"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sirdaryo #Mobil_reportaj

КОРХОНАДА КООПЕРАЦИЯ АЛОҚАЛАРИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ.
МАҲАЛЛИЙЛАШТИРИШ ДАРАЖАСИ ОШГАН

Ишчи гуруҳининг Сирдарё вилоятидаги ўрганишлари давомида "Сирдарё Элтехсаноат" корхонасида бўлишди.

Корхонада бугун электр чойнак ва соч қуритиш учун фен маҳсулотлари ишлаб чиқарилмоқда. Уюшма кўмаги билан корхонага шу кунгача четдан импорт асосида кириб келган электрга уланиш кабель шнурлари ўзимизнинг "Еврокабель" корхонаси томонидан кооперация асосида етказиб берилмоқда.

Корхона майда маиший техника ишлаб чиқаришни кенгайтириш ниятида. Бозор талабидан келиб чиқиб, янги турдаги маҳсулотлар ўзлаштирилиши режалаштирилган.

@uzeltexsanoat
➡️ #Prezident #Sirdaryo #tashabbus

📣 DAVLATIMIZ RAHBARINING SIRDARYO VILOYATIDA INNOVATSION TEXNOPARKLARNI RIVOJLANTIRISHGA OID TASHABBUSI:

🔊 "... Ikkinchi tashabbus - viloyatning 11 ta tuman va shahri Xitoy modeli asosida sanoatga ixtisoslashadi, har birida innovatsion texnoparklar tashkil qilinadi. Ularda:

➡️ elektrotexnika, biofarmatsevtika, kimyo, qurilish materiallari, ipak va oziq-ovqat sanoatida innovatsion loyihalar amalga oshiriladi;

➡️ erkin iqtisodiy zona maqomi beriladi va “bojxona hududida qayta ishlash” rejimining soddalashgan tizimi joriy qilinadi;

➡️ ishlab chiqarish binolari namunaviy loyihalar asosida qurilib, tadbirkorlarga “sanoat ipotekasi” orqali tayyor holda beriladi;

➡️ joriy yilda texnopark infratuzilmasiga 200 milliard soʻm ajratiladi.

➡️ Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Sirdaryoda Oʻzbekiston-Xitoy investitsiya jamgʻarmasi tashkil etiladi. Bu jamgʻarma Xitoyning nufuzli Ipak yoʻli fondi va boshqa moliyaviy tashkilotlari bilan birga tashkil qilinadi. Jamgʻarmaga 1 milliard dollar sarmoya olib kelinadi."

🟢 MANBA»

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
🌐 Facebook 🌐 Telegram 🌐 Instagram 🔻 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#taqdimot #sirdaryo

🟩🟩🟩🟩

⚡️SIRDAYRO - TARG'IBOT TADBIRLARINING NAVBATDAGI MARKAZI BO'LDI

📝Sirdaryo viloyati Guliston shahri hokimligi binosida isitish qozonlari, quyosh suv isitgichlari, gaz taqsimlash punkti (GTP) targ'ibotlariga oid seminar o‘tkazildi.

📝Uchrashuvda "O'zeltexsanoat" uyushmasi mas'ul xodimlari, "Texnopark” korxonasi mutaxassislari, ijtimoiy soha vakillari, issiqxona xo‘jaliklari, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar va boshqa tadbirkorlik sub’yektlari, mahalliy hokimiyat organlari vakillari ishtirok etdilar.

📝Ushbu taqdimot ko'rinishidagi uchrashuvda boshqa viloyatlarda bo'lgani kabi isitish qozonlari, quyosh suv isitgichlari, gaz taqsimlash punktlariga oid barcha ma'lumotlar yig'ilganlarga atroflicha tushuntirildi.

📝Batafsil

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Sirdaryo #yarmarka

⚡️ Sirdaryoda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o’z ishini boshladi

➡️ Ayni damda Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va Sanoatchilar forumi” bo’lib o’tmoqda.

➡️ Sanoat ko’rgazmasida turli tarmoq korxonalari, ishbilarmon doira vakillari va ekspertlar ishtirok etmoqdalar.

➡️ Ko’rgazmada elektrotexnika, tog’-kon sanoati, energetika, charm-poyabzal, mebelsozlik, to’qimachilik, oziq-ovqat, qurilish va boshqa ko’plab sanoat sohalaridan yuzlab ishlab chiqaruvchilar, tashrif buyuruvchilar ishtirok etmoqda.

➡️ Ikki kun davom etadigan yarmarkada elektrotexnika, kimyo sanoati, charm-poyabzal, energetika va qurilish materiallari sohasida mahalliylashtirish darajasini oshirish orqali ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha “B2B” uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasi “Mahalliylashtirish va kooperatsiyani kengaytrish boshqarmasi” mas’ul xodimlari, uyushmaga a’zo korxonalar mutaxassislaridan iborat vakillarimiz ko’rgazma doirasida istiqbolli hamkorlik aloqalarini o’rnatish borasida uchrashuv va muzokaralar olib bormoqdalar.

➡️ Yarmarka doirasida o’zaro manfaatli shartnomalar, tarmoq va mahalliy korxonalar bilan hamkorlik kelishuvlari imzolanishi va ishtirokchilar o’rtasida turli nominatsiyalarda tanlovlar o’tkazilishi rejalashtirilgan.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM