Jalilov. Qaydlar
3.88K subscribers
1.42K photos
17 videos
22 files
2.25K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
"Dolzarb 90 kun" qanday o'tmoqda?

"Ozodlik"ning O'zbekiston va jahonda bo'layotgan voqealarga bag'ishlangan kundalik "OzodNews" axborot dasturining kechagi - 25 iyun sonida jurnalistlar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining "Dolzarb 90 kun" tadbiri haqida tahliliy material tayyorlashibdi. Jurnalistlar suhbatlashgan manbalarning iddao qilishicha, "dolzarb 90 kun" tadbiri pedagoglarning Mehnat kodeksida belgilangan dam olishga bo'lgan huquqlarini buzish, asosan rasmga tushib, hisobotlar qilish va ko'zbo'yamachiliklar bilan o'tmoqda, ko'p maktablarda yozning issig'ida bolalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish uchun sharoitlar ham mavjud emas. "Ozodlik" jurnalistlari suhbatlashgan sobiq O'zbekiston parlamenti deputati, yozuvchi Jahongir Muhammadning fikricha, bunday tadbirlarning ildizi davlatning hamma sohani nazorat qilish istagiga borib taqaladi va real samara bermaydi.
Hindistonda tug'ilgan Amerikalik jurnalist va tahlilchi, CNN telekanalidagi siyosiy-tahliliy ko'rsatuv muallifi, "The Washington Post" gazetasi kolumnisti, Yel va Harvard universitetlari bitiruvchisi Farid Zakariyaning "Erkin ta'lim himoyasida" kitobini o'qiyapman. Muallif ko'pchilik asosiy e'tiborini axborot texnologiyalari, biznes singari "amaliy" ("tezroq pul keltiradigan") sohalarga qaratayotgan bir paytda liberal (erkin) ta'limning ahamiyati haqida fikr yuritadi.

Stiv Jobsning iPad'i yoki Zakerbergning Facebook'i yoki Google nima uchun global miqyosda muvaffaqiyatga erishdi? Nima uchun PISA singari xalqaro tadqiqotlarda Singapurday unchalik ham hayratlanarli natijalarni ko'rsatmaydigan Amerika kreativ iqtisodiyot va texnologiyalarda yetakchi? Umuman, Bilim iqtisodiyotidan Yaratuvchanlik iqtisodiyotiga o'tish uchun nimalarga e'tibor berish zarur? Tobora o'zgaruvchan bo'lib borayotgan, biz bilgan ko'p kasblar yo'qolib borayotgan dunyoda raqobatbardosh bo'lish uchun nimalar kerak?

Muallifning bu savollarning javobini liberal ta'limdan va u insonga bera oladigan (va afsuski, bizning ta'lim tizimimiz - na maktab va na oliy ta'lim - bermayotgan) uch muhim ko'nikmadan qidiradi. Agar bu qaysi ko'nikmalar ekanligi va liberal ta'limga qanday aloqasi borligi sizni qiziqtirsa, kitobni o'qib chiqishni tavsiya qilaman.

Qizig'i, kitob esse (essay) janrida (biz ko'proq o'rgangan badiiy esse emas) yozilgan. Bilishimcha, o'zbek tilida bunday janrdagi kitoblar deyarli tarjima qilinmagan va "Tirilish" nashriyotining bu boradagi jur'ati ham alohida e'tiborga sazovor. Kitobni qog'oz formatda kitob do'konlaridan so'rashingiz, elektron yoki audio formatni ma'qul ko'rsangiz - "Mutolaa" ilovasida sotib olishingiz mumkin.
Bugun oxirgi yillarning eng shov-shuvli seriallaridan biri - "Kalmar oʻyini" oxirgi, 3 fasli namoyishi boshlandi.

Shunchaki qiziq. Serial joylashtirilgan Oʻzbekiston onlayn platformalari uni namoyish qilish huquqini "Netflix"dan sotib olganmi? Yoki ... qaroqchilikmi?

Maʼlumot oʻrnida. Oʻzbekiston mualliflik huquqining himoya qilinishini nazarda tutuvchi Bern konvensiyasiga qoʻshilgan.
Nazarimda, "Kalmar oʻyini" serialining muvaffaqiyati sabablari uning faqat survival games (omon qolish) janridagi qiziq kino asar ekanligida emas. Film Janubiy Koreya jamiyatidagi qatlamlar oʻrtasida katta jarlik borligini va bunday jarlik nimalarga olib kelishi mumkinligini koʻrsatgan. Bir tarafdan, har qanday koʻngilxushlikka qurbi yetadiganlar, bir tarafdan tirik qolish uchun har narsaga tayyorlar.

