"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.11K subscribers
11.7K photos
1.63K videos
20 files
5.56K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #Project_Qatar #Doha

⚡️ Doha muzokaralari: “O‘zeltexsanoat” xalqaro savdo va eksport aloqalarini kengaytirmoqda

➡️ Bugun, 27-may kuni, Qatar davlatining Doha shahrida o‘tkazilayotgan “Project Qatar 2025” xalqaro ko‘rgazmasining ikkinchi kuni davom etmoqda. Unda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi vakillari hamda uyushmaga a’zo elektrotexnika sanoati korxonalari faol ishtirok etmoqda.

➡️ Ko‘rgazma doirasida yurtimiz korxonalari tomonidan Arab davlatlari, Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va boshqa mintaqalardan tashrif buyurgan xorijiy kompaniya va tashkilotlar vakillari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

➡️ Ushbu muloqotlarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirish, eksport yo‘nalishlarini kengaytirish bo‘yicha fikrlar almashilmoqda.

➡️ Ayni paytda “Made in Uzbekistan” brendi ostidagi markazlashgan stendda qatnashayotgan korxonalar o‘z mahsulotlari va texnologik imkoniyatlari haqida xorijiy mehmonlarga batafsil ma’lumot bermoqda.

➡️ Mahsulotlarning texnik sifati, innovatsion yechimlar va xalqaro standartlarga mosligi tashrif buyuruvchilar tomonidan yuqori baholanmoqda.

➡️ Mazkur tadbir davomida olib borilayotgan muzokaralar yaqin kunlarda amaliy natijalar bilan yakun topishi, xalqaro hamkorlik doirasining kengayishi va elektrotexnika sanoatining global maydondagi mavqeini mustahkamlashiga xizmat qilishi kutilmoqda.

➡️ Ko‘rgazmaga oid muhim yangiliklar va hamkorlik tashabbuslari yuzasidan sahifamiz orqali muntazam ravishda xabardor qilib boramiz.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Rejalaringiz amalga oshishiga ishonsangiz, imkoniyatlarni, agar bunga ishonmasangiz, to'siqlarni ko'rasiz.


WAYNE DYER

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
➡️ #london_metall_birjasi

📊 27-may kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Euronews #Uzeltechsanoat

⚡️ O‘zbekiston elektrotexnika sanoatiga oid maxsus reportaj Yevropaning "Euronews" telekanalida efirga uzatildi


➡️ 2025-yil 27-may kuni Yevropaning nufuzli "Euronews" telekanali orqali O‘zbekiston elektrotexnika sanoati haqida maxsus reportaj efirga uzatildi.

➡️ Mazkur lavha “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshchiligida sohada erishilgan yutuqlar, eksport salohiyati va global bozorda munosib o'rin egallash rejalari haqida batafsil ma’lumot berdi.

➡️ Mazkur reportajda nimalar yoritildi?

O‘zbekistonning elektrotexnika sanoati Markaziy Osiyoda yetakchi o‘ringa chiqib, global miqyosda ham raqobatbardosh bo‘lishga intilayotgani;

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi va soha korxonalari rahbarlarining intervyulari orqali ishlab chiqarish hajmi, eksport ko‘rsatkichlari va innovatsion loyihalar haqida ma’lumotlar;

Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharq bozorlariga chiqish bo‘yicha strategik rejalar.


Global ambitsiyalar va istiqbollar. O‘zbekiston elektrotexnika sanoati 2026-yilga kelib eksport hajmini salkam 3 barobarga oshirishni, ishlab chiqarish hajmini esa 2 barobarga ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.

Soha korxonalari Yevropa, Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlariga mahsulot yetkazib berishni kengaytirish ustida ish olib bormoqda.

To‘liq reportajni bu yerda tomosha qilishingiz mumkin:
Euronews: Now a regional leader, Uzbekistan has global ambitions for its electrical engineering sector

Bu kabi xalqaro e’tirof O‘zbekistonning sanoat salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Bunda esa davlat tomonidan sohaga qaratilayotgan e'tibor alohida ahamiyatga ega.

#Uzeltexsanoat #Elektrotexnika #Euronews #UzbekistanIndustry #GlobalBozor #Innovatsiya #Eksport #Yevropa

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2👏1
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Bilim bilan qurollangan odam hech qachon mag‘lub bo‘lmaydi.


SUN TZU

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
➡️ #london_metall_birjasi

📊 28-may kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Eltech_Malaka

⚡️ "Eltech-malaka" o‘quv markazida quyosh fotoelektrik stansiyalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o'quv mashg‘ulotlari qizg‘in davom etmoqda

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi huzuridagi “Eltech-malaka” o‘quv markazida quyosh fotoelektrik stansiyalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv kurslarining navbatdagi guruhi o‘quv jarayonlarini davom ettirmoqda.

➡️ Mazkur kurslar mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ommalashib borayotgan bir davrida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quv mashg‘ulotlari malakali o‘qituvchi va mutaxassislar tomonidan zamonaviy metodikalar asosida olib borilmoqda.

➡️ Darslar onlayn va offlayn shakllarda tashkil etilib, nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalar ham chuqurlashtirib o‘rgatilmoqda.

➡️ Amaliyot mashg‘ulotlarida ishtirokchilarga quyosh panellarini o‘rnatish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, monitoring qilish, nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish kabi ko‘nikmalar singdirilmoqda.

➡️ Tinglovchilar real texnologiya va asbob-uskunalar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘lib, kurs yakunida ularning kasbiy salohiyatini tasdiqlovchi maxsus sertifikat taqdim etiladi.

➡️ Keyingi guruh uchun o‘quv kurslari tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda bilim va ko‘nikma orttirishni istagan barcha ishtirok etishi mumkin.

📍 Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha darvoza ko‘chasi, 10-uy
📞 Telefon: +99890-964-01-97
📧 Email: s.ulashov@uzeltexsanoat.uz

Quyosh energetikasi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lish sari ilk qadamingizni bugunoq tashlang!


🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM