"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
#hududiy
#sammit
#samarqand

‼️САМАРҚАНД ИМКОНИЯТЛАРИ КЕНГ ҲУДУД

Маълумки, жорий йил Самарқанд шаҳрида Шанхай ҳамкорлик ташкилотининг навбатдаги саммити бўлиб ўтади. Унда Ўзбекистон мезбонлик қилади.

👉"Ўзбекистон-ШҲТ" индустриал зонасини ташкил этиш мақсадида Республика штабининг тармоқлар кесимида масъул вакиллари билан учрашуви бўлиб ўтди.

📝Унда "Ўзэлтехсаноат" уюшмаси Бошқарма бошлиғи Э.Файзиев, масъул ходимлар С.Юнусалиев, А.Ибрагимовлар иштирок этиб, самарқандлик тадбиркорларга амалга ошириш истиқболи бор лойиҳа таклифларини бердилар.

📍📈Самарқанд катта саноат салоҳиятига эга ҳудуд ҳисобланади. Бу ерда электротехника саноати тобора ривожланмоқда. Саммит доирасида ҳам янгидан-янги корхона қувватлари бу ерда иш бошлайди.

- Бунга эришиш учун ҳозирданоқ ҳаракатни бошлаганмиз. Тадбиркорлар билан учрашяпмиз.Ҳозир ургутлик лойиҳа ташаббускорлари билан гаплашгани боряпмиз. Мақсад кенг имкониятлардан самарали фойдаланиш ва юқори натижага эришишдир, - дейди Эркин Файзиев.
#sammit
#samarqand

🌐Самарқанд шаҳрида "ICTWEEK-2022" ахборот-коммуникация технологиялари ҳафталиги доирасида “ICTWEEK UZBEKISTAN” саммити бўлиб ўтмоқда

📝Саммитнинг бош мақсади
– ахборот технологиялари ва коммуникациялари соҳасининг жорий йилдаги ривожи якунларини чиқариш, тармоқ олдида турган стратегик вазифаларни муҳокама қилиш саналади.

✍️Саммитда алоқа ва ахборот технологиялари соҳасидаги давлат бошқаруви органлари, корхона ва ташкилотлар раҳбарлари, халқаро экспертлар ва таҳлилчилар, халқаро IT-компаниялар вакиллари иштирок этишмоқда.

✔️Шу жумладан, ушбу саммитда "Ўзэлтехсаноат" уюшмаси бошқарув раиси ўринбосари А.Боев ва уюшманинг бошқа масъул ходимлари ҳам қатнашмоқда.
#biznes_forum
#samarqand

🇭🇺🇺🇿Бугун Самарқанд шаҳрида Ўзбекистон-Венгрия бизнес-форуми бўлиб ўтади.

Форум якунлари бўйича Ўзбекистон ва Венгрия ўртасидаги иқтисодий ва инвестициявий ҳамкорликни ривожлантириш учун янги истиқболларни очиб берувчи қатор икки томонлама ҳужжатлар, инвестиция битимлари ва экспорт шартномалари имзоланиши кутилмоқда.

@uzeltexsanoat
#biznes_forum
#samarqand

🇺🇿🇷🇺 Айни дамда Самарқанд шаҳрида Ўзбекистон-Россия ишбилармонлари иштирокида бизнес-форум бўлиб ўтмоқда.

🌐Унда иқтисодиётнинг устувор тармоқларидаги истиқболли ҳамкорлик алоқалари ва кооперация лойиҳалари муҳокама қилинмоқда. Жумладан, мамлакатларнинг етакчи саноат корхоналари ва компаниялари вакиллари иштирокида панел сессиялари ҳам ташкил этилган.

📝Инвестиция лойиҳалари, саноат кластерлари, кооперация масалаларида бўлиб ўтаётган панел сессияларида “Ўзэлтехсаноат” уюшмаси раиси М.Юнусов ҳам тақдимот билан иштирок этмоқда.

👉Жараёнларни батафсил ёритиб борамиз.

