"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.11K subscribers
11.7K photos
1.63K videos
20 files
5.56K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #london_metall_birjasi

📊 25-may kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
➡️ #Malayziya #Kulim_Hi_Tech_Park ⚡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va Malayziyaning “Kulim Hi-Tech Park” texnoparki o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi ➡️ 2025-yil 22-may kuni Malayziyaning yetakchi sanoat zonalaridan biri — "Kulim Hi-Tech Park" texnoparki…
➡️ #hafta_dayjesti #uzeltexsanoat

🟢 "O'zeltexsanoat" uyushmasi o'tgan hafta ichida (19-24-may, 2025-yil)

➡️ O‘zbekistonda "Shanghai Mitsubishi" liftlari ishlab chiqariladi

➡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasi va Germaniyaning VDE tashkiloti hamkorligida ONLAYN VEBINAR o'tkaziladi

➡️ Tbilisi erkin savdo va sanoat zonasi delegatsiyasi “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga tashrif buyuradi

➡️ Toshkent shahrida bo'lib o'tayotgan “O‘zbekiston–Gruziya” biznes forumiga oid videokontent

➡️O‘zbekiston–Gruziya” biznes forumida elektrotexnika sanoati bo'yicha taqdimot qilindi

➡️ O‘zbekiston Singapur bilan yarimo'tkazgichlar sanoati bo'yicha yangi memorandum imzoladi

➡️ "Sam-Ferre" korxonasi Tojikistonga 2000 dona vitrinali sovutkichlar eksport qildi

➡️ Toshkent shahridagi yangi ishlab chiqarish loyihalari joyiga chiqib o‘rganildi

➡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasida Xitoyning yirik energetika kompaniyalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

➡️ "PREMIER Electrotech": O‘zbekiston maishiy texnika brendi xalqaro bozorlarda!

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va Malayziyaning “Kulim Hi-Tech Park” texnoparki o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va Malayziyaning "Arkitek MAA" kompaniyasi o‘rtasida yarimo‘tkazgichlar klasteri loyihasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi

➡️ “Uzkabel” mahsulotlari "ACWA Power" loyihalarida qo‘llanilishi kutilmoqda: xalqaro pudratchi bilan muzokaralar o‘tkazildi

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида маҳаллий саноатни ривожлантириш бўйича келгусидаги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по приоритетным задачам развития местной промышленности.

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #SamFerre #eksport #OAV

⚡️ "Sam-Ferre" korxonasi faoliyati OAVda yoritildi


➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo bo‘lgan “Sam-Ferre” kompaniyasi o‘zining eksport salohiyatini izchil kengaytirib bormoqda. Joriy yil boshidan to hozirgi kunga qadar korxona tomonidan ishlab chiqarilgan 2000 dona vitrinali muzlatkich Tojikistonga yetkazib berildi. Bu mahsulotlar Tojikistonning yirik kompaniyalari — “Coca-Cola”, “Pepsi” va boshqa sanoat korxonalariga yetkazilgan.

➡️ Yil yakuniga qadar Tojikistonga yana 8000 dona vitrinali sovutkichlar eksport qilish rejalashtirilgan.

➡️ Korxonaning ishlab chiqarish va rejalashtirish bo'yicha direktori Atajan Najmeddinovning so'zlariga ko'ra, 2024-yilda korxonaning umumiy eksport ko'rsatkichi $ 6mln dollarni tashkil etgan bo'lsa, shundan $ 2 mln dollari aynan Tojikistonga qilingan eksport hajmini ifodalaydi.

➡️ Umuman olganda, “Sam-Ferre” kompaniyasining 2025-yil yakunidagi umumiy eksport ko‘rsatkichlari $10 million dollarni tashkil etishi reja qilingan. Shundan $3,5 million dollari Tojikiston Respublikasi xissasiga to'g'ri keladi.


➡️ Kompaniya mahsulotlarining Tojikiston bozorida yuqori talabga ega bo‘lishi, eng avvalo, ularning yuqori sifati, hamyonbopligi va xalqaro standartlarga to‘liq javob berishi bilan bog‘liq. Shuningdek, “Sam-Ferre” korxonasi qo‘shni mamlakatlarga nisbatan barqaror va samarali eksport siyosatini yo‘lga qo‘ygan.

➡️ "O'zbekiston 24" telekanali ijodkorlari ushbu korxona faoliyati va eksporti bo'yicha maxsus reportaj tayyorladilar.

➡️ E'tiboringizga ushbu kontentni havola etamiz.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2
Президентимиз таъкидлаганидек, саноат, экспорт ва тушум бўйича “республика – тармоқ – вилоят – туман” вертикал тизимидаги масалалар ўз вақтида ва тўлиқ ҳал қилинганида саноатда яна 2 фоизлик ўсишга эришиш мумкин эди.

Масалан, ўтган 4 ойда Пайариқда саноат қарийб 2 бараварга, Пахтачида 38 фоизга пасайгани оқибатида ишлаб чиқариш 210 миллиард сўмга камайди.

Пойтахт саноатининг учдан бирини берадиган Сергели ва Яшнободда 300 миллиард сўмлик маҳсулот кам ишлаб чиқарилгани боис Тошкент шаҳри саноатида 1,1 фоиз ўсиш бой берилди.

Ўртачирчиқ, Қибрай, Паркент, Оҳангарон туманлари, Ангрен, Бекобод шаҳарларидаги 25 та ҳудудий корхона ўтган йилгидан 1 триллион сўмга кам маҳсулот чиқаргани боис, 30 миллион доллар экспорт йўқотилди.

Ёки январь-март ойларида саноатда ўсиш қилган Қарши, Миришкор, Булунғур, Данғара, Ўзбекистон, Хива туманлари апрелга келиб кўрсаткичларини кескин тушириб юборган.

Шу муносабат билан уч кун муддатда “республика – тармоқ – вилоят – туман” вертикали бўйича ҳар бир масалани тезкор ҳал қилиш учун республикадан аниқ масъулларни белгилаш ва жойларга юбориш топширилди.

Вертикал бўйича қайси бўғинда муаммо ечилмаса, ўша тизим масъулларидан сўров қаттиқ бўлиши ҳақида огоҳлантирилди.

Facebook|Instagram|X
Миллий брендларни кўпайтириш, мавжудларини халқаро даражага олиб чиқиш бўйича ҳам янги тизим жорий қилиниши белгиланди.

Миллий брендларни қўллаб-қувватлаш компанияси ташкил қилинади. Ушбу компания:

- хориждан бренд-менежер, дизайнер, маркетолог, пиар-менежерларни олиб келади;

- халқаро сертификати бор, сифати юқори ва ташқи бозорда рақобатбардош бўлган камида 50 та миллий маҳсулотни танлаб олади;

- уларга сифат белгисини бериб, брендини дунёга танитиш учун катта тарғибот кампаниясини бошлайди.

Facebook|Instagram|X
🔥3
➡️ #Qatar #exhibition

⚡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshchiligidagi elektrotexnika sanoati korxonalari "Project Qatar" ko‘rgazmasidagi ishtirokini boshladi


➡️ Bugun, 26-may kuni, Qatar davlatining Doha shahrida qurilish va infratuzilma yo‘nalishida mintaqaning eng nufuzli tadbirlaridan biri — “Project Qatar 2025” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

➡️ Mazkur ko‘rgazmada “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshchiligidagi elektrotexnika sanoatining ilg‘or korxonalari “Made in Uzbekistan” brendi ostidagi markazlashgan stend orqali o‘z mahsulot va imkoniyatlarini namoyish etmoqda.

➡️ Ushbu nufuzli ko‘rgazmani ochib berish uchun tashrif buyurgan Qatar hukumati rasmiylari yurtimiz elektrotexnika mahsulotlari joylashgan stendlar bilan yaqindan tanishib, ularga yuqori baho berdilar.

➡️ Tadbir doirasida xorijiy kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorlik uchrashuvlari, savdo muzokaralari va eksport shartnomalariga erishilishi rejalashtirilmoqda.

➡️ “Project Qatar” ko‘rgazmasi har yili yuzlab kompaniyalarni, minglab tashrif buyuruvchilarni bir joyga jamlab, global infratuzilma va qurilish tarmoqlaridagi innovatsiyalarni targ‘ib etuvchi yetakchi maydonlardan biri sanaladi.

➡️ Ko‘rgazma jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlarni sahifamiz orqali bosqichma-bosqich yoritib boramiz.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1👏1
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Doimiy o‘rganish — bu ongni tirik saqlashning eng yaxshi usulidir.


TONY BUZAN

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌2
➡️ #london_metall_birjasi

📊 26-may kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Project_Qatar #Doha

⚡️ NOCOMMENT. "PROJECT QATAR"


➡️ “Project Qatar 2025” xalqaro ko‘rgazmasining ikkinchi kunida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshchiligidagi elektrotexnika sanoati korxonalari o‘z faol ishtirokini davom ettirmoqda.

➡️ “Made in Uzbekistan” brendi ostida tashkil etilgan markazlashgan stend bugun ham ko‘plab xorijiy mehmonlar e’tiborini tortmoqda.

➡️ Ko‘rgazma doirasida xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar, hamkorlik bo‘yicha takliflar va savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
➡️ #Kooperatsiya #Dongfang

⚡️ Xitoyning yirik energetika investori “Dongfang Electrical Corporation” vakillari bilan navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi


➡️ Bugun, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas'ullari tashabbusi bilan “Uzkabel” AJ va “Procab” MCHJ QK korxonalarida Xitoyning “Dongfang Electrical Corporation” kompaniyasining MDH (MDH – Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi) bo‘yicha vakili janob Wu Hao ishtirokida navbatdagi uchrashuvlar tashkil etildi.

🔹 “Dongfang Electrical Corporation” – xalqaro miqyosda tan olingan, energetika infratuzilmasini barpo etishga ixtisoslashgan yirik kompaniya bo‘lib, bugungi kunda Masdar, ACWA Power, China Datang, China Huadian Overseas kabi global miqyosdagi investorlarga Bosh pudratchi sifatida xizmat ko‘rsatmoqda.

➡️ Uchrashuv davomida kompaniya tomonidan O‘zbekiston hududida amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan qator strategik loyihalar muhokama qilindi. Jumladan:

Toshkent viloyati, Bo‘ka tumanida quvvati 320 MW bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi qurilishi;

Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanida 300 MW quvvatdagi quyosh elektr stansiyasi loyihasi;

Buxoro viloyati, Olot tumanida 150 MW quvvatga ega energiya saqlash tizimi;

Shamol va gidro elektr stansiyalari qurilishiga oid istiqbolli loyihalar.


➡️ Uchrashuvda asosiy e’tibor mazkur loyihalarda foydalaniladigan kabel-sim mahsulotlarini O‘zbekistonning mahalliy elektrotexnika korxonalaridan kooperatsiya asosida xarid qilish masalasiga qaratildi.

➡️ Bu orqali nafaqat mahsulot yetkazib berish bo‘yicha yangi hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi, balki elektrotexnika sanoatining salohiyati va mahalliylashtirish ko‘rsatkichlari ham sezilarli darajada oshadi.

➡️ Tomonlar o‘rtasida mahsulot turlari va texnik parametrlar yuzasidan fikr almashinuvi asosida muzokaralar olib borilib, yaqin kunlarda amaliy kelishuvlarga erishish bo‘yicha o‘zaro manfaatli takliflar bildirildi.

➡️ Xorijiy yirik kompaniyalar bilan bunday strategik aloqalar elektrotexnika sanoatining yirik loyihalarda faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4