Jalilov. Qaydlar
4.1K subscribers
1.44K photos
17 videos
22 files
2.27K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Maktabgacha va taʼlimi vazirligi Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish boshqarmasi boshligʻi Sardor Rahimboyev "Xalq taʼlimi info" kanaliga bergan intervyusida oʻqituvchilar bilim darajasi haqida gapiribdi. Yaʼni, shunday mujda berilganki, attestatsiyadan oʻta olmagan oʻqituvchining bilim darajasi past: "Mening ishimning mahsuli - oʻqituvchilarning toifasi oshishi, ... lekin bu degani har qanday bilim darajasiga toifa tarqatish degani emas-da".

Keling, bir narsani aniqlab olaylik. Oʻqituvchining "bilim darajasi" deganda vazirlik nimani tushunadi? Oʻzi dars oʻtadigan fan boʻyicha maktablarda ishlatilayotgan darsliklarda va vazirlik roʻyxatga kiritib qoʻygan pedagogika boʻyicha qoʻllanmalarda berilgan har qanday maʼlumotni yodlab olishmi? Oʻqituvchi maʼlumotni yoddan bilsa, uning darsi samaraliroq oʻtadimi? Masalan, kim onasi chaqirganda bormaganini yoki Mauglining onasining ismi nima boʻlganini yodlab olgan ona tili va adabiyot oʻqituvchisi yaxshiroq dars oʻtadi-yu, shuni eslab qolmagan (yoki test paytida yodiga tushira olmagan) oʻqituvchi yomonroq dars oʻtadimi? Agar oʻqituvchidan kutilayotgan yagona mezon - maʼlumotni eslab qolish boʻlsa, Sardor Rahimboyevning oʻzi intervyuda misol sifatida keltirgan ChatGPTni oʻqituvchilikka qoʻyaylik - har qanday maʼlumot massivini muammosiz eslab qola oladi.
👍55👎8🔥8👏2
Sardor Rahimboyev intervyuda attestatsiya tizimining xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgani haqida gapiribdi. Uzr-ku, lekin qaysidir Amerika tashkiloti mana bunday spetsifikatsiyalarni (masalan: 1, 2) va bunday test topshiriqlarini normal deb qabul qilib, "xalqaro akkreditatsiya"dan oʻtkazib bergan boʻlsa, bilmadim. Bir paytlar bir fin tashkiloti ham metodik va ilmiy sifati doston boʻlgan boshlangʻich sinf darsliklarini "fin standartlari asosida" deb "akkreditatsiya"dan oʻtkazib bergan edi.
🔥13👍6🤔3
Yana bir muhim narsa. Intervyuda attestatsiya natijalaridan norozi oʻqituvchiga faqat bitta yechim taklif qilingan: apellyatsiyaga ariza berish.

Lekin bu yerda bir narsa inobatga olinmayapti: apellyatsiyada faqat test topshirigʻining shakl va mazmun jihatdan toʻgʻri yoki notoʻgʻri tuzilganligi qaraladi, uning validligi emas. Testologiya ilmining muhim bitta muhim, bazaviy qoidasi bor: testning sifati faqat uning validligi bilan oʻlchanadi. Validlik talablariga javob bermaydigan testlar yordamida kimnidir baholash, xulosa chiqarish, qarorlar qabul qilish mumkin emas. Apellyatsiyaga boradigan oʻqituvchi esa testolog emas - u vazirlik bilan testning validligi yuzasidan bahsga kirisha olmaydi.

Test mazmun jihatdan toʻgʻri tuzilgan boʻlishi mumkin, yaʼni undagi maʼlumotlar toʻgʻri, kalit (toʻgʻri javob) ham toʻgʻri qoʻyilgan boʻlishi mumkin. Bu hali testning validligini anglatmaydi. Mazmunan toʻgʻri test ham validlik talablariga javob bermasligi mumkin. Testning validligiga baho berish uchun esa birinchi navbatda bu testning maqsadi nima, bu test orqali nimani oʻlchamoqchimiz? degan savolga javob berish kerak. Vazirlikning oʻzida bu savolga aniq javob boʻlmasa, validlik haqida gapirish befoyda.