@uzeltexsanoat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Samarqand #korxonalar #faoliyat

📣 SAMARQAND VILOYATIDA JOYLASHGAN 8 TA KORXONANING FAOLIYATI O'RGANILDI

"O'zeltexsanoat" uyushmasi "Hududiy loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi" ma'sullarining Samarqand viloyatiga qilgan xizmat safarlari davomida quyidagi mahalliy korxonalar faoliyati chuqur o'rganildi:

Kattaqo'rg'on tumanida joylashgan "Kattaqo'rg'on elektrotexnika zavodi" MChJ, Urgut tumanida joylashgan "Bendesido" MChJ, "Sam Mega Nur", "Uzel Electronics" korxonalari, "Sam Elektro Servis" MChJ, "Tespack Investment" MChJ, "Saxari" MChJ, "Urg-Chin-Holod" korxonasi.

➡️ BATAFSIL»

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
🌐 Facebook 🌐 Telegram 🌐 Instagram 🔻 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Samarqand #mahalliy_korxonalar #faoliyat

📣 "O'ZELTEXSANOAT" UYUSHMASI RAISI "SAM FERRE" KORXONASI FAOLIYATINI O'RGANDI

"O'zeltexsanoat" uyushmasi mutasaddilari repsublikamizning barcha hududlarida joylashgan elektrotexnika korxonalarida doimiy o'rganish ishlarini olib boradilar. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad esa korxonalarning rivojlanishi, yangi loyihalarning realizatsiyasi bilan tanishib borish va ular duch kelgan muammolarni bartaraf etishda ko'maklashishdir.

Uyushma boshqaruv raisi Mirziyod Yunusov boshchiligidagi uyushma vakillari Samarqand viloyati, "Urgut" EIZ hududida joylashgan "Sam Ferre" korxonasiga tashrif buyurdilar.

Korxonada "Ferre" va "Kleo" brendi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni tayyor mahsulotga aylantirish jarayoni bilan yaqindan tanishgan uyushma raisi korxona rahbariyati vakillarining faoliyatga oid fikrlarini tingladi.

O'rganishlar mobaynida, uyushma raisi korxonada doimiy o'sish va rivojlanish darajasini saqlab qolish, eksport hajmini oshirish, mahalliylashtirish dasturlari ko'lamini kengaytirish bo'yicha o'z taklif va tavsiyalarini berdi.

Shu bilan birga bu ishlarni amalga oshirishda korxonaga uyushma tomonidan imkoniyat darajasidagi barcha ko'maklar berilishi ta'kidlandi.

Ushbu korxonada bugungi kunda maishiy va sanoat muzlatkichlari, konditsioner, changyutkich, gaz plitalari va suv dispanserlari ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan bo'lib, korxona o'z faoliyatini kengaytirish va eksport ko'rsatkichlarini yaxshilashda davom etmoqda.

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
🌐 Facebook 🌐 Telegram 🌐 Instagram 🔻 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Prezident_tashrifi #Samarqand

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yigʻilishida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga joʻnab ketdi.

Manba

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
🌐 Facebook 🌐 Telegram 🌐 Instagram 🔻 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Samarqand #exhibition #uzeltexsanoat

📣 Samarqandda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va Sanoatchilar forumi o'z ishini boshladi

Ayni damda Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan "Sof Expo" ko'rgazmalar saroyida an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va Sanoatchilar forumi" bo'lib o'tmoqda.

Sanoat ko'rgazmasini O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o'rinbosari Galina Saidova o'z nutqi bilan ochib berdi.

Ko'rgazmada elektrotexnika, avtomobilsozlik, charm-poyabzal, mebelsozlik, to'qimachilik, oziq-ovqat, qurilish va boshqa ko'plab sanoat sohalaridan yuzlab ishlab chiqaruvchilar, tashrif buyuruvchilar ishtirok etmoqda.

"O'zeltexsanoat" uyushmasi "Mahalliylashtirish, kooperatsiyani kengaytrish va importni optimallashtirish boshqarmasi" ma'sul xodimlari, uyushmaga a'zo korxonalar mutaxassislaridan iborat vakillarimiz ko'rgazma doirasida istiqbolli hamkorlik aloqalarini o'rnatish borasida uchrashuv va muzokaralar olib bormoqdalar.

Yarmarka doirasida o'zaro manfaatli shartnomalar, xorijiy va mahalliy investorlar bilan hamkorlik kelishuvlari imzolanishi va ishtirokchilar o'rtasida turli nominatsiyalarda tanlovlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #nocomment #Samarqand #yarmarka

📣 Samarqand viloyatida bo'lib o'tayotgan "Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va Sanoatchilar forumi"ga oid videolavhalarni e'tiboringizga havola etamiz.

