#LIVE| Айни дақиқаларда Давлат раҳбарининг тадбиркорлар билан Очиқ мулоқотига тайёргарлик кўриш доирасида электротехникаваавтомобилсозлик соҳаларида фаолият юритувчи тадбиркорлар билан учрашув бўлиб ўтмоқда.
Унда электротехника саноатида фаолият юритувчи 60 дан ортиқ тадбиркорлар ҳам қатнашмоқда.
🇰🇿Ayni paytda Qozogʻistonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tayotgan “HomeTech & Electra-2024” Xalqaro koʻrgazmasi doirasida O‘zeltexsanoat” uyushmasi O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi hamkorligida biznes-missiya va B2B formatdagi uchrashuvlar boʻlib oʻtmoqda.
#NOCOMMENT| QOZOGʻISTONDA "HOMETECH&ELECTRA" KOʻRGAZMASI DAVOM ETMOQDA
Olmaota shahrida bo‘lib o‘tayotgan “HomeTech & Electra-2024” Xalqaro koʻrgazmasi pavilionlari boʻylab sayohat qilamiz.
Bu yilgi koʻrgazmada asosan Xitoy kompaniyalari yetakchilik qilmoqda.
O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo korxonalarning ishtirok etayotganligi quvonarli, albatta. Bu esa milliy mahsulotlarimizni Qozogʻiston bozorida ham xaridorgir boʻlayotganligidan dalolat beradi.
Sal keyinroq biznes-missiya qatnashchilarining fikr-mulohazalarini e’tiboringizga havola etamiz.
➡️ Bugun “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi matbuot xizmati bilan hamkorlikda “Nukuselektroapparat” korxonasiga jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil qildi.
➡️ Jarayonga oid batafsil videokontentni tomosha qiling.
#NOCOMMENT| Bugun Farg‘ona viloyatining “Eko shahar” hududida “Eltech Industrial” texnoparkining elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan texnoparkida ilk marotaba “sanoat ipotekasi” asosida dastlabki investitsiya loyihalari qurilishiga start berildi.
⚡️ Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda Farg‘ona viloyati hokimi X.Bozorov, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi M.Yunusov, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari A. Ergashev, “Eltech Industrial” texnoparki direktori I.Nabiyev va boshqa keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
#NOCOMMENT| Айни пайтда Энергетика вазирлиги билан “Ўзэлтехсаноат” уюшмаси ҳамкорлигида "Энергетика йўналишидаги йирик лойиҳаларда электротехника саноати корхоналари билан кооперация алоқаларини мустаҳкамлаш" мавзусида лойиҳа ташаббускорлари ҳамда энергетика тизими корхоналари ўртасида Кўргазмали кооперация учрашуви бўлиб ўтмоқда.
➡️E'tiboringizga uyushma mas'ul xodimlarining Andijon viloyati, Oltinko'l tumanida joylashgan "Radiomer" korxonasi faoliyatini o'rganish jarayonlariga oid videokontentni taqdim etamiz.
➡️#Turkmen #Construction #NOCOMMENT| Ayni paytda Turkmaniston poytaxtida “Turkmaniston qurilishi, sanoati va energetikasi” (CIET-2024) xalqaro forum va ko‘rgazmasi boʻlib oʻtmoqda.
#NOCOMMENT| Ayni paytda 4 turdagi(3 ta import, 1 ta mahalliy) rozetkalar sinov laboratoriyasida yong'inga chidamlilik ko'rsatkichlari bo'yicha tekshirib ko'rilmoqda.
Belgilangan standart talablari bo'yicha har bir rozetka2-bosqichlisinovdan sinchkovlik bilan o'tkazilmoqda.
🎬Batafsil tez kunda "Sinov nazorati" ko'rsatuvi orqali bilib olasiz.
XORIJGA EKSPORTBOP MILLIY MAHSULOTLAR KOʻRGAZMASIGA TAYYORGARLIK JARAYONI
➡️Ayni paytda poytaxtimizdagi “Texnopark” MChJ hududida xorijga eksport uchun moʻljallangan “Made in Uzbekistan” brendi ostida ishlab chiqarilgan milliy mahsulotlar koʻrgazmasiga tayyorgarlik jarayoni qizgʻin pallaga kirmoqda.
➡️Ushbu pavilionda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasiga a’zo korxonalarning qariyb 100 turdan ortiq keng assortiment mahsulotlari namoyishga qoʻyilmoqda.
➡️Tez kunda ushbu koʻrgazma xorijlik mehmonlar va tashrif buyuruvchilar uchun ochiladi.
ANDIJONDA 20 MLN DOLLARLIK QUYOSH PANELLARI ISHLAB CHIQARISH LOYIHASIDAGI QURILISH-MONTAJ ISHLARI
➡️ Ayni paytda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi Ishchi guruhi tomonidan Andijon viloyatidagi elektrotexnika sanoati loyihalarining mavjud holati oʻrganilmoqda.
➡️ Elektrotexnika va mashinasozlik maxsus sanoat xabida joylashgan “Quyosh panellari ishlab chiqarish” loyihasining yillik quvvati 100 MVtni tashkil etib, qiymati 20 mln dollardan iborat. Loyiha ishga tushgach 100 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.
➡️ Loyihada qurilish-montaj ishlari nihoyalanish arafasida. Mutaxassislar Xitoydan olib kelingan texnologiyalarni oʻrnatish ishlarini olib bormoqda.
Asr-Form Electronics” korxonasi kooperasiya qilish boʻyicha hamkorlikka chaqiradi
➡️Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanida joylashgan "Yarim avtomat kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish" loyihasi 2021-yildan buyon faoliyat olib bormoqda.
➡️ Hozirda korxonaning yillik o‘rtacha quvvati – 26 400 donani tashkil etadi. Mahsulotning barcha plastmassa qismlari korxonadagi yuqori texnologiyalar asosida tayyorlanadi.
➡️Hozirgi kunda korxona mahsulotlari asosan respublikaning barcha nuqtalarida, bundan tashqari, “Uzum Market” onlayn platformasi orqali qulay narxlarda aholiga yetqazib berilmoqda.
➡️ Korxona rahbari mahalliylashtirish darajasini oshirish va tannarxni tushirish maqsadida yarim avtomat kir yuvish mashinalari uchun butlovchi qismlarni kooperasiya yoʻli bilan yetkazib berish boʻyicha hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
📍Manzil: Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumani Sholdirama MFY, Tinchlik ko'chasi, 2-uy, 1-xonadon
➡️E'tiboringizga Xitoyning yirik “Jezetek” (Sichuan Investment Holding Group) kompaniyasi bosh direktor o‘rinbosari Zhang Yu boshchiligidagi delegatsiyaning "O'zeltexsanoat" uyushmasiga tashrifiga oid videomaterialni havola etamiz.
Kecha poytaxtimizdagi “TEXNOPARK” korxonalarida ishlab chiqarayotgan isitish tizimlari va uskunalarining keng ko‘lamli taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
➡️ Tadbirda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi mas’ul xodimlari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, tadbirkorlar, shuningdek, TEXNOPARKning amaldagi va istiqboldagi hamkorlari ishtirok etdi.
➡️ Taqdimotda quyidagi mahsulotlar namoyish etildi:
👀 Ferroli sanoat suv isitish qozonlari 👀 AKFA BUILD qattiq yoqilg‘ili qozonlari 👀 Royal quyosh suv isitish tizimlari 👀 Panel radiatorlar, jumladan yangi elektr radiatorlari turkumi 👀 Osten suv hisoblagichlari 👀 Individual issiqlik punktlari (IIP)
➡️ Mehmonlarning uskunalar quvvati, texnik jihatlari va afzalliklariga oid savollariga zavodlarning yetakchi muhandislari, loyiha mutaxassislari va rahbarlari batafsil javob berishdi.
➡️Taqdimot doirasida mehmonlar ishlab chiqarish maydonlarini ham ko'zdan kechirishdi, uskunalar ishlab chiqarish va sinov bosqichlari bilan tanishdilar hamda zavod mutaxassislari bilan bevosita muloqot qildilar.
"INNOPROM. Markaziy Osiyo" xalqaro sanoat ko'rgazmasi davom etmoqda
➡️ Kecha oʻz ishini boshlagan "INNOPROM. Markaziy Osiyo" beshinchi xalqaro sanoat ko'rgazmasi bugun ham davom etmoqda.
➡️Elektrotexnika mahsulotlari joy olganstend ko'rgazmaning ikkinchi kunida ham tashrif buyuruvchilar bilan gavjum. Ularga uyushma va unga a'zo korxonalar mutaxassislari tomonidan atroflicha ma'lumotlar berilmoqda.
➡️ Batafsil yuqorida keltirilgan videoda tanishishingiz mumkin.
⚡️Uyushma korxonalarining xalqaro ko'rgazmadagi ishtiroki Sputnik nashri nigohida
➡️“O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshchiligidagi yurtimiz elektrotexnika sanoati korxonalari ayni kunlarda Rossiyaning Qozon shahrida bo'lib o'tayotgan "Russia Halal Expo 2025" xalqaro ko'rgazmasida ishtirok etmoqdalar.
➡️ Uyushma mas'ul xodimi Domaxin Gleb mazkur ko'rgazmadagi mahalliy korxonalarimizning ishtiroki haqida Sputnik nashriga intervyu berdi.
➡️ U intervyuda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmada xalqaro auditoriyaga taqdim etilayotganini ta’kidladi.
#NOCOMMENT| Yarmarkada 79 nafar fuqaro ishlash istagini bildirib, ariza qoldirdi
⚡️Xabar qilinganidek, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tashabbusi bilan Samarqand viloyati Urgut erkin iqtisodiy zonasida tashkil etilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasida 44 nafar texnikum bitiruvchisi, 15 nafar hududdagi xotin-qizlar, 20 nafar boshqa toifadagi fuqarolar ishlash istagini bildirib, yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
⚡️Bundan tashqari, kelajakda yoshlarni ishga keng jalb etish maqsadida sohaga tegishli texnikumlar bilan “Dual ta'lim”ni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.