"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
#andijon

‼️КОРХОНА МУАММОЛАРИ ЖОЙИГА ЧИҚИБ ЎРГАНИЛМОҚДА

🪢“Ўзэлтехсаноат” уюшмаси раиси М.Юнусов бошчилигидаги Ишчи гуруҳи Андижон вилоятидаги ишлаб чиқариш корхоналари фаолияти билан танишиш баробарида уларнинг ишлаб чиқариш имкониятлари, янги маҳсулот турларининг ўзлаштирилиши ва юқори қийматли маҳсулот турларини тайёрлаш жараёнида юзага келаётган муаммолар, ташқи бозорларга экспортга чиқиш юзасидан корхона масъул раҳбарлари билан учрашди.

Хусусан, Олтинкўл туманида иш бошлаган “ASR-FORM ELECTRONICS” корхонаси фаолияти билан танишилди. Бу ерда ярим автомат кир ювиш машиналари ишлаб чиқарилмоқда. Йиллик қуввати 20 минг дона. Ҳозирда лойиҳанинг кейинги босқичини ҳаётга татбиқ этиш устида ишланмоқда. Бу импорт ўрнини босувчи тайёр маҳсулот ишлаб чиқариш баробарида ички бозорни арзон ва юқори сифатли маиший техника воситалари билан тўлдириш имконини беради.

Уюшма раиси корхонанинг экспорт салоҳиятини ошириш бўйича амалий кўрсатма ва тавсиялар берди.

@uzeltexsanoat
#andijon

‼️ВИЛОЯТДАГИ ЯНГИ ЛОЙИҲАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ

✔️ “Ўзэлтехсаноат” уюшмаси раиси М.Юнусов Aндижон вилоятидаги электротехника саноати корхоналари фаолияти ва янги лойиҳаларнинг ҳозирги ҳолати билан танишди.

🪢Хусусан,"Grand Texnolog" корхонаси томонидан кабель-сим маҳсулотлари ишлаб чиқариш йўналишидаги янги лойиҳалар кўздан кечирилди. Асосий хомашёси мис бўлган ушбу маҳсулотларнинг йиллик қуввати 1000 тонна бўлиб, ички ва ташқи бозор талабларига тўлиқ жавоб беради.

🏬Корхона раҳбари Андижон вилоятида ташкил этилаётган "Электротехника саноат хаби"да амалга оширилиши режалаштирилган умумий қиймати 8 млн.долларлик янги лойиҳанинг тақдимотини ўтказди. Унга кўра, бу ерда кабель-сим ва сув насослари ишлаб чиқарилади ва бунинг натижасида 250 та янги иш ўринлари яратилади.


📝Уюшма раиси М. Юнусов янги қувватнинг проектидан тортиб, унинг ишга тушишигача бўлган жараёнларда юзага келиши мумкин бўлган муаммоларни бартараф этишга тайёрлигини, бу борада корхонага амалий ёрдам беришини маълум қилди.
👉 #ishchi_guruh #Andijon_viloyati

📣 AVTOMOBILSOZLIK KORXONALARI BILAN KOOPERATSIYA ALOQALARINI KENGAYTIRISH MASALALARI OʻRGANILDI

Ayni paytda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov boshchiligidagi Ishchi guruh Andijon viloyatidagi elektrotexnika sanoati korxonalarining ishlab chiqarish jarayoni va 2023-yilda ishga tushadigan yangi loyihalarning mavjud holati yuzasidan oʻrganishlar olib bormoqda.

Viloyatning Xonobod shahrida joylashgan “UzKodji” Oʻzbekiston-Koreya qoʻshma korxonasi tomonidan “Avtomobillarga har xil turdagi kabel mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish” loyihasi doirasida qilinayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida ishchi guruh a'zolari ushbu korxonaga tashrif buyurdilar.

🔎 BATAFSIL »

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
🌐Facebook 🌐Telegram 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #nazorat_tadbiri #Andijon

📣 Sifatsiz transformator mahsulotlarining yurtimizga kirib kelishi oldi olinmoqda

«O’zeltexsanoat» uyushmasi Bojxona qo’mitasi bilan hamkorlikda sifatsiz elektrotexnika mahsulotlarining yurtimizga kirib kelishi holatlarini oldini olish bo’yicha muntazam tadbirlar o’tkazib kelmoqda.

Shunday tadbirlardan biri «O’zeltexsanoat» uyushmasi mutaxassislari va Bojxona qo‘mitasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida, «Andijon» TIF chegara o’tkazish punktida bo’lib o’tdi.

➡️ BATAFSIL

📹 Video shaklida

🗯 Matn shaklida

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #exhibition #Andijon

🟢 Uyushma korxonalari Andijonda bo'lib o'tayotgan "Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi"da qatnashmoqda

Xabaringiz bor, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Andijon viloyati hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda Andijon viloyatida navbatdagi "Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi" o'z ishini boshladi.

Ushbu ko'rgazmada "O'zeltexsanoat" uyushmasiga a'zo 20 dan ziyod korxonalar, 100 dan ortiq turdagi mahsulotlar taqdimoti bilan ishtirok etmoqdalar.

Respublikada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish hamda tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirish ushbu ko'rgazmadan ko'zlangan asosiy maqsadlardandir.

Yarmarkaning dastlabki kunida Uyushma tarkibidagi 10 dan ortiq korxonalar tomonidan 50 dan ortiq turdagi mahsulotlarni yetkazib berish bo'yicha shartnomalar imzoladilar.

Jumladan Uyushma tarkibidagi "Artikul Aziya Kabel" mas'uliyati cheklangan jamiyati va "Dehqonobod Kaliy Zavodi" aksiyadorlik jamiyatlari o'rtasida kabel mahsulotlari yetkazib berish bo'yicha shartnoma shular jumlasidan.

Ko'rgazmaning ikkinchi kunida ham boshqa tarmoq korxonalari bilan kooperatsiya asosida mahsulotlar yetkazib berish bo'yicha shartnomalar imzolash rejalashtirilmoqda.

Ertaga ham davom etadigan ushbu ko'rgazmaga oid tafsilotlarni yetkazishda davom etamiz.

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Andijon #projects

🟢 Andijonda yangi loyihalarning qurilish ishlari davom etmoqda

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi ma'sullari yurtimiz bo'ylab turli hududlarda yangi loyihalarni amalga oshirish jarayonlarini muntazam o'rganib keladilar.

➡️ Andijon viloyatida xizmat tashrifi bilan bo'lgan vakillarimiz ana shunday loyihalarning qurilish jarayoni bilan tanishdilar.

➡️ Xususan, viloyatda joylashgan "Maxsus sanoat xabi"da elektrotexnika yo'nalishidagi loyihalarni amalga oshirish jarayonlari o'rganildi. Ushbu xabning 13.4 gektarlik hududida umumiy qiymati $38.5 mln dollarlik jami 4 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Loyihalar ishga tushishi bilan 305 nafar mahalliy aholi vakillari ish bilan ta'minlanadi.

➡️ "Andijon Yashil Energiya" MChJ tomonidan umumiy qiymati $20 mln dollarlik quyosh panellari loyihasi ishga tushirilishi ortidan 100 nafar fuqaro ish bilan ta'minlanishi rejalashtirilgan.

➡️ Ayni vaqtda korxonaning ishlab chiqarish binolari qurilishi 80%ga tugallangan bo'lib, hozirda ofis binolarida qurilish ishlari ketmoqda. Hozirga qadar $1.3 mln dollarlik texnologik liniyalarning birinchi partiyasi korxonaa olib kelingan bo'lib, joriy yil yakuniga qadar loyihaning 1-bosqichi ishga tushirilshi reja qilingan.

➡️ Yana bir loyiha - "Agro Tex" MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan bo'lib, unga $12 mln dollarlik mablag'lar jalb qilingan. Radiatorlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan korxona ishga tushishi bilan 100 ta yangi ish o'rni yaratiladi. 3.5 gektarlik yer maydonida hozirda yer tekislash va qatlavan quyish ishlari olib borilmoqda. Loyiha 2024-yilning 4-choragida ishga tushirilishi belgilangan.

➡️ "Asr Form" MChJ tomonidan esa $1.5 mln dollar mablag' hisobiga televizor ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. 55 ta yangi ish o'rni yaratiladigan ushbu loyiha 2024-yil 4-choragida ishga tushiriladi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #yangi_loyihalar #Andijon

🟢 Andijondagi yangi loyihalar holati o'rganildi

➡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasi Ishchi guruhi Andijon viloyatidagi elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

➡️ Tashrif mobaynida viloyatning Buloqboshi tumanidagi "Molekulyar kimyo" MChJ korxonasi faoliyati ko'zdan kechirildi.

➡️ Ayni paytda bu yerda Turkiya texnologiyasi asosida to‘qimachilik sanoati uchun bo‘yoq tayyorlash uskunasi ishlab chiqarilmoqda. Avval ushbu uskunalar import asosida olib kelingan bo‘lsa, hozirda bu korxona tomonidan to‘liq mahalliylashtirilmoqda.

➡️ O'rganish davomida tadbirkorga ishchi guruh tomonidan Prezident qarorlari asosida yaratib berilgan imkoniyatlar, ulardan maqsadli foydalanish hamda moliyalashtirish jarayonida imtiyozli bank kreditlarini olish kabi masalalarda tushuntirish berildi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#andijon #loyiha

🟢Андижонда 2024 йилда 31 млн.долларлик 6 та лойиҳа амалга оширилади

➡️“Ўзэлтехсаноат” уюшмаси раиси М.Юнусов Aндижон вилоятидаги электротехника саноати корхоналари фаолияти ва янги лойиҳаларнинг ҳозирги ҳолати билан танишди. Таъкидлаш жоизки, 2024 йилда вилоятда умумий қиймати қарийб 31 млн.долларга тенг бўлган 6 та лойиҳани амалга ошириш режалаштирилган.

➡️Уюшма раиси ўрганишлар давомида "Grand Texnolog" корхонаси томонидан ишлаб чиқарилаётган кабель-сим маҳсулотлари йўналишидаги лойиҳалар билан танишди. Асосий хомашёси мис бўлган ушбу маҳсулотларнинг йиллик қуввати 1200 тонна бўлиб, ички ва ташқи бозор талабларига тўлиқ жавоб беради. Ҳатто бугунги кунда корхона импортни қисқартириш баробарида ўз маҳсулотларини хорижга экспорт қилиш чораларини кўрмоқда. Туркиялик ҳамкорлар билан музокаралар олиб бормоқда.

➡️Корхона раҳбари Андижон вилоятидаги "Электротехника саноат хаби"да амалга оширилиши режалаштирилган умумий қиймати 5 млн.долларлик янги лойиҳа ҳақида ҳам маълумот берди. Унга кўра, бу ерда янги турдаги кабель-сим ва сув насослари ишлаб чиқарилади ҳамда бунинг натижасида қўшимча 45 та янги иш ўринлари яратилади.

➡️Шунингдек, бундан ташқари вилоятда “Қуёш панеллари ишлаб чиқариш”, “Автомобилларга кичик турдаги электр двигателлар ишлаб чиқариш”, “Телевизорлар ишлаб чиқраиш”, “Замонавий энергия тежовчи иситиш қозонлари ишлаб чиқариш” лойиҳалари бўйича ишлар жадаллик билан давом этмоқда.