Lekin "Kalmar oʻyini" bu mavzuga qoʻl urgan yagona kino asar emas. "Oskar" olgan "Parazitlar" ham boylar va kambagʻallar oʻrtasidagi qarama-qarshilikka asoslangan edi. "Netflix"ning yana bir qiziq seriali - "Karma" ("Taqdir") ham shu mavzuda. "Karma"ning yana bir qiziq jihati - olti bir-biriga begona kishilar taqdirining ajabtovur tarzda kesishishi. Koʻrmagan boʻlsangiz, tavsiya qilaman.
"Kalmar oʻyini" hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova olib borayotgan taʼlim siyosati oʻrtasida qanday bogʻliqlik bor deb oʻylaysiz?

Oʻylab koʻring. Oʻzimning javobimni serialning 3 faslini koʻrib boʻlgach yozaman. Oʻz qoldi ...
Forwarded from Fikrlar Ulashuğı
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Fikrlar Ulashuğı
Jalilov. Qaydlar
Ular "Kalmar O‘yini" maydonlari — puxta tanlab olingan ishtirokchilar uchun yarqiragan sahnalardir. Kirish imkoniyati bor, ammo juda past, sara o'quvchilar guruhi uchun, ko‘pincha allaqachon imtiyozli, resurslar va test tayyorgarligiga ega oilalardan kelgan yoshlar uchun. Qolganlari-chi? O‘z milliy tizimlarida shunchaki tomoshabinlar, xolos.

🎭 Voqelikdan chalg‘itish
"Kalmar O‘yini" o‘z ishtirokchilarini ko‘zni qamashtiruvchi chiroqlar va qutulish umidi bilan chalg‘itgani kabi, PIIMA ham ramziy g‘alabalar bilan jamoatchilikni chalg‘itadi. Bitta Prezident maktabi muvaffaqiyatga erishadi va bu boshqa hamma joyda tizimli harakatsizlikni oqlash uchun ishlatiladi. Shu orada, qishloq maktablari xarobaga aylanadi, o‘qituvchilar toliqib chiqib ketadi va tengsizlik yanada chuqurlashadi.

⚙️ Tizimni qayta ishlab chiqarish, o‘zgartirish emas
PIIMA tizimni buzib tashlamaydi — aksincha, uni mustahkamlab boraveradi. U mukammallikni ommalashtirish o‘rniga, uni toza, elitar doiralarga ajratib qo‘yadi — davlat maktablarini chetda qoldiradi. U mohiyat emas, balki mavqe eksportchisiga aylanadi.

IV. Yashirin Tovon: "O‘yinchilar"ga nima bo‘ladi?
"Kalmar O‘yini"da "g‘alaba qozonish" juda qimmatga tushadi: o‘yinchilar axloqini, munosabatlarini va qadr-qimmatini yo‘qotadilar. Xuddi shunday, O‘zbekiston ta’lim tizimidagi o‘yinda:

O‘quvchilar hamkorlik qilishga emas, balki raqobatlashishga o‘rgatiladi.

O‘qituvchilar ziyolilar sifatida ko'rsatilmaydi, mahsulot sifatida baholanadi.

Maktablar isloh qilinmaydi, faqat reytingga kiritiladi.

Tovoni-chi? Muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqib ulg‘aygan, yuzaki ko‘rinishga ruju qo‘ygan va o‘z taqdirini belgilovchi tizimli tuzilmadan bexabar bo‘lib ulgurgan butun bir avlod.

V. Arena tashqarisidagi umid: siklni buzish
Biroq, hammasini yo'qotganimiz yo'q. "Kalmar O‘yini" bosh qahramon tizimdan yuz o‘girishi, o‘yin tashkilotchilarini anglamaguncha va ularga qarshi chiqmaguncha mukofot pullarini sarflamaslikka qaror qilishi bilan yakunlanadi.

Xuddi shunday, O‘zbekistonlik o‘qituvchilar, talabalar va siyosatchilar ham o‘zlariga quyidagi savollarni berishlari lozim:

Bizning ta’lim tizimimizni kim loyihalashtirmoqda?

Kim uchun u haqiqatan ham "chegara bilmas"?

Biz qanday fuqarolarni tarbiyalayapmiz — shunchaki "o'yinchilar"nimi yoki fikrlovchilarnimi?

Oldinga yo‘l

—Siyosat ishlab chiqishda hokimiyatni markazsizlashtirish — islohotlarni o‘qituvchilar va jamoatchilik boshqarsin.

—Ko‘zbo‘yamachilik ta’limini tugatish — elita resurslarini davlat sektori bo‘ylab taqsimlash.

—Muvaffaqiyatni qayta ta’riflash — raqobat emas, balki hissa qo'shish sifatida.

VI. Yakuniy mulohaza

Agar biz ta’limni maktablar, o‘qituvchilar va buyrokratlarning omon qolishi bilan bog'lab qo'ysak, demak, biz allaqachon mag‘lub bo‘lgan bo'lamiz.
O‘zbekistonga "Kalmar O‘yini" tizimi emas, balki har bir bolaga — faqatgina eng zo‘r 1%ga emas — xayol qilish, xavfsiz xato qilolish va rivojlanish imkoniyatini beradigan adolatli sinfxona muhiti kerak.

Bizga g‘olib kerak emas.
Bizga yaxshiroq "o‘yinlar", yaxshiroq maktablar va yaxshiroq kelajak yaratuvchi dizaynerlar avlodi kerak.

Muallif izohi:
Ushbu maqola Uftada.NSS tanqidiy vatandoshlik mulohazalari turkumining bir qismi hisoblanadi. Agar siz bunday g‘oyalar bilan tanishishni, ularni muhokama qilishni yoki muloqot maydonlarida foydalanishni istasangiz, bemalol murojaat qilishingiz yoki erkin iqtibos keltirishingiz mumkin. Ta’lim — bu tomosha emas, balki axloqiy majburiyatdir.
"Kalmar oʻyini": bu raqamlardan magʻrurlanish yoki xursand boʻlish emas, xavotirga tushish kerak

Ixtisoslashgan taʼlim muassasalari agentligi oʻz tizimidagi maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar statistikasini eʼlon qildi. Prezident maktablariga bir oʻringa - 148 talabgor, tengsizlikning yana bir oliy namunasi boʻlmish, oʻquvchi maktab bilimi bilan kirmasligi aniq boʻlgan Al-Beruniy maktabiga - bir oʻringa 103 talabgor. Qolgan maktablarga ham bir oʻringa kamida bir necha oʻn talabgor.

Eʼtibor bersangiz, agentlik rasmiy kanalida bu statistikani eʼlon qilar ekan, sarlavhada bir oʻringa talabgorlar sonidan keyin undov belgisini ishlatgan. Va post sarlavhasida ishlatilgan koʻzlari charaqlab turgan stikerga ham eʼtibor bering. Men buni his-hayajon, xursandchilik, magʻrurlanish belgisi sifatida qabul qildim.

Aslida-chi, bu quvontiradigan raqammi? Mamlakatning har yuzdan oshiq oʻquvchisidan faqat bittasi "elitalik"ka munosib koʻrilib, unga oʻsha "elitalik"ka munosib koʻrilmaganlar hisobidan hamma sharoitlar muhayyo qilinishi, qolganlar aksar hollarda elementar sharoitlari yoʻq, bir necha smenali maktabda oʻqishga majbur boʻlishi - tanangizga oʻylab, vijdonan oʻzingizga oʻzingiz javob beringchi, undov belgisi ishlatadigan holmi?

Umumiy oʻrta taʼlim - "yo sen boshqalarni, yo boshqalar seni" tamoyili amal qiladigan "kalmar oʻyini" boʻlishi kerak emas. Bu yoʻl bizni "porloq kelajak"ka olib bora olmaydi. Orzudagi Oʻzbekistonda umumiy oʻrta taʼlim "kalmar oʻyini" boʻlmasligi kerakligini, oʻquvchilar - stavka qilinadigan poyga otlari emasligini tushunmaydiganlar taʼlim tizimini boshqarmasligi kerak.
Bolalikdanoq hayotni omon qolish jangi (survival game) hisoblaydiganlar avlodi

Yuqoridagi postga Prezident (yoki ixtisoslashtirilgan?) maktablarining oʻquvchilari (bitiruvchilari?) qanday izohlar qoldirayotgani bilan bir qiziqib koʻrishni masalat beraman.

"Dunyo- musobaqa" deb Harvardga kirish qiyinligini misol keltirishlar. Yoki "omon qolish uchun kurash qoʻlidan kelmasa mahallasidagi maktabda oʻqiyversin, nima muammo" qabilidagi izohlar.

Bular "oltin fond" deb, boshqa maktablar hisobidan hamma sharoitlarni muhayyo qilib, "qora xalq" oʻqiydigan maktablarga ijozat berilmaydigan dabdabali bitiruv oqshomlari qilib berib haqiqatdan ham oʻzini "elita", boshqalarni "qora xalq" sanaydigan, omon qolish uchun "kalmar oʻyini" hali maktabdan boshlanishini norma hisoblaydigan avlodni shakllantirib boʻldik shekilli.