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kooperatsiya #Samarqand

🟢 Korxonalar o'rtasida kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish maqsadida viloyatlarda uchrashuvlar o'tkazilmoqda

Avval xabar berganimizdek, "O'zeltexsanoat" uyushmasi tashabbusi bilan viloyatlarda joylashgan mahalliy korxonalar o'rtasida hamkorlik aloqalarini kuchraytirish bo'yicha muloqotlar tashkil etilmoqda.

Bir necha kun avval Navoiy viloyatidagi "Hayat Power Cable Sytsems" MChJ XK, "Gidrostankoservis" MChJ korxonalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tashkilotlar vakillari ishtirokida shu kabi uchrashuvlar tashkil etilgandi.

Ushbu uchrashuvlarning mantiqiy davomi sifatida, Samarqand viloyatida joylashgan maishiy texnika ishlab chiqaruvchi korxonalarda kooperatsiya aloqalarini o'rnatish maqsadida mahalliy tadbirkorlar o'rtasida muzokara jarayonlari bo'lib o'tmoqda.

➡️ BATAFSIL»

🇺🇿 O'zbekcha
🇷🇺 Русский
🇺🇸 English

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Jizzax #Samarqand #eksport

🟢 Samarqand va Jizzax viloyatidagi korxonalarning eksport salohiyati o’rganildi

"O'zeltexsanoat" uyushmasi yurtimiz elektrotexnika sanoatining eksportyor korxonalari sonini oshirish va ularni qo'llab-quvvatlash borasida muntazam ishlar olib bormoqda. Xususan, yil yakuniga qadar kamida 20 ta yangi korxonani eksportga chiqarish rejalashtirilgan.

Ushbu rejalar ijrosini ta’minlash maqsadida, uyushmaning "Eksport salohiyatini rivojlantirish bo’limi" ma’sul xodimlari tomonidan Jizzax va Samarqand viloyatidagi korxonalar faoliyati o’rganildi.

Xususan, "Taraqqiyot Sari Yuksalish" MChJ, "Mono Electric" MChJ, "Global Optical Communication Uzbekistan" MChJ, "Bendesido" MChJ, "Sam Mega Nur" MChJ, "Ideal Electro Lux" MChJ, "UK Safe Automation" MChJ korxonalari shular jumlasidan.

➡️ BATAFSIL»

🇺🇿 O'zbekcha 🇷🇺 Русский 🇺🇸 English

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Prezident #Samarqand

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etish uchun Samarqandga tashrif buyuradi.

Davlatimiz rahbari BMT tizimidagi ushbu yetakchi tuzilmaning bosh sammiti ochilishida nutq soʻzlaydi.

Tashrif dasturi doirasida, shuningdek, UNWTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashuv oʻtkazish hamda turizm koʻrgazmasi bilan tanishish rejalashtirilgan.

Manba

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#forum #samarqand #belarus #hamkorlik

🇺🇿🇧🇾Samarqandda Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishi, shuningdek, Oʻzbekiston-Belarus biznes forumi bo'lib o'tdi

➡️Yuzdan ortiq kompaniya o'z yutuqlarini taqdim etgan ushbu forumda “O’zeltexsanoat” uyushmasi va unga a’zo korxona vakillari ham ishtirok etdi.

🇧🇾Bosh vazir Roman Golovchenko boshchiligidagi Belarusь Respublikasi delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi doirasida o‘tkazilgan ushbu tadbirlar mamlakatlarimiz iqtisodiy salohiyati va ko‘p qirrali o‘zaro hamkorligi ko‘lamini yaqqol namoyon etdi.

🤝B2B formatdagi muloqot chog‘ida ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida elektrotexnika sanoati ham sanab o‘tildi. Uyushma mas’ul xodimlari bir qator Belarus kompaniyalari bilan muzokara olib bordilar. Bu uchrashuvlar ikki tomon biznes vakillariga o‘z mahsulot va xizmatlarini namoyish etish, eksport salohiyati va hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashish imkonini yaratdi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #yangi_loyihalar #samarqand

⚡️Qish mavsumi boshlanishi bilan elektr ta'minotini yaxshilash bo'yicha elektrotexnika mahsulotlari, xususan transformatorlarga bo'lgan talab ortib boradi. Bu borada hududlarning o'zida ham turli kuchlanishdagi zamonaviy transformator avlodlarini ishlab chiqarilishga erishilmoqda.