P.S. Uzr, lekin test validlik talablariga javob bermasa, shuncha kameralar, ratsiyalar, face IDlar, shuncha texnika, shuncha mablagʻ, shuncha odamni ovora qilish - hammasi bir tiyin.
👍37🤯1
#ilm_fan nima deydi?

Yuqoridagi postda pedagog kadrlar attestatsiyasidagi testlarining validligi masalasi ko'tarilgan edi. O'zi "validlik" nima? Test tuzish va o'tkazish, test asosida muhim qarorlar chiqarish bilan shug'ullanadigan tashkilotlar uchun asosiy manbalardan biri, dasturil-amal bo'lib xizmat qiladigan "Pedagogik va psixologik baholash standartlari"ga ko'ra, validlik - har qanday testni ishlab chiqish, uning sifatiga baho berish va qo'llashdagi eng fundamental omil bo'lib, testning maqsadidan kelib chiqqan holda, test natijalari asosida chiqariladigan xulosalarning qay darajada nazariy va empirik jihatdan asosli ekanligidir. Ya'ni, validlik - testning belgilangan maqsad uchun qay darajada yaroqli ekanidir.

Testologiya ilmi nuqtayi nazaridan, baholash - bu o'lchash. Ya'ni, baholash jarayoni orqali abstrakt tushunchalar (konstruktlar) - muayyan bilim, ko'nikma, kompetensiya o'lchanadi. Va bu konstruktlar biron-bir maqsadda o'lchanadi. To'g'ri o'lchash uchun to'g'ri (maqsadga mos) baholash instrumenti tanlanishi kerak. Masalan, og'irlikni o'lchash uchun metr yoki chizg'ichdan foydalanmaysiz-ku, to'g'rimi? Demak, test (baholash instrumenti) o'lchanishi kerak bo'lgan konstruktni to'g'ri o'lchab bera olishi kerak. Va test natijalari asosida to'g'ri xulosalar chiqarish va to'g'ri qarorlar qabul qilish mumkin bo'lishi kerak.

Attestatsiya misolida tushuntiradigan bo'lsak, Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga ko'ra, umumiy o'rta ta'lim muassasalari attestatsiyasidan maqsad - pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi hamda pedagogik mahoratini aniqlash. O'zi o'qituvchining bilimi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga nima uchun qiziq? O'qituvchi darsini qay darajada yaxshi (samarali) o'ta olishini aniqlash uchun. Attestatsiya testlari natijalariga qarab pedagogning qay darajada samarali dars bera olishi olishi haqida xulosalar chiqariladi va shu xulosalar asosida pedagogning toifasi oshiriladi, o'zgarishsiz qoladi yoki tushiriladi. Demak, attestatsiya testlarini valid (validlik talablariga javob beradi) deya olishimiz uchun test pedagogning samarali dars o'ta olishi haqida asosli xulosalar chiqarish imkonini berishi kerak.

Oldingi postlardan birida "Masalan, kim onasi chaqirganda bormaganini yoki Mauglining onasining ismi nima boʻlganini yodlab olgan ona tili va adabiyot oʻqituvchisi yaxshiroq dars oʻtadi-yu, shuni eslab qolmagan (yoki test paytida yodiga tushira olmagan) oʻqituvchi yomonroq dars oʻtadimi?" degan savol bekorga qo'yilmadi. Kim onasi chaqirganda bormaganini yoki Mauglining onasining ismini eslay olmahgan o'qituvchi o'zi dars beradigan fanni bilmaydi va toifaga noloyiq, degan xulosaga kelish qay darajada to'g'ri? O'qituvchining vazifasi darslikdagi ma'lumotlarni eslab qolish emas-ku. Har qanday normal o'qituvchi darsga kirishdan oldin darsga tayyorlanish, darsni rejalashtirish maqsadida hech bo'lmaganda birrov darslikka ko'z yugurtirib chiqadi.