Jamiyatni bolalikdan ikki qutbga ajratish juda xavfli. Bu - "Zumrad va Qimmat" siyosatini olib borayotgan Umarova va uning jamoasi buning oqibatlarini tasavvur ham qilmayotgan boʻlsa kerak.
"Kalmar oʻyini" hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova olib borayotgan taʼlim siyosati oʻrtasida qanday bogʻliqlik bor deb oʻylaysiz?

Bu savolga oʻzimning javobimni bermoqchiman. Koʻpchilik oʻz fikrini bildirib boʻldi (postga izohlarda, boshqa kanallarda, X tarmogʻida) va men aytmoqchi boʻlgan koʻp narsalar aytib boʻlindi. Shuning uchun javobim qisqa boʻladi. Men nazarimda eng asosiy boʻlgan ikki oʻxshashlik va bitta muhim farqni keltiraman.

Oʻxshashliklar:

1. "Kalmar oʻyini"ning janri - "omon qolish oʻyinlari" (survival games). Juda koʻpchilik ichidan juda kamchilik omon qoladi. Magʻlub boʻlganlarning resurslari omon qolganlar foydasiga qayta taqsimlanadi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi olib borayotgan siyosat ham "omon qolish oʻyini"ga oʻxshaydi. Bir necha oʻn, hatto bir necha yuz "magʻlub"ning resurslari bitta "gʻolib" foydasiga qayta taqsimlanadi. Eng achinarlisi, vazirlik ham bunday ayanchli statistikani xursandchilik, gʻurur bilan eʼlon qiladigan, hatto bolalar ham davlatning fuqarolar oldidagi burchi, majburiyati boʻlgan sifatli, har bir oʻquvchining iqtidorini yuzaga chiqarishi kerak boʻlgan umumiy oʻrta taʼlimning "omon qolish oʻyini"ga aylanishini normal holat deb biladigan jamiyatga yetib keldik.

2. "Kalmar oʻyini"da bu tomosha VIP mehmonlar uchun edi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining bu "tomoshasi" ham VIP tomoshabin uchun. Maqsad - oʻsha tomoshabinning koʻzini quvontirish, goʻyoki "samara berayotgan islohotlar" illyuziyasini hosil qilish.

Va eng asosiy farq:

"Kalmar oʻyini" - bu fiction (oʻylab topilgan narsa, xayolot). Qanchalik ishonarli, taʼsirli boʻlmasin, xayolot. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi siyosati - reallik. Qanchalik zararli boʻlmasin, reallik. Bunday siyosat bilan vaqti kelib "Kalmar oʻyini" ham bizda reallikka aylanmasligiga kimdir kafolat bera oladimi?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandning tarixiy merosi faqat Registon, Go'ri Amir yoki Shohi Zindadan iborat deb o'ylasangiz, adashasiz. Samarqandda XIX asr 2-yarmi - XX asr boshlarida qurilgan hamda Yevropa va Osiyo me'morchilik an'analarini o'zida mujassamlashtirgan ko'plab ajoyib inshootlar bor. Ular sizni xuddi vaqt mashinasidek 1-2 asr ortga qaytarishi mumkin.

Inqilobdan oldingi Samarqand bo'ylab Gazeta.uz bilan sayr qiling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Til va adabiyot ta’limi" jurnali o‘zbek tilida faoliyat yuritadigan eng yaxshi muharrirlar 20 taligini e’lon qilibdi. O'zbek tilining rivoji, o'zbek tilida sifatli kontentning ko'payishida muharrirlarning o'rni beqiyos.

Menda ro'yxatdagi ayrim muharrirlar bilan birga ishlash imkoniyati bo'lgan. Masalan, Xurshid Ibrohim bilan Milliy o'quv dasturi asosidagi o'rta maktablar uchun "Adabiyot" darsliklarini yaratishda birga ishlaganmiz, qolaversa, 2024-yilda chiqqan (f.f.d. Zulxumor Mirzayeva bilan hammualliflikda) "Adabiyot o'qitish metodikasi" darsligimizni muharrir sifatida o'qib bergan. "Akademnashr"dagi Abdulla Sharopov "Baholash nazariyasi asoslari" kitobimga muharrirlik qilganlar. Orif Tolib bilan esa doktoranturada birga o'qiyapmiz. Haqiqatdan ham o'z ishlarining professionallari - ularni (va ro'yxatga kirgan boshqa o'z ishining ustalarini) e'tirof vilan tabriklayman!

Yaxshi muharrirlar ham, o'zbek tilida sifatli kontent ham ko'payaversin!