#qabul2023
#akademik_litsey
Akademik litseylarga hujjatlar 1-iyundan onlayn qabul qilinadi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “2023/2024-oʻquv yili uchun akademik litseylarga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish jarayonini tashkil etish toʻgʻrisida”gi buyrug‘i tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, akademik litseylarga hujjat topshiruvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Yagona ta’lim xizmatlari portali” my.edu.uz platformasi orqali joriy yil 1-iyundan 30-iyunga qadar bepul amalga oshiriladi.
Respublikamizdagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari haqidagi ma’lumot platformada avtomatik shakllanadi. Faqat ular imtiyoz beruvchi hujjat va 3,5x4,5 hajmdagi fotosurat (agar pasport/ID olmagan bo‘lsa) yuklashlari zarur bo‘ladi.
Ayrim abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida platforma orqali quyidagi hujjatlarni yuklaydi:
– xorijiy davlatda umumiy o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatning tan olinganlik (nostrifikatsiya) haqidagi ma’lumotnomasi (agar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan abituriyent maktabning 9-sinfini xorijiy davlatda tamomlagan bo‘lsa);
– o‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlarning asli (fan olimpiadasi, tanlovlar, musobaqa g‘olibi ekanligini tasdiqlovchi), diplom, sertifikat, guvohnoma, shuningdek, chet tili va umumta’lim fanlarini bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (agar mavjud bo‘lsa);
– abituriyentning 3,5x4,5 hajmdagi fotosurati (agar abituriyent tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa).
Shuningdek, platformada:
– abituriyent ta’lim yo‘nalishi, tili, qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini ko‘rsatadi;
– ularga uchtagacha akademik litseyning ta’lim tili bir xil bo‘lgan bittadan mos yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi.
Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda:👉https://t.me/eduuz/12592
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

⚡️2023/2024-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI tasdiqlandi.
Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi.
📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:
🔹IQ — 1.1*20 =22;
🔸1-fan — 3.1*20=62;
🔹2-fan — 3.1*20=62.
💾 YUKLAB OLISH (PDF)
✅Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent shahar boshqarmasining axborot xizmati
Kanalga ulanish:
🕊Telegram |📱Instagram|🕊Twitter |📱 Facebook