Yoki postga ilova qilingan va o'qituvchilar ayrim telegram guruhlarda qoldirgan izohlarga e'tibor bering. 10-sinf adabiyot darsligida Kafkadan yoki Mayakovskiydan parchalar XX asrning birinchi yarmida paydo bo'lgan yangi oqimlar, yangicha izlanishlar, yangicha shakllar haqida tasavvur berish uchun keltirilgan. "Evrilish"dagi "kommivoyajer" so'zining ma'nosini bilmagan o'qituvchi, masalan, modernizm haqida tasavvuri yo'q deya xulosa bera olamizmi? Yoki bunday test topshiriqlarini tuzgan (agar shunday topshiriqlar ishlatilgan bo'lsa) vazirlik huzuridagi markaz jalb qilgan ekspertlarning o'zlari darslikdagi bu parchalarning nima uchun keltirilganini tushunmay test tuzib ketavergan, degan xulosa chiqarsak adolatliroq bo'ladimi?

Test shaklan yoki mazmunan to'g'ri bo'lishi, kalitining to'g'ri qo'yilgani - hali u validlik talablariga javob beradi, degani emas. Va apellyatsiya ham bu yerda yechim emas. Vazirlik attestatsiyada ishlatilgan test topshiriqlarining validlik talablariga javob berishi haqidagi dalillarni ommaga taqdim qilishi kerak. Zero validlik dalillarini taqdim etish ham test oluvchi tashkilotning vazifasi.
👍42🔥6
58ta maktab qurish va "oʻquv dasturlarini takomillashtirish" soliq toʻlovchilarga qanchaga tushadi?

Oldinroq Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ITB tomonidan grant ajratilishi haqida kelishuvga erishilgani va mablagʻlar 58ta maktab qurish, oʻquv dasturlarini takomillashtirish va boshqa yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan loyihaga sarflanishi haqida xabar bergan edi.

Qizigʻi, rasman eʼlon qilingan hujjatdan anglashiladiki, grant mablagʻlari - bu aysbergnning koʻrinib turgan uchi, xolos. Bilasiz, aysbergnning juda katta qismi suv ostida yashirin boʻladi. Bu loyihada ham soliq toʻlovchilar gardanidagi shundoq ham kattagina qarzning ustiga olinadigan yaxshigina qarz qismi bor ekan.

Hujjatga koʻra, vazirlik taklif qilgan loyihani amalga oshirish uchun jami 160 mln dollar qarz jalb qilinadi. Foizi va xizmat koʻrsatish xarajatlari bilan birga bu qarz kamida 256 mln dollarga tushar ekan. Loyiha uchun yoʻnaltiriladigan grantlar hamda soliq va bojxona imtiyozlari bilan birga loyiha jami 316,2 mln dollarga tushishini taxmin qilish qilish mumkin.

Loyiha doirasida oʻquv dasturlarining Nchi marta takomillashtirilishini qoʻyib turaylik - shu paytgacha vazirlik qaysi oʻquv dasturini tizimga oxirigacha, toʻliq, izchil joriy qilganini eslay olmadim. Aftidan, oʻquv dasturlarini "takomillashtirish" va buning ortidan darsliklarni yangilash vazirlik uchun "xobbi" koʻrinadi. Faqat bu "xobbi"ning tovonini kim toʻlashini oʻzingiz yaxshi bilasiz.

Loyihaning boshqa mavhum, samarasini baholash qiyin boʻlgan komponentlarini qoʻyib turaylik-da, "quruq qoldiq"da ("сухой остаток") qolishi kerak boʻlgan natijasini - maktablar binolari va oʻquvchi oʻrinlari sonini koʻraylik.

Loyiha natijasida 72 ming oʻrinli 58ta maktab qurilishi kerak ekan. Loyihaning jami qiymatini maktab kesimida olsak, bir maktab oʻrtacha 5,4 million dollarga tushar ekan. Oʻquvchi oʻrni kesimida olinsa, bir oʻquvchi oʻrni yaratish qiymati qariyb 4,4 ming dollar. Loyihaning boshqa komponentlari va "koʻzda tutilmagan xarajatlar" uchun ajratilgan ulushi (taxminan 30%) chiqarib tashlanganda ham, bir maktab 3,7 millionga tushyaptimi?

OTB vakili 2023-yilda Oʻzbekistonga 2000 maktab qurish uchun 2 mlrd dollar kerak boʻladi, degan ekan. Bu - bir maktab uchun 1 million dollar degani. Qiziq, oʻtgan 2 yil ichida narxlar shunchalik oʻzgardimi? Loyihani tasdiqlashdan oldin undagi xarajatlar va raqamlarning qanchalik asoslanganligini kimdir tahlil qilib koʻrganmi?
🤯13👍8🔥2
Mana buni pedagog kadrlar attestatsiyasi boʻyicha berilgan apellyatsiya shikoyatiga kelgan javob deyishmoqda. Agar bu haqiqatdan ham Maktabgacha va maktab vazirligidan pedagog kadrlar attestatsiyasi boʻyicha berilgan apellyatsiya arizasiga kelgan rasmiy javob boʻlsa, bunday shablon va hech qanday maʼno tashimaydigan javob bilan arizani yopish - notoʻgʻri. Apellyatsiya arizasi ham rasmiy murojaat hisoblanadi va qonunga koʻra, murojaat muallifiga murojaatda ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha vajlarni inkor etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq asoslarni keltirish kerak. Uzr-ku, lekin bunday shablon javobni shikoyat muallifi topshirgan testni tahlil qilmasdan ham berish mumkin-da.

Umuman olganda, apellyatsiya yechim emasligi haqida oldinroq yozgandim. Birinchidan, test topshirigʻining shaklan va mazmunan toʻgʻriligi hali uning validligini anglatmaydi.

Ikkinchidan, spetsifikatsiyalar shunday tuzilganki, har qanday test topshirigʻini "qulogʻidan tortib" "spetsifikatsiyaga mos" deb iddao qilish mumkin. Spetsifikatsiya bunday tuzilmasligi kerak - u test tuzuvchiga ham, test topshiruvchiga ham aynan qaysi konstruktlar va qanday usullarda baholanishi haqida aniq tasavvur berishi kerak. (Muammo faqat koʻpnuqtalarda emas, undan-da jiddiyroq muammolar bor).

Uchinchidan, apellyatsiyaga ariza berganlarga "bizda hammasi zoʻr" mazmunida shablon javob berish muammoni hal qilmaydi. Apellyatsiyaga bergan test topshiruvchi aynan unga tushgan test topshiriqlarining toʻgʻriligi va validligi boʻyicha maʼlumot olishga haqli. Aks holda "shaffoflik" haqida bong urishdan maʼno yoʻq.

Baribir vazirlik attestatsiyada ishlatilgan testlarning validligi boʻyicha dalillarni taqdim etishi shart. Validligi isbotlanmagan testlar asosida xulosalar va qarorlar chiqarish ham testologiya nuqtayi nazaridan, ham oddiy mantiq va etika nuqtayi nazaridan notoʻgʻri.
👍18
Qarang-a, lavozimidan foydalanib kuyovini yuqori mansabga ishga joylashtirish jinoyat sanaladigan davlatlar ham bor ekan.
👍21🔥11😱8🤬3
Nomida "demokratik" soʻzi boʻlgan partiya yetakchisi va demokratiyani taʼminlashi kerak boʻlgan institut (parlament) aʼzosi muqaddimasida "demokratik gʻoyalarga sadoqat" izhor qilingan va 1-moddasida demokratik respublika ekanligi belgilab qoʻyilgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qarshimi shunda?
🤬17👍5👏2
Forwarded from Farengeyt Press
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📚 Kitobning ohanrabosi shundaki, u insonni nafaqat yetuklikka yetaklaydi, balki yagona g‘oya sari intiluvchi maslakdoshlarni birlashtira oladi. Shu kunlarda qator ijtimoiy tarmoqlarda FP tarzidagi logotipni bir qator foydalanuvchilar ulashdi; uning nimaligi haqidagi taxminlarning ayrimlari mazkur logotip yangi nashriyotga tegishliligi, uning nomi qandayligi haqida bo‘ldi.

@Farengeyt_Press – chindan yangi nashriyot va unga turli sohalarda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan, ayni chog‘da, kitob va kitobxonlikka befarq bo‘lmagan faollar va mutaxassislar asos soldi. Biz – jurnalist va tarjimon Sardor Salim, muharrir va faylasuf Xurshid Yo‘ldoshev, iqtisodchi olim Behzod Alimov, pedagog mutaxassis va tadqiqotchi Komil Jalilov hamda audiokitoblar suxandoni va kitobxonlik targ‘ibotchisi Madina Musayevalar – mushtarak g‘oyamiz va maqsadimiz ifodasi o‘laroq “Farengeyt Press” nashriyoti nomini tanlashda yozuvchi Rey Bredberining 🔥“Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” asaridagi “Ahli kitob” (“Book People”) g‘oyasidan ilhomlandik. Ahli kitob – hayotini kitoblarni avaylash va ilmni odamlarga yetkazishga bag‘ishlagan insonlardir. Biz endilikda kitob, mutolaa va ma’rifatga qilinajak xizmatimizni mustaqil nashriyot sifatida davom ettirishga qaror qildik. Shuningdek, jamoamizda o‘z sohalari yetakchilaridan bo‘lmish art-direktor Orzu A’zam hamda marketolog Samira Latipova ham faoliyat yuritmoqda.

Nashriyotimizning bosh g‘oyasi o‘zbek kitobxoniga progressiv, yangi, dolzarb bilimlarni sifatli va tezkor sur’atlarda taqdim etish orqali ilm sarhadlarini kengaytirishga hissa qo‘shishdan iborat. Bunda biz ham tarjima, ham mahalliy muallif va mutaxassislar asarlarini kitobxonga taqdim etishni rejalashtirmoqdamiz. Bundan tashqari, nashriyotimiz faoliyati doirasida yana qator qo‘shimcha ma’rifiy loyihalarni amalga oshirish ham ko‘zda tutilmoqda.

🔜 Yaqin kunlarda qaysi kitoblarni o‘zbek kitobxoniga taqdim etishimiz haqida ma’lumot bera boshlaymiz. Kichik sirni ochishimiz mumkin: qisqa vaqt davomida qator kitoblar tarjimasiga mualliflik huquqini olish va tarjima jarayonini boshlab yuborishga ulgurdik. Mazkur kitoblar O‘zbekiston kitob bozori va o‘zbek kitobxoni javoniga yangi yo‘nalish, mavzu va bilimlarni olib kirishiga ishonchimiz komil.

Bizni ijtimoiy tarmoq sahifalarimizda kuzating va ushbu postni do'stlaringiz bilan ulashing:

Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14👍8
Korrupsiya, oliy ta'limga xush qaytipsan?

