Jalilov. Qaydlar
4.1K subscribers
1.44K photos
17 videos
22 files
2.27K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Forwarded from Farengeyt Press
“Farengeyt Press” nashriyoti “Usborne” (Britaniya) nashriyotining o‘smirlar uchun 16 kitobdan iborat “Boshlang‘ich saboqlar” (For Beginners) turkumini o‘zbek tilida chop etish bo‘yicha ilk qadamni qo‘ydi. Dastlabki bosqich o‘laroq turkumdagi 6 ta kitob – “Pul”, “Iqtisodiyot”, “Kimyo”, “Fizika”, “Matematika” va “Biologiya”ni o‘zbekchaga o‘girish uchun tarjima huquqi olindi. Keyingi bosqichda mazkur turkumdagi siyosat, huquq, ekologiya, falsafa va sun’iy intellektga daxldor kitoblarni ham o‘zbekzabon bolalar uchun nashrga tayyorlash rejalashtirilmoqda.

Kitoblar 10+ yoshdagi oʻsmirlar uchun moʻljallangan boʻlsa-da, mavzuga qiziqadigan katta yoshdagi auditoriya uchun ham manfaatli boʻlishi mumkin.

#usborne
#boshlangich_saboqlar
#for_beginners
#tarjima_huquqi

Telegram | Facebook | Instagram | X
👍27🔥9
O'qituvchilar attestatsiyasini ilmiy asosda yo'lga qo'ya olmagan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi pedagog kardlarni tayyorlashga mas'ul bo'ladi

"O‘zbekistonda maktabgacha va maktab ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimiga yagona yondashuv joriy etish" maqsadida pedagogika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta'lim muassasalari, shu jumladan, "trasnsformatsiya" qilinayotgan Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimiga o'tkaziladi, vazirlik "yagona konseptual yondashuv asosida oliy ma'lumotli pedagog kadrlar siyosatini yuritish" va "pedagogika sohasida ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish"ga mas'ul bo'ladi.

Qizig'i, pedagogika sohasida "ilmiy tadqiqot"ni rivojlantirishni zimmasiga olayotgan vazirlikning shu paytgacha ta'lim sohasida olib borayotgan "islohotlar"ida ilmiy asoslangan yondashuvni ko'rmaysiz. Pedagog kadrlar attestatsiyasi testlari testologiya ilmining validlik talablariga javob bermagani uchun o'qituvchilar noroziligi mahalliy va xorijiy OAVlargacha yetib bordi, vazirlik esa deyarli bir xil shablondagi javoblar (ko'rsatuvlarda ham, apellyatsiya shikoyatlariga javoblarda ham) bilan cheklanmoqda.

Vazirlik zo'r berib joriy qilayotgan "yangi baholash tizimi" ham ilmiy asoslanmagani uchun ta'lim tizimida jiddiy muammolarni keltirib chiqardi va ota-onalarni maxsus petitsiya bilan murojaat qilishga majbur qildi. Vazirlik katta ehtimol bilan joylarda o'qituvchilarni petitsiyaga qarshi ovoz berishga va trollikka majburlaganiga qaramasdan, petitsiya eng yuqori instansiyada ko'rib chiqilishi uchun yetarli ovoz yig'di.

Ta'limning boshqa fundamental muammolari ham o'z yechimini topgani yo'q: nafaqat ilm-fan, balki oddiy mantiq "otdan oldin arava" bo'lmasligini, oldin o'quv dasturlari masalasi hal qilinib, keyin tasdiqlangan o'quv dasturlari asosida darsliklar yaratilishini aytib tursa ham, vazirlik "kasha"si chiqib yotgan o'quv dasturlarini "takomillashtirib" yotibdi va hali dasturlar bo'yicha to'xtamga kelmasdan turib, darsliklarni yangilab yotibdi. PISA tadqiqotlarining yangi sikli boshlanmoqda, lekin hali oldingi tadqiqot natijalari ko'rsatib bergan fundamental muammmolar hal qilinishi uchun biron-bir qadam tashlanmadi, bu muammolarni hal qilishni boshlash u yoqda tursin, hatto PISA natijalari bironta tuzukroq matbuot anjumani ham o'tkazilmadi, milliy hisobot ham e'lon qilinmadi.