➡️"O'zbekiston-24" kanalining "Axborot" dasturida Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on shahrida faoliyat yuritayotgan ana shunday korxona faoliyati haqida reportaj efirga uzatildi.

👉https://t.me/mtrkuzofficial/181264
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Samarqand #elektrotexnika #TV

⚡️ "O'zbekiston 24" - REPORTAJ

➡️ Samarqand shahridagi Elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi haqida "O'zbekiston 24" telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan reportajni e'tiboringizga havola etamiz.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Samarqand #elektrotexnika #TV

⚡️ "O'zbekiston 24" - REPORTAJ

➡️ Samarqand shahridagi Elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi haqida "O'zbekiston 24" telekanali ijodkorlari tomonidan rus tilida tayyorlangan reportajni e'tiboringizga havola etamiz.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Samarqand #kooperatsiya

⚡️ Samarqandda kooperatsiya uchrashuvi tashkil etildi

➡️ Mamlakatimiz elektrotexnika sanoatida shiddat bilan rivojlanib borayotgan yo’nalishlardan biri maishiy texnika vositalari ishlab chiqarish yo’nalishidir. Maishiy texnika vositalarini ishlab chiqarishda boshqa yo’nalishlarga qaraganda ko’proq butlovchi qismlardan foydalaniladi.

➡️ Soha korxonalarining mahalliylashtirish darajasini oshirish, import mahsulotlari hajmini kamaytirish bo’yicha “O’zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan bir qator ishlar olib borilmoqda.

➡️ Xususan, mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni rag’batlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar o’rtasida bu borada savdo va kooperatsiya aloqalarini o’rnatishga ko’maklashish shular jumlasidan.

➡️ O’tgan ikki kun mobaynida Samarqand viloyatida ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda kooperatsiya uchrashuvi tashkil etildi.

➡️ Uchrashuvlar doirasida “O’zeltexsanoat” uyushmasi mas’ul xodimlari, “Uzauto-Inzi”, “Metall-Grid”, “HVAC Engineering Goods”, “Best Mega Tech” korxonalari vakillari Samarqandda joylashgan “Sam-Ferre”, “Elite” va “Ideal” kabi maishiy texnika vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalarga tashrif buyurdilar.

➡️ Kooperatsiya uchrashuvidan ko’zlangan asosiy maqsad – mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yilgan va yo’lga qo’yilishi rejalashtirilayotgan butlovchi qismlarni yetkazib berishni muhokama qilish bo’ldi.

➡️ Masalan, bugungi kunda “Metall-Grid” korxonasi gaz-plitalar uchun metal panjaralar, “HVAC Engineering Goods” korxonasi muzlatgichlar uchun kondensatorlar, “Best Mega Tech” korxonasi esa gaz plitalari, mini pechlar va suv isitgichlar uchun elektr isitish quvurlari (TEN) ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan. “Uzauto-Inzi” korxonasi esa gaz-plitalar uchun gorelkalar ishlab chiqarish loyihasini ishga tushirishni reja qilgan.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Samarqand #kooperatsiya

⚡️ NOCOMMENT. KOOPERATSIYA

➡️ Samarqandda o'tkazilgan kooperatsiya uchrashuvi doirasida maishiy texnika ishlab chiqarish yo'nalishida import hajmi yiliga bir necha $ 10 mln dollarlik butlovchi qismlarni mahalliy tadbirkorlardan xarid qilish masalasi muhokama etildi.

➡️ Ushbu kooperatsiya uchrashuviga oid videokontentni e'tiboringizga havola etamiz.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Германия Федерал Канцлери Олаф Шольц Самарқанд шаҳрида икки мамлакатнинг етакчи компания ва банклари вакиллари билан учрашув ўтказдилар.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Федеральный Канцлер Германии Олаф Шольц провели совместную встречу с представителями ведущих компаний и банков двух стран в городе Самарканде.

#Mirziyoyev #tashrif #Samarqand #ishbilarmonlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X