Gazeta.uz nashrining yozishicha, "ilg'or xorijiy tajriba" tajriba asosida nodavlat ta'limni ikki bosqichli litsenziyalash takliif qilinmoqda. Xabarlarda "ikki bosqichli litsenziyalash" deganda nima nazarda tutilayotgani va bunday tizim aynan qaysi "ilg'or xorijiy davlatlar"da borligiga aniqlik kiritilmagan, biroq xabarga ilova qilingan fotosuratlardan taklif “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisidan chiqqanini taxmin qilish mumkin. (O'zi ta'lim sohasidagi vakolatli tashkilotlar ko'pligidan aynan qaysi tashkilot nimaga mas'ulligini va vakolati qayerda boshlanib, qayerda tugashini bilish qiyin bo'lib qoldi^ vazirliklar, Ta'limni rivojlantirish markazi, Loyiha ofisi ... ). Iqtisodchi Otabek Bakirov bu taklifga "Yangi davrda yaratilgan yana bir yutug'imizni o'zimiz poymol qilyapmiz. Bu rejalar amalga oshsa, "Korrupsiya, oliy ta'limga xush qaytipsan" desak bo'ladi" deya munosabat bildirdi.

"Ta'lim to'g'risida"gi qonunga ko'ra, nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi. “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunda esa nodavlat ta'lim faoliyatini ikki bosqichli litsenziyalash nazarda tutilmagan. Umuman, litsenziyalash (shu jumladan ta'lim faoliyatini litsenziyalash) tartibining qonun (qonunosti hujjat emas) bilan belgilanishi - bu sohani qandaydir loyiha ofisi emas, balki qonun chiqaruvchilar, parlament hal qilishi kerakligini bildiradi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida esa parlament hokimiyatning musaqil uch tizimidan biri ekanligi belgilangan (qarang: 11- modda).

Umuman olganda, biron-bir sohani tartibga solish qonun asosida bo'lishini, buni ijro etuvchi organ emas, parlament hal qilishini belgilashdan maqsad - o'sha sohadagi qoidalarning barqarorligini, kimningdir xohish-istagi, fikri yoki taklifi bilan o'zgarib qolavermaslkigini ta'minlash. To'g'ri, bizning parlamentday har qanday tashabbusga "labbay" deb javob beradigan parlamentni topish qiyin bo'lsa kerak, lekin hech bo'lmaganda rasmi-rusumi uchun ham o'zimiz belgilagan "o'yin qoidalari" va rasmiyatchilikka o'zimiz amal qilaylik.

Darvoqe. "O'yin qoidalari"ga amal qilish haqida. Prezident Administrastsiyasi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi davlat muassasasi direktori (davlat xizmatchisi?), ochiq manbalarga ko'ra, "ta'lim sohasida yordamchi faoliyat" bilan shug'ullanadigan "Amu Edunovation" MCHJ ta'sischisi ekan. Qonunga ko'ra, davlat xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi mumkin emas. "O'yin qoidalari"? Nima edi u?
🤬10👍3
Oʻzbekistonda tibbiy taʼlim sifati, oliy taʼlimda soqol muammosi va gigiyena xorijiy talaba nigohida

Men Toshkent tibbiyot akademiyasining (TTA) 1-kurs talabasiman, Hindistondan. 2025-yil fevralda oʻqishga kirganman. Chin dildan bu juda yaxshi universitet bo‘ladi deb o‘ylagandim - arzon to‘lovlar, chet elda tibbiyot ta’limi, yaxshi muhit, shunday emasmi? Naqadar adashgan ekanman. Bu yerning sifati, ayniqsa biz kabi xorijiy talabalar uchun, mutlaqo rasvo.

Birinchidan, o‘qituvchilar ingliz tilini deyarli bilishmaydi. Hazillashayotganim yo‘q - koʻpincha ular xuddi Google Tarjimondan o‘qiyotgandek g‘o‘ldirashadi. Ularni tushunmay turib, tibbiyotni qanday o‘rganishimiz mumkin? Bizni 4 SOATLIK ingliz tili darslariga tiqishtirishadi - lekin qarang, men bu yerga alifbo va grammatikani o‘rganish uchun kelmaganman - anatomiya-chi? 1 soat 20 daqiqa, u ham kulgili. Hech narsa o‘rgatishmaydi. To‘g‘ri, o‘qituvchilar kelishadi, lekin shunchaki o‘tirib, darslikni ko‘rsatishadi va "Bu mavzuni oʻqinglar, o‘rganib kelinglar" deyishadi, xolos. Ba’zida darslar oxirgi daqiqada bekor qilinadi, "onlayn o‘tkaziladi" deyishadi, lekin hayratlanarli tomoni shundaki, onlayn dars hech qachon bo‘lmaydi. Biz o‘zimiz o‘qiyapmiz, ular esa maosh olib, o‘zlariga qulay paytda bizni e’tiborsiz qoldirishadi.