➡️Уюшма раиси М. Юнусов янги қувватларнинг лойиҳадан тортиб, унинг ишга тушишигача бўлган жараёнларда юзага келиши мумкин бўлган муаммоларни бартараф этиш бўйича Уюшманинг тегишли масъулларига кўрсатма ва топшириқлар берди.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#loyiha #andijon #grand_texnolog #mis_sanoati

⚙️ANDIJONDA MIS XOMASHYOSIDAN YUQORI QO'SHILGAN QIYMATLI MAHSULOT TAYYORLAYOTGAN TADBIRKOR

📝Andijon viloyatidagi "Grand Texnolog" korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan kabel-sim mahsulotlari yo‘nalishidagi loyihalar bugun nafaqat ichki bozor, balki tashqi bozor talablariga ham to‘liq javob bermoqda. Hatto kabel mahsulotlari eksport qilinmoqda.

📝Korxona rahbari, 20 yillik tadbirkor Nohid Saidkamolov mis xomashyosidan tayyorlanayotgan kabel mahsulotlari va yangi loyihalar haqida "O'zbekiston-24" telekanali uchun intervyu berdi.

https://t.me/mtrkuzofficial/193791
➡️ #Andijon #Ferghana

⚡️ Uyushma mas'ullarining uskunalar ishlab chiqaruvchi yangi korxonalarni o'rganish jarayonlari

➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasi mas’ullari tomonidan respublikamizning barcha hududlarida elektrotexnika yo’nalishida faoliyat olib boruvchi korxonalar faoliyatini qo’llab-quvvatlash bo’yicha doimiy o’rganishlar olib boriladi.

➡️ Uyushma mas’ul xodimlarining navbatdagi manzili Andijon va Farg’ona viloyatlaridagi yangi o’zlashtirilgan uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar bo’ldi.

➡️ Xususan, “Xakimjon Sodiqjon” oilaviy korxonasi, “Demux 777” korxonasi, “UMA Genius” korxonasi, “Muhammadnazar Sifat Hamkor” korxonasi va “Tojdor Zamin & Radio” MChJ korxonasi shular jumlasidan.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Andijon #loyihalar

⚡️ Radiator va avtomobillar uchun multimedia tizimlari ishlab chiqarish loyihalari holati o’rganildi

➡️ Joriy yilning 5-fevral kuni “O’zeltexsanoat” uyushmasi raisi o’rinbosari Jahongir Jamalov boshchiligidagi ishchi guruh Andijon viloyatida xizmat safarida bo’ldi.

➡️ Mazkur tashrif doirasida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar holati atroflicha o’rganildi.

➡️ Xususan, Ishchi guruh a’zolari Andijon tumanidagi “Nektar Agro” korxonasida bo’lib, umumiy qiymati $ 27 mln dollarlik loyihani ko’zdan kechirdilar.

➡️ Loyiha doirasida korxonada radiatorlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmoqda.

➡️ Bunda ishlab chiqarish uchun korxona tomonidan asosiy texnologik uskunalar o’rnatilgan bo’lib, yuzlab yangi ishchi o’rinlari tashkil etilishi belgilangan.

➡️ Asaka tumanida joylashgan “ADM Electrics” korxonasi Ishchi guruhning navbatdagi manzili bo’ldi.

➡️ Korxona tomonidan umumiy qiymati $ 2 mln dollarlik antenna, signal hamda BL7 turidagi elektr o’tkazgich simlarini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.

➡️ Shu bilan birga korxona tomonidan sinov tariqasida avtomobillar uchun multimedia tizimlari ishlab chiqarilishi boshlangan.

➡️ Ushbu jarayonlar Ishchi guruh a’zolari tomonidan chuqur o’rganilib, korxonalar mutasaddilari bilan muhokamalar o’tkazildi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Prezident #Andijon

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun
Andijon viloyatiga tashrif buyuradi

Tashrif davomida yangi korxonalar faoliyati, sanoat, energetika, shaharsozlik va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, joylardagi qurilish va bunyodkorlikni koʻzdan kechirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, davlatimiz rahbari hududni kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazadi.

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Андижон вилоятининг ҳудудий саноат ярмаркасини бориб кўрди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил региональную промышленную ярмарку Андижанской области.

#Mirziyoyev #safar #Andijon #yarmarka

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X