"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.38K subscribers
11.6K photos
1.63K videos
20 files
5.54K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #YTTB #hamkorlik

⚡️ Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan elektrotexnika sanoatini rivojlantirish muhokama qilindi


➡️ 2025-yil 12-iyun kuni “O‘zeltexsanoat” uyushmasida uyushma raisi Mirziyod Yunusov hamda rais o‘rinbosari Jahongir Jamalov Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy rahbari Almaz Toygonboyev boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar o‘tkazdi.

➡️ Uchrashuvda YTTB banki tomonidan O‘zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish hamda faoliyatini kengaytirishga qaratilgan loyihalari uchun imtiyozli moliyaviy resurslar ajratishga tayyorlik bildirildi.


➡️ Shu maqsadda bank mutaxassislari tomonidan korxonalarning moliyaviy va texnik jihatdan talabga muvofiqligi o‘rganilishi, ekspertlar korxonalar bilan joylarda ishlashi belgilandi. Eng samarali va eksportbop korxonalar saralab olinib, ularga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatilishi ta'kidlandi.

➡️ Shuningdek, muzokaralar davomida kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, eksportga chiqayotgan korxonalarning sertifikatlash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash, hamda yangi mahsulot ishlab chiqarishda sertifikat olish bo‘yicha grant mablag‘lari ajratish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

➡️ Ma’lumot uchun: YTTB bugungi kungacha O‘zbekistonda 170 dan ortiq loyihalarni umumiy qiymati $5,2 milliard dollardan ziyod mablag‘ bilan moliyalashtirib, sanoat tarmoqlarining modernizatsiyasi va eksport salohiyatini oshirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda.

➡️ Mazkur uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikda yangi bosqichni boshlab berib, elektrotexnika sohasining barqaror o‘sishi va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan muhim tashabbus bo‘ldi.

🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #CAEX #exhibition

⚡️ TEXNOPARK: xorijiy investorlar ko'proq sovutish tizimlari va elektr golf karalarga katta qiziqish bo'ldi


➡️Toshkent investitsiya forumi doirasida qatnashgan ko‘rgazma ishtirokchisi "TEXNOPARK" MCHJning marketologi Xasanjon Musayev o'z fikr-mulohazalari haqida Uyushma axborot xizmatiga intervyu berdi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #CAEX #exhibition

⚡️ ARTEL: forum orqali bizning mahsulotlar Yevropa bozoriga kirib borishi osonlashadi


➡️Toshkent investitsiya forumi doirasida qatnashgan ko‘rgazma ishtirokchisi "ARTEL" kompaniyasining savdo menejeri Jamshiddin Jo'rayev o'z fikr-mulohazalari haqida Uyushma axborot xizmatiga intervyu berdi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4👌4
➡️ #TDTU #kafedra

⚡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasi huzuridagi kafedra filialida bitiruvchilar malakaviy ishlarini himoya qildi


➡️ Bugun “O‘zeltexsanoat” uyushmasi huzuridagi "Eltech-malaka" o'quv markazida tashkil etilgan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining “Raqamli elektronika va mikroelektronika” kafedrasi filialida bitiruvchi bosqich talabalarining bitiruv malakaviy ishlari himoyalari bo‘lib o‘tdi.

➡️ Tadbirda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov, Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadritdin Turabdjanov universitet professor-o'qituvchilari, soha korxonalari vakillari va talabalar ishtirok etdi.

➡️ Talabalar o‘z bitiruv malakaviy ishlari doirasida ishlab chiqqan startap loyihalari, yangi texnik ishlanmalar va amaliy ixtirolarini taqdim etdi. Har bir loyiha sohaga ixtisoslashgan mutaxassislar tomonidan baholanib, kelajakda ularni ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

➡️ Uyushma raisi Mirziyod Yunusov esa o‘z nutqida bitiruv ishlari va texnologik ishlanmalari yuqori baholangan talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ishlarini yanada rivojlantirish hamda amaliyotga joriy qilinishida ko‘maklashishga tayyorligini alohida ta’kidladi.


➡️ Mazkur kafedra filialining ochilishi orqali “tarmoq–korxona–oliygoh” tamoyili asosida kadrlar tayyorlashning amaliy samaradorligi ortib borayotganining yaqqol isboti sifatida baholandi. Talabalar universitetda olgan nazariy bilimlarini uyushma tizimidagi korxonalar bazasida mustahkamlab, real ishlab chiqarish sharoitlarida qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

➡️ Shu bilan birga, universitet rektori Sadritdin Turabdjanov kafedra filialida yaratilgan sharoitlar, o‘quv-amaliy jarayonlarning sifati hamda yurtimiz elektrotexnika sanoatidagi so‘nggi yutuqlar bilan yaqindan tanishdi.

➡️ Ushbu yo‘nalishda kafedra filialining faoliyati nafaqat bilim, balki amaliyot bilan integratsiyalashgan ta’lim tizimini yaratish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏51👍1