TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.32K subscribers
10.2K photos
1.31K videos
6 files
6.35K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zbekiston Respublikasining jami yer maydoni – 44,9 million gektar. Shundan 94% yoki 42,3 million gektar yer UZKAD tizimiga kiritildi. 41,8 mln. gektar yer 1,6 millionta yerdan foydalanuvchilar kesimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.


🌟Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Mirsaid Mirmaksudov ishtirokida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida bu haqida ma'lumot berildi.

🕯 Toifalar kesimida raqamlashtirilgan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan yerlar:

🟡Qishloq xo‘jaligi yerlari – 24,1 mln. gektarning elektron xaritasi yaratildi, 23,8 mln. gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
🟡Suv fondi yerlari – 1,1 mln. gektarning elektron xaritasi yaratildi, 1 mln. gektari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
🟡O‘rmon fondi yerlari – 11,1 mln. gektarning elektron xaritasi yaratildi, 11 mln. gektari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
🟡Tabiatni muhofaza qilish yerlari – 4,2 mln. gektarning elektron xaritasi yaratildi, 4,2 mln. gektari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
🟡Zaxira yerlari – 1,5 mln. gektarning elektron xaritasi yaratildi, 1,5 mln. gektari ro‘yxatdan o‘tkazildi.



#Kadastr_agentligi #Matbuot_anjuman

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌍 O'tgan 2024-yil mobaynida 🌟Kadastr agentligi tomonidan olib boriladigan yer va kadastr nazorati yo'nalishida amalga oshirilgan ishlar:

📊 Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida:

66 109 ta holatda 9 462,3 gektar yerlarning o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlanib,
41 972 ta holatda 4 472,2 gektar yerda qonunbuzilish holatlari ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.


⚖️ Sud ishlari:

21 459 ta
holatda
4 654,1 gektar
yerga da’vo arizalari kiritildi.
5 561 ta
(1 144,5 gektar)
da’vo arizalari sudlar tomonidan qanoatlantirildi va majburiy ijroga qaratildi.


⚖️ Jinoyat va ma’muriy javobgarlik:

2 146 ta
holatda jinoyat alomatlari bo‘lgan materiallar prokuratura organlariga yuborildi.
41 708 ta
shaxsga yerga oid huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi.


Bugungi kunda yer va kadastr nazorati tadbirlari davom etmoqda.

#Kadastr_agentligi #Matbuot_anjuman

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti qanday hollarda rasmiylashtiriladi?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi 535-son qaroriga asosan, ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:

💠 ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

💠 ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);

💠 qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

💠 yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

💠 ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

💠 ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

💠 o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.

#Kadastr #sizdan_savol

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TAJRIBALI YURISTLARDAN BEPUL HUQUQIY MASLAHAT OLING!

O‘zingizni qiynayotgan va qiziqtirgan har qanday huquqiy sohadagi savollarga malakali yuristlardan bepul maslahat oling.

Savol berish uchun https://advice.uz/uz/offices saytidagi “Huquqiy yordam kerakmi?” panelidan (tugmasidan) foydalaning.

#Kadastr #foydali_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BIZNING MANZILLAR: SHAYXONTOHUR TUMANI FILIALI

⭐️ Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Shayxontohur tumani filiali

📍 Lokatsiya.

📞 Murojaat uchun telefon: (+99871) 241-14-38.

#Kadastr #bizning_manzillar #Shayxontohur

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Zaxiraga qaytarilgan yerlar davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi


🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 78-moddasi zaxira yerlar bian bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Unga ko‘ra yer kodeksining 8-moddasining 1-7-bandlarida ko‘rsatilgan yer fondi toifalariga kiritilmagan hamda yuridik va jismoniy shaxslarga egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berilmagan barcha yerlar zaxira yerlardir deb belgilangan.

◼️ Mazkur moddaning 2-qismiga ko‘ra, zaxira yerlar yer fondi toifasi o‘zgartirilmagan holda davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati organlarining tasarrufida bo‘ladi va ushbu Kodeksga muvofiq asosan qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun berishga mo‘ljallanadi.

⚖️ Ya’ni zaxira yerlarini davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bu yer kodeksida belgilangan shart hisoblanadi.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksi

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 “E’TIROF” AATNING KUNLIK HISOBOTI

Jami muhokamadagilar soni - 56 520 ta;
😄 Jamoatchilikka e'lon qilinganlar soni - 5 863 ta;
Ko‘rib chiqilayotganlar soni - 324 ta;

ℹ️ etirof.kadastr.uz saytiga kirib dasturdagi barcha jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.


#Kadastr_agentligi #etirof #937qonun_ijrosi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 HURMATLI FUQAROLAR! 📣

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi Sizlarni kadastr sohasidagi korrupsion holatlarni bartaraf etishda hamkorlikka chorlaydi.

❗️Agarda Siz, kadastr tizimida korrupsion holatlarga duch kelsangiz yoki tizim xodimlarining noqonuniy harakatlari toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlsangiz ⌨️ @mykadastr_bot manziliga yoki 📞 (71) 231-68-51 (ichki 246), (+99897) 411-01-15 telefon raqamlariga murojaat qiling.

MUROJAATCHI TOʻGʻRISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.


#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 OAV BIZ HAQIMIZDA

📍 AOKAda ⭐️ Kadastr agentligi rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda o‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2025 yildagi asosiy vazifalar xususida ma’lumot berildi.

Batafsil: UzA maqolasida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ELEKTR ENERGIYASINI BIR SOATGA O‘CHIRING – TABIAT HAQIDA QAYG‘URING!

🇺🇿 Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tashabbusi bilan yurtimizda 25-mart – “Yer vaqti” kuniga bagʻishlab maxsus aksiya oʻtkazilmoqda.

◼️Mazkur aksiya doirasida Yer sayyorasiga gʻamxoʻrlik qilish, tabiiy resurslarni asrash maqsadida davlat tashkilotlarida elektr energiyasini bir soatga o‘chirilishi belgilangan.

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining bino va inshootlarida ham chiroq, kompyuter texnikalari, sovutish va isitish uskunalari bir soatga o‘chirildi.

#Kadastr #Yer_vaqti #aksiya

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥21👏1
🌐Ер бошқаруви ва кадастр соҳасида 🇩🇪Германия тажрибасини ўрганиш ташрифи давом этмоқда.

Аввал хабар берганимиздек, 🌟Кадастр агентлиги раҳбари Ф.Пулатов бошчилигидаги ишчи гуруҳ ер бошқарувини ислоҳ қилиш, кадастр тизимларини замонавийлаштириш соҳасида тажриба алмашиш мақсадида Германиянинг Мюнхен шаҳрида жойлашган Федерал ерлар геодезия хизматлари ижроия қўмитасида (AdV) амалий ташриф билан бўлиб турибди.

🇺🇿Ўзбекистон делегациясини Федерал ерлар геодезия хизматлари ижроия қўмитаси Бош котиби Маркус Вандингер, Бавария рақамлаштириш ва геодезия агентлиги директори Даниел Клеффел самимий қаршилаб, Бавария ер, кўчмас мулк ва кадастр тизими билан таништирди.

Учрашув давомида Бавариянинг кадастр тизими, федерал даражадаги стандартлар ва амалий ишларга бағишланган тақдимотлар бўлиб ўтди.


🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚📚📚📚

RASMIY MUNOSABAT

◼️Ijtimoiy tarmoqda fuqaro B.Shermatovning yer uchastkasi hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq holat yuzasidan eʼlon qilingan murojaat bo‘yicha 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◼️Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 06.09.2021-yildagi Hal qiluv qaroriga asosan, 2 500 kv.m yer maydoniga doimiy foydalanish huquqi bilan 23 kv.m bino mulk huquqi asosida “YORILTOSH QURILISH AVTO” XK nomiga kadastr pasporti shakllantirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tgan. So‘ngra 23.12.2021 yildagi oldi-sotdi shartnomasiga asosan Sh.B.B o‘g‘li nomiga kadastr pasporti shakllantirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tgan.

◼️Shundan so‘ng, Sh.B.B o‘g‘liga tegishli bo‘lgan futbol maydonchasi yer maydoniga nisbatan, Vazirlar Mahkamasining 14.02.2022-yildagi 71-sonli qarori 1-ilovasiga asosan, yer uchastkasini xususiylashtirish masalasida murojaatlar kelib tushgan. Mazkur obyektga tegishli kadastr arxiv yig‘majildi ishlarini (Toshkent viloyati prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi alohida muhim ishlari bo‘yicha katta tergovchisi O.O.A.ning 06.10.2023-yildagi) olib qo‘yish haqidagi qaroriga asosan, arxiv yig‘majildi olib qo‘yilganligi sababli rad javobi berilgan.

◼️Shundan so‘ng, boshqarma tomonidan Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudiga 23.12.2024-yilda (Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining sudyasi I.B.R. tomonidan 06.09.2021-yilda qabul qilingan) Hal qiluv qarori bugungi kunda o‘z kuchida yoki kuchida emasligi hamda mazkur Hal qiluv qaror bekor qilingan bo‘lsa, qaysi qarorga asosan bekor qilinganligi yuzasidan ma’lumot va nusxa olishda amaliy yordam berilishini so‘rab xat yuborilgan.

◼️Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 07.01.2025-yildagi xatiga asosan, 06.09.2021-yilda Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudi tomonidan qabul qilingan Hal qiluv qarori Toshkent shahar Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati (apellyatsiya instansiya sudi)ning 27.07.2022-yildagi qarori bilan bekor qilinganligi va ish birinchi instansiya sudida yangidan ko‘rish uchun Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudiga yuborilganligi bildirilgan.

◼️Shundan so‘ng birinchi instansiya sudida, “YORILTOSH QURILISH AVTO” XK tomonidan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish majburiyatini yuklashni so‘rab yo‘llagan davo arizasi, sud tomonidan qanoatlantirish rad etilishi yuzasidan 16.08.2022-yilda qaror qabul qilinganligi qayd etilgan.

◼️Qo‘shimcha ravishda, holat yuzasidan 03.02.2025-yilda filial tomonidan qonunchilikda belgilangan tartib asosida mazkur oldi-sotdi shartnomasini bekor qilib, 25 sotix yerni davlat zaxirasiga qaytarish yuzasidan vakolati doirasida amaliy yordam va tegishli ko‘rsatma berilishini so‘rab Sergeli tuman prokuraturasiga xat yuborilganligi ma’lum qilinadi.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM