Transport litseyi
812 subscribers
2.93K photos
172 videos
22 files
1.01K links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2022
#akademik_litsey

⚡️
Akademik litseylarga qabul 10-iyulga qadar uzaytirildi

🔰Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq akademik litseylarga hujjatlar qabul qilishning oxirgi kuni joriy yil 10-iyul etib belgilandi.

🔚 Akademik litseylarga 2022/2023-oʻquv yili uchun hujjat topshirish istagida boʻlganlar 10-iyul soat 24:00 ga qadar onlayn tarzda litsey.edu.uz elektron platformasi orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

✔️MA'LUMOT UCHUN: Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar
10-iyulga qadar elektron platforma orqali onlayn ariza holatini tekshirishi va oʻzgartirishlar kiritishlari mumkin.

Bizni kuzating: 👉@eduuz
#Qabul_2022
#Akademik_litsey

⚡️Akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkazilish sanasi va vaqti aniq bo‘ldi

🗓Kirish test sinovlari 2022-yil 22-avgust kuni Davlat test markazi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda bir smenada o‘tkaziladi.

Test sinovlari soat 8:00 boshlanadi.

❗️Test sinovlarini o‘tkazish hududi va imtihonga kirish ruxsatnomasini olish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul2022 |#Akademik_litsey

⚡️Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!!!

🔰 Xabar berganimizdek, akademik litseylarga kirish test sinovlari 2022-yil 22-avgust kuni Davlat test markazi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda o‘tkaziladi.

Test sinovlari bir smenada o‘tkazilib, soat 8:00 boshlanadi.

Akademik litseylarda 1-bosqich dastlabki yozma imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini:

litsey.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi;
yoki hujjat topshirgan akademik litseydan ham bevosita borib olishlari mumkin.

Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 110 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball bo‘lib, ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Akademik_litsey

⚡️
Akademik litseylarga kirish test natijalari e'lon qilinmoqda

🔰2022/2023-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.

☑️Yakuniy natijalarni vazirlikning litsey.edu.uz rasmiy veb-sayti orqali bilishingiz mumkin.

☝️Abituriyent to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.

➡️Ustuvorlik bo‘yicha sharh 👇🏻👇🏻

🔗 Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
#Akademik_litsey
#Sharh

⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalarini tanlov ustuvorligi bo‘yicha aniqlash tartibi

🔰 Abituriyentning to‘plagan bali ustuvorlik asosida:

u tanlagan birinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

❗️Bunda abituriyentga tanlagan ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

u tanlagan birinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan ikkinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu ikkinchi akademik litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

❗️Bunda abituriyentga tanlagan uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

u tanlagan birinchi va ikkinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan uchinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari faqat uchinchi litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi;

u tanlagan birinchi, ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, uning kirish test sinovi natijalari birinchi tanlagan litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
#qabul2023
#akademik_litsey

Akademik litseylarga hujjatlar 1-iyundan onlayn qabul qilinadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “2023/2024-oʻquv yili uchun akademik litseylarga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish jarayonini tashkil etish toʻgʻrisida”gi buyrug‘i tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, akademik litseylarga hujjat topshiruvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Yagona ta’lim xizmatlari portali” my.edu.uz platformasi orqali joriy yil 1-iyundan 30-iyunga qadar bepul amalga oshiriladi.

Respublikamizdagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari haqidagi ma’lumot platformada avtomatik shakllanadi. Faqat ular imtiyoz beruvchi hujjat va 3,5x4,5 hajmdagi fotosurat (agar pasport/ID olmagan bo‘lsa) yuklashlari zarur bo‘ladi.

Ayrim abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida platforma orqali quyidagi hujjatlarni yuklaydi:

– xorijiy davlatda umumiy o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatning tan olinganlik (nostrifikatsiya) haqidagi ma’lumotnomasi (agar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan abituriyent maktabning 9-sinfini xorijiy davlatda tamomlagan bo‘lsa);
– o‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlarning asli (fan olimpiadasi, tanlovlar, musobaqa g‘olibi ekanligini tasdiqlovchi), diplom, sertifikat, guvohnoma, shuningdek, chet tili va umumta’lim fanlarini bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (agar mavjud bo‘lsa);
– abituriyentning 3,5x4,5 hajmdagi fotosurati (agar abituriyent tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa).

Shuningdek, platformada:

– abituriyent ta’lim yo‘nalishi, tili, qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini ko‘rsatadi;
– ularga uchtagacha akademik litseyning ta’lim tili bir xil bo‘lgan bittadan mos yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi.

Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda:👉https://t.me/eduuz/12592

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#qabul2023
#akademik_litsey

⚡️2023/2024-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI tasdiqlandi.

Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi.

📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:

🔹IQ — 1.1*20 =22;
🔸1-fan — 3.1*20=62;
🔹2-fan — 3.1*20=62.

💾 YUKLAB OLISH (PDF)


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent shahar boshqarmasining axborot xizmati
Kanalga ulanish: 
🕊Telegram |📱Instagram|🕊Twitter |📱 Facebook
#Qabul_2023 |#Akademik_litsey

⚡️
Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!

🔰 Avval xabar berganimizdek, akademik litseylarga kirish test sinovlari 2023-yil 24-iyul kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda o‘tkaziladi.

Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar 20-iyul kech soat 18:00 dan boshlab quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini:

🔹litsey.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi;

🔹yoki bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.

Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Bizni kuzating👇🏻
Sayt I Telegram I Facebook I Instagram
#Qabul_2023 |#Akademik_litsey
#ruxsatnoma

⚡️Akademik litseylarga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun hujjat topshirgan o‘quvchilar diqqatiga!

🔹 Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini olishi mumkin:

1️⃣ my.edu.uz saytida shaxsiy kabinetga login va parol bilan kirgan holda yuklab olishi;

2️⃣ Bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.

❗️Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1.5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Bizni kuzating⤵️
Sayt I Telegram I Facebook I Instagram
❗️Akademik litseylarga kirish test natijalari e’lon qilindi

Yakuniy natijalarni my.edu.uz saytidagi “Shaxsiy kabinet” orqali bilish mumkin.

Eslatma: Abituriyent to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.

O’quvchilar uchun ustuvorlik tartibi quyidagicha:

u tanlagan birinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

❗️Bunda abituriyentga tanlagan ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

u tanlagan birinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan ikkinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu ikkinchi akademik litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

❗️Bunda abituriyentga tanlagan uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

u tanlagan birinchi va ikkinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan uchinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari faqat uchinchi litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi;

u tanlagan birinchi, ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, uning kirish test sinovi natijalari birinchi tanlagan litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.


👉 Bizni kuzatishda davom eting
Sayt I Telegram I Facebook IInstagram
#qabul2024
#akademik_litsey

⚡️2024/2025-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi.

📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:

🔹IQ — 1.1*20 =22;
🔸1-fan — 3.1*20=62;
🔹2-fan — 3.1*20=62.
Manba📝

Boshqarmaning rasmiy saytlari:
🕊Telegram |📱Instagram|🕊Twitter |📱 Facebook
⭕️ TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYIGA QABUL BOSHLANDI!

#Akademik_litsey
#Qabul_2024

⚡️Bugundan akademik litseyga qabul boshlandi

💬 Bugun, 10-iyundan 2024/2025 oʻquv yili uchun akademik litseyga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlandi.

📌 Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

✔️3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

✔️O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).

☝️Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:

▶️ oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);

▶️ va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.

📍Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

📆Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

*Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni akademik litseyda tashkil etilgan "Call-Center" raqamlari orqali olishingiz mumkin.

📞 99 646-32-83
📞 97 443-39-52
☎️ 55 506-01-88
☎️ 90 955-90-10 (rus)

❗️ Maʼlumot uchun, Toshkent davlat transport universiteti qoshidagi akademik litseyi uchun hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube