"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.12K subscribers
11.7K photos
1.63K videos
20 files
5.56K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
Миллий брендларни кўпайтириш, мавжудларини халқаро даражага олиб чиқиш бўйича ҳам янги тизим жорий қилиниши белгиланди.

Миллий брендларни қўллаб-қувватлаш компанияси ташкил қилинади. Ушбу компания:

- хориждан бренд-менежер, дизайнер, маркетолог, пиар-менежерларни олиб келади;

- халқаро сертификати бор, сифати юқори ва ташқи бозорда рақобатбардош бўлган камида 50 та миллий маҳсулотни танлаб олади;

- уларга сифат белгисини бериб, брендини дунёга танитиш учун катта тарғибот кампаниясини бошлайди.

Facebook|Instagram|X
🔥3
➡️ #Qatar #exhibition

⚡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshchiligidagi elektrotexnika sanoati korxonalari "Project Qatar" ko‘rgazmasidagi ishtirokini boshladi


➡️ Bugun, 26-may kuni, Qatar davlatining Doha shahrida qurilish va infratuzilma yo‘nalishida mintaqaning eng nufuzli tadbirlaridan biri — “Project Qatar 2025” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

➡️ Mazkur ko‘rgazmada “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshchiligidagi elektrotexnika sanoatining ilg‘or korxonalari “Made in Uzbekistan” brendi ostidagi markazlashgan stend orqali o‘z mahsulot va imkoniyatlarini namoyish etmoqda.

➡️ Ushbu nufuzli ko‘rgazmani ochib berish uchun tashrif buyurgan Qatar hukumati rasmiylari yurtimiz elektrotexnika mahsulotlari joylashgan stendlar bilan yaqindan tanishib, ularga yuqori baho berdilar.

➡️ Tadbir doirasida xorijiy kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorlik uchrashuvlari, savdo muzokaralari va eksport shartnomalariga erishilishi rejalashtirilmoqda.

➡️ “Project Qatar” ko‘rgazmasi har yili yuzlab kompaniyalarni, minglab tashrif buyuruvchilarni bir joyga jamlab, global infratuzilma va qurilish tarmoqlaridagi innovatsiyalarni targ‘ib etuvchi yetakchi maydonlardan biri sanaladi.

➡️ Ko‘rgazma jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlarni sahifamiz orqali bosqichma-bosqich yoritib boramiz.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1👏1
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Doimiy o‘rganish — bu ongni tirik saqlashning eng yaxshi usulidir.


TONY BUZAN

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌2
➡️ #london_metall_birjasi

📊 26-may kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Project_Qatar #Doha

⚡️ NOCOMMENT. "PROJECT QATAR"


➡️ “Project Qatar 2025” xalqaro ko‘rgazmasining ikkinchi kunida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshchiligidagi elektrotexnika sanoati korxonalari o‘z faol ishtirokini davom ettirmoqda.

➡️ “Made in Uzbekistan” brendi ostida tashkil etilgan markazlashgan stend bugun ham ko‘plab xorijiy mehmonlar e’tiborini tortmoqda.

➡️ Ko‘rgazma doirasida xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar, hamkorlik bo‘yicha takliflar va savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
➡️ #Kooperatsiya #Dongfang

⚡️ Xitoyning yirik energetika investori “Dongfang Electrical Corporation” vakillari bilan navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi


➡️ Bugun, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas'ullari tashabbusi bilan “Uzkabel” AJ va “Procab” MCHJ QK korxonalarida Xitoyning “Dongfang Electrical Corporation” kompaniyasining MDH (MDH – Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi) bo‘yicha vakili janob Wu Hao ishtirokida navbatdagi uchrashuvlar tashkil etildi.

🔹 “Dongfang Electrical Corporation” – xalqaro miqyosda tan olingan, energetika infratuzilmasini barpo etishga ixtisoslashgan yirik kompaniya bo‘lib, bugungi kunda Masdar, ACWA Power, China Datang, China Huadian Overseas kabi global miqyosdagi investorlarga Bosh pudratchi sifatida xizmat ko‘rsatmoqda.

➡️ Uchrashuv davomida kompaniya tomonidan O‘zbekiston hududida amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan qator strategik loyihalar muhokama qilindi. Jumladan:

Toshkent viloyati, Bo‘ka tumanida quvvati 320 MW bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi qurilishi;

Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanida 300 MW quvvatdagi quyosh elektr stansiyasi loyihasi;

Buxoro viloyati, Olot tumanida 150 MW quvvatga ega energiya saqlash tizimi;

Shamol va gidro elektr stansiyalari qurilishiga oid istiqbolli loyihalar.


➡️ Uchrashuvda asosiy e’tibor mazkur loyihalarda foydalaniladigan kabel-sim mahsulotlarini O‘zbekistonning mahalliy elektrotexnika korxonalaridan kooperatsiya asosida xarid qilish masalasiga qaratildi.

➡️ Bu orqali nafaqat mahsulot yetkazib berish bo‘yicha yangi hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi, balki elektrotexnika sanoatining salohiyati va mahalliylashtirish ko‘rsatkichlari ham sezilarli darajada oshadi.

➡️ Tomonlar o‘rtasida mahsulot turlari va texnik parametrlar yuzasidan fikr almashinuvi asosida muzokaralar olib borilib, yaqin kunlarda amaliy kelishuvlarga erishish bo‘yicha o‘zaro manfaatli takliflar bildirildi.

➡️ Xorijiy yirik kompaniyalar bilan bunday strategik aloqalar elektrotexnika sanoatining yirik loyihalarda faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4