Endi ilmiy asoslanmagan "islohotlar" navbati oliy pedagogik ta'limgami?
👍20🔥2
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan validlik talablari buzilgan test topshiriqlariga misollar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish boshqarmasi boshligʻi Sardor Rahimboyev "Yangi Oʻzbekiston" nashriga intervyu bergan pedagoglarning e'tirozlardan biriga javob berish maqsadida o'z telegram kanalida ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari attestatsiyasida ishlatilgan test topshiriqlari namunalari va o'qituvchi e'tirozlariga ekspetning javobini e'lon qilibdi.

Qizig'i, Sardor Rahimboyev keltirgan misollar attestatsiyada ishlatilgan testlarning validlik talablariga javob bermasligini tasdiqlaydi. Testologiyada test topshiriqlarini tuzishga talablar bor - ularga rioya qilmaslik testning validligini jiddiy shubha ostiga qo'yadi. Shunday qoidalardan biri - yopiq test topshirig'ining o'zagida (savolida) test topshiruvchidan faqat bir narsa so'ralishi kerak. Sodda qilib aytganda, bitta yopiq test topshirig'iga bir nechta savolni (masalani, muammoni) kiritish mumkin emas. (Qarang, masalan: 1, 2, 3) Sardor Rahimboyev keltirgan misollarning har ikkisida ham bu qoida buzilgan.

O'sha gap: test topshirig'ining mazmun jihatdan toʻgʻriligi hali testning validligini anglatmaydi. Validlik talablariga javob bermaydigan testlar asosida xulosalar chiqarish va qarorlar qabul qilish mumkin emas.
🔥16
Yana attestatsiya testlari validligi haqida

"Ushbu rasm boshlanĝich sinflar tarbiya darsligining milliy hunarmandchiligimizga oid mavzuda keltirilgandi. Attestatsiyaga tayyorlanayotgan ustozlar har ehtimolga qarshi deb qaysi lagan qaysi viloyatga tegishliligini bilib qo'yaylik deb,naqshlariga qarab,yod olishgandi. Bugun shu savol tushibdi. Buni qarangki,savol qaysi laganlarning rangi berilib( hech yo'qsa,o'zini rasmi ham emas),qaysi viloyatga tegishli ekanligini moslashtirish tushibdi. Judayam mantiqsizlik".

Manba
😱17🤬13🤯5👍2
Imtiyozlilarga yana imtiyoz

“El-yurt umidi” jamg‘armasi va Davlat boshqaruvi akademiyasi nomlari o‘zgargan holda qayta tashkil etiladi, stipendiya berish va stajirovka tartibi o‘zgaradi.

Xabar berilishicha,

TOP-20 talikdagi universitetlar bakalavriatiga 50 foiz grant asosida qabul qilingan prezident maktablari bitiruvchilariga stipendiyalar tanlovlarsiz ajratiladi.


Shundoq ham "oddiy" maktablardan "qisilgan" mablag'lar hisobiga imtiyozli sharoitlarda o'qiydiganlarga yana imtiyoz. Konstitutsiyadagi tenglik haqidagi normalar nima bo'ldi?
🤔12😢6🔥4👍3
HBOning "Chernobil" serialini ko'rganmisiz? Serialning "slogan"i (shoiri) "Yolg'onlarning narxi qancha?" ("What is the cost of lies?") edi. Nazarimda, serialdagi asosiy mujda - halokatga olib kelgan va hakolat sodir bo'lgandan keyingi yolg'onlarning qiymati edi. Va bu qiymat - shunchaki vayron bo'lgan binolar yoki zararlangan hududlar narxi emas, balki zavol bulgan inson umrlari edi. Reaktorning tannarxini arzonlashtirish uning texnologik xususiyatlariga ta'sir qilgani haqidagi ma'lumot injenerlardan yashiriladi, bu esa halokatga olib kelgan omillardan biri edi. Halokat sodir bo'lgandan keyin haqiqiy ahvol mamlakatning o'z aholisidan va xalqaro hamjamiyatdan yashiriladi, natijada radiatsiya tarqalib yotgan bir paytda bolalar ko'chalarda o'ynab yurishadi, chet eldan halokat oqibatlarini bartaraf qilishga yordam berish uchun yuborilgan robot esa buzilib qoladi - chunki u ancha kamroq radiatsiya dozasiga mo'ljallangan edi.

