"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.42K subscribers
11.6K photos
1.62K videos
20 files
5.54K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #CAEX #exhibition

⚡️ Mahalliy elektrotexnika sanoatiga xorijiy investorlarning qiziqishi ortmoqda

➡️ Bugun ham Toshkent investitsiya forumi doirasida o‘tkazilayotgan ko‘rgazma davom etmoqda va unda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshchiligidagi elektrotexnika sanoati korxonalari faol ishtirok etmoqda.

➡️ Ko‘rgazmada xorijiy investorlar va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari yuzasidan muhim muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.

➡️ Xorijiy investorlar mahalliy elektrotexnika sanoati mahsulotlariga katta qiziqish bildirmoqda va hamkorlik istiqbollari yuzasidan bir qator takliflar ilgari surilmoqda.

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a'zo korxonalar bugun ham qariyb 200 turdagi ilg‘or mahsulotlarini namoyish etib, O‘zbekiston elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini, sifat va texnologik rivojlanishini keng targ‘ib qilmoqda.

➡️ Ko‘rgazma joriy yilning 12-iyuniga qadar davom etadi va bu davr mobaynida barcha ishtirokchilar o‘z mahsulotlarini namoyish etish, tajriba almashish va hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Intervyu #gazeta

⚡️ Elektromobillarni quvvatlantirish stantsiyalari endi o‘zimizda ishlab chiqarilyapti - "Yangi O'zbekiston" gazetasi


➡️ 9‑iyun kuni “Yangi O‘zbekiston” gazetasida e’lon qilingan maqolaga ko‘ra, Toshkentdagi “Toshelectroapparat” korxonasi hozirda yil oxirigacha 15 mingdan ortiq quvvatlash stantsiyalarini ishlab chiqarishni maqsad qilgan — bunda barcha qurilmalarning kamida 95 % mahalliylashtirilganligiga urg‘u berilgan.

➡️ Intervyu davomida korxona bo‘lim boshlig‘i Umid Ahmadov shunday deydi:

“Bu yo‘nalishdagi loyiha davlat rahbarining 2019‑yil 30‑maydagi qarori bilan amalga oshirildi… Yiliga 1200–1500 ta quvvatlash stansiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan...”


➡️ “Toshelectroapparat” korxonasi 80 yillik tarixga ega bo‘lib, ulkan mehnat bozorini, professional kadrlarni jamlagan. Endi esa Xitoy tajribasi asosida elektromobillar uchun mahalliy stansiyalarni ishlab chiqish, ular uchun maxsus laboratoriya sinovlari, texnik hujjatlar va kafolatli foydalanish tizimini yaratgan.

➡️ Bu esa nafaqat importni qisqartiradi, balki bozorda raqobatni kuchaytiradi, mahsulot sifatini oshiradi va xizmat ko‘rsatishda mahalliy mutaxassislarga tayanadi — bu esa elektromobillar infratuzilmasini rivojlantirishda muhim bosqichdir.

➡️ Batafsil "Yangi O'zbekiston" gazetasining 115-sonida

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон-Саудия Ишбилармонлар кенгаши ҳамраиси, "ACWA Power" компанияси бошқаруви раиси Муҳаммад Абунайян бошчилигидаги йирик компаниялар делегациясини қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию крупных саудовских компаний во главе с сопредседателем узбекско-саудовского Делового совета, председателем правления компании «ACWA Power» Мухаммадом Абунайяном.

#Mirziyoyev #qabul #SaudiyaArabistoni #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
➡️ #Pakistan

⚡️ E’LON!

Elektrotexnika sohasidagi tadbirkorlar diqqatiga!


➡️ Savdo-sanoat palatasi tomonidan 2025-yil 25-26-iyun kunlari Pokistonning Karachi shahriga O‘zbekiston ishbilarmonlari tashrifi rejalashtirilmoqda.

➡️ Ushbu tashrif elektrotexnika sanoati korxonalari uchun yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, mahsulot eksportini rivojlantirish, shuningdek, “Made in Uzbekistan” brendi ostida savdo uyini ochish va Pokiston bozorida faol ishtirok etish uchun katta imkoniyat yaratadi.

➡️ Tashrif davomida pokistonlik tadbirkorlar va investorlar bilan B2B muzokaralar o‘tkazilib, savdo aloqalarini kengaytirish imkoniyati yaratiladi.

➡️ Agar siz elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchisi bo‘lsangiz, eksport salohiyatini oshirishni xohlasangiz, yangi hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlashga qiziqsangiz, mazkur tashrifda ishtirok eting.

➡️ Bu imkoniyatlardan foydalangan holda biznesingizni yangi bosqichga olib chiqishingiz mumkin!

➡️ Ishtirok etish istagini bildirgan korxonalar ma’lumotlarni jadval asosida to‘ldirib, quyidagi telegram akkauntlariga yuborishi so‘raladi:

Azamjon — +99893-686-88-60

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Диққат

Инвесторлар учун муҳим янгилик: солиқлар 3 йилгача ўзгармайди


➡️Президент Шавкат Мирзиёев бугун хорижий инвесторлар кенгаши йиғилишида бу ҳақида маълум қилди: "Юртимизда бизнес учун солиқ ставкалари 2028 йилгача ўзгармайди.

➡️Охирги 2 йил ичида мамлакатимизда 5,5 мингта янги хорижий корхона ташкил этилган, уларнинг умумий сони эса 16 мингтага етди! Бу, шубҳасиз, юртимиздаги инвестиция муҳити жозибадор бўлиб бораётганининг исботи.

➡️Шу йилнинг ўзида йўл, транспорт, сув таъминоти, энергетика соҳаларида 4,5 млрд долларлик лойиҳалар бошланган. Бу дегани инфратузилма ривожланади, халқимиз учун янги имкониятлар яратилади.

➡️Инвесторлар ҳам ўз таклифлари билан чиқиб, ислоҳотларни юқори баҳолашди.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #CAEX #exhibition

⚡️ PREMIER ELECTRONICS: ko'rgazma eksport imkoniyatlarimizni kengaytirishga keng yo'l ochdi


➡️Toshkent investitsiya forumi doirasida o‘tkazilayotgan ko‘rgazma ishtirokchisi "PREMIER ELECTRONICS" MCHJning Eksport bolimi boshlig'i Xusan Shobilolov o'z fikr-mulohazalari haqida Uyushma axborot xizmatiga intervyu berdi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Har qanday narsaning haqiqiy narxi — sen uning uchun sarflagan hayotingdir.


HENRY DAVID THOREAU

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32👍1
➡️ #london_metall_birjasi

📊 11-iyun kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Bolgariya #hamkorlik

⚡️ O‘zbekiston – Bolgariya biznes forumi doirasida energiya saqlash tizimlari bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi


➡️ 2025-yil 11-iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston – Bolgariya biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev ham qatnashdilar.

➡️ Forum doirasida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari Faridun Abdualimov Bolgariyaning yetakchi sanoat kompaniyalari – “Prista Oil”, “CERB Group” va “TEZ” rahbarlari bilan B2B uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.

➡️ Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekistonda energiyani saqlash tizimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

➡️ Jumladan, muzokaralarda zamonaviy energiya saqlash texnologiyalarini mahalliylashtirish, texnologik transfer asosida ilmiy-texnik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda kadrlar tayyorlash orqali qo‘shma innovatsion tashabbuslarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


➡️ Bolgariyalik kompaniyalar vakillari O‘zbekistondagi sanoat rivoji, investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar va elektrotexnika sohasidagi islohotlarga yuqori baho berdilar hamda hamkorlikni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

➡️ Mazkur tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi sanoat, texnologiya va yashil energetika yo‘nalishlaridagi strategik hamkorlikni mustahkamlashi kutilmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #OAV #TV

⚡️ "Perfect Leader Electrical" korxonasi faoliyati OAVda yoritildi


➡️ Yurtimiz elektrotexnika sanoati rivojiga munosib hissa qo'shib kelayotgan mahalliy korxonalardan biri Toshkent shahri, Yangihayot tumanida joylashgan "Perfect Leader Electrical" korxonasidir.

➡️ Ushbu korxona tomonidan qiymati $ 30 mln dollarlik loyiha amalga oshirilishi natijasida yiliga 500 ming dona elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

➡️ "O'zbekiston 24" telekanali ijodkorlari tomonidan mazkur korxona faoliyatiga oid reportaj e'lon qilindi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #CAEX #exhibition

⚡️ S-SMART: mahalliy brendimizni xalqaro bozorga tanitish bosh maqsadimiz


➡️Toshkent investitsiya forumi doirasida o‘tkazilayotgan ko‘rgazma ishtirokchisi Qarshi shahridagi "S-Smart" korxonasining Marketing bolimi boshlig'i Shaxboz Jo'rayev o'z fikr-mulohazalari haqida Uyushma axborot xizmatiga intervyu berdi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
➡️ #Intervyu #gazeta

⚡️ “Yangi O‘zbekiston” gazetasida elektrotexnika sanoatiga oid maqola e'lon qilindi


➡️ 2025-yil 11-iyun kuni “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 118-sonida IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida tashkil etilgan ilk milliy investitsiya ko‘rgazmasi hamda yurtimiz elektrotexnika sanoati korxonalarining undagi ishtiroki haqida maqola e’lon qilindi.

➡️ Maqolada ta’kidlanishicha, bu yilgi forum doirasida 90 dan ortiq mahalliy korxona o‘z mahsulotlarini xorijiy investorlar e’tiboriga havola etdi. Shulardan biri — elektrotexnika sanoati korxonalari bo‘lib, soha bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim “drayveri”ga aylangan.

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi matbuot kotibi Namoz Tolipovning maqoladagi izohiga ko‘ra, elektrotexnika mahsulotlari eksporti so‘nggi yillarda izchil o‘smoqda, xorijiy bozorlar talabiga mos raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar ilgari faqat bozor izlash bilan band bo‘lgan bo‘lsa, bugun xalqaro amaliyotlar, logistika va dizayn talablariga ham moslashgan holda ish olib bormoqda.

➡️ Yurtimiz korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan ilg‘or mahsulotlar bugun xorijiy investorlar va savdo hamkorlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Forum doirasida ushbu mahsulotlar bilan tanishgan xorijlik mehmonlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatish bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Batafsil “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 118-sonida

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #CAEX #exhibition

⚡️ IDEAL ELEKTRO LYUKS: ko'rgazmada yangi hamkorlar topish uchun keng yo'l ochildi


➡️Toshkent investitsiya forumi doirasida o‘tkazilayotgan ko‘rgazma ishtirokchisi "IDEAL ELEKTRO LYUKS" MCHJning Eksport bolimi xodimi Abduiqbol Xalimov o'z fikr-mulohazalari haqida Uyushma axborot xizmatiga intervyu berdi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Faqat tushunishga bo‘lgan intilishgina odamni ozod qiladi.


BARUCH SPINOZA

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
➡️ #london_metall_birjasi

📊 12-iyun kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Eagle_Rise #Xitoy

⚡️ Xitoyning “Eagle Rise” kompaniyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi


➡️ Toshkent shahridagi “O‘zelektroapparat-Electroshield” korxonasida Xitoyning “Eagle Rise” kompaniyasi raisi JunCheng Xiao boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

➡️ Uchrashuvda ikki tomon vakillari – “Eagle Rise” kompaniyasi delegatsiyasi, “O‘zelektroapparat-Electroshield” rahbariyati hamda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

➡️ Tomonlar uchrashuv davomida yuqori kuchlanishli transformatorlar ishlab chiqarish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qildilar.


➡️ Xitoy kompaniyasi o‘z navbatida 5G texnologiyasi asosidagi raqamli boshqaruv tizimlari va zamonaviy ishlab chiqarish usullarini joriy qilish borasidagi tajribasini taqdim etdi.

➡️ Ma’lumot uchun: “Eagle Rise” kompaniyasi 1999-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda Xitoy, AQSh, Meksika, Tailand va Malayziyada joylashgan 14 ta ishlab chiqarish bazasida 5000 nafarga yaqin xodim faoliyat yuritadi. Kompaniya, shuningdek, O‘zbekistonda muqobil energetika sohasida faoliyat yuritayotgan “Mega Energy” kompaniyasining ta’sischisi hisoblanadi. Ayni paytda ushbu kompaniya tomonidan yurtimizda 150 MW quvvatga ega energiya saqlash tizimi (BESS) qurilishi loyihasi amalga oshirilmoqda.

➡️ Ushbu uchrashuv ikki mamlakat sanoat sohasidagi strategik hamkorlikni kengaytirish yo‘lida navbatdagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4