"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.1K subscribers
11.7K photos
1.63K videos
20 files
5.57K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #Toshkent #loyihalar

⚡️ Toshkent shahridagi yangi ishlab chiqarish loyihalari joyiga chiqib o‘rganildi


➡️ Toshkent shahrida elektrotexnika yo‘nalishida ishga tushirilgan va hozirda amalga oshirilayotgan bir qator yirik sanoat loyihalari "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi o'rinbosari Jahongir Jamalov boshchiligidagi mas'ullar tomonidan joyiga chiqqan holda o'rganildi.

➡️ O'rganishlar davomida ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik uskunalar, loyihalarning bosqichma-bosqich joriy etilishi va mahalliylashtirish darajasi atroflicha tahlil qilindi.

➡️ Jumladan, quyidagi loyihalar joyida ko‘rib chiqildi:

"NEW CENTURY ELECTRONIC TECHNOLOGY" korxonasi tomonidan to‘liq ishga tushirilgan "Kuchlanish qurilmalari ishlab chiqarish" loyihasi;

"Perfect Leader Electrical" korxonasi tomonidan amalga oshirilgan "Elektr yoritish uskunalari ishlab chiqarish" loyihasi;

"Artikul Aziya Kabel" korxonasi tomonidan hozirda amalga oshirilayotgan "Mis quvurlar ishlab chiqarish" loyihasi;

"Best Mega Tech" korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan "TEN (isitish elementlari) ishlab chiqarish" loyihasi.


➡️ Tashrif chog‘ida ushbu loyihalarni amalga oshirayotgan korxonalar vakillari bilan ishlab chiqarishdagi mavjud muammolar, taklif va tashabbuslar bo‘yicha ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

➡️ Uchrashuvlar yakunida korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni bartaraf etish va yangi rejalarni birgalikda amalga oshirish borasida hamkorlikda ishlashga kelishildi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
➡️ #Xitoy #kooperatsiya

⚡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasida Xitoyning yirik energetika kompaniyalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


➡️ Joriy yil 22-may kuni “O‘zeltexsanoat” uyushmasida Xitoyning yirik energetika kompaniyalari – "China Electrical Equipment", "China Huadian Overseas Investment" va "Poly Changda" vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

➡️ Uchrashuvda Xitoy tomonidan "China Electrical Equipment" kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh vakili Ma Jun, shuningdek "China Huadian Overseas Investment" va "Poly Changda" kompaniyalarining mas’ul vakillari ishtirok etdi.

➡️ O‘zbekiston tomonidan Energetika vazirligi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi hamda mamlakatda faoliyat yuritayotgan kabel mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalar vakillari qatnashdi.

➡️ Muhokama mavzusi: Jizzax viloyati Forish tumanida barpo etilishi rejalashtirilayotgan 500 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi hamda kompaniyalarning respublika hududida muqobil energetika yo'nalishida kelgusida amalga oshirishi rejalashtirilgan loyihalari doirasida, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kabel mahsulotlarini kooperatsiya asosida yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.


➡️ Tomonlar ushbu yirik energetika loyihasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlardan keng foydalanish, ayniqsa kabel mahsulotlarini mahalliylashtirish, transport va logistika jarayonlarini optimallashtirish, shuningdek uzoq muddatli hamkorlik yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashdilar.

➡️ Uchrashuv yakunida loyiha ishtirokchilari o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va mahalliy sanoat salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy choralarni belgilab olishdi.

➡️ Mazkur loyiha O‘zbekistonning qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish hamda milliy energetika tizimini modernizatsiya qilishda muhim bosqichlardan biri bo‘lib, xususiy sektor bilan xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish imkonini beradi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
⚡️ "PREMIER Electrotech": O‘zbekiston maishiy texnika brendi xalqaro bozorlarda!


➡️ "PREMIER Electrotech" kompaniyasi 2024–2025-yillarda o‘zining eksport salohiyatini sezilarli darajada kengaytirmoqda.

➡️Kompaniyaning eksport hajmi 2024-yilda $3 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilga mo‘ljallangan eksport rejasi — $15 million dollarga teng!

➡️ "PREMIER Electrotech" kompaniyasi 2024-yilda Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Pokiston va Saudiya Arabistoni kabi davlatlarda o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmalarda faol ishtirok etdi.

📊 2025-yil uchun asosiy eksport bozorlari:

🇦🇿 Ozarbayjon – $2 mln

🇷🇺 Rossiya – $2 mln

🇰🇿 Qozog‘iston – $3.5 mln

🇹🇯 Tojikiston – $5 mln

🇰🇬 Qirg‘iziston bilan ham eksport bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.


➡️ Kompaniya tomonidan 10 dan ortiq turdagi maishiy texnika mahsulotlari — sovutkich, televizor, gaz plita, konditsioner, changyutgich, kir yuvish mashinasi, dudbo‘ron, mikroto‘lqinli pech va boshqalar eksport qilinmoqda.

➡️ O‘zbek brendi sifatida "PREMIER Electrotech" mintaqaviy bozorlarda o‘z o‘rnini mustahkamlab, eksport geografiyasini kengaytirishda davom etmoqda.

#PREMIER #Eksport #Uzeltexsanoat #MadeInUzbekistan #MaishiyTexnika #IqtisodiyRivojlanish

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Muvaffaqiyat – bu yakun emas, muvaffaqiyatsizlik – bu falokat emas. Muhim narsa – davom etish jasoratidir.


UINSTON CHERCHILL

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
➡️ #london_metall_birjasi

📊 22-may kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #VDE #vebinar

⚡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasi va Germaniyaning VDE tashkiloti hamkorligida ONLAYN VEBINAR!

➡️ Hurmatli tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar!


➡️ Yevropaning yetakchi standartlashtirish va sertifikatlashtirish tashkilotlaridan biri — VDE tashkiloti hamda "O‘zeltexsanoat" uyushmasi hamkorligida mahalliy tadbirkorlar uchun maxsus onlayn vebinar tashkil etilmoqda.

➡️ Mavzu: Yevropa va boshqa tashqi bozorlarda mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish talablari. VDE belgisi orqali Yevropa bozorlariga qanday kirish mumkin? Ishlab chiqaruvchi qanday tayyorgarlik ko‘rishi kerak? Yangi mijozlarni qanday topish mumkin?

🗓 Sana: 27-may, seshanba kuni
🕔 Vaqti: 15:00 (Toshkent vaqti bilan)
☺️ Format: Onlayn (GoToWebinar platformasida)

☺️ Vebinarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting:
https://attendee.gotowebinar.com/register/2960854418830856030

➡️ Ro‘yxatdan o‘tgach, sizga elektron pochta orqali vebinarga qo‘shilish uchun havola yuboriladi.

☺️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +99871-207-44-66

➡️ Sizni vebinarda ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Malayziya #Kulim_Hi_Tech_Park

⚡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va Malayziyaning “Kulim Hi-Tech Park” texnoparki o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi


➡️ 2025-yil 22-may kuni Malayziyaning yetakchi sanoat zonalaridan biri — "Kulim Hi-Tech Park" texnoparki rahbariyati hamda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi vakillari o‘rtasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

➡️ 1996-yilda asos solingan "Kulim Hi-Tech Park" bugungi kunda Malayziyada elektronika, yarimo‘tkazgichlar va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish sohasidagi ilg‘or korxonalarni birlashtirgan yetakchi texnopark hisoblanadi.

➡️ Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi:

yarimo‘tkazgichlar klasterini tashkil etish;
qo‘shma boshqaruv tizimini joriy etish;
"Kulim Hi-Tech Park"ni texnik maslahatchi (konsultant) sifatida jalb etish.


➡️ Shuningdek, Malayziya tomoni o‘z hukumatining yuqori texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion muhitni rivojlantirish va xorijiy sarmoyalarni jalb qilish bo‘yicha olib borayotgan amaliy choralari bilan tanishtirdi.

➡️ Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish va aniq amaliy rejalarni belgilashga kelishib oldilar. Shuningdek, "Kulim Hi-Tech Park" rahbariyatiga joriy yilda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan IV Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumida ishtirok etish taklifi bildirildi.

➡️ Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida yuqori texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
➡️ #Malayziya #Arkitek_MAA

⚡️“O‘zeltexsanoat” uyushmasi va Malayziyaning "Arkitek MAA" kompaniyasi o‘rtasida yarimo‘tkazgichlar klasteri loyihasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi


➡️ 2025-yil 23-may kuni “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas'ullarining Malayziyaga xizmat safari doirasida ushbu mamlakatning yetakchi me’morchilik va shaharsozlik kompaniyalaridan biri — "Arkitek MAA" rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.

➡️ Uchrashuv davomida O‘zbekiston hududida joylashgan 38 gektarlik yer maydonida zamonaviy yarimo‘tkazgichlar klasteri uchun bosh rejani ishlab chiqish tashabbusi muhokama qilindi.


➡️ Ushbu loyiha yuqori texnologiyalar sohasini rivojlantirish, innovatsion sanoat infratuzilmasini shakllantirish hamda xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

➡️ Tomonlar loyihaning konseptual yondashuvlari, funksional rejalashtirish, muhandislik yechimlari hamda ekologik talablarga oid jihatlarni atroflicha ko‘rib chiqdilar.

➡️ "Arkitek MAA" kompaniyasi o‘zining xalqaro tajribasi va professionallik salohiyatidan kelib chiqib, mazkur loyihada faol ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

➡️ Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hamkorlikni bosqichma-bosqich mustahkamlash, shuningdek, loyihani amalga oshirish bo‘yicha texnik va tashkiliy choralarni belgilash yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishildi.

➡️ Tomonlar o‘zaro ishonch va konstruktiv muloqot orqali texnologik rivojlanish yo‘lida qo‘shma sa’y-harakatlarni kuchaytirishga tayyor ekanliklarini namoyon etdilar.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1👏1
Шавкат Мирзиёев битирувчиларга табрик йўллади

Бу йил 11 минг 500 нафардан зиёд ўқувчи мактабни олтин медал билан, 2 мингдан ортиғи эса кумуш медал билан тугатган.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
➡️ #Uzkabel #kooperatsiya

⚡️ “Uzkabel” mahsulotlari "ACWA Power" loyihalarida qo‘llanilishi kutilmoqda: xalqaro pudratchi bilan muzokaralar o‘tkazildi


➡️ Bugun “Uzkabel” AJ QKda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshqaruv raisi, korxona rahbariyati hamda Hindistonning yirik sanoat va inshoot qurilish kompaniyasi — “L&T Construction” kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

➡️ Ushbu kompaniya O‘zbekiston hududida “ACWA Power” tomonidan amalga oshirilayotgan muhim muqobil energetika loyihalarining bosh pudratchisi hisoblanadi.

➡️ Uchrashuv davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan energetika loyihalari doirasida yuqori kuchlanishli 220 kV kabel mahsulotlarini “Uzkabel” korxonasidan kooperatsiya asosida xarid qilish masalasi muhokama qilindi.


➡️ Muzokaralar kabel mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha tijorat shartlari, texnik parametrlar va hamkorlik formatlarini aniqlashtirishga qaratildi.

➡️ Shuningdek, mahsulotlarning texnik talablarga muvofiqligi, sifat darajasi, tashqi omillarga chidamliligi, sertifikatlash jarayonlari va laboratoriya sinovlari yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.

➡️ Mazkur muloqot “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tashabbusi bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni xalqaro loyihalarga jalb etish, eksport salohiyatini oshirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish yo‘lida navbatdagi muhim bosqich bo‘lib xizmat qilmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2👌1
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Odam o‘z chegaralarini sinab ko‘rmaguncha, ularning qayerda tugashini hech qachon bilmaydi.


TOMAS ELIOT

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1