Dekanga kelsak. Bu kishi juda gʻalati. Tinmay soqollarimizni oldirishimiz haqida javraydi. "Vazirlik qoidalari" ekan-da, tushunaman, lekin bir oz bo‘shashsangiz-chi, aka - soqolim imtihondan oʻtishimga xalal bermaydi-ku. Dekan haqida gapiradigan bo‘lsak, undan foyda yo‘q. Hech qanday muammoni hal qilmaydi, faqat yotoqxonaning rasvosi chiqib yotgan bir paytda o‘zini katta rahbardek tutib yuradi. Ha, aytgancha, hind talabalari yotoqxonasi-chi? Juda iflos. Hammomlar omad kelsa oyda bir marta tozalanadi - hamma yoq mog‘or, quvurlar teshik, xullas ahvol chatoq. Yana bir gap: har ikki oyda kimdir qizamiq bilan og‘riydi, ularning "dohiyona" yechimi esa bizni qoramol podasi kabi safga tizib, tasodifiy emlash o‘tkazish. Bu yerda gigiyena degan tushuncha haqida eshitishmagan koʻrinadi.

O‘qitish sifati shunchalik pastki, nimadan boshlashni ham bilmayman. Professorlar darsga kelganda ham faqat slaydlarni o‘qib beradi yoki o‘zimiz o‘qishimizni aytadi. Ular bizga hech narsa o‘rgatmasa, qanday qilib yaxshi shifokor bo‘lamiz? Imtihonlar esa gʻirt masxarabozlik. Bizga 50 ta savol yozilgan PDF faylni berishadi, yodlashimizni aytishadi, keyin esa - mana senga kompyuterda test. Deyarli barcha savollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri oʻsha PDFdan olingan. Shunchaki yodlab, qaytarib imtihondan o‘tib ketaverasan. Imtihonlar juda oson, lekin buning nima foydasi bor? Men bu yerga xotira mashq qilgani kelmaganman - haqiqiy tibbiyotni o‘rganmoqchiman. Bu yerdan yarim chala shifokorlar chiqishidan hayron qolmasa ham boʻladi. Bu masxarabozlikni NMC India qanday tan olganiga aqlim yetmaydi. Kimdir bu holatni tekshirishi kerak.

(Davomini bu yerda oʻqishingiz mumkin)
👍15😱11😢4
"Oʻqituvchi degani - hamma narsani biladigan maʼlumotlar bazasi degani emas".

"Yangi Oʻzbekiston" nashri pedagog kadrlar attestatsiyasidan norozi oʻqituvchilarga mikrofon tutibdi. Videoda oʻqituvchilar test topshiriqlari sifatini, validligini shubha ostiga olishdan tashqari, X-variantlar tarqalganini ham iddao qilishgan. Attestatsiya masalasi bugun kechki payt MY5 telekanalida efirga uzatiladigan "Gapiring" koʻrsatuvida ham muhokama qilinishi aytilmoqda. Oldinroq "Ozodlik" radiosi ham attestatsiya atrofidagi mojarolarga eʼtibor qaratgan edi. Attestatsiya natijalaridan norozi oʻqituvchilar maxsus guruhlar ochishmoqda, prezident portali va OAVlarga murojaatlar yoʻllashmoqda. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi esa bilvosita oʻqituvchilarning oʻzini bilimi pastligida ayblash va apellyatsiya shikoyatlariga shablon javoblar yuborish bilan cheklanmoqda.

Pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun test topshiriqlarini tuzish Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markaziga yuklatilgan. Bu markaz taʼlim tizimi uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqargan va ota-onalarning maxsus petitsiya bilan chiqishiga sabab boʻlgan "yangi baholash tizimi"ni ham joriy qilgan edi.
🔥14👍6
Assalomu alaykum. Sizdan bir narsani soʻramoqchi edim. Men bu yil universitetlarga hujjat topshiraman, oʻqishga topshirishmoqchi boʻlgan universitetlarim orasida xususiylari ham bor. Xususiy universitetlar oʻzlarini saytlarida litsenziyasi haqida maʼlumot koʻrsatib qoʻygan. Savolim shundan iboratki, universitetlarning litsenziyasi haqiqiy ekanligini va ular oʻqitayotgan sohalarining ruxsatnomasi borligini qayerdan tekshirsam boʻladi?
(Eshitishimcha universitetlar oʻzini litsenziyasidan tashqari, taklif qilayotgan sohalarini ham ruxsatnomasi boʻlishi kerak. Oʻqitayotgan sohasini ruxsatnomasi boʻlsa keyinchalik agar universitetning litsenziyasi bekor qilinsa, oʻqitayotgan sohalarining ruxsatnomasi boʻlgani uchun talabalar boshqa universitetga koʻchirilishi mumkin ekan. Agar universitetning oʻqitadigan sohalarini ruxsatnomasi boʻlmasa universitet litsenziyasi bekor qilinganda, universitetda oʻqiyotgan talabalar boshqa universitetga koʻchirilishi mumkin boʻlmas ekan(adashayotgan boʻlishim mumkin)) Javob uchun oldindan rahmat.


Qayta aloqa botiga shunday savol kelib tushibdi. Albatta, abituriyent oʻqish uchun OTM tanlayotganda nodavlat OTMning litsenziyasi borligini tekshirib koʻrish juda muhim. Mana bu rasmiy saytda Oʻzbekistondagi barcha OTMlar, shu jumladan, nodavlat va xorijiy OTMlar roʻyxati keltirilgan. Saytdagi ma’lumotlar real vaqt rejimida HEMIS axborot tizimidan olinishi aytilgan. Agar sizni qiziqtirayotgan OTM shu roʻyxatda boʻlsa - uning litsenziyasi mavjud va bu OTM qonuniy ishlayotganidan xavotir olmasangiz ham boʻladi.

Murojaatda soʻralgan ikkinchi masala - nodavlat OTM oʻqitayotgan yoʻnalish "ruxsatnomasi"ga kelsak, OTM litsenziyasida OTMga oʻqitish uchun ruxsat berilgan yoʻnalishlar koʻrsatilgan boʻladi. "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonunga koʻra (qarang: 37-modda), nodavlat OTM oʻz saytida litsenziyani eʼlon qilishi kerak - saytdagi litsenziyasiga qarab uning qaysi yoʻnalishlarni oʻqitishga ruxsati borligini bilib olsangiz boʻladi.
👍8
Neojadidlar oʻzbek tilining izohli lugʻatiga yangi soʻz (aniqrogʻi, soʻzning yangi maʼnosi) taklif qilishmoqda. Menda ham boshqa bir yasama soʻzga yangi maʼno boʻyicha taklif bor edi-ku, mayli indamadim.
🔥5🤯2
S'ils n'ont pas de pain ? Qu'ils mangent de la brioche!

Ijtimoiy va iqtisodiy muammolardan zada boʻlgan xalqqa nepotizm glamurini bot-bot reklama qilish unchalik ham samarali emasligini tushunish uchun axborot siyosati boʻyicha professor boʻlish shart emas shekilli.
🔥9👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Attestatsiya bilan bogʻliq muammolar MY5 telekanali "Gapiring+" koʻrsatuvida
🔥14👍3