Kecha Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konida yana portlash yuz berdi. Gazeta.uz boysunliklarning o‘zidan fikr olishga harakat qilib ko‘rdi.

Bu gaz, uning hidi yosh bolalar, qariyalarga jiddiy zarar keltiradi, deyishyapti, bunga aniq izoh beradiganlar bormi? Hozir xalq gapirishdan qo‘rqib qolgan, biror narsa desangiz, darrov 15 sutkaga qamab yuborishadi, lekin mana bunday hollarda rasmiylarning o‘zi mum tishlab o‘tiribdi, afsus. Gazni ochganidan keyin gazning boshiga kelsin-da mas’ullar ham.


Demokratik, huquqiy, ijtimoiy davlatda yashayapmiz-ku, nega hammaning huquqlari teng ta’minlanmaydi? Yoki Boysun xalqi O‘zbekistonga kerak emasmi, bizlar begonami yo? Bizdan nimani yashirishyapti?


Jurnalist Ilyos Safarov yozmoqda:

Odamlarni shuningdek, vaziyat yuzasidan aniq, ishonchli ma’lumot e’lon qilib turilmayotgani, xavfsizlik yuzasidan tavsiyalar berilmayotgani (o'zing uchun o'l yetim qabilida) va matbuotga gapirganlarga nisbatan bo'layotgan kuchli bosimlar qiynamoqda.


Meni esa anchgadan beri bir savol qiynayapti. Gaz konini eplay olishmaydigan, haqiqiy ahvol haqidagi ma'lumotlar aholiga yetkazilmaydigan bir sharoitda atom stansiyasi qurish ... qanchalik o'zini oqlaydi?
👍27🔥7
Taʼlim sifatini taʼminlash bilan taʼlim menejmentini, pedagogikani mutaxassis sifatida oʻrgangan, taʼlim sifati boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borgan mutaxassislar shugʻullanishi kerak. Bu - har qanday menejer boshqara oladigan soha emas. Aks holda jarayon teskari samara beradi.
👍41👏3🔥1🤬1
Oliy taʼlimda sirtqi taʼlim oʻrniga "part time" taʼlim joriy qilinadi

Bugun eʼlon qilingan Taʼlim sifatini taʼminlash agentligi tuzish haqidagi farmonda bir qiziq narsa koʻzda tutilgan. Sirtqi taʼlim shakli tugatilib, oʻrniga muqobil taʼlim shakllari, xususan, part time taʼlim joriy qilinadi.

Part time nima degani? Kredit tizimi asosida ishlaydigan oliy taʼlim tizimida akademik darajani (bakalavr, magistr) yoki ilmiy darajani olish uchun maʼlum bir kreditlar sonini yigʻish kerak. Masalan, siz bakalavriatda full time oʻqiyotgan talaba boʻlsangiz, bu kreditlarni yigʻish va diplom olishingiz uchun uch (yoki toʻrt) yil ketadi. Part time talaba esa oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib bir semestrda kamroq fan oʻqiydi (va kamroq kredit yigʻadi), shuning hisobiga u full time oʻqiyotgan talabadan koʻra uzoqroq muddatda diplomini oladi.

Oliy taʼlimning part time shakli boshqa majburiyatlari ham bor (masalan, ishlaydigan, oilali) talabalar uchun qulay va shu bilan birga oʻqish jarayoni full time bilan bir xil (talaba bir semestrda oʻzlashtirayotgan fanlar sonini hisobga olmaganda) boʻlgani uchun, sifatni nazorat qilish imkonini beradi.

Masalan, men oʻqigan UCL universitetida "Taʼlimda baholash" (testologiya) yoʻnalishi boʻyicha magistraturani full time oʻqib bir yilda yoki part time oʻqib ikki yilda olish imkoniyati bor.
🔥14👍5