilindi.

◼️Unda dastlab ommaviy axborot vositalarining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, davlat idoralari va jamoatchilik, OAV o‘rtasidagi uzviy hamkorlik naqadar muhim ekanligiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

◼️Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis T.Yuldashev, Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassis M.Azimov tomonidan taqdimot materiallari asosida ommaviy axborot vositalari hamda blogerlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, OAV bilan ishlash mas’uliyati, kamera hamda jamoatchilik qarshisida o‘zini erkin tutish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha tushunchalar, qiziqarli ma’lumotlar berildi.

◼️Shuningdek, seminar davomida amaliyotda uchrashi mumkin bo‘lgan holatlar muhokama qilinib, o‘rtaga tashlangan savollarga javob qaytarildi.

Bu kabi seminarlar davlat xizmatchilarining huquqiy ongi, qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini yanada oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.


#Kadastr #seminar #OAV_bilan_aloqalar

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
“KARYERA KUNI” MEHNAT YARMARKALARI DAVOM ETMOQDA

◼️Xabaringiz bor, shu kunlarda Oliy taʼlim muassasalarida davlat tashkilotlari ishtirokida “Karyera kuni” mehnat yarmarkalari o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi ana shunday tadbir 📍Toshkent arxitektura-qurilish universitetida tashkil etildi.

◼️Bir necha tashkilotlar qatori 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi masʼul xodimlari ham sohaga qiziquvchi talabalarga kadastr yo‘nalishi, uning o‘ziga xos jihatlari hamda tashkilotda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar xususida ma’lumot berishdi.

◼️Hech shubhasiz, mazkur tadbir "O‘qishni bitirib qayerda ishlasam bo‘larkin?" degan savolga javob izlayotgan bitiruvchi talabalar uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.

#Kadastr #karyera_kuni #oliy_ta_lim_hamkorlik_aloqalari

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 OAV BIZ HAQIMIZDA

"22-aprel – Xalqaro yer kuni" munosabati bilan 🌟Kadastr agentligining ⭐️Respublika aerogedeziya markazida o‘tkazilgan tadbir tafsiloti "Milliy" telekanalining "Millar" informatsion dasturida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar e'tirof etilishining asosiy shartlari qanday?

✔️ Javob: O‘RQ 937-sonli Qonuniga ko‘ra, huquqlarni e'tirof etishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat:

1️⃣ yer uchastkasi boshqa shaxsga ajratilmaganligi yoki auksionga chiqarilmaganligi;

2️⃣ yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi;

3️⃣ har bir kategoriyaga xos boshqa shartlar (investitsiya majburiyati bajarilganligi, shirkat a'zosi hisoblanishi va boshqalar);

4️⃣ yer uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi;

5️⃣ muhofaza zonasida, sug‘oriladigan yerda joylashmaganlgi;

6️⃣bosh reja talablariga zid emasligi.

#Kadastr #sizdan_savol

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1